Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

×
 ×
Meva-sabzavot mahsulotlarini tayyorlash, saqlash va sotish jumhuriyat kooperativ birlashmasi — “Uzkoopzagottorg”ni tashkil etish to‘g‘risida

Vazirlar Mahkamasining
“Uzkoopzagottorg”ning asosiy tuzilma bo‘linmalari RO‘YXATI

Hujjat kuchini yo‘qotgan 05.08.1994
 LexUZ sharhi
O‘zbekiston SSJ Prezidentining 1991-yil 8-maydagi Farmoniga muvofiq hamda jamoa va yakka tartibdagi sektorlarda yetishtirilgan meva-sabzavotlarni tayyorlash, saqlash, sotish jumhuriyat tayyorlov organlari faoliyatini yaxshilash, bozor munosabatlariga o‘tish sharoitida jumhuriyatlararo va tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Tarkibida ilovaga muvofiq tuzilma bo‘linmalari bo‘lgan meva-sabzavot mahsulotlarini tayyorlash, saqlash va sotish jumhuriyat kooperativ birlashmasi — (“Uzkoopzagottorg”) tashkil etilsin.
Qoraqalpog‘iston jumhuriyat kooperativ tayyorlov-savdo birlashmasi
Andijon viloyat kooperativ tayyorlov-savdo birlashmasi
Buxoro viloyat kooperativ tayyorlov-savdo birlashmasi
Jizzax viloyat kooperativ tayyorlov-savdo birlashmasi
Qashqadaryo viloyat kooperativ tayyorlov-savdo birlashmasi
Namangan viloyat kooperativ tayyorlov-savdo birlashmasi
Samarqand viloyat kooperativ tayyorlov-savdo birlashmasi
Surxondaryo viloyat kooperativ tayyorlov-savdo birlashmasi
Sirdaryo viloyat kooperativ tayyorlov-savdo birlashmasi
Toshkent viloyat kooperativ tayyorlov-savdo birlashmasi
Farg‘ona viloyat kooperativ tayyorlov-savdo birlashmasi
Xorazm viloyat kooperativ tayyorlov-savdo birlashmasi
Toshkent kooperativ tayyorlov-savdo birlashmasi

Soni

Quvvati

Nohiya tayyorlov-sanoat-savdo idoralari qishloq kooperativ tayyorlov-sanoat-savdo idoralari, tayyorlov idoralari, meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash, kolbasa mahsulotlari ishlab chiqarish kichik sexlari, mol so‘yish punktlari ham shu jumlaga kiradi

156 ta

Tayyorlov-sotish bazalari11 ta
Viloyat, nohiya bo‘ysunuvidagi shahar kooperativ savdo idoralari va Toshkent shahar kooperativ savdo idorasi46 ta
Qishlok xo‘jaligi mahsulotlarini sotuvchi ixtisoslashtirilgan magazinlar, pavilonlar, do‘konlar6603 ta
Tayyorlov idoralari va kooperativ tayyorlov-sanoat idoralari huzuridagi sabzavot-kartoshka saqlash joylari310 ta128,4 ming t
Tayyorlov idoralari va kooperativ tayyorlov-sanoat idoralari huzuridagi meva saqlash joylari51 ta

22 ming t

Tayyorlov idoralari, kooperativ tayyorlov-sanoat idoralari huzuridagi mashina bilan sovitadigan omborlar-yaxlatgichlar26 ta6,5 ming t
Dehqon bozorlari, ularga bo‘ysunuvchi xo‘jaliklar ham shu jumlaga kiradi603 ta

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi