Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

Hujjat 19.05.2004 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xo‘jalik boshqaruvi organlari tizimini takomillashtirish to‘g‘risida” 2003-yil 22-dekabrdagi PF-3366-son Farmonini bajarish yuzasidan va Navoiy kon-metallurgiya kombinati faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
3. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi “Qizilqumnodirmetalloltin” davlat konserni tarkibiga kirgan 2-ilovaga muvofiq korxonalar aksiyalari davlat paketlari va aktivlarining 2004-yilda, belgilangan tartibda xususiylashtirilishini ta’minlasin.
Belgilansinki, ilgari “Qizilqumnodirmetalloltin” davlat konserni tarkibiga kirgan 3-ilovaga muvofiq korxonalar Navoiy kon-metallurgiya kombinati bilan o‘zaro hamkorlikni xo‘jalik shartnomalari asosida amalga oshiradilar.
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 4-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Vazirlar Mahkamasining “Chimyon-Chorvoq zonasi tabiiy boyliklarini saqlash hamda hududni o‘zlashtirishga kompleks va izchillik bilan yondoshishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2000-yil 10-martdagi 83-son qaroriga 4-ilovaning 29-bandidagi “Qizilqumnodirmetalloltin” konserni O‘rta Osiyo sanoat texnologiyasi loyiha-qidiruv ilmiy-tadqiqot instituti” so‘zlari “O‘zbekiston geotexnologiya loyiha-qidiruv va ilmiy-tadqiqot instituti (UzGEOTEXLITI)” so‘zlari bilan almashtirilsin.
kirish qismidagi “va Qizilqumnodirmetalloltin” konserni” so‘zlari chiqarib tashlansin;
7-banddagi “va Qizilqumnodirmetalloltin” konserni” so‘zlari chiqarib tashlansin;
8, 10 va 12-bandlardagi “Qizilqumnodirmetalloltin” konserni” va “Qizilqumnodirmetalloltin” konsernida” so‘zlari tegishli ravishda “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” va “Navoiy kon-metallurgiya kombinatida” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Vazirlar Mahkamasining “Tabiiy gaz yetkazib berish va uning uchun hisob-kitob qilish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida” 2002-yil 20-martdagi 90-son qaroriga 1-ilovaning “O‘ztransgaz” AKning magistral gaz quvurlariga to‘g‘ridan to‘g‘ri chiqadigan ulgurji iste’molchilar” ustunidan “Qizilqumnodirmetalloltin” davlat konserni” so‘zlari chiqarib tashlansin.
6. Vazirlar Mahkamasining “Standartlashtirish, metrologiya va mahsulotlar hamda xizmatlarni sertifikatlashtirish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2002-yil 3-oktabrdagi 342-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 10-son, 56-modda) 6-ilovadagi “Tolstov E.A. — “Qizilqumnodirmetalloltin” konserni raisining birinchi o‘rinbosari” so‘zlari “lavozimiga ko‘ra — Navoiy kon-metallurgiya kombinati bosh muhandisi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
a) 1-ilovadagi “Qizilqumnodirmetalloltin” davlat konserni” so‘zlari “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 2-ilovadagi “Kucherskiy N.I. — “Qizilqumnodirmetalloltin” konserni raisi” so‘zlari “Kucherskiy N.I. — Navoiy kon-metallurgiya kombinati bosh direktori so‘zlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
8. Vazirlar Mahkamasining “Yarmarka savdosini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2002-yil 13-noyabrdagi 391-son qaroriga 5-ilovadagi “G‘ulomov S.Q. — “Qizilqumnodirmetalloltin” davlat konserni raisining o‘rinbosari” so‘zlari “G‘ulomov S.Q. — Navoiy kon-metallurgiya kombinatining Toshkent shahridagi vakolatxonasi rahbari” so‘zlari bilan almashtirilsin.
9. Vazirlar Mahkamasining “Qizilqum fosforit kompleksini rivojlantirishni va Samarqand kimyo zavodini rekonstruksiya qilishni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2003-yil 13-martdagi 135-son qarorining 6 va 10-bandlaridagi “Qizilqumnodirmetalloltin” davlat konserni” so‘zlari “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi