Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

Hujjat kuchini yo‘qotgan 02.07.2018
 LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi, “Bank siri to‘g‘risida”gi qonunlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. 48-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
2. 50-bandning ikkinchi xatboshisidagi “10000 so‘mlik uchun — eni 15 mm. bo‘lgan ikkita yashil yo‘lli” degan so‘zlardan keyin “, 50000 so‘mlik uchun — eni 15 mm. bo‘lgan ikkita ko‘k yo‘lli” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin.
3. 54-banddan ikkinchi jumla chiqarib tashlansin.
4. 57-banddagi “va 10000 so‘mliklar” degan so‘zlar “, 10000 va 50000 so‘mliklar” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
5. 239-bandining birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
6. 266-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“266. Daftar va alohida varaq ko‘rinishdagi, qat’iy hisobda turuvchi barcha blankalar Tijorat banklarida jismoniy shaxslar bilan valyuta ayirboshlash operatsiyalarini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga (ro‘yxat raqami 2944, 2017-yil 6-noyabr) asosan qo‘llaniladigan 09002 Valyuta ayirboshlash shoxobchalari orqali valyuta va yo‘l cheklarini sotib olishda beriladigan ma’lumotnoma sertifikati, 09004 Valyuta va yo‘l cheklarini inkassoga qabul qilish to‘g‘risidagi kvitansiya, 09005 — “Valyuta va yo‘l cheklarini ekspertizaga qabul qilishda ishlatiladigan kvitansiya, 09006 Naqd chet el valyutasini xorijga olib chiqishda beriladigan ruxsatnoma, 09007 Valyuta va yo‘l cheklarini sotishda to‘ldiriladigan ma’lumotnoma, 09012 Shikastlangan valyutalarni yaroqligiga almashtirishda to‘ldiriladigan kvitansiya va 09015 Yo‘l cheklarini naqd xorijiy valyutaga almashtirib olishda ishlatiladigan kvitansiya kitobchasi 50 varaqdan iborat bo‘lishi shart va u to‘ldirilganda, qora qog‘oz orqali ikki nusxada to‘ldirilishi munosabati bilan daftarchalar 25 so‘m qiymatida baholanadi. Ularning har biri, daftarcha yoki har bir varaq bo‘yicha shartli ravishda bir so‘mga, saqlash uchun qabul qilingan aksiya, veksel, jismoniy shaxslar uchun chiqarilgan depozit sertifikatlari va Markaziy bank tomonidan chiqarilgan obligatsiyalar va boshqa qimmatli qog‘ozlar o‘z nominal qiymati bo‘yicha baholanib, 93609 “Saqlanayotgan qimmatbaho buyumlar” hisobvarag‘ida hisobga olinadi.”.
7. 325-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
uchinchi va to‘rtinchi xatboshilar tegishli ravishda ikkinchi va uchinchi xatboshilar deb hisoblansin;
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
9. 375-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
10. 1-ilovaning 5-bandidagi “10000” raqami “50000” raqami bilan almashtirilsin.
11. 19-ilova mazkur o‘zgartirishlar va qo‘shimchaning 1-ilovasiga muvofiq tahrirda bayon etilsin.
12. 23-ilova mazkur o‘zgartirishlar va qo‘shimchaning 2-ilovasiga muvofiq tahrirda bayon etilsin.
13. 46-ilova mazkur o‘zgartirishlar va qo‘shimchaning 3-ilovasiga muvofiq tahrirda bayon etilsin.
14. 51-ilova mazkur o‘zgartirishlar va qo‘shimchaning 4-ilovasiga muvofiq tahrirda bayon etilsin.

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi