Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

2. JPK 528-moddasiga muvofiq, sud hukmi apellatsiya shikoyati (protesti) berish uchun belgilangan muddat o‘tgandan so‘ng, apellatsiya shikoyati (protesti) berilgan hollarda esa, ish yuqori turuvchi sud tomonidan ko‘rilgan kuni qonuniy kuchga kiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Apellatsiya shikoyati (protesti) bergan shaxs uni JPK 49710-moddasiga asosan chaqirib olgan hollarda, basharti boshqa shaxslar tomonidan berilgan apellatsiya shikoyati yoki prokuror protesti bo‘lmasa, hukm JPK 528-moddasining ikkinchi qismi qoidasiga ko‘ra, apellatsiya ish yurituvi tugatilganligi to‘g‘risida ajrim chiqarilgan kuni qonuniy kuchga kirgan hisoblanadi.
Mustaqil ravishda shikoyat berilmaydigan sud ajrimlari darhol qonuniy kuchga kiradi va ijroga qaratiladi (JPK 530-moddasi ikkinchi qismi). Ularning qonuniyligi va asosliligiga yuqori instansiya sudi tomonidan ishni mazmunan ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha baho beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
4. Sud ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm qilingan shaxsga nisbatan hukm ijrosini, faqat JPK 533-moddasida nazarda tutilgan asoslardan biri mavjud bo‘lganda, kechiktirishi mumkin. Kechiktirish uchun asos bo‘lgan holatlar barham topgandan yoki sud tomonidan belgilangan kechiktirish muddati tugagandan so‘ng hukm uni chiqargan sud tomonidan ijroga qaratilishi shart, amnistiya akti qo‘llanilgan yoki qilmishning jinoiyligini istisno etadigan yangi qonun qabul qilingan hollar bundan mustasno.
Oldingi tahrirga qarang.
5. JPK 533-moddasi ikkinchi qismiga muvofiq, sud hukmning jarima solishga oid qismi ijrosini olti oygacha kechiktirishga yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lashni belgilashga haqli.
Oldingi tahrirga qarang.
7. Shartli hukm qilinganda tayinlangan sinov muddatini qisqartirish masalasi (JPK 543-moddasi) sud tomonidan shartli hukm qilingan shaxs xulqi ustidan nazorat olib boruvchi organ taqdimnomasi, shuningdek mahkum yoki uning himoyachisi yoxud jamoat birlashmasi yoki jamoatchilik iltimosnomasi bo‘yicha ko‘rib chiqiladi (JPK 532, 40-moddalari).
8. JK 72-moddasi beshinchi qismiga muvofiq, sud sinov muddati davomida shartli hukm qilingan shaxs xulqi ustidan nazorat olib boruvchi organ taqdimnomasi bo‘yicha shartli hukm qilingan shaxsga nisbatan:
JK 72-moddasi oltinchi qismi mazmuniga ko‘ra, sud sodir etilgan huquqbuzarlik xususiyatini, mahkumning shaxsiga oid ma’lumotlarni va uning sinov muddati davridagi xulq-atvorini inobatga olib, jazoning shartliligini bekor qilish to‘g‘risidagi taqdimnomani rad etishi mumkin.
11. Agar amnistiya akti hukm qonuniy kuchga kirgunga qadar e’lon qilingan bo‘lsa, uni qo‘llash masalasi hukm chiqargan sud tomonidan hukmni ijro etishda yuzaga kelgan noaniqlik sifatida (JPK 541-moddasi birinchi qismi), mahkum tomonidan unga nisbatan amnistiya aktini qo‘llash to‘g‘risida iltimosnoma berilganligi yoki berilmaganligidan qat’iy nazar, ko‘rib chiqilishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Agar amnistiya akti hukm qonuniy kuchga kirgandan so‘ng, lekin u ijroga qaratilgunga qadar (JPK 528-moddasining to‘rtinchi qismi) e’lon qilingan bo‘lsa, amnistiya aktini qo‘llash masalasi amnistiya aktida belgilangan tartibda hal etiladi.
12. Sud qarorlarining to‘liq va tushunarliligi ularni samarali ijro etishning muhim shartlaridan biri hisoblanishi tufayli, har bir hukm JPK 457-moddasiga ko‘ra hukm chiqarish chog‘ida sud hal etishi shart bo‘lgan barcha masalalarga javoblarni o‘zida aks ettirishi lozim. Ayblov yoki oqlov hukmining qaror qismida JPK 468, 470 va 471-moddalarida nazarda tutilgan masalalar shunday tarzda hal qilinishi va bayon etilishi lozimki, toki hukm ijrosi paytida hech qanday qiyinchilik yuzaga kelmasin.
13. Tushuntirilsinki, sud zarurat tug‘ilganda, hukm chiqarish paytida yo‘l qo‘yilgan har qanday shubha va noaniqliklarni JPK 542-moddasi tartibida hukm mohiyatini o‘zgartirmagan va mahkumning ahvolini og‘irlashtirmagan holda hal etishga haqli. Bunday masalalarga, jumladan quyidagilar kiradi:
Oldingi tahrirga qarang.
3) surishtiruvchi, tergovchi yoki sud tomonidan hukmning fuqaroviy da’voga oid qismi ijrosini ta’minlash uchun (JPK 290-moddasi birinchi qismi) qo‘llanilgan mol-mulkni xatlash chorasini bekor qilish to‘g‘risidagi, agar oqlov hukmi chiqarilganda yoki da’vo rad etilganda bu choralar hukmda bekor qilinmagan bo‘lsa;
Oldingi tahrirga qarang.
14. Sud tomonidan JPK 542-moddasi tartibida quyidagi masalalar ham ko‘rib chiqiladi:
JPK 541-moddasi birinchi qismida nazarda tutilgan masalalar — hukm chiqargan sud tomonidan, ya’ni birinchi instansiya yoki apellatsiya instansiyasi (oqlov hukmi chiqarilganda) sudi tomonidan;
JPK 541-moddasi ikkinchi qismida nazarda tutilgan masalalar — mahkum jazoni o‘tayotgan joydagi (iltimosnoma yoki taqdimnoma sudga kelib tushganidan so‘ng mahkum boshqa jazoni ijro etish koloniyasiga o‘tkazilganda, u amalda jazoni o‘tayotgan joydagi) tuman (shahar) sudi tomonidan;
JPK 541-moddasi uchinchi qismida nazarda tutilgan masalalar — mahkumning yashash joyidagi tuman (shahar) sudi tomonidan.
Oldingi tahrirga qarang.
Hukmni ijro etish bilan bog‘liq, JPK 541-moddasida nazarda tutilgan masalalar, ish apellatsiya, kassatsiya instansiyasida ko‘rilganligidan qat’iy nazar, yuqorida ko‘rsatilgan sudlar tomonidan hal etiladi.
JPK 542-moddasiga muvofiq hukmni ijro etish bilan bog‘liq masalalariga oid materiallarni ko‘rishda prokuror ishtiroki majburiy hisoblanadi.
17. JPK 59-bobida sud tomonidan hukmni ijro etish bilan bog‘liq materiallarni ko‘rib chiqish muddatlarini tartibga soluvchi norma mavjud emasligi tufayli, sudlar JPK 585-moddasi birinchi qismi va 590-moddasi ikkinchi qismida nazarda tutilgan qoidalar analogiyasi bo‘yicha, materiallar sudga kelib tushgan paytdan e’tiboran o‘n sutkadan kechiktirmay, ularni hal etishni ta’minlashlari lozim.
18. JPK 22-moddasi uchinchi qismi qoidalaridan kelib chiqib, hukmni ijro etish bilan bog‘liq masalalarni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha chiqarilgan sud ajrimlari qonuniy va asoslantirilgan bo‘lishi kerak. JPK 59-bobida belgilangan tartibda sud, jumladan, jazoni almashtirish, yengillashtirish, jazoni o‘tashdan ozod qilish masalalarini ham hal etishini inobatga olgan holda sud ajrimi, shuningdek jinoyat-huquqiy odillik prinsipiga ham javob berishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi