Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

Oldingi tahrirga qarang.
2. Nomusga tegish deganda (JK 118-moddasi), jabrlanuvchi bilan uning erkiga qarshi yoki erkidan tashqari zo‘rlik ishlatib, qo‘rqitib (bundan buyon matnda — tahdid etib) yoxud jabrlanuvchining ojizligidan foydalanib, tabiiy usulda jinsiy aloqa qilish tushunilishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Nomusga tegish yoki jinsiy ehtiyojni g‘ayritabiiy usulda qondirish paytida jabrlanuvchiga yengil yoki o‘rtacha og‘ir shikast yetkazilishi tegishlicha JK 118-moddasi yoki 119-moddasi dispozitsiyasi bilan qamrab olinadi va JK 105, 109-moddalari, 1261-moddasi birinchi — to‘rtinchi qismlari bilan qo‘shimcha kvalifikatsiya qilishni talab etmaydi. Agar nomusga tegish yoki jinsiy ehtiyojni g‘ayritabiiy usulda qondirish paytida jabrlanuvchiga og‘ir shikast yetkazilsa, aybdorning harakatlari JK 118-moddasi yoki 119-moddasi va JK 104-moddasining tegishli qismi, 1261-moddasi oltinchi qismi majmui bilan kvalifikatsiya qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
7. Sudlar JK 118-moddasi yoki 119-moddasida nazarda tutilgan jinoyat tarkiblarini JK 128-moddasida nazarda tutilgan jinoyat tarkibidan farqlashlari, bunda JK 128-moddasi bo‘yicha jinoiy javobgarlik o‘n olti yoshga to‘lmagan shaxs bilan jinsiy aloqa qilish yoki jinsiy ehtiyojni g‘ayritabiiy usulda qondirish zo‘rlik yoki tahdid qo‘llamagan holda amalga oshirilayotgan harakatlar xususiyati va mohiyatini anglagan jabrlanuvchining roziligi bilan sodir etilgan holdagina kelib chiqishini e’tiborga olishlari lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
71. Sudlar JK 118-moddasi yoki 119-moddasida nazarda tutilgan jinoyat tarkiblarini JK 121-moddasida nazarda tutilgan jinoyat tarkibidan farqlashlari lozim.
JKning 121-moddasi bo‘yicha jinoiy javobgarlik xizmat, moddiy yoki boshqa jihatdan aybdorga qaram bo‘lgan shaxsni jinsiy aloqa qilishga yoki jinsiy ehtiyojni g‘ayritabiiy usulda qondirishga majbur qilganda kelib chiqadi. Bunda, nomusga tegish yoki jinsiy ehtiyojni g‘ayritabiiy usulda qondirishdagi ruhiy zo‘rlik ishlatishdan farqli ravishda, jabrlanuvchi shaxsni majbur etishda shaxsning bosh tortgani tahdidning darhol amalga oshirilishini taxmin qilmasligini, ayni vaqtda amalda yetkazilgan yoki qo‘rqitishda ifodalanadigan zarar jabrlanuvchi shaxsiga tegishli bo‘lmay, balki uning mulkiy va boshqa shaxsiy huquqlariga taalluqli bo‘lishini hamda o‘z xususiyatiga ko‘ra, bu zarar jabrlanuvchi moddiy, xizmat yoki boshqa jihatlardan qaram bo‘lgan shaxs tomonidangina yetkazilgan bo‘lishi kerakligini e’tibor qaratish lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Mazkur qoidalar JK 128-moddasi ko‘rsatilgan jinoyatni sodir qilgan shaxslarning harakatlarini kvalifikatsiya qilishda ham qo‘llaniladi.
Ikki va undan ortiq marta nomusga tegish yoki jinsiy ehtiyoj g‘ayritabiiy usulda qondirish sodir etilgan bo‘lib, buning uchun Jinoyat kodeksining 118-moddasi yoki 119-moddasining turli qismlarida jinoiy javobgarlik nazarda tutilgan bo‘lsa, shuningdek bir holda bunday jinoyatlarga suiqasd yoki ularda ishtirokchilik, boshqa holda esa, tugatilgan jinoyat sodir etilgan bo‘lsa, aybdorning harakatlari mazkur jinoyatlarning har biri bo‘yicha mustaqil kvalifikatsiya qilinishi lozim.
12. JK 118-moddasi yoki 119-moddasida nazarda tutilgan jinoyat u nafaqat bir necha shaxs tomonidan bitta jabrlanuvchiga nisbatan sodir etilgan hollarda, balki aybdor shaxslar hamjihatlikda bir necha jabrlanuvchiga nisbatan harakat qilib va zo‘rlik yoki tahdid qo‘llab, so‘ngra jabrlanuvchilardan har biri yoki hech bo‘lmaganda biri bilan zo‘rlab jinsiy aloqa qilgan yoki jinsiy ehtiyojlarini g‘ayritabiiy usulda qondirganda ham guruh shaxslar (oldindan til biriktirgan guruh shaxslar) tomonidan sodir etilgan deb topilishi lozim. Jinoyat ishtirokchilaridan biri qonunga ko‘ra jinoyat subyekti bo‘lmagan hollarda ham (JK 17, 18-moddalari) ikkinchi ishtirokchining harakatlari guruh tarkibida sodir etilgan jinoyat sifatida kvalifikatsiya qilinishi lozim.
JK 118-moddasi ikkinchi qismi “v” bandi yoki 119-moddasi ikkinchi qismi “v” bandi bilan, nafaqat bevosita nomusga tekkan yoki jinsiy ehtiyojni g‘ayritabiiy usulda qondirgan shaxslarning harakatlari, balki jabrlanuvchiga nisbatan zo‘rlik yoki tahdid qo‘llash orqali ularga ko‘maklashgan shaxslarning harakatlari ham kvalifikatsiya qilinishi lozim. Bunda qayd etilgan jinoyat tarkiblari obyektiv tomonida nazarda tutilgan harakatlarni shaxsan sodir etmagan, biroq zo‘rlik yoki tahdid qo‘llash orqali boshqa shaxslarga jinoyat sodir etishda ko‘maklashgan shaxslarning harakatlari guruh bo‘lib nomusga tegish yoki jinsiy ehtiyojni g‘ayritabiiy usulda qondirish jinoyatining sherik ijrochisi sifatida JK 28-moddasiga havola qilinmagan holda kvalifikatsiya qilinishi lozim.
13. JK 118-moddasi ikkinchi qismi “g” bandi yoki 119-moddasi ikkinchi qismi “g” bandida nazarda tutilgan o‘ldirish bilan tahdid etish deganda, nafaqat aybdorning jabrlanuvchiga, uning yaqin qarindoshlariga yoki jabrlanuvchida ularga nisbatan muayyan mas’uliyat mavjud shaxslarga nisbatan darhol jismoniy zo‘rlik ishlatish niyati ochiqdan-ochiq bildirilgan so‘zlari, balki aybdorning, masalan, qurol yoki qurol sifatida foydalanilishi mumkin bo‘lgan predmetlar (pichoq, ustara, bolta va sh.k. lar) namoyishi singari tahdid soluvchi harakatlari ham tushunilishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
131. JK 118-moddasi ikkinchi qismi “d” bandi yoki 119-moddasi ikkinchi qismi “d” bandida nazarda tutilgan nogironlik belgisiga ega ekanligi aybdorga ayon bo‘lgan shaxsga nisbatan sodir etish deganda jismoniy, aqliy, sensor (sezgi) yoki ruhiy nuqsonlari ayon (ma’lum) bo‘lgan shaxsga nisbatan sodir qilingan harakatlarni tushunish lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
14. Sudlar shuni inobatga olishlari lozimki, o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan (JK 118-moddasi uchinchi qismi “a” bandi yoki 119-moddasi uchinchi qismi “a” bandi) yoki o‘n to‘rt yoshga to‘lmagan (JK 118-moddasi to‘rtinchi qismi yoki 119-moddasi to‘rtinchi qismi) shaxsga nisbatan nomusga tegish yoki jinsiy ehtiyojni g‘ayritabiiy usulda qondirish jinoyatini sodir etganlik uchun jinoiy javobgarlik, aybdor jabrlanuvchining yoshini bilgan yoki bilmaganligidan qat’iy nazar kelib chiqadi.
Oldingi tahrirga qarang.
15. Aybdorning harakatlarini JK 118-moddasi uchinchi qismi “b” bandi yoki 119-moddasi uchinchi qismi “b” bandi bilan kvalifikatsiya qilishda sudlar Jinoyat kodeksining sakkizinchi bo‘limida bayon etilgan “yaqin qarindoshlar” tushunchasiga asoslanishlari, bunda mazkur tushunchani keng sharhlash mumkin emasligini, shuningdek sobiq xotiniga (sobiq eriga), bir ro‘zg‘or asosida birgalikda yashayotgan shaxsga yoxud umumiy farzandga ega bo‘lgan shaxsga nisbatan sodir etilganda kelib chiqishini inobatga olishlari lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
151. Sudlar aybdor shaxslarning harakatlarini JKning 118-moddasi 3-qismi “v” bandi va 119-moddasi 3-qismi “v” bandi bilan kvalifikatsiya qilishda, jabrlanuvchi kimning qaramog‘ida bo‘lganligiga alohida e’tibor qaratishlari lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
16. JK 118-moddasi uchinchi qismi “e” bandi yoki 119-moddasi uchinchi qismi “e” bandida nazarda tutilgan “og‘ir oqibatlar” deganda, homilador bo‘lish yoki homilaning tushishi, ruhiy holati buzilishi, OIV/OITS yuqishi, jabrlanuvchi tomonidan tanlangan jinoyatdan himoyalanish usuli oqibatida olingan tan jarohatlari (masalan, ko‘p qavatli binodan, yurib ketayotgan avtomobildan, poyezddan sakraganda), jinoyat natijasida jabrlanuvchining o‘zini o‘zi o‘ldirishi va h.k.lar tushunilishi lozim.
17. Sudlar kvalifikatsiya belgilari mavjud bo‘lmagan holda sodir etilgan nomusga tegish yoki jinsiy ehtiyojni g‘ayritabiiy usulda qondirishga doir (JK 118-moddasi birinchi qismi yoki 119-moddasi birinchi qismi) jinoyat ishlarini qo‘zg‘atishning o‘ziga xos protsessual xususiyatlarini inobatga olib, bunday ishlarni qo‘zg‘atish tartibiga rioya etilishiga nisbatan talabchanlikni oshirishlari lozim. Bunda shuni nazarda tutish kerakki, jabrlanuvchining yozma shikoyati bo‘lmagan hollarda mazkur toifaga doir ishlarni qo‘zg‘atish uchun, faqat, jabrlanuvchining JPK 324-moddasida nazarda tutilgan tartibda bayonnomaga kiritilgan og‘zaki shikoyati asos sifatida olinishi mumkin.
Kvalifikatsiya belgilari mavjud holda nomusga tegish yoki jinsiy ehtiyojni g‘ayritabiiy usulda qondirish jinoyati uchun ayblanayotgan sudlanuvchining harakatlarini JK 118-moddasining birinchi qismi yoki 119-moddasining birinchi qismiga qayta kvalifikatsiya qilingan hollarda, agar ishda jabrlanuvchining yozma shikoyati bo‘lmasa yoki jabrlanuvchi sud majlisida bunday shikoyat berishdan bosh tortsa, sud jinoyat ishini JPK 84-moddasi birinchi qismi 6-bandiga asosan tugatadi.
18. Nomusga tegish yoki jinsiy ehtiyojni g‘ayritabiiy usulda qondirishga doir ishlarni ko‘rishda sudlar JPK 19-moddasiga muvofiq har bir holda ish bo‘yicha yopiq sud majlisi o‘tkazilishi zarurligini muhokama etishlari va protsess ishtirokchilari hisoblanmagan o‘n olti yoshga to‘lmagan shaxslar sud majlisi zalida bo‘lmasliklari yuzasidan tegishli choralar ko‘rishlari shart.
Oldingi tahrirga qarang.

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi