Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

Hujjat kuchini yo‘qotgan 18.11.2021
 LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 23-avgustdagi PQ-1602-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, mahalliy davlat hokimiyati organlarining norma ijodkorligi faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadida buyuraman:
2. 69-banddagi “o‘n kun” degan so‘zlar “uch kun” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
3. 72-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
5. 84-bandning ikkinchi xatboshisidagi “4 va 5-ilovalarida” degan so‘zlar “4, 41 va 5-ilovalarida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
6. Yo‘riqnomaga 4-ilovaning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
7. Mazkur o‘zgartirish va qo‘shimchalarning ilovasiga muvofiq mazmundagi 41-ilova bilan to‘ldirilsin.

Namuna

O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI
ADLIYA VAZIRLIGI


SIRDARYO VILOYAT ADLIYA BOSNQARMASI

MINISTRY OF JUSTICE OF TNE REPUBLIC OF UZBEKISTAN


DEPARTMENT OF JUSTICE OF SYRDARYA REGION

120100, Guliston shahri, Al-Xorazmiy ko‘chasi, 24-uy. Tel: (3672) 25-00-93, Faks: 225-09-69. Elektron pochta: sirdaryo @minjust.gov.uz 24, Al-Norazmy Street, Gulistan city, 120100 Phone: (3672) 25-00-93, Fax: 225-09-69 e-mail: sirdaryo @minjust.gov.uz
2014-yil 9-yanvar 02/2166-son

Sirdaryo tuman hokimi
B. Suvonovga

Sizning 2014-yil 7-yanvardagi
1-98-sonli xatingizga

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi “Tuman aholisining bandligini ta’minlash dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Sirdaryo tuman xalq deputatlari Kengashi qarori loyihasini qonun hujjatlariga va qonunchilik texnikasi qoidalariga nomuvofiqligini bildiradi.

Qaror loyihasi huquqiy ekspertizadan o‘tkazish natijalari bo‘yicha xulosada ko‘rsatib o‘tilgan kamchiliklar bartaraf etilgandan so‘ng sessiya muhokamasiga kiritilishi lozim.

Ushbu qaror qabul qilingandan so‘ng rasmiy nashrlarda e’lon qilinishi, rasmiy veb-saytda joylashtirilishi (rasman e’lon qilingandan keyin ikki kundan kechikmay), O‘zbekiston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlarining davlat hisobi to‘g‘risidagi nizomga (ro‘yxat raqami 1856, 2008-yil 10-sentabr) muvofiq 3 kun ichida davlat hisobiga olish uchun qog‘oz va elektron shakllarda adliya boshqarmasiga taqdim qilinishi lozimligi ma’lumot tariqasida ma’lum qilinadi.

Ilova: qaror loyihasi, huquqiy ekspertiza natijalari bo‘yicha xulosa ___ varaqda.
Boshqarma boshlig‘i

A. TOShQULOV”


Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi