Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

Hujjat kuchini yo‘qotgan 04.11.2021
 LexUZ sharhi
(15-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
53. Mernikdagi spirtning harorati 20 °S dan farqli bo‘lsa, undagi spirt hajmini aniqlashda mazkur Yo‘riqnomaning 6-ilovasida keltirilgan jadvalga muvofiq mernik materialining hajmiy kengayishiga mos tuzatish kiritiladi.
54. Spirtning konsentratsiyasi va o‘rtacha harorati asosida suvsiz spirtning hajmi (dal) aniqlanadi hamda Spirt o‘lchovining hisobi jurnaliga (Z-59-son shakl) qayd qilinadi. Spirtning konsentratsiyasi va o‘rtacha harorati asosida suvsiz spirt miqdorini aniqlash bo‘yicha misol mazkur Yo‘riqnomaning 7-ilovasida keltirilgan.
Qabul qiluvchi tashkilot dalolatnomaning (Z-6-son shakl) bir nusxasini yetkazib beruvchi tashkilotga yuboradi. Dalolatnomaning ikkinchi nusxasi qabul qiluvchi tashkilotda qoladi va spirtni tashkilotga kirim qilish uchun asos bo‘ladi.
55. Spirtning normadan ortiq kamomadi bo‘yicha qabul qiluvchi tashkilot tomonidan transport tashkilotiga va yetkazib beruvchi tashkilotga talabnoma bildiriladi. Bunda, Spirtni yuklab jo‘natish va qabul qilish to‘g‘risidagi dalolatnoma (Z-6-son shakl) spirt qabul qilingandan so‘ng talabnomaga ilova qilingan holda 5 kun muddat ichida yetkazib beruvchi tashkilotga yuboriladi. Talabnoma qondirilmagunga qadar qabul qiluvchi tashkilot sisternalardan yechib olingan yetkazib beruvchi tashkilotning plombalarini saqlashi shart.
56. Sisternalar Spirtni yuklab jo‘natish va qabul qilish to‘g‘risidagi dalolatnomasiz (Z-6-son shakl) yetib kelgan taqdirda muvofiqlik sertifikati va sanitariya-epidemiologik xulosa mavjud bo‘lsa, qabul qiluvchi tashkilot dastlabki dalolatnomani rasmiylashtirish orqali spirtni qabul qiladi. Spirtni qabul qilishni yakuniy rasmiylashtirish yetkazib beruvchi tashkilotdan Spirtni yuklab jo‘natish va qabul qilish to‘g‘risidagi dalolatnoma (Z-6-son shakl) olingandan so‘ng amalga oshiriladi.
61. Saqlash uchastkasidagi spirtning hisob-kitobi moddiy javobgar shaxslar tomonidan mazkur Yo‘riqnomaning 8-ilovasiga muvofiq Mahsulotlar mavjudligi, harakati va o‘lchovlari kitobida (Z-25-son shakl) suvsiz spirt dekalitrlarida yuritiladi. Kitobda har bir rezervuarga shaxsiy hisobvaraq ochiladi. Mazkur kitobga spirtni qabul qilish va berib yuborish jarayonlarida ish kuni boshida va oxirida rezervuardagi spirtning sathi to‘g‘risidagi ma’lumotlar ham kiritiladi. Qo‘shimcha ravishda haroratni o‘lchash va qayd qilish rezervuarga spirtning quyilish balandligini o‘lchash natijasida tafovut aniqlanganda amalga oshiriladi.
92. Sisternani to‘ldirishda merniklardan o‘tkazish yo‘li bilan aniqlangan spirt miqdori Yuklab jo‘natish va qabul qilish to‘g‘risida dalolatnomaga (Z-6-son shakl) qayd etiladi. Ushbu dalolatnoma, muvofiqlik sertifikati va sanitariya-epidemiologik xulosa yuk xatiga ilova qilinadi.
103. Laboratoriya tahlili natijasida sisternadagi spirtning haqiqiy konsentratsiyasi bilan yuk xatida va Spirtni yuklab jo‘natish va qabul qilish to‘g‘risidagi dalolatnomasida (Z-6-son shakl) ko‘rsatilgan konsentratsiya o‘rtasida tafovut aniqlansa, shuningdek spirtning organoleptik ko‘rsatkichlari normativ hujjat talablariga mos kelmasa, ushbu sisternadan spirt to‘kib olinmaydi va yetkazib beruvchi tashkilotga qaytariladi.
107. Spirtni yuklab jo‘natish va qabul qilish to‘g‘risidagi dalolatnoma (Z-6-son shakl) olingandan so‘ng miqdor va sifat bo‘yicha e’tirozlar bo‘lmagan taqdirda spirt namunalari 5 kunlik muddat ichida komissiya ishtirokida rezervuarga quyiladi.

