Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?
Авторизация қилиш
Рўйхатдан ўтиш
Ру
Ўз
O‘z|Ру
Асосий реквизитлар
Кодификация
Қайта кўриб чиқилган ҳужжатлар
Ҳужжатни қайта кўриб чиқишга асос бўлган ҳужжатлар
Корреспондентлар
Респондентлар
Жорий версия
27.12.2018
31.07.2018
21.08.2017
Ҳаммаси
Кейинги таҳрирга ҳавола
Олдинги таҳрирга ҳавола
АПК бўйича индекслаш
ҚСУК бўйича индекслаш
ТТР бўйича индекслаш
ҚМҚ бўйича индекслаш
Ўзгартиришлар манбаси
Расмий нашр манбаси
Шарҳ
PQ-3211 15.08.2017
[
OKOZ:
1.
03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.05 Aksiyadorlik jamiyatlari]
[
TSZ:
1.
Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Yuridik shaxslar. Tijorat tashkilotlari. Notijorat tashkilotlari]
Norasmiy tarjima
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
“Olmaliq KMK” AJni yanada rivojlantirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
“Olmaliq KMK” AJning ishlab chiqarish quvvatlarini barqaror rivojlantirishni jadallashtirish, kombinatning xomashyo bazasini kengaytirish, konlarni qazish va mineral-xomashyo resurslarini chuqur qayta ishlashga ilg‘or texnologiyalarni jalb etish, eksport salohiyatini oshirish, yangi ish joylari yaratish va shu asosda Olmaliq shahrini ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan yanada rivojlantirish maqsadida:
25. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-martdagi ““Dalneye” koni negizida “Olmaliq KMK” AJning ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2807-son qaroriga
ilovaga
muvofiq o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritilsin.
26. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi A.J. Ramatov, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziring o‘rinbosari G‘.I. Ibragimov va “Olmaliq KMK” AJ boshqaruvi raisi A.Q. Farmonov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 15-avgust,
PQ-3211-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 15-avgustdagi PQ-3211-son
qaroriga
ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-martdagi “Dalneye” koni negizida “Olmaliq KMK” AJning ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2807-son qaroriga kiritilayotgan o‘zgartishlar va qo‘shimcha
1. Qarorning nomida, 1-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilaridagi, 3-bandning birinchi xatboshidagi, 6-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilaridagi, 12-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilaridagi, 13-bandning “a” kichik bandidagi, 16-bandning birinchi xatboshidagi, 18-banddagi “Dalneye” so‘zi “Yoshlik I” so‘zi bilan almashtirilsin.
2. 2-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2. “Olmaliq KMK” AJ, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi hamda Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasining 2027-yilga hisoblab chiqilgan umumiy kapital qo‘yilmalar qiymati 1696,2 mln AQSh dollari ekvivalentiga teng bo‘lgan, 23,0 mln tonna rudani qazib olishni ta’minlash orqali loyihani jadal amalga oshirish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.”.
3. 3-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“3. Quyidagilar “Yoshlik I konini o‘zlashtirish” investitsiya loyihasini amalga oshirishning moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
“Olmaliq KMK” AJning o‘z mablag‘lari, shu jumladan 115,0 mln AQSh dollari ekvivalentiga teng bo‘lgan maxsus investitsiya hisobvaraqlari mablag‘lari;
tog‘-transport va texnologik uskunalar, mashinalar, mexanizmlar, avtotransport, texnika, butlovchi buyumlar, ehtiyot qismlar va materiallarni xarid qilish, qurilish-montaj, tog‘-kapital va loyiha ishlarini amalga oshirish uchun ixtisoslashgan xorijiy kompaniyalarni, shu jumladan “tayyor holda topshirish” sharti asosida jalb qilish bo‘yicha xorijiy va mahalliy yetkazib beruvchilar bilan tuzilgan shartnomalarni moliyalashtirish uchun 15 yil muddatga, shu jumladan 6 yillik imtiyozli davr bilan qayta moliyalashtiruvchi “Ipoteka bank” ATIBning yillik 0,25 foiz miqdoridagi marjasini qo‘shib hisoblaganda yillik 2,25 foizlik foiz stavkada, imtiyozli davrda foizlarni kapitalizatsiya qilgan holda taqdim etiladigan O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining 1292,5 mln AQSh dollari miqdoridagi krediti;
kreditni olish vaqtida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalash stavkasidan oshmaydigan stavka bo‘yicha 15 yil muddatga, shu jumladan 6 yillik imtiyozli davr bilan, imtiyozli davrda foizlarni kapitalizatsiya qilgan holda milliy valyutada taqdim etiladigan “Ipoteka bank” ATIB va “Asaka bank” ATBning tegishlicha 195,0 mln. AQSh dollari va 93,7 mln. AQSh dollari ekvivalentiga teng miqdordagi kreditlari.
Belgilab qo‘yilsinki, loyihani amalga oshirish doirasida:
“Olmaliq KMK” AJ jalb etiladigan kreditlardan maqsadli va samarali foydalanish hamda loyihani o‘z vaqtida amalga oshirish uchun javobgar bo‘lgan qarz oluvchi va ijro etuvchi organ hisoblanadi;
jalb etiladigan kreditlarni so‘ndirish va ularga xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq xarajatlar “Olmaliq KMK” AJning o‘z mablag‘lari, shu jumladan maxsus investitsiya hisobvaraqlari mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi”.
4. 4-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“4. O‘zbekiston Respublikasi moliya vaziriga “Olmaliq KMK” AJning loyihani moliyalashtirish uchun jalb etiladigan, qayta moliyalashtiriladigan va o‘z mablag‘laridan ajratiladigan kreditlar bo‘yicha “Ipoteka bank” ATIB va “Asaka bank” ATB oldidagi majburiyatlari yuzasidan belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasining davlat kafolatlarini berish vakolati berilsin”.
5. 5-bandda:
uchinchi xatboshidagi “amalga oshirishning I bosqichi doirasida loyihaning texnik-iqtisodiy hisob-kitobi tasdiqlangunga qadar” so‘zlari “amalga oshirish doirasida loyihaning texnik-iqtisodiy hisob-kitobi tasdiqlangunga qadar” so‘zlari bilan almashtirilsin;
to‘rtinchi xatboshidagi “I bosqichda loyihaning texnik-iqtisodiy hisob-kitobini va II bosqichda” so‘zlari “loyihaning” so‘zi bilan almashtirilsin.
6. 6-bandning ikkinchi xatboshisi va uchinchi xatboshidagi “amalga oshirish II bosqichining” so‘zlari chiqarib tashlansin.
7. 16-bandda:
a) ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Olmaliq KMK” AJ, loyihani amalga oshirishda ishtirok etayotgan xorijiy kompaniyalar va ularning subpudrat tashkilotlari tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlanadigan ro‘yxatlar bo‘yicha, shu jumladan “vaqtincha olib kirish” rejimida olib kiriladigan tog‘-transport va texnologik uskunalar, maxsus transport vositalari, materiallar, mashina va mexanizmlar, yoqilg‘i-moylash materiallari, butlovchi buyumlar va ehtiyot qismlar, dasturiy ta’minot vositalari, texnik va loyiha hujjatlari — 2030-yil 1-iyulga qadar bojxona to‘lovlaridan (bojxona yig‘imlaridan tashqari)”;
b) quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“Olmaliq KMK” AJ va uning subpudrat tashkilotlari ko‘rsatiladigan xizmatlar va olib kiriladigan tovarlar, materiallar, uskunalar, mashina va mexanizmlar, butlovchi buyumlar va uzellar, texnologik jihozlar, priborlar, transport vositalari, ehtiyot qismlar, instrumentlar, yoqilg‘i-moylash materiallarini O‘zbekiston Respublikasining vakolatli organlarida litsenziyalash va sertifikatlashda yig‘imlar, davlat bojlari va to‘lovlarni to‘lashdan ozod qilinsin;
Belgilansinki, loyihani amalga oshirish doirasida “Olmaliq KMK” AJ tomonidan bepul olingan tovarlar foyda solig‘i va qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha soliq solish obyekti sifatida qaralmaydi”.
8. Qarorning 1 va 2-ilovalari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
×
×