Vazirlar Mahkamasining “Kapital qurilishda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1998-yil 3-sentabrdagi 375-son qaroriga muvofiq, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi hududida Qurilishi tugallanmagan obyektlar va asosiy fondlar qurilishini vaqtincha to‘xtatib qo‘yish va qaytadan boshlashning yagona tartibini belgilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Qurilishi tugallanmagan obyektlar va asosiy fondlar qurilishini vaqtincha to‘xtatib qo‘yish va qaytadan boshlashning mazkur tartibi (keyingi o‘rinlarda Tartib deb ataladi) “Investitsiya faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga, Vazirlar Mahkamasining “Kapital qurilishda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1998-yil 3-sentabrdagi 375-son
qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan va O‘zbekiston Respublikasi hududida Qurilishi tugallanmagan obyektlar va asosiy fondlar qurilishini vaqtincha to‘xtatib qo‘yish va qaytadan boshlashning yagona qoidalarini belgilaydi.
15. Dalolatnomaning 13-bandida ko‘rsatib o‘tilganlar va vedomostlar asosida buyurtmachi (investor) yoki xo‘jalik yurituvchi subyekt zarur qurilishni qaytadan boshlash ishlarini olib borish uchun hujjatlarni o‘z kuchlari bilan yoki loyiha tashkilotini jalb etgan holda belgilangan tartibda tuzadi.