Spirt yo‘qotilishiga olib keluvchi holatlar

Bartaraf etish usullari

Qabul qilishda

Pastki to‘kish uskunalarining sisternalarga ulash joylaridan spirtning sizib oqishi.

To‘kib olish oldidan pastki to‘kish uskunalari va sisterna patrubokining texnik holati puxta tekshiriladi.

Pastki to‘kish uskunalarini sisternalarga ulash qoidalariga rioya etiladi. Pastki to‘kish uskunalari tagiga majburiy tarzda idishlar qo‘yiladi.

Spirtning sisternadan to‘liq bo‘lmagan hajmda quyilishi.

Spirt to‘kib bo‘lingandan so‘ng shlangli gazniqob kiygan ishchi sisterna ichiga tushib uni tozalash ishlarini amalga oshiradi.

Spirtning sisternaga quyilish sathi balandligini, haroratini, konsentratsiyasini noto‘g‘ri aniqlash.

Ushbu ko‘rsatkichlarni aniqlashda standart asboblardan, jumladan harorat o‘lchagichi, spirt o‘lchagichi va metrshtoklardan foydalaniladi. O‘lchashlar aynan normativ hujjatda belgilangan aniqlikda amalga oshiriladi.

Spirt miqdorini aniqlash bo‘yicha sisternada o‘tkazilgan o‘lchovlar va spirtni mernikdan o‘tkazishda olingan natijalar o‘rtasida tafovut bo‘lishi.

Merniklarni to‘ldirish va ulardan mahsulotni to‘kish vaqtida e’tiborli bo‘lish, merniklarning zadvijkalarini mahkam yopish va ochish, mahsulot to‘liq to‘kilishini nazorat qilish, spirtning merniklardagi haroratini to‘g‘ri aniqlash lozim. Har bir sisterna bo‘shatilgandan so‘ng merniklardan nasoslargacha bo‘lgan quvurlarda qolgan spirt qoldig‘ini tozalash merniklariga quyish va hisobga olish lozim.

Rezervuarlardan spirtni to‘kib yuborish.

Har bir rezervuarga to‘ldirish jadvali tuziladi. Spirtni sisternadan rezervuarga quyishdan oldin undagi mahsulotning quyilish sathi balandligi o‘lchanadi va kalibrovka jadvaliga muvofiq mazkur rezervuarga qo‘shimcha ravishda yana qancha miqdorda spirt quyish mumkinligi aniqlanadi. Rezervuarga spirt quyishning tugallanishiga alohida e’tibor qaratiladi.

Spirtni sisternadan to‘kib olish vaqtida ayrim zadvijkalar zich yopilmaganligi sababli mahsulotning bir qismi boshqa sig‘imlarga o‘tib ketishi yoki uning to‘kilishiga yo‘l qo‘yish.

Ekspluatatsiya jarayonida saqlash uchastkasidagi barcha ishlatilmaydigan zadvijkalar yopib qo‘yiladi va plombalanadi. Spirtni to‘kib olishdan oldin saqlash uchastkasi boshlig‘i spirtning nasoslardan rezervuarlargacha bo‘lgan yo‘li bo‘ylab joylashgan barcha zadvijkalarni shaxsan tekshiruvdan o‘tkazishi lozim.

Saqlashda

(spirtning parlanishi natijasida yo‘qotishlarning yuqoriligi)

Rezervuarlarning germetik emasligi.

Rezervuarni spirt quyishga tayyorlash vaqtida germetikligi tekshiriladi. Saqlash davrida rezervuar manovakuummetri ko‘rsatkichlari nazorati amalga oshiriladi.

Nafas olish va ehtiyot klapanlarining yaxshi sozlanmaganligi.

Nafas olish va ehtiyot klapanlari sozlangan bo‘lishi va rezervuar loyihasida nazarda tutilgan bosim va vakuumda ishlab ketishi lozim.

Ekspluatatsiya davomida nafas olish klapanlarining likopchalari o‘z joylariga zich o‘rnatilganligi, ehtiyot klapanlarining gidrozadvijkadagi suyuqlik sathi balandligi va uning gorizontalligi doimiy ravishda nazorat qilinishi lozim.

Rezervuarlarning to‘liq to‘ldirilmaganligi.

Gaz bo‘shlig‘ini kamaytirish maqsadida rezervuarlar maksimal ruxsat etilgan balandlikkacha to‘ldirilishi lozim.

Rezervuarlar tashqi yuzasining nurni qaytarish qobiliyatining pasayishi.

Rezervuarlar tashqi yuzasi bo‘yog‘ini yangilab turish. Nurni qaytarish qobiliyatini oshirish uchun rezervuarlar yuzasini oq rangga bo‘yash tavsiya etiladi.

Rezervuardagi teshiklar, korrozion shikastlanishlar, korpusdagi yoriqlardan spirtning oqib ketishi.

Rezervuarlarning texnik holatini va nazorat trubkalaridan sizib chiqqan spirt mavjudligini doimiy ravishda nazorat qilish.

Rezervuarlarning cho‘kishi va yoriqlarning paydo bo‘lishi.

Rezervuarlar cho‘kish darajasini doimiy nazorat qilish, belgilangan muddatlarda rezervuarlar tubi chekkalarini tenglashtirish ishlarini amalga oshirish.

Quvurlardagi va ochish-yopish armaturalardagi flanetsli birikmalardan spirtning sizib oqishi.

Birikmalar boltlarini zichlab tortish va qistirmalarni almashtirish yo‘li bilan bartaraf etiladi.

Spirtning zadvijkalar va xlopushkalar shturvalining salnikli zichlamalaridan oqishi.

Salnikli zichlamalar davriy ravishda tortib turiladi, qurib qolgan va yoyilib ketgan salnikli zichlamalar yangisiga almashtiriladi.

Havo haroratining keskin o‘zgarishi oqibatida rezervuar, quvurlar, zadvijkalarnig shikastlanishi.

Haroratning keskin o‘zgarishi davrida, ayniqsa qishki mavsumda, saqlash uchastkalari uskunalarining texnik holati ustidan nazorat kuchaytiriladi. Yuz berish ehtimoli bo‘lgan avariyalarni bartaraf etish uchun tashkilotda maxsus yo‘riqnomalar ishlab chiqiladi. Ularda avariya oqibatlarini bartaraf etish tartibi, mulklarni va asbob-uskunalarni saqlash joylari ko‘rsatiladi.

Berib yuborishda

Sisternalarga spirt quyish jarayonida zich bo‘lmagan birikmalardan spirtning sizib oqishi.

Quyish shlanglarini aniq va zich biriktirish, spirtni sisternalarga quyish jarayonini doimiy nazorat qilish va oqish holatlari aniqlanganda darhol ularni bartaraf etish choralarini ko‘rish lozim.

Sisternalarga ochiq oqim bilan quyishda spirtning parlanish darajasining yuqoriligi.

Spirtni sisternaga quyish jarayonida quyish shlanglarining uchlari mahsulot sathidan past bo‘lgan balandlikda joylashtiriladi.

Quyish shlanglari sisternadan chiqarilgandan so‘ng ulardan spirt oqishi.

Shlanglar sisternadan chiqarilgandan so‘ng ulardan oqib tushadigan spirtni yig‘ish uchun metall stakanlarga joylashtiriladi.

Sisternani to‘ldirish jarayonida spirtni oshirib quyish.

Sisternani to‘ldirishni uning hajmi va turiga ko‘ra oldindan tayyorlangan merniklar hisoblariga muvofiq amalga oshirish lozim. Sisternani to‘ldirishda uning to‘lishi ustidan uzluksiz nazorat o‘rnatiladi.

Sisterna yetarli darajada germetizatsiya qilinmaganda unga oshirib quyish natijasida spirtning yo‘li bo‘ylab yo‘qotishlarning keskin oshishi.

Sisterna og‘iz qismining ichki tomonida qo‘yilgan belgidan oshirib quyishga yo‘l qo‘ymaslik, sisterna tuynuklari mahkam germetizatsiya qilinishi lozim.

(Z-58-son shakl)

Rezervuarning spirtni qabul qilishga tayyorligi to‘g‘risidagi
DALOLATNOMA

20__ yil “___” ______________

Bosh muhandis__________________ (raisligida), saqlash uchastkasi boshlig‘i _________________ laboratoriya mudiri ____________________ tarkibidagi komissiya _____ sonli rezervuar va unga ulangan quvurlarning spirtni qabul qilishga tayyorligi ustidan tekshirish o‘tkazib quyidagilarni aniqladi:

1. Rezervuar devorlari va osti tozalangan, sanitar holati:
_____________________________________________________________________________.
2. Rezervuar va mahsulot quvurlarining texnik holati:
____________________________________________________________________

(rezervuar va asosiy konstruktiv tarmoqlar: tomi, tubi, rezervuar asosi,

____________________________________________________________________

pastki rezervuar uskunasi, korpusning rezervuar bilan birikishi

____________________________________________________________________

payvandlanish joyi va boshqalar)

Rezervuar uskunalarining texnik holati

1. _________ mexanik havo kirish klapani o‘rnatilishi to‘g‘riligi tekshirildi, sinov vaqtida ____________ mm suv. sathi bosimida va ________________ mm suv. sathi vakuumida ishladi.

2. _____ gidravlik himoya klapani daraja bo‘yicha o‘rnatilishi tekshirildi, ______ miqdorda _____________ (suyuqlik nomi) quyildi, sinov vaqtida ______________ mm suv. st. bosimida va _________ mm suv. st. vakuumida ishladi.

3. Rezervuar uskunalari (barcha uskunalar ularni tekshirish natijalari ko‘rsatilgan holda sanab o‘tiladi).

4. Yerlatish uskunalari tekshirildi, 20__ yil “___” _______ dagi dalolatnomaga qaralsin.

Komissiya xulosasi: Rezervuar _____ va unga ulangan quvurlar:
____________________________________________________________________
____________________________________________________________________

Komissiya a’zolari:
____________________________________________________________________

(F.I.O., imzo)

Moddiy javobgar shaxslar tomonidan transportda tashish va merniklargacha yetkazishdagi tabiiy yo‘qotishlar (mazkur Yo‘riqnomaning 10-ilovasida keltirilgan Spirtning tabiiy yo‘qotish normalari asosida) hisoblanadi. Spirtni mernikdan sisternaga quyish bilan bog‘liq yo‘qotishlar yetkazib beruvchi tashkilot hisobiga yoziladi.
Suv-spirt eritmalarida spirt konsentratsiyasini aniqlashning 4-jadvalida (“Suv-spirt eritmalarida spirt miqdorini aniqlash jadvallari”, Moskva, 1979-yil nashridan foydalanish tavsiya etiladi) 87,2 foiz ustuni va –12,5°S satri kesishmasidagi qiymat, ya’ni eritmadagi spirtning konsentratsiyasi – 96,0 (foiz) aniqlanadi.
Suv-spirt eritmalarida spirt konsentratsiyasini aniqlashning 5-jadvali bo‘yicha spirtning 96,0 foiz konsentratsiyasi ustuni va – 20°S harorat satri kesishmasidan ko‘paytiruvchi — 0,9999 topiladi.
Spirt rezervuarga 11500 mm sathda quyilgan. O‘lchov tasmasining uzunligiga mazkur Yo‘riqnomaning 12-ilovasiga muvofiq uning harorati bilan bog‘liq tuzatish kiritiladi, ya’ni, spirtning harorati –20°S bo‘lganda, tasma uzunligining har bir metriga — 0,48 mm tuzatish kiritilishi kerak. Bunda mahsulot quyilishining haqiqiy balandligi quyidagi formula bo‘yicha hisoblanadi:
Kalibrovka jadvalga ko‘ra, ushbu quyilish balandligiga 327077 dekalitrga teng hajm to‘g‘ri keladi. Rezervuar hajmi korpus haroratining o‘zgarishiga bog‘liq holda o‘zgarishi sababli mazkur Yo‘riqnomaning 13-ilovasiga asosan tuzatishlar kiritiladi, ya’ni harorat –20°S bo‘lganda mazkur Yo‘riqnomaning 13-ilovasida keltirilgan jadvalga muvofiq tuzatish koeffitsiyenti 0,99856 ga teng. Bunda rezervuardagi spirtning haqiqiy hajmi quyidagini tashkil qiladi:

Jarayon nomi, o‘lchov birligi

Oktyabr — Mart

Aprel — Sentyabr

Uchastka ichidagi jarayonlar

1. Statsionar sisternalarda saqlashda (1 m2 da spirtning yuza qismida bug‘ holatida yo‘qotishi har bir to‘liq oy uchun suvsiz spirt, dekalitrda):

yopiq saqlash uchastkasida

0,009

0,027

ochiq saqlash uchastkasida

0,0171

0,0684

2. Po‘lat bochkalarda saqlashda (har bir to‘liq oy uchun saqlanadigan spirt miqdoriga foizda. Har bir sutkadagi yo‘qotish oylik normaning 1/30 miqdoridan hisoblanadi)

0,10

0,12

3. Tashkilotda bir martalik ko‘chirishda ko‘chirilgan suvsiz spirtga foizda:

nasos orqali quyilganda

0,025

0,035

o‘z oqimi bilan quyilganda

0,015

0,025

Tashish jarayonlari

4. Temir yo‘l sisternasiga va avtotsisternaga mernikdan quyganda (suvsiz spirtning miqdoriga foizda):

nasos orqali

0,04

0,07

o‘z oqimi bilan

0,03

0,05

5. Quyib olganda (quyib olinadigan suvsiz spirtning miqdoriga foizda):

temir yo‘l sisternasidan mernik yoki rezervuarga:

nasos orqali

0,07

0,11

sifon orqali

0,05

0,07

avtotsisternalardan temir yo‘l sisternalariga:

nasos orqali

0,04

0,07

sifon orqali

0,03

0,05

6. Mernikdan po‘lat bochkalarni to‘ldirganda, po‘lat bochkalardan mernikka, sisterna yoki rezervuarga quyganda (quyib olinadigan suvsiz spirtning miqdoriga foizda)

0,09

0,10

7. Temir yo‘l sisternasida tashishda temir yo‘l sisternasidan boshqa izdagi temir yo‘l sisternasiga quyishda, shuningdek avariya holatida bir temir yo‘l sisternasidan boshqasiga yoki idishga quyishda (o‘tkaziladigan suvsiz spirtning miqdoriga foizda)

0,07

0,11

8. Avtotsisternalarda tashishda (suvsiz spirtning miqdoriga foizda)

0,5 dan 50 km gacha bo‘lgan masofada

0,03

0,04

50 km dan yuqori masofada

0,0007

ko‘p emas,

har bir haqiqatda bosib o‘tilgan kilometrga, lekin 0,07 dan ko‘p emas

0,0007

ko‘p emas

har bir haqiqatda bosib o‘tilgan kilometrga, lekin 0,08 dan ko‘p emas

9. Temir yo‘l sisternalarida tashishda spirtning temir yo‘l sisternalarida har bir sutkada turishi uchun (spirtning sisternaga/dan quyish/to‘kish kuni
1 sutka deb hisoblanadi) suvsiz spirt dekalitrda:

yuk ko‘tarishi 20 tn bo‘lgan

0,135

0,175

yuk ko‘tarishi 50 tn bo‘lgan

0,27

0,31

yuk ko‘tarishi 60 tn bo‘lgan

(turi 25, 53 va 62)

0,30

0,32

10. Temir yo‘l va avtotransport vositasi orqali po‘lat bochkalarda tashishda (har bir sutkada suvsiz spirt miqdoriga foizda)

0,01

Tashishdagi to‘liq davrda 0,10 dan ko‘p emas

0,015

Tashishdagi to‘liq davrda 0,15 dan ko‘p emas

Spirtni mernikdan nasos yordamida rezervuarga quyish vaqtidagi tabiiy yo‘qotishlarini hisoblashda, mazkur Yo‘riqnomaning 10-ilovasida keltirilgan jadvalning 3-bandiga muvofiq ko‘chirilgan spirt miqdorining 0,025 foizga teng bo‘lgan tabiiy yo‘qotish normasi olinadi va mazkur jarayonda yo‘qotishlar quyidagini tashkil etadi:
Ushbu yo‘qotishlar mazkur Yo‘riqnomaning 10-ilovasida keltirilgan jadvalning 3-bandiga muvofiq, spirtni yoz mavsumida nasos yordamida rezervuardan oraliq idishiga quyishda spirtning tabiiy yo‘qotish normasi 0,035 foiz, spirtni o‘z oqimi bilan oraliq idishidan mernikka quyishda esa 0,025 foizni tashkil qiladi.

(Z-35-son shakl)

Sisternalardan namuna olish
DALOLATNOMASI

20 ___ yil “____” _____________

____________________tashkiloti

Biz, quyida imzo qo‘yuvchilar, ___________________________________ tashkilotiga __________________________________________ tashkilotidan
______________________ stansiyadan ______________________ stansiyaga

20___ yil “____” ______________ da _______-sonli yuk xati bilan keltirilgan, hajmi _______ dal bo‘lgan, ____-sonli sisternadan ______________

____________________________________________________________________

(mahsulot nomi)

_______________________ Oz DSt, GOST ga muvofiq ______ l miqdorda o‘rtacha namuna olindi,
_________________________________________________________________ toza va quruq

(shisha idishlar soni va hajmi)

shisha idishlariga quyildi, tashkilot laboratoriyasining Nizoli holat uchun namunalarni ro‘yxatga olish kitobiga _____________ raqami ostida qayd etildi.

Namuna solingan shisha idishlar ________________________ tiqin bilan zich yopildi,

(qanday tiqin)

shisha idishlarga etiketka yopishtirildi, tiqinlar _________________________________ bilan ______________________________

(nima bilan o‘ralgani ko‘rsatilsin)

o‘ralgan va ______________________tashkiloti muhri bilan muhrlangan, nizoli holat uchun tahlil o‘tkazish uchun, ________________________ laboratoriyaga saqlash uchun topshirilgan.
Namunani oldilar va muhrladilar:

____________________________________________________________________

(F.I.O., lavozimi, imzosi)

____________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________
Imzo: ____________________

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi