T/r | Tekshiruvlar (nazorat funksiyalari) | Nazorat qiluvchi organ | Tekshiruv muddati |
1. | Ishonchli axborotlar mavjud bo‘lganida quyidagilarni qonunchilikda belgilangan tartibda olib quyish: tegishli ruxsatnomalarsiz ishlab chiqilgan va sotilgan alkogol va tamaki mahsulotlar; qalbaki aksiz markali yoki aksiz markasi mavjud bo‘lmagan alkogol va tamaki mahsulotlar. Taqiqlangan tovarlar (xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish holatlarining oldini olish bo‘yicha tezkor tadbirlar o‘tkazish. | O‘zbekiston Respublikasi davlat sol�q qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi | 1 kun |
2. | Sifatsiz va/yoki kontrafakt mahsulotlar sotilishini oldini olish maqsadida, faqatgina shunday mahsulotlarni ishlab chiqarish va sotish bo‘yicha ishonchli axborotlar mavjud bo‘lganda, ishlab chiqarilayotgan yoki sotilayotgan dori mahsulotlarini nazorat qilish. | O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi | 1 kun |
3. | Atmosfera havosi, tuproqlar, yer usti va yer osti suvlarini ifloslantiruvchi manbalar, shuningdek, v�kolatli organ bilan kelishilgan obyektlarda noqonuniy ifloslantiruvchi moddalarni chiqarish va chiqindilar monitoringi. | O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Respublika sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi | 1 kun |
4. | Ruxsat beruvchi hujjatlar mavjudligi hamda shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga rioya qilinganligini o‘rganish maqsadida barcha qurilish obyektlarida, shu jumladan yakka tartibdagi uy-joy qurish obyektlarida, moliyalashtirish manbalaridan qat’iy nazar, qisqa muddatli inspektorlik tekshiruvlar o‘tkazish. | O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi huzuridagi Qurilish sohasida nazorat qilish inspeksiyasi, tumanlar (shaharlar) bosh arxitektorlari | 1 kun |
5. | O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi ta’minlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha tekshiruvlar. | O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi | 30 kundan oshmagan holda |
6. | Sanoat, radiatsiyaviy va yadro xavfsizlik talablariga rioya qilish holati ustidan, shuningdek vakolatli organ bilan kelishilgan obyektlarda uglevodorod xomashyoli yer qa’ridan foydalanish va muhofazasini nazorat qilish. | “Sanoatgeokontexnazorat” DI | 10 kundan oshmagan holda |
7. | “O‘zbekenergo” AJ obyektlarida hamda 35 kV va undan yuqori kuchlanishdagi elektr tarmoqlarida ishlarni olib borishda xavfsizlikni nazorat qilish. | O‘zbekiston Respublikasi Elektr energetika sohasida nazorat qilish davlat inspeksiyasi | 5 kundan oshmagan holda |
8. | Tabiiy, texnogen, terrorchilik-qo‘poruvchilik tusidagi favqulodda vaziyatlar yuzaga kelishining oldini olish va ulardan himoya qilish masalalari bo‘yicha, shuningdek, normativ-huquqiy hujjatlar bilan belgilangan obyektlarda fuqaro muhofazasi talablariga rioya qilish ustidan nazorat olib borish. | O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi | 10 kundan oshmagan holda |
9. | Barcha tashkilotlarda Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi mablag‘laridan maqsadli foydalanishni tekshirish. Bunda ko‘rsatilgan tekshiruvlar O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining buyruqlariga muvofiq amalga oshiriladi. | O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat moliya nazorati bosh boshqarmasi | 10 kundan oshmagan holda |
10. | O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha: uch oyda ko‘pi bilan bir marotaba — umumiy ovqatlanish sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi, shu jumladan oziq-ovqat xomashyosi, oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish, tashish, saqlash va sotish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi hamda iste’molchilarni vodoprovod suvi bilan ta’minlaydigan, oqova suvlarni chiqarib tashlaydigan; olti oyda ko‘pi bilan bir marotaba — qonun hujjatlariga ko‘ra xodimlari tibbiy ko‘rikdan o‘tishi lozim bo‘lgan savdo va aholiga xizmat ko‘rsatish bilan shug‘ullanadigan, shu jumladan sartaroshxona va kosmetologiya xizmatlarini ko‘rsatuvchi; bir yilda ko‘pi bilan bir marotaba — aholiga diagnostika, davolash-profilaktika xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi tadbirkorlik subyektlarida tekshiruvlar o‘tkazish. | O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati | 10 kundan oshmagan holda |
101. | Nodavlat tibbiy tashkilotlarda litsenziya talablari va shartlariga rioya qilinishi ustidan ikki yarim yilda ko‘pi bilan bir marotaba (qonun hujjatlari buzilishi holatlari bo‘yicha jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari va ijtimoiy tarmoqlardagi asoslangan ma’lumotlar bo‘lgan holatlarda cheklanmagan miqdorda) tekshiruvlar o‘tkazish. | O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi | 5 kundan oshmagan holda |
11. | Davlat zaxiralari joylashtirilgan tadbirkorlik subyektlarida nazorat funksiyalarini amalga oshirish. | O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat zaxiralarini boshqarish qo‘mitasi | 10 kundan oshmagan holda |
12. | Respublika hududini xorijiy davlatlardan karantin va boshqa xavfli zararkunandalar, o‘simliklar kasalliklari va begona o‘tlar kirib kelishidan muhofaza qilish, karantin va boshqa xavfli zararkunandalar, o‘simliklar kasalliklari va begona o‘tlarni o‘z vaqtida aniqlash, ularning tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik va yo‘q qilishni tashkil etish, shuningdek, o‘simlik va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish, tayyorlash, tashish, saqlash, qayta ishlash, sotish va ulardan foydalanish qoidalariga rioya qilish hamda o‘simliklar karantini bo‘yicha tadbirlar o‘tkazilishi ustidan nazorat qilish. | O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi | 1 kun |
13. | Tadbirkorlik subyektlari — yuridik shaxslar tomonidan yerlardan maqsadli foydalanilishi, ijara shartnomasi bo‘yicha majburiyatlarga muvofiq, ular tomonidan qishloq xo‘jaligi ekinlarini (g‘o‘za, don va boshqalar) ekish bo‘yicha o‘rnatilgan talablarga rioya etilishini nazorat qilish. | O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi | 5 kundan oshmagan holda |
14. | Tadbirkorlik subyektlari tomonidan belgilanmagan joylarda amalga oshirilayotgan, shuningdek kelib chiqishini isbotlovchi tegishli hujjatsiz go‘sht va sut mahsulotlari savdosi ustidan nazorat. | O‘zbekiston Respublikasi Davlat veterinariya qo‘mitasi | 1 kun |
15. | O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil bilan kelishilgan ro‘yxatga muvofiq, avtomobillarga siqilgan va suyultirilgan gaz quyish bilan bog‘liq faoliyatni amalga oshiruvchi tadbirkorlik subyektlarida texnologik jarayon talablari, sanoat va yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya etilishi ustidan bir yilda bir martadan ko‘p bo‘lmagan nazorat tadbirlari. | Sanoat ?avfsizligi davlat qo‘mitasi O‘zbek?ston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi va Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan birga | 1 kun |
16. | Daryolar o‘zanlarini tozalash va qirg‘oqlarini mustahkamlash bo‘yicha ishlarni amalga oshirish ustidan nazorat o‘tkazishda tizimli tekshirishlar. | O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi Suv xo‘jaligi vazirligi, Davlat geologiya va mineral resurslari qo‘mitasi huzuridagi Kon-geologiya faoliyatini nazorat qilish inspeksiyasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar hokimliklari bilan birgalikda | 5 kundan oshmagan holda |
17. | Elektr, gaz quvurlar va gaz taqsimoti tarmoqlariga, suv ta’minoti va suv chiqarish tizimlariga noqonuniy ulanish, shuningdek, hisoblash moslamalariga qasddan shikast yetkazganlik, hisoblash moslamalari ko‘rsatkichlarini o‘zgartirish maqsadida ularga tashqaridan aralashish holatlarini tekshirish. | Hududiy elektr tarmoqlari” AJ, “Hududgazta’minot” AJ va “O‘zsuvta’minot” AJ | 1 kun |
18. | O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi vakolatiga kiradigan masalalarga doir tekshirishlar. | O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi | 30 kundan oshmagan holda |
19. | Ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat tovarlari, paxta shroti va sheluxasiga bo‘lgan narxlarni asossiz va sun’iy ravishda oshirish, ularni xarid qilish, yetkazib berish va sotishda suiiste’mol qilinishlar va korrupsiya holatlarini aniqlash bo‘yicha tezkor-qidiruv tadbirlarini o‘tkazish. | O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti | 1 kun |
20. | O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki to‘g‘risida”gi qonuniga muvofiq kredit tashkilotlari faoliyati ustidan nazorat qilish. | O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki | 30 kundan oshmagan holda |
21. | Quyidagi holatlarni aniqlash va oldini olishda tezkor nazorat choralarini ko‘rish: yonuvchan moddalar va qurilish materiallarini joylashtirish yoki ochiq alangalatishda atmosfera havosini muhofaza qilish talablariga rioya etmaslik; maxsus texnik qurilmalarni qo‘llamagan holda bitumni eritish, dalalar va aholi punktlarida ang‘iz, to‘qilgan xazon va daraxtlar novdalarini yoxud boshqa o‘simlik qoldiqlarini yoqish; oqova suvlarni joy relyefiga yoki ochiq suv obyektlariga, shuningdek kommunal kanalizatsiya tizimiga me’yoridan ortiq yoki ruxsatsiz tashlash; suvni tabiiy suv obyektlaridan suvdan maxsus foydalanish yoki maxsus iste’moli uchun ruxsatnomasiz olish; daraxtlarni noqonuniy kesish, yovvoyi holda o‘suvchi o‘simliklarni noqonuniy terish va tayyorlash yoki yo‘q qilish, noqonuniy ov yoki yovvoyi hayvonlarni (shu jumladan baliqlarni) noqonuniy ovlash; chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etmaslik; daryolar, soylar, kichik daryo va ko‘llarning o‘zanlari va suvni muhofaza qilish zonalarini tozalash, shuningdek, ularning qirg‘oqlarini mustahkamlash ishlarini amalga oshirishda qonun hujjatlari talablariga rioya etmaslik. | O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi | 1 kun |
22. | Sayyor soliq tekshiruvlarini o‘tkazish. | O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi | 10 kundan oshmagan holda |
221. | Soliq auditini o‘tkazish* | O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi | O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksida belgilangan muddatlardan oshmagan holda |
23. | Quyidagilarni nazorat qilish: yuk va yo‘lovchi tashishni tashkil etuvchi xo‘jaliklarda texnik vositalarning ishchi holatida tutish, ekspluatatsiya qilish va ta’minlash; idoraviy temir yo‘llariga ega bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarida lokomotivlar, vagonlar, aloqa vositalari va signalizatsiya, elektr ta’minotining ishchi holatida tutilishini ta’minlash. | “O‘zdavtemiryo‘lnazorat” davlat inspeksiyasi | 10 kundan oshmagan holda |
24. | Parvozlar xavfsizligi masalalari bo‘yicha o‘tkazilayotgan tekshiruvlar. | “Davavianazorat” davlat inspeksiyasi | 1 kun |
25. | Yuridik shaxs tugatilishi munosabati bilan o‘tkazilayotgan tekshiruvlar | O‘zbekiston Respublikasi davlat soliq qo‘mitasi | 30 kundan oshmagan holda |
26. | Etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarni hamda alkogolli mahsulotlar bilan savdo qiluvchi ulgurji korxonalarni quyidagi maqsadlarda tekshirish; o‘lchov jihozlari, plombalar va boshqa monitoring vositalarning butligi; etil spirti va alkogol mahsulotlari qoldiqlari; litsenziya olishda taqdim etilmagan iste’mol va texnik etil spirti hamda alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarish bo‘yicha qo‘shimcha quvvatlar mavjud emasligi; uzum va mevadan tayyorlangan vino mahsulotlari sifatining amaldagi texnik talablarga mosligi. | Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi | 3 kundan oshmagan holda |
27. | Yuridik shaxslar tomonidan yer qa’rini geologik o‘rganish, foydali qazilmalarni qazib olish, mineral xom-ashyoni qayta ishlash, shuningdek, kon ishlarining geologik-marksheyderlik ta’minoti sohasida qonunchilik va normativ hujjatlar talablariga rioya etishi ustidan tekshiruvlar. | O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi huzuridagi Kon-geologiya faoliyatini nazorat qilish inspeksiyasi | 10 kundan oshmagan holda |
28. | Yer qa’ri foydalanuvchilari tomonidan foydali qazilmalarni qazib olish (chiqarish)ning haqiqiy hajmlarining marksheyderlik o‘lchov xulosalariga muvofiqligi ustidan yiliga ikki martadan ko‘p bo‘lmagan monitoring o‘tkazish. | O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi huzuridagi Kon-geologiya faoliyatini nazorat qilish inspeksiyasi O‘zbekiston Respublikasi davlat soliq qo‘mitasi bilan birgalikda | 5 kundan oshmagan holda |
29. | Yer qa’ri boyliklari va texnogen mineral hosilalardan o‘zboshimchalik bilan foydalanish, shuningdek, yer qa’ridan foydalanish uchun ruxsat hujjatlarini olmay turib, o‘zboshimchalik bilan foydali qazilmalarni qazib olishga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha nazorat tadbirlarini o‘tkazish. | O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi huzuridagi Kon-geologiya faoliyatini nazorat qilish inspeksiyasi | 1 kun |
30. | O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha tekshiruvlar. | O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi | 10 kundan oshmagan holda |
31. | O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi huzuridagi Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligining vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha tekshiruvlar. | O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi huzuridagi Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi | 1 kun |
32. | Davlat yong‘in nazorati organlari tomonidan yong‘in xavfliligiga ko‘ra obyektlar bo‘yicha quyidagi muddatlarda: birinchi guruhga kiradigan obyektlarda — bir yilda ko‘pi bilan bir marta; ikkinchi guruhga kiradigan obyektlarda — ikki yilda ko‘pi bilan bir marta; uchinchi guruhga kiradigan obyektlarda — uch yilda ko‘pi bilan bir marta yong‘in xavfsizligi talablariga rioya qilinishi yuzasidan tekshiruvlar o‘tkazish. | O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi | 10 kundan oshmagan holda |
33. | O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Texnik jihatdan tartibga solish agentligi va uning Davlat nazorati departamenti vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha tekshiruvlar. | O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Texnik jihatdan tartibga solish agentligi | 10 kundan oshmagan holda |
34. | O‘zbekiston Respublikasining “Xususiy bandlik agentliklari to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq xususiy bandlik agentliklari tomonidan qonunchilik hujjatlari talablariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish. | O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi | 10 kundan oshmagan holda |
35. | Pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlar tomonidan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi qonunchilik hujjatlari talablariga rioya etilishi ustidan nazoratni ama?ga oshirish. | O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti, ichki nazorat qoidalarini tasdiqlovchi davlat organlari va nazorat yuklatilgan organlar | 30 kundan oshmagan holda |