Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xo‘jaligining mashinasozlik korxonalarini boshqarishni yanada takomillashtirish va moliyaviy sog‘lomlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2014-yil 15-maydagi PQ-2176-son qarorini bajarish yuzasidan, shuningdek kasb-hunar kollejlarining moddiy-texnika bazasini yanada mustahkamlash, qishloq xo‘jaligi tarmog‘i uchun mutaxassislar tayyorlash shart-sharoitlarini va sifatini yaxshilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xo‘jaligining mashinasozlik korxonalarini boshqarishni yanada takomillashtirish va moliyaviy sog‘lomlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2014-yil 15-maydagi PQ-2176-son qarori bilan Qishloq xo‘jaligi texnikasidan foydalanish, ta’mirlash va unga servis xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha mexanik-haydovchilar va mexaniklarni tayyorlash uchun mas’ul bazaviy kasb-hunar kollejlari (keyingi o‘rinlarda bazaviy kasb-hunar kollejlari deb ataladi) ro‘yxati tasdiqlanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
ikki oy muddatda 3-ilovaga* muvofiq ro‘yxat bo‘yicha bazaviy kasb-hunar kollejlariga o‘quv-amaliy mashg‘ulotlarni olib borish maqsadida o‘quv-yordamchi xo‘jaligi uchun kamida 20 gektar hosildor sug‘oriladigan yer uchastkasi ajratsinlar;
* 2 va 3-ilovalar rus tilida berilgan.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.

T/r

Tadbirlar nomi

Bajarish muddati

Taqdim etiladigan hujjatning shakli, amalga oshirish mexanizmi

Mas’ul bajaruvchilar

I. Kasb-hunar kollejlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash

1.

Kelgusi yil uchun bazaviy kasb-hunar kollejlarini zamonaviy o‘quv-ishlab chiqarish asbob-uskunalari va qishloq xo‘jaligi texnikasi bilan jihozlash (to‘liq jihozlash) manzilli dasturlarini ishlab chiqish va tasdiqlash.

Har yili
1-sentabrgacha

Ta’lim va tibbiyot muassasalarini moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasini boshqarish kengashining qarori

O‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi markazi,
Iqtisodiyot vazirligi,
Moliya vazirligi

2.

Bazaviy kasb-hunar kollejlariga o‘quv-amaliy mashg‘ulotlarni olib borish maqsadida o‘quv-yordamchi xo‘jaligi uchun kamida 20 gektar hosildor sug‘oriladigan yer uchastkasi ajratish.

2014-yil,
sentyabr

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarining tegishli qarorlari

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, O‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi markazi

3.

Qishloq xo‘jaligi yo‘nalishidagi kasb-hunar kollejlarini zamonaviy o‘quv-ishlab chiqarish asbob-uskunalari va qishloq xo‘jaligi texnikasi bilan jihozlash normativlarini qayta ko‘rib chiqish va belgilangan tartibda tasdiqlash.

2014-yil, oktyabr

O‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi markazi, “O‘zstandart” agentligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, tegishli vazirliklar va idoralarning qo‘shma qarori

O‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi markazi, “O‘zstandart” agentligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar

4.

Mavjud qishloq xo‘jaligi texnikalarini butlovchi qismlar va yonilg‘i-moylash materiallari bilan ta’minlagan holda ulardan maqsadli va samarali foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash.

Ikki oy muddatda

O‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi markazi va Moliya vazirligining qo‘shma qarori

O‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi markazi, Moliya vazirligi

5.

Bazaviy qishloq xo‘jaligi kollejlarini o‘quv-ishlab chiqarish asbob-uskunalari va qishloq xo‘jaligi texnikasi bilan

jihozlash uchun xayriya ehsonlari, xalqaro moliyaviy institutlar grantlari va kreditlari mablag‘larini jalb etishni nazarda tutadigan loyiha takliflarni tayyorlash.

2015 — 2017-yillar

Dasturni amalga oshirish uchun homiylar mablag‘lari, xalqaro

moliyaviy institutlar grantlari va kreditlari mablag‘larini jalb etish bo‘yicha tadbirlar rejasi

O‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi markazi, Tashqi iqtisodiy aloqalar,

investitsiyalar va savdo vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, ta’lim muassasalariga ega bo‘lgan vazirliklar va idoralar

II. Ta’lim standartlari hamda o‘quv rejalari va dasturlarini takomillashtirish, darsliklar va o‘quv-metodik
qo‘llanmalar bilan ta’minlash

6.

Qishloq xo‘jaligi texnikasiga servis xizmati ko‘�satishning zamonaviy metodlari va texnologiyalarini joriy etishni hisobga olgan holda bazaviy kasb-hunar kollejlari uchun maxsus fanlar bo‘yicha amaldagi ta’lim standartlari, o‘quv rejalari va dasturlarini qayta ko‘rib chiqish va takomillashtirish.

2014-yil,

noyabr

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buyrug‘i

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi markazi, “O‘zagrosanoatmashxolding” xolding kompaniyasi, manfaatdor vazirliklar va idoralar

7.

Takomillashtirilgan o‘quv rejalari va dasturlarining joriy etilishini hisobga olgan holda qishloq xo‘jaligi texnikasidan foydalanish, ta’mirlash va ularga servis xizmatlari ko‘rsatish bo‘yicha mexanik-haydovchilar va mexaniklarni tayyorlash bo‘yicha metodik qo‘llanmalar va yo‘riqnomalarni ishlab chiqish va nashr etish.

Har yili,

25-dekabrga qadar

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Muvofiqlashtirish kengashining qarori

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi markazi, “O‘zagroservis” AJ

8.

Qishloq xo‘jaligi kasb-hunar kollejlarining maxsus fanlar o‘qituvchilari va ishlab chiqarish ustalarining qishloq xo‘jaligi texnikasi va zamonaviy o‘quv-ishlab chiqarish asbob-uskunalaridan o‘quv jarayonida foydalanish yuzasidan malakasini oshirish tadbirlari rejasini ishlab chiqish.

Jadvalga asosan

O‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi markazi buyrug‘i

O‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi markazi, O‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi markazi Pedagog kadrlari malakasini oshirish instituti,

“Iste’dod” jamg‘armasi

9.

Ommaviy axborot vositalarida va Internet portallari saytlarida, ta’lim muassasalarining rasmiy saytlarida Dasturning amalga oshirilishi keng yoritib borilishini ta’minlash.

Har chorakda, jadvalga asosan

Dasturning amalga oshirilishini yoritish bo‘yicha axborot ishlari rejasi

Davlat aloqa qo‘mitasi, O‘zA, MTRK, Matbuot va axborot agentligi, O‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi markazi

(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 6-oktabrdagi 806-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.10.2018-y., 09/18/806/2014-son)

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi