Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xo‘jalik boshqaruvi organlari tizimini takomillashtirish to‘g‘risida” 2003-yil 22-dekabrdagi PF-3366-son Farmonini bajarish yuzasidan va Navoiy kon-metallurgiya kombinati faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
3. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi “Qizilqumnodirmetalloltin” davlat konserni tarkibiga kirgan 2-ilovaga muvofiq korxonalar aksiyalari davlat paketlari va aktivlarining 2004-yilda, belgilangan tartibda xususiylashtirilishini ta’minlasin.
Belgilansinki, ilgari “Qizilqumnodirmetalloltin” davlat konserni tarkibiga kirgan 3-ilovaga muvofiq korxonalar Navoiy kon-metallurgiya kombinati bilan o‘zaro hamkorlikni xo‘jalik shartnomalari asosida amalga oshiradilar.
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 4-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2021-y., 09/21/87/0134-son)
2. Vazirlar Mahkamasining “Chimyon-Chorvoq zonasi tabiiy boyliklarini saqlash hamda hududni o‘zlashtirishga kompleks va izchillik bilan yondoshishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2000-yil 10-martdagi 83-son qaroriga 4-ilovaning 29-bandidagi “Qizilqumnodirmetalloltin” konserni O‘rta Osiyo sanoat texnologiyasi loyiha-qidiruv ilmiy-tadqiqot instituti” so‘zlari “O‘zbekiston geotexnologiya loyiha-qidiruv va ilmiy-tadqiqot instituti (UzGEOTEXLITI)” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 31-martdagi PF-94-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.04.2022-y., 06/22/94/0256-son)
5. Vazirlar Mahkamasining “Tabiiy gaz yetkazib berish va uning uchun hisob-kitob qilish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida” 2002-yil 20-martdagi 90-son qaroriga 1-ilovaning “O‘ztransgaz” AKning magistral gaz quvurlariga to‘g‘ridan to‘g‘ri chiqadigan ulgurji iste’molchilar” ustunidan “Qizilqumnodirmetalloltin” davlat konserni” so‘zlari chiqarib tashlansin.
6. Vazirlar Mahkamasining “Standartlashtirish, metrologiya va mahsulotlar hamda xizmatlarni sertifikatlashtirish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2002-yil 3-oktabrdagi 342-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 10-son, 56-modda) 6-ilovadagi “Tolstov E.A. — “Qizilqumnodirmetalloltin” konserni raisining birinchi o‘rinbosari” so‘zlari “lavozimiga ko‘ra — Navoiy kon-metallurgiya kombinati bosh muhandisi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-iyuldagi 508-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.07.2018-y., 09/18/508/1477-son)
8. Vazirlar Mahkamasining “Yarmarka savdosini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2002-yil 13-noyabrdagi 391-son qaroriga 5-ilovadagi “G‘ulomov S.Q. — “Qizilqumnodirmetalloltin” davlat konserni raisining o‘rinbosari” so‘zlari “G‘ulomov S.Q. — Navoiy kon-metallurgiya kombinatining Toshkent shahridagi vakolatxonasi rahbari” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 18-avgustdagi 175-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotdi— O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 34-35-son, 344-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 7-iyuldagi 472-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2017-y., 28-son, 649-modda)

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi