Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.03.2021
 LexUZ sharhi
1. Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblarining yangilangan klassifikatori ilovaga muvofiq tasdiqlansin va 2017-yil 1-noyabrdan boshlab amalga kiritilsin.
Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 19-iyundagi 164-son qarori bilan tasdiqlangan Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblari klassifikatoriga muvofiq xodimlarning mehnat daftarchalari va tashkilotlarning mehnatga oid muayyan hujjatlaridagi 2017-yil 1-noyabrgacha amalga oshirilgan yozuvlar o‘z kuchini saqlaydi.
7. Vazirlar Mahkamasining “Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblari klassifikatorini tasdiqlash to‘g‘risida” 2015-yil 19-iyuldagi 164-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2015-y., 6-son, 48-modda) 2017-yil 1-noyabrdan boshlab o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
j) xodim ma’lumotining eng past darajasiga qo‘yiladigan talablar — “Ta’lim to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq xizmatchi yoki ishchi kasbi bo‘yicha ishga kirishda, qoidaga ko‘ra, bajariladigan ishlar va funksional vazifalarning o‘ziga xosligidan kelib chiqib talab qilinadigan ma’lumotning eng past darajasi. Ishga qabul qilishda ma’lumot yo‘nalishiga qo‘yiladigan talablar qonun hujjatlari talablari hisobga olingan holda davlat organlari, xo‘jalik boshqaruvi organlari va tashkilotlar tomonidan belgilanishi mumkin;
1-bo‘lim — “Ishchilarning asosiy kasblari tasnifi” — Ishlar va ishchi kasblari yagona tarif-malaka ma’lumotnomasiga muvofiq ishchilar kasblarining, shuningdek huquq va majburiyatlari ushbu XALIKK-2017ga 1-ilovaga* muvofiq iqtisodiyot tarmoqlarida kasblar tarkibini tartibga soluvchi ustavlar, maxsus ilovalar va tegishli qarorlarda nazarda tutilgan ishchilar kasblarining nomlarini o‘z ichiga oladi;
2-bo‘lim — “Xizmatchilarning asosiy lavozimlari tasnifi” — iqtisodiyotda va ushbu XALIKK-2017ga 2-ilovada* ko‘rsatilgan tashkilotlarning tashkiliy-tarkibiy sxemalarida qo‘llaniladigan faoliyat nomlarini o‘z ichiga oladi.

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi