Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Toshkent shahrini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida” 2017-yil 23-yanvardagi 31-son qaroriga muvofiq, shuningdek keksalarni qo‘llab-quvvatlash, ularning har biri to‘g‘risida g‘amxo‘rlik va e’tiborni kuchaytirish, keksalarning hayot faoliyati va dam olish tizimini sifat jihatidan yangi darajaga ko‘tarish, ular uchun shahar yo‘lovchi tashish transportidan foydalanishda qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
sakkizinchi xatboshi to‘qqizinchi xatboshi deb hisoblansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 5-avgustdagi 431-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.08.2022-y., 09/22/431/0716-son)
Oldingi tahrirga qarang.

1-bosqich

Pensioner bir martalik maxsus bepul jetonni realizatsiya qiladigan metropoliten operatoriga pensiya guvohnomasini ko‘rsatadi.

2-bosqich

Kassir bir martalik maxsus bepul jetonni ko‘rsatilgan pensiya guvohnomasiga muvofiq shaxsan pensionerga beradi.

3-bosqich

Pensioner bir martalik maxsus bepul jeton bilan maxsus turniket yoniga boradi va unn ushbu turniketga tushiradi.

4-bosqich

Maxsus ajratilgan turniketdagi bir martalik maxsus bepul jetonlar jamlanadi.

5-bosqich

Kun yakunlari bo‘yicha metropoliten stansiyasining katta operatori (komissiya raisi), metropoliten jetonlarini hisobga olish sektorining katta operatori va operatoridan iborat tarkibdagi komissiya tomonidan maxsus turniketdan bir martalik maxsus bepul jetonlar chiqarib olinadi.

6-bosqich

Maxsus turniketdan bir martalik maxsus bepul jetonlarni chiqarib olish natijalari bo‘yicha xar kuni soat 10:00 dan 16:00 gacha bo‘lgan davrda metropolitenda bir marta bepul yurish uchun bir martalik maxsus bepul jetonlarning realizatsiya qilingan soni to‘g‘risida tegishli dalolatnoma tuziladi va imzolanadi.

7-bosqich

Oy yakunlari bo‘yicha realizatsiya qilingan bir martalik maxsus bepul jetonlar to‘g‘risida hisobot tuziladi, keyinchalik u Toshkent shahri hokimlig�ning Moliya bosh boshqarmasiga taqdim etiladi.

8-bosqich

Toshkent shahri hokimligining Moliya bosh boshqarmasi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasining Toshkent shahar boshqarmasi bilan birgalikda — realizatsiya qilingan bir martalik maxsus bepul jetonlar to‘g‘risidagi hisobotning ishonchliligini tasdiqlaydi va keyinchalik pensionerlarni soat 10:00 dan 16:00 gacha bo‘lgan davrda bir martalik maxsus bepul jetonlar bo‘yicha tashishdan “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati “Toshkent metropoliteni” unitar korxonasining olinmay qoladigan daromadlarini xar oyda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 17-sentabrdagi 273-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 9-son, 69-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasida cheklangan tariflar bo‘yicha aholiga xizmatlar ko‘rsatish munosabati bilan shaharda yo‘lovchilarni muntazam tashish bilan band bo‘lgan tashuvchilar ko‘radigan zararlarni moliyalashtirish va qoplash tartibi to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq qoplash uchun O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga yuboradi.

(ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 5-avgustdagi 431-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.08.2022-y., 09/22/431/0716-son)

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi