Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

Hujjat 30.11.2018 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 64-moddasiga ko‘ra, ota-onalar o‘z farzandlarini voyaga yetgunlariga qadar boqish va tarbiyalashga majburdirlar. O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 96, 100-moddalarida, ota-onaning voyaga yetmagan bolalariga, shuningdek, voyaga yetgan mehnatga layoqatsiz, yordamga muhtoj bolalariga ta’minot berishi shartligi belgilangan. “Bola huquqlari to‘g‘risida”gi Konvensiya talablari asosida ishlab chiqilgan huquqiy bazada voyaga yetmagan va voyaga yetgan mehnatga layoqatsiz bolalarning moddiy ta’minot olish huquqi aniq belgilab qo‘yilgan. Voyaga yetmagan va voyaga yetgan mehnatga layoqatsiz bolalarning moddiy ta’minot olish huquqini ta’minlash va bu borada O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksi normalarining to‘g‘ri va aniq tatbiq etilishi bo‘yicha bir xil sud amaliyotni shakllantirish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi:
2. Amaldagi O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksi va Fuqarolik protsessual kodeksi (keyingi matnlarda FPK) talabiga ko‘ra, voyaga yetmagan va voyaga yetgan mehnatga layoqatsiz, yordamga muhtoj bolalar ta’minoti uchun aliment undirish haqida sudga bolaning ota yoki onasi, vasiylik va homiylik organlari, vasiy yoki homiy shaxs, bolalar tarbiya muassasalari hamda prokuror murojaat qilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Bunday murojaatlar FPK 171-moddasi 4-bandi, 172-moddasi tartibida sud buyrug‘i berish to‘g‘risida ariza ko‘rinishida yoki FPK 188 — 190-moddalariga rioya qilgan holda 182-moddasiga muvofiq da’vo ishlarini yuritish tartibida beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Oila kodeksining 81-moddasi 2-qismiga ko‘ra, ota-onalik huquqidan mahrum qilinishi ota-onani o‘z bolasiga ta’minot berish majburiyatidan ozod qilmaydi. Shu munosabat bilan sudlarga tushuntirilsinki, agarda ota-onalik huquqidan mahrum qilinishida bolaga aliment undirish masalasi hal qilinmagan bo‘lsa, aliment undirish yuzasidan vakolatli shaxs da’vo (ariza) bilan murojaat qilishi mumkin.
4. Oila kodeksining 165-moddasida farzandlikka olinganlar va ularning ota-onasi (ota-onasining qarindoshlari) bir-birlariga nisbatan shaxsiy va mulkiy huquqlarini yo‘qotishlari hamda o‘zaro majburiyatlardan ozod bo‘lishlari belgilanganligi sababli farzandlikka olinganlarning ta’minoti uchun ota-onasidan aliment undirilmasligiga sudlarning e’tibori qaratilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Sudlar aliment miqdorini kamaytirish, aliment to‘lashdan ozod qilish haqidagi da’vo arizalarini qabul qilishda hamda aliment undirish to‘g‘risidagi hal qiluv qarori yoki buyruq qabul qilishda davlat daromadiga undiriladigan davlat boji miqdorini belgilashda FPK 129-moddasi talablari va O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2009-yil 24-noyabrdagi “Fuqarolik ishlari bo‘yicha sud xarajatlarini undirish amaliyoti to‘g‘risida”gi 14-sonli qarori tushuntirishlariga (xususan, 21-bandi tushuntirishlarga) asoslanishlari lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
7. Sudlarning e’tibori bolaning ta’minot olishga bo‘lgan huquqini sud buyrug‘i chiqarish orqali ta’minlashning ahamiyati katta ekanligiga, ushbu tartibda, ya’ni FPK 171-moddasi 4-bandiga asosan aliment undirish masalasi FPK 177-moddasiga talabida 3 kun ichida hal etilishini nazarda tutib, mazkur institut vakolatlaridan amalda keng foydalanishga qaratilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
“8. Sudlarga tushuntirilsinki, Oila kodeksining 99-moddasiga muvofiq voyaga yetmagan bolalarga aliment undirishda aliment miqdorini ota-onaning har oydagi ish haqi va (yoki) boshqa daromadining muayyan (1/4, 1/3, 1/2) qismi miqdorida belgilanadi.
9. Oila kodeksining 100-moddasida ota-onaning voyaga yetgan bolalariga aliment to‘lashi belgilangan bo‘lib, bunda sudlar qonun talabiga ko‘ra, voyaga yetgan bolaning mehnatga layoqatli yoki layoqatsizligi hamda moddiy yordamga muhtojligi yoki muhtoj emasligini aniqlashga e’tibor qaratishlari lozim.
10. Oila kodeksining 101-moddasi talabiga muvofiq, ota-onadan voyaga yetgan mehnatga layoqatsiz, yordamga muhtoj bolalariga undiriladigan aliment miqdori har oyda pul bilan to‘lanadigan qat’iy summada belgilanadi.
11. Sudlar aliment miqdorini aniqlashda, Oila kodeksining 102-moddasida belgilangan tartibga qat’iy rioya etishlari, sud hal qiluv qarorida aliment miqdori har oydagi ish haqi va (yoki) boshqa daromadning muayyan qismida yoki pul bilan to‘lanadigan qat’iy summada belgilanganligi sababini ko‘rsatishi lozim.
12. Bolaning ta’minoti uchun qo‘shimcha xarajatlarni undirish masalasini hal etishda, sudlar Oila kodeksining 103-moddasida qayd etilgan qo‘shimcha xarajat qanday favqulodda holatlar (bolalarning og‘ir shikastlanishi, kasal bo‘lishi va boshqalar)da kelib chiqqanligini hamda bu bola ta’minoti uchun zarurligini ko‘rsatishi va ularning oilaviy va (yoki) moddiy ahvolini hisobga olib, qisman pul bilan to‘lanadigan qo‘shimcha xarajatlarning qat’iy miqdorini aniqlashi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
14. Oila kodeksining 144-moddasiga muvofiq, sudning hal qiluv qaroriga asosan pul bilan to‘lanadigan qat’iy summada undirilayotgan alimentlarni indeksatsiya qilish alimentlar ushlab qolinayotgan joyda qonun hujjatlari bilan belgilangan eng kam oylik ish haqiga mutanosib ravishda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
15. Sudlarning e’tibori sud hujjati asosan ota-onaning har oydagi ish haqi va (yoki) boshqa daromadining muayyan qismida undirilayotgan alimentni qat’iy summada yoki bir vaqtda muayyan qismda va qat’iy summada undirish to‘g‘risidagi manfaatdor tarafning talabi FPK 454-moddasi tartibida emas, da’vo ish yurituvida ko‘rilishi lozimligiga qaratilsin. Chunki bu holatda sud qarorini ijro etish usuli va tartibini o‘zgartirish emas, balki aliment miqdorini o‘zgartirish to‘g‘risida masala hal etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Sud buyrug‘i FPK 177-moddasiga asosan ijroga qaratilganidan o‘n kun muddat o‘tganidan so‘ng bildirilgan e’tirozlar muddatni tiklash haqida ariza mavjud bo‘lmasa, sud tomonidan ko‘rilmaydi va arizachiga qaytariladi.
Oldingi tahrirga qarang.
18. Aliment miqdorini kamaytirish yoki aliment to‘lashdan ozod qilish haqidagi da’volar FPK 33-moddasiga ko‘ra, javobgar doimiy yashab turgan yoki doimiy mashg‘ul bo‘lgan joydagi sudga beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
19. Oila kodeksining 105, 115-moddalarida belgilangan holatlarda aliment miqdorini kamaytirish, aliment to‘lashdan ozod qilish hamda sudning bir necha hujjatlari bo‘yicha undiriladigan aliment miqdorini belgilash to‘g‘risidagi arizalarni hal etishda, mazkur ishlarni ko‘rishda barcha undiruvchilar jalb qilinishi lozim.
20. Voyaga yetmagan va voyaga yetgan mehnatga layoqatsiz shaxslarga ta’minot berish majburiyatlari belgilangan Oila kodeksining 122-moddasiga muvofiq, ota-onasi yo‘q bo‘lgan yoki ulardan ta’minot ololmaydigan voyaga yetmagan va voyaga yetgan mehnatga layoqatsiz, yordamga muhtoj shaxslarga ta’minot berish sud tomonidan ularning qarindoshlari:. bobo, buvi, nevara, aka-uka, opa-singil, shuningdek o‘gay ota va o‘gay ona, o‘gay o‘g‘il va o‘gay qiz hamda doimiy tarbiyada bo‘lgan shaxslar zimmasiga yuklatilishi mumkin.
22. Oila kodeksining 136-moddasi 4-qismiga ko‘ra, agar ta’minot uchun mablag‘ olish choralari sudga murojaat qilingunga qadar ko‘rilganligi, ammo aliment to‘lashi shart bo‘lgan shaxsning uni to‘lashdan bosh tortganligi oqibatida aliment olinmaganligi sud tomonidan aniqlansa, o‘tgan davr uchun aliment sudga murojaat etilgan paytdan boshlab uch yillik muddat doirasida undirib olinishi mumkinligiga sudlarning e’tibori qaratilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi