Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

Oldingi tahrirga qarang.
Ushbu bandning birinchi xatboshisida ko‘rsatilgan qarzdorliklarni hisobdan chiqarish, mazkur bandning tegishli ravishda ikkinchi va uchinchi xatboshilarida nazarda tutilgan shaxslar 2019-yil 1-iyulga qadar muddatda tadbirkorlik faoliyatini tiklagan yoki qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tgan hollarda amalga oshirilishi belgilansin.
(1-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil26-dekabrdagi PF-5607-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.12.2018-y., 06/18/5607/2385-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 15-martdagi PF-5690-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.03.2019-y., 06/19/5690/2772-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 15-martdagi PF-5690-sonli Farmoniga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.03.2019-y., 06/19/5690/2772-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(51-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli Farmoniga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son)
10. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 19-iyundagi “Biznesning qonuniy manfaatlari davlat tomonidan muhofaza qilinishi va tadbirkorlik faoliyatini yanada rivojlantirish tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-5087-son Farmoniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi tadbirkorlik subyektlari — Palata a’zolarining faoliyatida o‘tkaziladigan tekshiruvlar monitoringini amalga oshirishi hamda tekshiruvlarda ishtirok etishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 15-martdagi PF-5690-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.03.2019-y., 06/19/5690/2772-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(15-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-martdagi PF-6184-son Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.03.2021-y., 06/21/6184/0192-son)
“Davyergeodezkadastr” qo‘mitasining hududiy organlari ushbu bandning ikkinchi xatboshisida nazarda tutilgan axborotga asosan ko‘chmas mulkka bo‘lgan tegishli huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni amalga oshiradi;
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(161-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli Farmoniga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-noyabrdagi PF-6118-son Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.11.2020-y., 06/20/6118/1562-son)
 LexUZ sharhi
Oldingi tahrirga qarang.

T/r

Tekshiruvlar (nazorat funksiyalari)

Nazorat qiluvchi organ

Tekshiruv muddati

1.

Ishonchli axborotlar mavjud bo‘lganida quyidagilarni qonunchilikda belgilangan tartibda olib quyish:

tegishli ruxsatnomalarsiz ishlab chiqilgan va sotilgan alkogol va tamaki mahsulotlar;

qalbaki aksiz markali yoki aksiz markasi mavjud bo‘lmagan alkogol va tamaki mahsulotlar.

Taqiqlangan tovarlar (xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish holatlarining hamda kuchli ta’sir qiluvchi moddalar noqonuniy aylanishining oldini olish bo‘yicha tezkor tadbirlar o‘tkazish.

O‘zbekiston Respublikasi davlat soliq qo‘mitasi

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi

1 kun

2.

Sifatsiz va/yoki kontrafakt mahsulotlar sotilishini oldini olish maqsadida, faqatgina shunday mahsulotlarni ishlab chiqarish va sotish bo‘yicha ishonchli axborotlar mavjud bo‘lganda, ishlab chiqarilayotgan yoki sotilayotgan dori mahsulotlarini nazorat qilish.

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi

1 kun

21.

Qalbakilashtirilgan, muvofiqlik sertifikati mavjud bo‘lmagan va davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmagan mahsulotlar, retsept bilan beriladigan dori vositalari va tibbiy buyumlarni retseptsiz sotilishining oldini olish maqsadida, faqatgina shunday mahsulotlarni chakana realizatsiya qilish bo‘yicha ishonchli axborotlar mavjud bo‘lganda, dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilishni nazorat qilish.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi huzuridagi Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bo‘linmalari

1 kun

3.

Atmosfera havosi, tuproqlar, yer usti va yer osti suvlarini ifloslantiruvchi manbalar, shuningdek, vakolatli organ bilan kelishilgan obyektlarda noqonuniy ifloslantiruvchi moddalarni chiqarish va chiqindilar monitoringi.

O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni

muhofaza qilish davlat qo‘mitasi,

Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Respublika sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi

1 kun

4.

Ruxsat beruvchi hujjatlar mavjudligi hamda shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga rioya qilinganligini o‘rganish maqsadida barcha qurilish obyektlarida, shu jumladan yakka tartibdagi uy-joy qurish obyektlarida, moliyalashtirish manbalaridan qat’iy nazar, qisqa muddatli inspektorlik tekshiruvlar o‘tkazish.

O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi huzuridagi Qurilish sohasida nazorat qilish

inspeksiyasi, tumanlar (shaharlar) bosh arxitektorlari

1 kun

41.

Yo‘l qurilishi, yo‘l-qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarini ishlab chiqarishda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan rioya etilishini nazorat qilish.

O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Yo‘l-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish inspeksiyasi

3 kundan oshmagan holda

5.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi ta’minlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha tekshiruvlar.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi

30 kundan oshmagan holda

6.

Sanoat, radiatsiyaviy va yadro xavfsizlik talablariga rioya qilish holati ustidan, shuningdek vakolatli organ bilan kelishilgan obyektlarda uglevodorod xomashyoli yer q?’ridan foydalanish va muhofazasini nazorat qilish.

“Sanoatgeokontexnazorat” DI

10 kundan oshmagan holda

7.

“O‘zbekenergo” AJ obyektlarida hamda 35 kV va undan yuqori kuchlanishdagi elektr tarmoqlarida ishlarni olib borishda xavfsizlikni nazorat qilish.

O‘zbekiston Respublikasi Elektr energetika sohasida nazorat qilish davlat inspeksiyasi

5 kundan oshmagan holda

8.

Tabiiy, texnogen, terrorchilik-qo‘poruvchilik tusidagi favqulodda vaziyatlar yuzaga kelishining oldini olish va ulardan himoya qilish masalalari bo‘yicha, shuningdek, normativ-huquqiy hujjatlar bilan belgilangan obyektlarda fuqaro muhofazasi talablariga rioya qilish ustidan nazorat olib borish.

O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar

vazirligi

10 kundan oshmagan holda

9.

Barcha tashkilotlarda Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi mablag‘laridan maqsadli foydalanishni tekshirish.

Bunda ko‘rsatilgan tekshiruvlar O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining buyruqlariga muvofiq amalga oshiriladi.

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat moliya nazorati bosh boshqarmasi

10 kundan oshmagan holda

10.

O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha:

uch oyda ko‘pi bilan bir marotaba — umumiy ovqatlanish sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi, shu jumladan oziq-ovqat xomashyosi, oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish, tashish, saqlash va sotish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi hamda iste’molchilarni vodoprovod suvi bilan ta’minlaydigan, oqova suvlarni chiqarib tashlaydigan;

olti oyda ko‘pi bilan bir marotaba — qonun hujjatlariga ko‘ra xodimlari tibbiy ko‘rikdan o‘tishi lozim bo‘lgan savdo va aholiga xizmat ko‘rsatish bilan shug‘ullanadigan, shu jumladan sartaroshxona va kosmetologiya xizmatlarini ko‘rsatuvchi;

bir yilda ko‘pi bilan bir marotaba — aholiga diagnostika, davolash-profilaktika xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi tadbirkorlik subyektlarida tekshiruvlar o‘tkazish.

O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati

10 kundan oshmagan holda

101.

Nodavlat tibbiy tashkilotlarda litsenziya talablari va shartlariga rioya qilinishi ustidan ikki yarim yilda ko‘pi bilan bir marotaba (qonun hujjatlari buzilishi holatlari bo‘yicha jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari va ijtimoiy tarmoqlardagi asoslangan ma’lumotlar bo‘lgan holatlarda cheklanmagan miqdorda) tekshiruvlar o‘tkazish.

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi

5 kundan oshmagan holda

11.

Davlat zaxiralari joylashtirilgan tadbirkorlik subyektlarida nazorat funksiyalarini amalga oshirish.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Ma�kamasi huzuridagi Davlat zaxiralarini boshqarish qo‘mitasi

10 kundan oshmagan holda

12.

O‘simlik va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish, tayyorlash, tashish, saqlash, qayta ishlash, sotish va ulardan foydalanish qoidalariga rioya qilish hamda o‘simliklar karantini bo‘yicha tadbirlar o‘tkazilishi ustidan nazorat qilish.

O‘zbekiston Respublikasi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi

1 kun

13.

Tadbirkorlik subyektlari — yuridik shaxslar tomonidan yerlardan maqsadli foydalanilishi, ijara shartnomasi bo‘yicha majburiyatlarga muvofiq, ular tomonidan qishloq xo‘jaligi ekinlarini (g‘o‘za, don va boshqalar) ekish bo‘yicha o‘rnatilgan talablarga rioya etilishini nazorat qilish.

O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi

5 kundan oshmagan holda

14.

Tadbirkorlik subyektlari tomonidan belgilanmagan joylarda amalga oshirilayotgan, shuningdek kelib chiqishini isbotlovchi tegishli hujjatsiz go‘sht va sut mahsulotlari savdosi ustidan nazorat.

O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi

1 kun

15.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil bilan kelishilgan ro‘yxatga muvofiq, avtomobillarga siqilgan va suyultirilgan gaz quyish bilan bog‘liq faoliyatni amalga oshiruvchi tadbirkorlik subyektlarida texnologik jarayon talablari, sanoat va yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya etilishi ustidan bir yilda bir martadan ko‘p bo‘lmagan nazorat tadbirlari.

Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi va Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan birga

1 kun

16.

Daryolar o‘zanlarini tozalash va qirg‘oqlarini mustahkamlash bo‘yicha ishlarni amalga oshirish ustidan nazorat o‘tkazishda tizimli tekshirishlar.

O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni

muhofaza qilish davlat qo‘mitasi Suv xo‘jaligi vazirligi,

Davlat geologiya va mineral resurslari qo‘mitasi huzuridagi Kon-geologiya faoliyatini nazorat qilish inspeksiyasi,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar hokimliklari bilan birgalik�a

5 kundan oshmagan holda

171.

Suv ta’minoti va suv chiqarish tizimlariga noqonuniy ulanish, hisoblash moslamalariga qasddan shikast yetkazganlik, hisoblash moslamalari ko‘rsatkichlarini o‘zgartirish maqsadida ularga tashqaridan aralashish holatlarini, shuningdek, ichimlik suvi ta’minoti va kanalizatsiya korxonalari tomonidan suv ta’minoti va kanalizatsiya sohasida xizmat ko‘rsatish qoidalariga amal qilinishi holatlarini tekshirish.

O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi huzuridagi Ichimlik suvidan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi

1 kun

172

Asosli ma’lumotlar bo‘lganda ko‘p kvartirali uylardagi joylarning o‘zboshimchalik bilan qayta qurilishi va (yoki) qayta rejalashtirilishi holatlarini tekshirish hamda boshqarish organlari tomonidan ko‘p kvartirali uylarda yuzaga kelgan avariya vaziyatlarini bartaraf etish bo‘yicha choralar ko‘rilganligi ustidan nazorat qilish.

O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi huzuridagi Ko‘p kvartirali uy-joy fondidan foydalanish sohasini nazorat qilish inspeksiyasi

1 kundan oshmagan holda

18.

O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi vakolatiga kiradigan masalalarga doir tekshirishlar.

O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi

30 kundan oshmagan holda

19.

Ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat tovarlari, paxta shroti va sheluxasiga bo‘lgan narxlarni asossiz va sun’iy ra�ishda oshirish, ularni xarid qilish, yetkazib berish va sotishda suiiste’mol qilinishlar va korrupsiya holatlarini aniqlash bo‘yicha tezkor-qidiruv tadbirlarini o‘tkazish.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi

kurashish departamenti

1 kun

20.

O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki to‘g‘risida”gi qonuniga muvofiq kredit tashkilotlari faoliyati ustidan nazorat qilish.

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki

30 kundan oshmagan holda

21.

Quyidagi holatlarni aniqlash va oldini olishda tezkor nazorat choralarini ko‘rish:

yonuvchan moddalar va qurilish materiallarini joylashtirish yoki ochiq alangalatishda atmosfera havosini muhofaza qilish talablariga rioya etmaslik;

maxsus texnik qurilmalarni qo‘llamagan holda bitumni eritish, dalalar va aholi punktlarida ang‘iz, to‘qilgan xazon va daraxtlar novdalarini yoxud boshqa o‘simlik qoldiqlarini yoqish;

oqova suvlarni joy relyefiga yoki ochiq suv obyektlariga, shuningdek kommunal kanalizatsiya tizimiga me’yoridan ortiq yoki ruxsatsiz tashlash;

suvni tabiiy suv obyektlaridan suvdan maxsus foydalanish yoki maxsus iste’moli uchun ruxsatnomasiz olish;

daraxtlarni noqonuniy kesish, yovvoyi holda o‘suvchi o‘simliklarni noqonuniy terish va tayyorlash yoki yo‘q qilish, noqonuniy bilan yovvoyi hayvonlarni (shu jumladan baliqlarni) noqonuniy ovlash;

chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etmaslik;

daryolar, soylar, kichik daryo va ko‘llarning o‘zanlari va suvni muhofaza qilish zonalarini tozalash, shuningdek, ularning qirg‘oqlarini mustahkamlash ishlarini amalga oshirishda qonun hujjatlari talablariga rioya etmaslik.

O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni

muhofaza qilish davlat qo‘mitasi

1 kun

22.

Sayyor soliq tekshiruvlarini o‘tkazish.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi

10 kundan oshmagan holda

221.

Soliq auditini o‘tkazish*

O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi

O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksida belgilangan muddatlardan oshmagan holda

23.

Quyidagilarni nazorat qilish:

yuk va yo‘lovchi tashishni tashkil etuvchi xo‘jaliklarda texnik vositalarning ishchi holatida tutish, ekspluatatsiya qilish va ta’minlash;

idoraviy temir yo‘llariga ega bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarida lokomotivlar, vagonlar, aloqa vositalari va signalizatsiya, elektr ta’minotining ishchi holatida tutilishini ta’minlash.

“O‘zdavtemiryo‘lnazorat” davlat inspeksiyasi

10 kundan oshmagan holda

24.

Parvozlar xavfsizligi masalalari bo‘yicha o‘tkazilayotgan tekshiruvlar.

“Davavianazorat” davlat inspeksiyasi

1 kun

25.

Yuridik shaxs tugatilishi munosabati bilan o‘tkazilayotgan tekshiruvlar

O‘zbekiston Respublikasi davlat soliq qo‘mitasi

30 kundan oshmagan holda

26.

Etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarni hamda alkogolli mahsulotlar bilan savdo qiluvchi ulgurji korxonalarni quyidagi maqsadlarda tekshirish;

o‘lchov jihozlari, plombalar va boshqa monitoring vositalarning butligi;

etil spirti va alkogol mahsulotlari qoldiqlari;

litsenziya olishda taqdim etilmagan iste’mol va texnik etil spirti hamda alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarish bo‘yicha qo‘shimcha quvvatlar mavjud emasligi;

uzum va mevadan tayyorlangan vino mahsulotlari sifatining amaldagi texnik talablarga mosligi.

Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi

3 kundan oshmagan holda

27.

Yuridik shaxslar tomonidan yer qa’rini geologik o‘rganish, foydali qazilmalarni qazib olish, mineral xom-ashyoni qayta ishlash, shuningdek, kon ishlarining geologik-marksheyderlik ta’minoti sohasida qonunchilik va normativ hujjatlar talablariga rioya etishi ustidan tekshiruvlar.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi huzuridagi Kon-geologiya faoliyatini nazorat qilish inspeksiyasi

10 kundan oshmagan holda

28.

Yer qa’ri foydalanuvchilari tomonidan foydali qazilmalarni qazib olish (chiqarish)ning haqiqiy hajmlarining marksheyderlik o‘lchov xulosalariga muvofiqligi ustidan yiliga ikki martadan ko‘p bo‘lmagan monitoring o‘tkazish.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi huzuridagi

Kon-geologiya faoliyatini nazorat qilish inspeksiyasi O‘zbekiston Respublikasi davlat soliq qo‘mitasi bilan birgalikda

5 kundan oshmagan holda

29.

Yer qa’ri boyliklari va texnogen mineral hosilalardan o‘zboshimchalik bilan foydalanish, shuningdek, yer qa’ridan foydalanish uchun ruxsat hujjatlarini olmay turib, o‘zboshimchalik bilan foydali qazilmalarni qazib olishga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha nazorat tadbirlarini o‘tkazish.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi huzuridagi

Kon-geologiya faoliyatini nazorat qilish inspeksiyasi

1 kun

30.

O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha tekshiruvlar.

O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi

10 kundan oshmagan holda

31.

O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi huzuridagi Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligining vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha tekshiruvlar.

O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi huzuridagi Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi

1 kun

32.

Davlat yong‘in nazorati organlari tomonidan yong‘in xavfliligiga ko‘ra obyektlar bo‘yicha quyidagi muddatlarda:

birinchi guruhga kiradigan obyektlarda — bir yilda ko‘pi bilan bir marta;

ikkinchi guruhga kiradigan obyektlarda — ikki yilda ko‘pi bilan bir marta;

uchinchi guruhga kiradigan obyektlarda — uch yilda ko‘pi bilan bir marta yong‘in xavfsizligi talablariga rioya qilinishi yuzasidan tekshiruvlar o‘tkazish.

O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi

10 kundan

oshmagan

holda

33.

O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Texnik jihatdan tartibga solish agentligi va uning Davlat nazorati departamenti vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha tekshiruvlar.

O‘zbekiston �espublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Texnik jihatdan tartibga solish agentligi

10 kundan oshmagan holda

34.

O‘zbekiston Respublikasining “Xususiy bandlik agentliklari to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq xususiy bandlik agentliklari tomonidan qonunchilik hujjatlari talablariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish.

O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

10 kundan oshmagan holda

35.

Pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlar tomonidan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi qonunchilik hujjatlari talablariga r�oya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti, ichki nazorat qoidalarini tasdiqlovchi davlat organlari va nazorat yuklatilgan organlar

30 kundan oshmagan holda

36.

Nodavlat ta’lim tashkilotlarida, ishonchli axborotlar mavjud bo‘lganda, tegishli litsenziya va tasdiqnomasiz, shuningdek litsenziya va tasdiqnomada nazarda tutilmagan yo‘nalishlarda ta’lim berish holatlarini tekshirish.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi

10 kundan oshmagan holda

(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-maydagi PF-77-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.05.2023-y., 06/23/77/0298-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-dekabrdagi PF-5892-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.12.2019-y., 06/19/5892/4134-son)
 LexUZ sharhi
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)
 LexUZ sharhi

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi