Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-avgustdagi 430-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.09.2023-y., 09/23/430/0671-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-avgustdagi 430-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.09.2023-y., 09/23/430/0671-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-avgustdagi 430-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.09.2023-y., 09/23/430/0671-son)

T/r

Tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Bajarish muddati

Ijro uchun mas’ullar

I. Ozodlikdan mahrum etish joylaridan ozod qilingan shaxslarni psixologik va ijtimoiy moslashtirishning huquqiy asoslarini takomillashtirish

1.

Ozodlikni cheklash yoki ozodlikdan mahrum qilish shaklidagi jazoni o‘tagan shaxslarni ijtimoiy moslashtirishga ko‘maklashuvchi ixtisoslashtirilgan
tuzilmalar faoliyatini takomillashtirish.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasini ishlab chiqish, unda quyidagilarni nazarda tutish:

Jazoni o‘tash joylaridan ozod qilingan shaxslarni reabilitatsiya qilish va ijtimoiy moslashtirish markazlari to‘g‘risidagi nizomni, shuningdek, ushbu markazlar shtat birligini va xodimlarining mehnatiga haq to‘lash shartlarini tasdiqlash;

reabilitatsiya qilish va ijtimoiy moslashtirish markazlari faoliyati doirasiga nafaqat jazoni o‘tash joylaridan ozod qilingan shaxslarni, balki avval sudlangan ishsiz shaxslarni ham qamrab olishni ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimliklari huzuridagi ozodlikni cheklash yoki ozodlikdan mahrum qilish shaklidagi jazoni o‘tagan shaxslarni ijtimoiy moslashtirishga ko‘maklashish bo‘yicha maxsus komissiyalar to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash;

2019 — 2022-yillarda ijtimoiy moslashtirish markazlarini bosqichma-bosqich jihozlash va ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash;

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Jazoni o‘tash joylaridan ozod qilingan shaxslarga ijtimoiy-maishiy jihatdan va ishga joylashishda yordam ko‘rsatish bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va hokimliklar huzuridagi maxsus komissiyalar, “Mahalla posboni” jamoat tuzilmalari va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari huzuridagi yarashtirish komissiyalari to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 1999-yil 19-apreldagi 180-son qarorini va Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 28-sentabrdagi 357-f-son farmoyishini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblashni nazarda tutish.

2018-yil
sentyabr

IIV, Adliya vazirligi,
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi,
viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

II. Mahkumlarni tarbiyalash va ijtimoiy moslashtirishga tayyorlash tizimini takomillashtirish

2.

Jazoni ijro etish muassasalarida saqlanayotgan shaxslar bilan olib borilayotgan tarbiyaviy ishlarni tanqidiy qayta ko‘rib chiqish.

1. Quyidagilarni nazarda tutgan holda jazoni ijro etish muassasalarida saqlanayotgan shaxslar bilan tarbiyaviy ishlarni tashkillashtirishni tanqidiy qayta ko‘rib chiqish va bu borada yagona tizimni joriy etish:

jazoni ijro etish muassasalariga kelib tushgan shaxslarni ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazoni ijro etish bo‘yicha inspeksiyalarda jinoyat sodir etishga moyilligi mavjudligi va joriy psixologik holati bo‘yicha majburiy dastlabki o‘rganish;

har bir mahkum bilan yakka tartibda maqsadli tarbiyaviy tadbirlarni amalga oshirish, ularni mahkumning axloqan tuzalishiga qarab moslashtirib borish;

jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslarni ozodlikka chiqarilgan kunidan boshlab bir yil davomida ijtimoiy moslashuv jarayonini o‘rganib borish.

2. Mahkumlarga mutaxassislar, psixologlar va mahkumlar orasidan murabbiylar, shuningdek, fuqarolik jamiyati institutlarining boshlang‘ich tashkilotlari vakillarini biriktirish orqali ular bilan manzilli ishlashni ta’minlovchi mexanizmni joriy etish.

2018-yil
oktyabr

IIV, Adliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

3.

Mahkumlarda sodir etgan jinoyatidan chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lish hissini shakllantirish va ularni kelgusida ijtimoiy moslashuvga psixologik tayyorlashga qaratilgan tarbiyaviy ishlarni takomillashtirish.

1. Quyidagi uch bosqichda amalga oshiriladigan mahkumlar bilan tarbiyaviy ishlar tizimini qayta ko‘rib chiqish:

birinchi — mahkumning psixologik portretini, tuzalishga moyilligini aniqlash maqsadida, uni jazoni ijro etish muassasasiga kelib tushish bosqichida dastlabki o‘rganish;

ikkinchi — mahkumlarning dunyoqarashini o‘zgartirish, ularda sodir etgan jinoyatiga nisbatan pushaymonlik hissini uyg‘otishga qaratilgan tadbirlar o‘tkazish;

uchinchi — mahkumni doimiy yashash joyida talab katta bo‘lgan ixtisosliklar bo‘yicha o‘qitish va kelgusida ishga joylashtirish;

2. Mahkumlarni quyidagi toifalarga ajratishni nazarda tutgan holda tarbiyaviy ishlarni individuallashtirish:

og‘ir tarbiyalanadiganlar — ularning axloqiy qiyofasini yaxshilash, sodir etgan jinoyatiga nisbatan pushaymonlik va ongli ravishda tuzalish yo‘lini tanlash, kelgusida qonunga itoatkorlik hayot tarziga o‘tish hissini shakllantirish bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshiriladi;

tuzalish yo‘liga o‘tganlar — mustaqil mehnat qilish ko‘nikmalarini shakllantirish va ijtimoiy faol hayot pozitsiyasini rivojlantirish maqsadida ularga tarbiyachilar biriktiriladi;

to‘liq tuzalganlar — to‘liq resotsializatsiya qilishga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshiriladi.

3. Faol ijtimoiy-siyosiy fikrlash va ongli hayot pozitsiyasi, ijtimoiy, axloqiy-etik qadriyatlarni shakllantirish va rivojlantirish, mustaqil mehnat qilish ko‘nikmalarini singdirishga qaratilgan kompleks tushuntirish-targ‘ibot chora-tadbirlarini ishlab chiqish.

4. Mahkumlarni ozod qilishga qaratilgan, ularni talab katta bo‘lgan ixtisosliklar bo‘yicha o‘qitish va doimiy yashash joyida ishga joylashtirish masalalarini hal qilish, ularga psixologik yordam ko‘rsatish hamda kelgusi hayot faoliyati uchun zarur bo‘lgan hujjatlarni olishda ko‘maklashishni nazarda tutuvchi kompleks tushuntirish chora-tadbirlarini tashkillashtirish.

2018-yil
noyabr


















doimiy

doimiy

IIV, manfaatdor vazirlik va idoralar


















IIV, manfaatdor vazirlik va idoralar


IIV, Mehnat vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

4.

Tarbiyasi og‘ir mahkumlarni tarbiyalash ishlarini kuchaytirish.

1. Individual psixologik xususiyatlarini tuzib chiqish va tarbiyalash og‘ir bo‘lgan shaxslarni aniqlash maqsadida jazoni ijro etish muassasalarida saqlanayotgan mahkumlarning barchasini o‘rganib chiqish.

2. Quyidagilarni nazarda tutgan holda tarbiyasi og‘ir bo‘lgan mahkumlar bilan ishlash bo‘yicha individual rejalar ishlab chiqish:

mahkumning psixologik xususiyatlaridagi o‘zgarishlarga muvofiq, zarur holatlarda dasturga tuzatishlar kiritib borish orqali tadbirlar va tarbiyaviy ishlarni har haftalik rejalashtirish;

mahkumlarda ijtimoiy maqbul dunyoqarashni shakllantirishga mutaxassis-psixologlar, huquqshunoslar va din vakillarini jalb qilish;

tarbiyalanayotgan shaxslarni mehnatga va boshqa jamoat tadbirlariga jalb qilish maqsadida xodimlar va astoydil pushaymon bo‘lgan mahkumlar orasidan murabbiylar biriktirish;

jamoatchilik kengashlari vakillari bilan birgalikda tarbiyalash og‘ir bo‘lgan shaxslarni jamiyatning teng huquqli va ijtimoiy faol a’zolariga aylantirishga qaratilgan ishlarni amalga oshirish.

3. Jazoni ijro etish koloniyalari huzurida mahkumlarni tarbiyalash va ularda faol hayotiy pozitsiyani shakllantirishga ko‘maklashuvchi jamoatchilik kengashlari tuzish.

2018-yil
dekabr

2019-yil
yanvar











2019-yil
fevral

IIV, manfaatdor vazirlik va idoralar

5.

Mahkuma ayollarni, fuqarolik jamiyati instituti vakillarini jalb qilgan holda, tarbiyalashning zamonaviy usullarini joriy etish.

1. O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi hamda jazoni ijro etish 64/1-son muassasasi (Zangiota tumani) o‘rtasida quyidagilarni nazarda tutuvchi o‘zaro hamkorlik to‘g‘risidagi memorandumni qabul qilish:

jazoni ijro etish 64/1-son muassasasida (Zangiota tumani) Xotin-qizlar qo‘mitasining boshlang‘ich tashkilotini tuzish;

mahkuma ayollarni sodir etgan jinoyatiga astoydil pushaymon bo‘lishi va oldingi turmush tarzidan voz kechishga undashga qaratilgan manzilli ishlarni o‘tkazish;

muassasa ma’muriyati va Xotin-qizlar qo‘mitasi vakillarining mahkumalarni faol hayotiy pozitsiya va ruhiy dunyoqarashini rivojlantirish, ularda ijtimoiy maqbul axloqiy xulq-atvor, ko‘nikma va intilishlarni shakllantirish bo‘yicha birgalikdagi ishni yo‘lga qo‘yish;

jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etilgan ayollarga doimiy (vaqtinchalik) yashash joyi bo‘yicha ijtimoiy-maishiy, ruhiy, maslahat va boshqa yordamlar ko‘rsatish.

2. Xotin-qizlar qo‘mitasi, uning jazoni ijro etish 64/1-son muassasasidagi (Zangiota tumani) boshlang‘ich tashkiloti, shuningdek, xotin-qizlar bilan ishlash va oilalarda ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash bo‘yicha mutaxassis o‘rtasida, jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etilgan ayollarning ijtimoiy moslashuvini kuzatish mexanizmlarini joriy etishni ko‘zda tutgan holda, yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘yish.

3. Tuzalish yo‘liga o‘tgan mahkumlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ular bilan ruhiy, ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish.

2018-yil

dekabr

IIV, O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi, manfaatdor vazirlik va idoralar

6.

Voyaga yetmagan mahkumlarni axloqan tuzatish bo‘yicha ishlarga O‘zbekiston yoshlar ittifoqini jalb etish.

1. O‘zbekiston yoshlar ittifoqi hamda jazoni ijro etish bo‘yicha tarbiya koloniyasi (Zangiota tumani) o‘rtasida, quyidagilarni hisobga olgan holda, o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida memorandum tuzish:

voyaga yetmagan huquqbuzarlarning sodir etgan jinoyatiga astoydil pushaymon bo‘lishiga yo‘naltirilgan tarbiyaviy ishlarga O‘zbekiston yoshlar ittifoqi vakillarini hamda mahkumlarning ota-onalarini jalb etish mexanizmini ishlab chiqish;

tarbiyalanayotgan voyaga yetmagan shaxslarga ijtimoiy faol pozitsiya va vatanparvarlik hissini singdirish bo‘yicha kompleks dastur ishlab chiqish;

zarur ijtimoiy-maishiy, ruhiy, maslahat va mutaxassislikka ega bo‘lishga qaratilgan yordam ko‘rsatish maqsadida Yoshlar ittifoqi faollari orasidan murabbiylar biriktirish.

2. Tarbiyalanayotganlarda zo‘ravonlikka nisbatan murosasizlik hissini, buzg‘unchi g‘oyalar va boshqa salbiy ijtimoiy hodisalarga jalb etishga nisbatan immunitetni shakllantirish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish.

2019-yil

mart

IIV, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi,
manfaatdor vazirlik va idoralar

7.

Tuzalish yo‘liga o‘tgan hamda tarbiyasi og‘ir bo‘lgan mahkumlar bilan jamoat ishlarida ishtirok etishga jalb qilingan mahkumlarni rag‘batlantirish bo‘yicha chora-tadbirlarni tanqidiy ko‘rib chiqish.

1. Mahkumlarni rag‘batlantirishning amaldagi mexanizmlarini o‘rganish va tuzalish yo‘liga o‘tgan hamda tarbiyasi og‘ir bo‘lgan mahkumlar bilan jamoat ishlarida ishtirok etishga jalb qilingan mahkumlarni rag‘batlantirish tizimini joriy etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.

2. Sudlangan shaxslarning, ularga nisbatan rag‘batlantirish choralarini qo‘llash nuqtai nazaridan, xulq-atvorini baholashning aniq mezonlarini ishlab chiqish, shu jumladan, qarindoshlari bilan uchrashuvlar tashkil etish, moddiy rag‘batlantirish, qo‘shimcha telefon so‘zlashuvlari huquqini berish va hokazo.

3. Tarbiyasi og‘ir bo‘lgan mahkumlar bilan jamoat ishlarida ishtirok etishga jalb etilgan mahkumlar, agar ularga biriktirilgan shaxslarni murabbiylik faoliyati davomida tuzatish yo‘liga o‘tkazish bo‘yicha ijobiy natijalarga erishsa, ularni yashash joyi bo‘yicha koloniyaga ko‘chirish amaliyotini joriy etish.

2019-yil

aprel



2019-yil

may



2019-yil

sentyabr

IIV, manfaatdor vazirlik va idoralar

8.

Mahkumlarni jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilishga tayyorlash bo‘yicha ishlarni tashkil etish.

Huquqni muhofaza qilish organlari va jamoatchilik bilan birgalikda mahkumlarni jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilishga tayyorlash bo‘yicha 2020 — 2022-yillarda quyidagilarni nazarda tutuvchi kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish:

mahkumlarning dunyoqarashini zamonaviy voqelikka moslashtirishga qaratilgan zamonaviy ijtimoiy munosabatlar va boshqa muhim ijtimoiy-siyosiy masalalar mohiyatini ochib beruvchi qonunchilik normalarini yetkazish bo‘yicha keng targ‘ibot ishlarini amalga oshirish;

kelgusida bandlik masalasini hal qilgan holda mutaxassislik egallash bo‘yicha mahkumlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslarini yo‘lga qo‘yish.

2019-yil

dekabr

IIV, Adliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

III. Jazoni ijro e�ish muassasalaridan ozod qilingan shaxslarga ijtimoiy-maishiy va ish bilan ta’minlashda yordam ko‘rsatish

9.

Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslarni ish bilan ta’minlash tizimini takomillashtirish.

Quyidagilarni nazarda tutuvchi chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish:

jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslarning reyestrini yuritish;

jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslar bandligi monitoringi bo‘yicha yagona elektron ma’lumotlar bazasini yaratish;

jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslarni ijtimoiy moslashtirish holati monitoringi tizimini shakllantirish, ularni ish bilan ta’minlash muammolarini hal etish hamda boshqa ijtimoiy yordam turlarini ko‘rsatish;

jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslarni ijtimoiy-maishiy va ish bilan ta’minlash bo‘yicha faoliyatni prognoz qilish va rejalashtirish;

jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslarni talab yuqori bo‘lgan mutaxassisliklar bo‘yicha o‘qitish, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish ishlarini yo‘lga qo‘yish, shuningdek, ko‘rsatilgan shaxslarni muayyan kasblarga o‘qitish bo‘yicha qisqa muddatli kurslar tashkil etish;

jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslarni haq evaziga amalga oshiriladigan jamoat, shuningdek vaqtinchalik (mavsumiy) ishlarga jalb etish bo‘yicha choralarni amalga oshirish;

jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslarni ijtimoiy moslashtirish, shu jumladan, ish bilan ta’minlash masalalari bo‘yicha davlat organlari, fuqarolik jamiyati institutlari va tadbirkorlik subyektlarining o‘zaro samarali hamkorligi mexanizmini yo‘lga qo‘yish;

jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslarni reabilitatsiya qilish jarayoniga jamoatchilik va xususiy sektorni keng jalb etish.

2020-yil

yanvar

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, IIV, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Adliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

10.

Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan muhtoj shaxslarni uy-joy bilan ta’minlash masalalarida yordam ko‘rsatish tizimini yanada rivojlantirish.

2020 — 2022-yillarga mo‘ljallangan, quyidagilarni nazarda tutuvchi chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish:

jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslar orasidan uy-joyga muhtojlarini aniqlash, ularga uy-joy to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq yordam ko‘rsatish;

jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan va uy-joyga muhtoj shaxslar uchun qo‘shimchavaqtinchalik xonalar ajratilishini tashkillashtirish;

jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslarni doimiy va vaktinchalik propiska qilish tizimini takomillashtirish.

2020-yil

fevral

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, IIV, Adliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

11.

Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslarga tibbiy-profilaktik va maxsus tibbiy yordam ko‘rsatishning samarali tizimini yo‘lga qo‘yish.

2020 — 2022-yillarga mo‘ljallangan, quyidagilarni nazarda tutuvchi chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish:

jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan, avvalambor, yuqumli kasalliklarga chalingan shaxslarni davlat sog‘liqni saqlash muassasalarida tibbiy va laboratoriya tekshiruvidan o‘tkazishni tashkil etish;

tanosil kasalliklariga chalingan jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslarni ixtisoslashtirilgan davolash muassasalarida davolashni tashkil etish va boshqalar.

2020-yil

mart

Sog‘liqni saqlash vazirligi, IIV,
Adliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar


Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi