Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi maqsadlarini ro‘yobga chiqarishning muhim sharti olib borilayotgan islohotlarning to‘liq amalga oshirilishi, shuningdek, ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy rivojlanishga doir muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va samarali hal etish borasida davlat boshqaruvi tizimining aniq faoliyat yuritishini talab etadi.
Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasida Ma’muriy islohotlar konsepsiyasi davlat-hokimiyat vakolatlari berilgan, davlat apparatining zarur darajada faoliyat yuritishiga to‘sqinlik qiluvchi idoralararo kollegial organlarni tubdan qisqartirishni nazarda tutadi.
2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarga muvofiq, shuningdek, davlat-hokimiyat vakolatlarini qayta taqsimlash hamda vazirlik va idoralarning mustaqil yurituviga berish maqsadida:
2. 2018-yil 1-oktabrdan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari va O‘zbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari bilan tuzilgan ayrim idoralararo kollegial organlar 1-ilovadagi ro‘yxatga muvofiq ularning vakolatlari tegishli davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlarga o‘tkazilgan holda tugatilsin.
Oldingi tahrirga qarang.

T/r

Idoralararo kollegial organning nomlanishi

Idoralararo kollegial organni tuzishga asos bo‘lgan normativ-huquqiy hujjat

Tugatilayotgan organning funksiyalarini bajaruvchi (vakolatlariga aloqador qismida) subyektlar

1.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Turizm bo‘yicha idoralararo kengash

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1995-yil 2-iyundagi “Buyuk ipak yo‘lini qayta tiklashda O‘zbekiston Respublikasining ishtirokini avj oldirish va respublikada xalqaro turizmni rivojlantirish borasidagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”dagi PF-1162-son Farmoni

Turizmni rivojlantirish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengash,

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi

2.

Bojxona haqi stavkalarini ko‘rib chiquvchi idoralararo komissiya

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1995-yil 19-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasida tashqi iqtisodiy faoliyatni yanada erkinlashtirish to‘g‘risida”dagi PF-1205-son Farmoni

Idoralararo boj-tarif Kengashi

3.

Kadrlar tayyorlash bo‘yicha milliy dasturni amalga oshirish Respublika komissiyasi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1997-yil 6-oktabrdagi “Ta’lim-tarbiya va kadrlar tayyorlash tizimini tubdan isloh qilish, barkamol avlodni voyaga yetkazish to‘g‘risida” PF-1869-son Farmoni

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

4.

Diniy jamoa, oqim va guruhlar faoliyatining qonuniyligini o‘rganish bo‘yicha idoralararo muvofiqlashtiruvchi komissiya

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1998-yil 21-apreldagi “Diniy jamoalar, oqimlar va guruhlar faoliyatining qonuniyligini o‘rganish bo‘yicha idoralararo muvofiqlashtiruvchi komissiyani tashkil etish to‘g‘risida” PF-1989-son Farmoni

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita

5.

Sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilish Davlat dasturini amalga oshirishni tashkil etish va nazorat qilish Respublika Komissiyasi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1998-yil 10-noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilish davlat dasturi to‘g‘risida” PF-2107-son Farmoni

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi

6.

Kompyuterlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi Kengash

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002-yil 30 m�ydagi “Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish to‘g‘risida”gi PF-3080-sonli Farmoni

2013 — 2020-yillarda O‘zbekiston Respublikasining Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini rivojlantirish kompleks dasturi amalga oshirilishini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika komissiyasi

7.

Oliy o‘quv yurtlarining rahbar va o‘qituvchilarini qayta tayyorlash va attestatsiyadan o‘tkazish jarayonlarini tashkil etish borasidagi ishlarni muvofiqlashtiruvchi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Idoralararo komissiya

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 12-iyundagi PF-4732-son “Oliy ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

8.

“Yashnobod” texnoparkining Muvofiqlashtiruvchi kengashi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 5-iyundagi “Toshkent shahrining Yashnobod tumanida innovatsiya texnoparkini tashkil qilish to‘g‘risida”gi PF-5068-son Farmoni

O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi

9.

Tariflar va uy-joy-kommunal xo‘jaligidagi iqtisodiy islohotlar dasturi bajarilishi monitoringini olib borish respublika komissiyasi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kommunal xizmatlar tariflarining asossiz ravishda o‘sib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik hamda ular uchun o‘z vaqtida va to‘liq hisob-kitob qilinishi uchun iste’molchilarning mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2005-yil 11-fevraldagi PQ-5-sonli qarori

Uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi, Moliya vazirligi

10.

Xalqaro o‘zbek paxta va to‘qimachilik yarmarkasini o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy qo‘mita hamda Xalqaro o‘zbek paxta va to‘qimachilik yarmarkasining Doimiy faoliyat yuritadigan yarmarka qo‘mitasi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalqaro o‘zbek paxta va to‘qimachilik yarmarkasini har yili o‘tkazishni tashkil etish to‘g‘risida” 2005-yil 8-noyabrdagi PQ-217-sonli qarori

“O‘zpaxtasanoat” AJ, Tashqi savdo vazirligi, “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi, “O‘zagrokimyohimoya” AJ

11.

O‘simliklarni himoya qilish kimyoviy vositalariga ehtiyojni aniqlash va ulardan samarali foydalanish bo‘yicha idoralararo komissiya

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xo‘jaligini o‘simliklarni himoya qilish kimyoviy preparatlari bilan ta’minlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2006-yil 31-yanvardagi PQ-272-sonli qarori

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi

12.

Aholi o‘rtasida olib borilayotgan ma’naviy-ma’rifiy va targ‘ibot-tashviqot ishlarining ta’sirchanligi va samarasini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar dasturini amalga oshirish bo‘yicha respublika komissiyasi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholi o‘rtasida olib borilayotgan ma’naviy-ma’rifiy va targ‘ibot-tashviqot ishlarining ta’sirchanligi va samarasini oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida” 2006-yil 3-apreldagi PQ-317-son qarori.

Respublika “Ma’naviyat va ma’rifat” kengashi

13.

Respublika axborot-kutubxona tizimi faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Idoralararo kengash

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika aholisini axborot-kutubxona bilan ta’minlashni tashkil etish to‘g‘risida”2006-yil 20-iyundagi PQ-381-sonli qarori

O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi

14.

Kioto Protokolining Musaffo rivojlanish mexanizmi bo‘yicha Idoralararo kengash

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kioto Protokolining Musaffo rivojlanish mexanizmi doirasida investitsiya loyihalarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2006-yil 6-dekabrdagi PQ-525-son qarori

Iqtisodiyot vazirligi

15.

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi qoshida sog‘liqni saqlash tizimi rahbar xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazuvchi doimiy faoliyatdagi komissiya

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 6-dekabrdagi “Respublika tibbiyot muassasalari faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-700-son qarori

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi

16.

Qishloq xo‘jalik texnikasiga bo‘lgan har yilgi talab-ehtiyojni belgilash bo‘yicha maxsus komissiya

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xo‘jalik mashinasozligini yanada rivojlantirish va modernizatsiya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2008-yil 7-apreldagi PQ-832-son qarori

Qishloq xo‘jaligi vazirligi,

Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridag� Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi, “O‘zagrotexsanoatxolding” AJ

17.

OIV infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish bo‘yicha o‘tkaziladigan tadbirlarni muvofiqlashtirish bo‘yicharespublika komissiyasi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 26-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida OIV infeksiyasining tarqalishiga qarshi kurashning samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-1023 son qarori

Respublika epidemiyaga qarshi kurashish favqulodda komissiyasi, Sog‘liqni saqlash vazirligi

18.

Sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturini amalga oshirish bo‘yicha maxsus idoralararo komissiya

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 1-dekabrdagi “Sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni chuqurlashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-1236-son qarori

Vazirlar Mahkamasi, Iqtisodiyot vazirligi

19.

Eksportchi tashkilotlarning mahsulotlarni jahon bozorida real shakllangan narxlar bo‘yicha, shu jumladan, tannarxidan past qiymatda eksport qilishga doir murojaatlarini ko‘rib chiqish bo‘yicha maxsus ekspert komissiyasi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 26-martdagi “Eksport qiluvchi korxonalarni rag‘batlantirishni kuchaytirish va raqobatbardosh mahsulotlarni eksportga yetkazib berishni kengaytirish borasida qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-1731-son qarori;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 21-iyundagi “Mahalliy eksport qiluvchi tashkilotlarni yanada qo‘llab-quvvatlash va tashqi iqtisodiy faoliyatni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3077-son qarori

Belgilanmagan

20.

O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimining boshqaruv organlari rahbar kadrlarini tanlash, tayinlash va attestatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha respublika komissiyasi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 28-maydagi “Malakali pedagog kadrlar tayyorlash hamda o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarini shunday kadrlar bilan ta’minlash tizimini yanada takomillashtirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-1761-son qarori;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 28-fevraldagi “Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari direktorlarini attestatsiyadan o‘tkazish to‘g‘risida”gi F-2146-son farmoyishi

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, tasarrufida kasb-hunar kollejlar bo‘lgan vazirliklar va idoralar (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimligining takliflariga binoan)

21.

Qurilish-pudrat tashkilotlarining moddiy-texnika bazasini yanada rivojlantirish va mustahkamlash bo‘yicha Ishchi guruh

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 3-martdagi “Qurilish tashkilotlarini yanada rivojlantirish va ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2137-son qarori

Qurilish vazirligi

22.

2014 — 2018-yillarda O‘zbekistonda aholining reproduktiv salomatligini yanada mustahkamlash, onalar, bolalar va o‘smirlar sog‘lig‘ini muhofaza qilish bo‘yicha quyidagilarga yo‘naltirilgan Davlat dasturini amalga oshirish Hukumat komissiyasi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 1-avgustdagi “2014 — 2018-yillarda O‘zbekistonda aholining reproduktiv salomatligini yanada mustahkamlash, onalar, bolalar va o‘smirlar sog‘lig‘ini muhofaza qilish borasidagi Davlat dasturi to‘g‘risida”gi PQ-2221-son qarori

Sog‘liqni saqlash vazirligi

23.

Aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatining samaradorligini oshirish va korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish komissiyasi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 31-martdagi “Aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatining samaradorligini oshirish va korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish komissiyasini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-2327-son qarori

O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi

24.

Energiya samaradorligi va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha respublika komissiyasi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 5-maydagi “2015 — 2019-yillarda iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada energiya sig‘imini qisqartirish, energiya tejaydigan texnologiyalarni joriy etish chora-tadbirlari Dasturi to‘g‘risida”gi PQ-2343-son qarori

“NEK” AJ, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi

25.

Meva-sabzavot mahsulotlarini yanada chuqur qayta ishlash va uning eksport salohiyatini oshirishni ta’minlash bo‘yicha Respublika komissiyasi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 5-martdagi “2016 ― 2020-yillarda meva-sabzavot va go‘sht-sut mahsulotlarining xomashyo bazasini yanada rivojlantirish, ularni qayta ishlashni chuqurlashtirish, oziq-ovqat tovarlari ishlab chiqarish va eksport qilishni ko‘paytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2505-son qarori

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, xo‘jalik boshqaruvi organlari

26.

“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasi va “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasini aksiyadorlik ja�iyatlariga aylantirish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi komissiya

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 17-oktabrdagi “Davlat ulushi ustuvor bo‘lgan aksiyadorlik jamiyatlarida korporativ boshqaruvni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2635-son qarori

Belgilanmagan

27.

Oziq-ovqat, charm-poyabzal va farmatsevtika sanoatida yangi investitsiya loyihalari paketini shakllantirish bo‘yicha doimiy amaldagi Ishchi guruhi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 6-yanvardagi

“Oziq-ovqat, charm-poyabzal va farmatsevtika sanoatida investitsiya loyihalarini moliyalashtirish manbalarini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2718-son qarori

Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi

28.

Huquqiy targ‘ibot va ma’rifat bo‘yicha davlat organlari ishlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha Idoralararo kengash

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 8-fevraldagi “Qonun hujjatlarini tarqatish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2761-son qarori

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi

29.

Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi faoliyatini takomillashtirish va samaradorligini oshirish bo‘yicha Komissiya

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-apreldagi “Xususiylashtirilgan korxonalar bilan ishlash samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2895-son qarori

O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi

30.

Standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish va sifat menejmenti tizimlarini joriy etishni muvofiqlashtirish bo‘yicha maxsus ishchi guruh

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 28 apr�ldagi “O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2935-son qarori

“O‘zstandart” agentligi

31.

2017 — 2021-yillarda Xorazm viloyati va Xiva shahrining turizm salohiyatini kompleks rivojlantirish Dasturi ijrosi yuzasidan nazoratni ta’minlash bo‘yicha Ishchi guruh

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 4-maydagi “2017 — 2021-yillarda xorazm viloyati va xiva shahrining turizm salohiyatini kompleks rivojlantirish dasturi to‘g‘risida”gi PQ-2953-son qarori

Turizmni rivojlantirish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengash, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi

32.

2017 — 2019-yillarda Buxoro shahri va Buxoro viloyatining turizm salohiyatini jadal rivojlantirish Dasturini amalga oshirish yuzasidan nazoratni ta’minlash bo‘yicha Ishchi guruh

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 19-maydagi “2017 — 2019-yillarda Buxoro shahri va Buxoro viloyatining turizm salohiyatini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2980-son qarori

Turizmni rivojlantirish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengash, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi

33.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar kengashi, viloyatlar, Toshkent shahri, shaharlar va tumanlar hokimliklari huzuridagi yong‘in xavfsizligi bo‘yicha komissiyalar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 23-maydagi “Ichki ishlar organlari yong‘in xavfsizligi bo‘linmalari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-2992-son qarori

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi

34.

Qishloq va suv xo‘jaligi sohasi uchun muhandis-texnik kadrlar tayyorlash bo‘yicha oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining Muvofiqlashtiruvchi Kengashi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 24-maydagi “Qishloq va suv xo‘jaligi tarmoqlari uchun muhandis-texnik kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3003-son qarori

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

35.

O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi va uning tarkibiy bo‘linmalari faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha vazifalarni amalga oshirish Komissiyasi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 31-maydagi “O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3024-son qarori

O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi

36.

O‘zbekistonga oid xorijdagi madaniy boyliklarni tadqiq etish ishlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika komissiyasi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekistonga oid xorijdagi madaniy boyliklarni tadqiq etish markazini tashkil etish to‘�risida”gi PQ-3074-son qarori

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekistonga oid xorijdagi madaniy boyliklarni tadqiq etish markazi

37.

Ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat tovarlarining asosiy turlariga narx- navoni monitoring va nazorat qilish respublika komissiyasi;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi viloyatlar va Toshkent shahar hokimligi huzurida Ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat tovarlarining asosiy turlariga narx-navoni monitoring va nazorat qilish bo‘yicha doimiy faoliyat yuritadigan hududiy komissiyalar.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 23-iyundagi “Respublika aholisini ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat tovarlarining asosiy turlari bilan ishonchli ta’minlashga oid kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3082-son qarori

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi savdo vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi viloyatlar va Toshkent shahar hokimligi

38.

Milliy kinematografiyani yanada rivojlantirish chora-tadbirlari dasturini amalga oshirish bo‘yicha Respublika komissiyasi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-avgustdagi “Milliy kinematografiyani yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3176-son qarori

“O‘zbekkino” Milliy agentligi

39.

Maktabgacha ta’lim tizimini tanqidiy o‘rganish va yanada takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish bo‘yicha komissiya

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil9-sentabrdagi “Maktabgacha ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3261-son qarori

O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi

40.

“O‘zagrotexsanoatxolding” aksiyadorlik jamiyatini va uning tarkibiga kiruvchi aksiyadorlik jamiyatlarini tashkil etish borasidagi ishlarni muvofiqlashtirish va tashkiliy tadbirlar kompleksini amalga oshirish bo‘yicha Ishchi komissiyasi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 17-noyabrdagi “O‘zagrotexsanoatxolding” aksiyadorlik jamiyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi PF-4857-son Farmoni

“O‘zagrotexsanoatxolding” AJ

41.

O‘simliklar karantini sohasidagi xalqaro standartlarni milliy qonunchilikka implementatsiya qilish bo‘yicha doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi idoralararo ishchi guruh

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 28-martdagi “O‘simliklar karantini bo‘yicha davlat xizmati faoliyatining samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3626-son qarori

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi

42.

Mahsulot taqsimoti va geologiya-qidiruv ishlari olib borish to‘g‘risidagi bitimlar doirasida investorlar tomonidan investitsiya majburiyatlari bajarilishini o‘rganish bo‘yicha Komissiya

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 5-martdagi “Mahsulot taqsimoti va geologiya-qidiruv ishlari olib borish to‘g‘risidagi bitimlar doirasida investorlar tomonidan investitsiya majburiyatlari bajarilishini o‘rganish bo‘yicha Komissiya tashkil etish to‘g‘risida”gi F-2945-son farmoyishi

Iqtisodiyot vazirligi, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, “O‘zbekneftgaz” AJ

43.

Xalqaro investitsiya forumida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish bo‘yicha Komissiya

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 10-fevraldagi “Toshkent shahrida o‘tkazilgan xalqaro investitsiya forumida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” F-4613-son farmoyishi

Belgilanmagan

44.

Fuqaro aviatsiyasi xalqaro tashkiloti (IKAO) ishlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Davlat komissiyasi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 7-iyundagi “Fuqaro aviatsiyasi xalqaro tashkiloti ishlari bo‘yicha o‘zbekiston respublikasi davlat komissiyasi �o‘g‘risida” 271-son qarori

O‘zbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi

45.

O‘zbekiston Respublikasining xalqaro amaliyotda qabul qilingan hisobga olish va statistika tizimiga o‘tish Davlat dasturini amalga oshirishni nazorat qilish Idoralararo komissiyasi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 24-avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasining xalqaro amaliyotida qabul qilingan hisobga olish va statistika tizimiga o‘tish davlat dasturi to‘g‘risida”gi 433-son qarori

O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi

46.

Mustaqillik kuni va Navro‘z umumxalq bayramlariga tayyorgarlik ko‘rish va ularni o‘tkazish bo‘yicha respublika tashkiliy qo‘mitasi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 23-fevraldagi “Mustaqillik kuni va Navro‘z umumxalq bayramlarini tashkil etish haqida”gi 68-son qarori

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi viloyatlar va Toshkent shahar hokimligi

47.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha respublika komissiyasi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 10-dekabrdagi “Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash respublika komissiyasining tarkibini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 471-son qarori

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi

48.

Kimyoviy qurollarni yaratish, ishlab chiqarish, to‘plash va qo‘llashni taqiqlash hamda uni yo‘q qilib tashlash to‘g‘risidagi Konvensiyani ro‘yobga chiqarish bo‘yicha komissiya

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 6-iyundagi “Kimyoviy qurollarni yaratish, ishlab chiqarish, to‘plash va qo‘llashni taqiqlash hamda uni yo‘q qilib tashlash to‘g‘risidagi konvensiyani ro‘yobga chiqarish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining komissiyasini tashkil etish haqida”gi 287-son qarori

“Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi

49.

Mudofaa sanoati korxonalarini konversiya qilish masalalari bo‘yicha doimiy ishlovchi ishchi komissiyasi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 4-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi mudofaa sanoati korxonalarini konversiya qilish masalalari bo‘yicha ishchi komissiyani tashkil etish to‘g‘risida”gi 145-son qarori

O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa sanoati davlat qo‘mitasi

50.

“Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivalini o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy qo‘mita

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 30-martdagi “Sharq taronalari” ikkinchi xalqaro musiqa festivalini o‘tkazish to‘g‘risida”gi 142-son qarori

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi

51.

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi O‘zbekiston Respublikasiga uzoq muddatli imtiyozli kreditlarni jalb qilish va ulardan samarali foydalanish bo‘yicha maxsus idoralararo guruh

Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 7-dekabrdagi “O‘zbekiston respublikasiga uzoq muddatli imtiyozli kreditlarni jalb qilish va ulardan samarali foydalanishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 521-son qarori

Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi

52.

O‘quv dasturlari, darsliklar va o‘quv qo‘llanmalarini qayta ko‘rib chiqish va yangilarini yaratish bo‘yicha respublika muvofiqlashtirish komissiyasi

Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 29-maydagi “O‘quv dasturlari, darsliklar va o‘quv qo‘llanmalarini qayta ko‘rib chiqish va yangilarini yaratish bo‘yicha respublika muvofiqlashtirish komissiyasini tuzish to‘g‘risida” 208-son qarori

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Maktabgacha ta’lim vazirligi

53.

Sog‘lom avlod, ayollar sog‘lig‘ini mustahkamlash va oilaning tibbiy madaniyati darajasini oshirish masalalari bo‘yicha Hukumat komissiyasi

Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 25-yanvardagi “Ayollar va o‘sib kelayotgan avlod sog‘lig‘ini mustahkamlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 32-son qarori

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi

54.

Yarmarka savdolari o‘tkazish bo‘yicha respublika kengashi; Asosiy tovar guruhlari - oziq-ovqat tovarlari, yengil sanoat tovarlari va nooziq-ovqat tovarlar bo‘yicha doimiy ishlovchi yarmarka qo‘mitalari

Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 13-noyabrdagi “Yarmarka savdosini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 391-son qarori

O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi

55.

Aviatsiya transporti sohasidagi faoliyatni litsenziyalash bo‘yicha Vazir�ar Mahkamasining komissiyasi

Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 23-avgustdagi “Transport sohasidagi faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 360-son qarori

Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi

56.

Vazirlar Mahkamasining geodeziya va kartografiya faoliyatini litsenziyalash komissiyasi

Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 14-noyabrdagi “Geodeziya va kartografiya faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 510-son qarori;

Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 26-iyuldagi “Respublika komissiyalari va kengashlari tarkibini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 358-son qarori

O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi

57.

Vazirlar Mahkamasining diniy ta’lim muassasalari faoliyatini litsenziyalash komissiyasi

Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 1-martdagi “Diniy ta’lim muassasalarining faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risida” 99-son qarori

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita

58.

Portlovchi va zaharli moddalarni, ularni qo‘llagan holda materiallar va mahsulotlarni, shuningdek portlatish vositalarini yaratish, ishlab chiqarish, tashish, saqlash va realizatsiya qilish bo‘yicha faoliyatni litsenziyalash komissiyasi

Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 5-martdagi “Portlovchi va zaharli moddalarni yaratish, ishlab chiqarish, tashish, saqlash, realizatsiya qilish sohasida xavfsizlikni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 109-son qarori

“Sanoatgeokontexnazorat”

davlat inspeksiyasi

59.

Vazirlar Mahkamasining Ionlashtiruvchi nurlanish manbalari muomalada bo‘ladigan sohalardagi faoliyatini litsenziyalash komissiyasi

Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 6-martdagi “Ionlashtiruvchi nurlanish manbalari muomalada bo‘ladigan sohalardagi faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 111-son qarori

“Sanoatgeokontexnazorat”

davlat inspeksiyasi

60.

Vazirlar Mahkamasining Qimmatbaho va nodir metallar, qimmatbaho toshlar qazib olish faoliyatini litsenziyalash komissiyasi:

Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 9-martdagi “Qimmatbaho va nodir metallar, qimmatbaho toshlar qazib olish faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 112-son qarori

“Sanoatgeokontexnazorat”

davlat inspeksiyasi

61.

Qurilish sohasida islohotlarning amalga oshirilishi monitoringi va faoliyatni litsenziyalash bo‘yicha Respublika komissiyasi

Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 14-apreldagi “Qurilish sohasida islohotlarning amalga oshirilishi monitoringi va faoliyatni litsenziyalash bo‘yicha respublika komissiyasi tarkibini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 181-son qarori

O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi

62.

Vazirlar Mahkamasining Noshirlik faoliyatini litsenziyalash komissiyasi

Vazirlar Mahkamasining “Noshirlik faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 275-son qarori

O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi

63.

Uzluksiz ta’lim tizimi uchun o‘quv dasturlari, darsliklar va o‘quv qo‘llanmalarini qayta ko‘rib chiqish va yangilarini yaratish bo‘yicha Hukumat komissiyasi

Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 4-noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri o‘rinbosari — ta’lim, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy muhofaza, axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari majmuasi rahbari boshchilik qiladigan respublika komissiyalari va kengashlari tarkiblarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 519-sonli qarori

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Maktabgacha ta’lim vazirligi

64.

Qishloq xo‘jaligi uchun ta’sirchan moddalar va tayyor kimyoviy preparatlar xarid qilish bo‘yicha idoralararo tender komissiyasi

Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 24-fevraldagi “O‘simliklarni himoya qilish kimyoviy preparatlarini yetkazib berish va ulardan foydalanish samaradorligini nazorat qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 519-sonli qarori

Belgilanmagan

65.

Vazirlar Mahkamasining Etil spirti, alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarish va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyatini litsenziyalash komissiyasi

Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 7-apreldagi “Vazirlar Mahkamasining etil spirti, alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarish va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyatini litsenziyalash komissiyasining yangilangan tarkibini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 192-son qarori

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasi

66.

Sanoat xavfsizligi bo‘yicha idoralararo kengash

Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 11-maydagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi yer qa’rini geologik o‘rganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tuzilmasini yanada takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 131-son qarori

Sanoatgeokontexnazorat”

davlat inspeksiyasi

67.

Qattiq foydali qazilmalar konlarini xatlovdan o‘tkazishni muvofiqlashtirish komissiyasi

Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 25-iyundagi “Geologiya-qidiruv ishlari olib borishga va qattiq foydali qazilma konlarini ishlatishga investitsiyalarni yanada jalb etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 142-son qarori

Belgilanmagan

68.

O‘zbekiston Respublikasi hududida qog‘oz chiqindilarini to‘plash, tayyorlash va qayta ishlash uchun yetkazib berish masalalari bo‘yicha Respublika komissiyasi

Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 16-martdagi “Ikkilamchi qog‘oz chiqindilarini to‘plash, tayyorlash va qayta ishlash uchun yetkazib berish tizimini tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 70-son qarori

Belgilanmagan

69.

Respublikada qog‘ozni tejash va undan oqilona foydalanishni ta’minlash bo‘yicha quyidagi asosiy vazifalarni amalga oshirishni nazarda tutadigan qo‘shimcha chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirish bo‘yicha respublika komissiyasi

Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 22-iyuldagi “Respublikada qog‘ozni tejash va undan oqilona foydalanishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 155-son qarori

Vazirlar Mahkamasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi

70.

Pirotexnika buyumlarini yaratish, ishlab chiqarish, tashish, saqlash, realizatsiya qilish, ulardan foydalanish, ularni yo‘q qilish va utilizatsiya qilish faoliyatini litsenziyalash bo‘yicha Vazirlar Mahkamasi komissiyasi

Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 25-oktabrdagi “O‘zbekiston respublikasi hududida pirotexnika buyumlari muomalasini davlat tomonidan tartibga solish va nazorat qilishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 234-son qarori

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi

71.

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Sud ekspertizasi muammolari bo‘yicha kengash

Vazirlar Mahkamasining 2010-yildagi 15-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirligi huzuridagi sud ekspertizasi muammolari bo‘yicha kengash faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi 299-son qarori

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi

72.

O‘zbekiston Respublikasi davlat soliq qo‘mitasi fiskal xotiraga ega bo‘lgan nazorat-kassa mashinalari va ularning dasturiy mahsulotlari (versiyalari) bo‘yicha Idoralararo ishchi komissiya

Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 17-noyabrdagi “Fiskal xotiraga ega bo‘lgan nazorat-kassa mashinalarining qo‘llanishini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 306-son qarori

O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi

73.

Huquqni muhofaza qiluvchi va boshqa davlat organlari tomonidan inson huquqlari va erkinliklariga rioya etilishining holatini o‘rganish bo‘yicha Idoralararo ishchi guruhi

Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 23-iyuldagi “Huquqni muhofaza qiluvchi va boshqa davlat organlari tomonidan inson huquqlari va erkinliklariga rioya etilishining holatini o‘rganish bo‘yicha Idoralararo ishchi guruhi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 227-son qarori

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili, O‘zbekiston Respublikasi Inson huquqlari bo‘yicha milliy markazi

74.

2014 — 2018-yillar davrida Suv xo‘jaligi vazirligi suv xo‘jaligi tashkilotlarida nasos-kuch asbob-uskunalarini yangilash va elektr energiyasidan oqilona foydalanishga doir kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilishini ta’minlash bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi ishchi guruh

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 5-iyundagi “2014 — 2018-yillar davrida O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi suv xo‘jaligi tashkilotlarining nasos-kuch asbob-uskunalarini bosqichma-bosqich yangilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 158-son qarori

O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi

75.

Soxta bankrotlik, bankrotlikni yashirish va qasddan bankrotlikka olib kelish alomatlarini aniqlash bo‘yicha doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi komissiya

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 14-avgustdagi “Soxta bankrotlik, bankrotlikni yashirish va qasddan bankrotlikka olib kelish alomatlarini aniqlash qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 224-son qarori

O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi

76.

O‘zbekiston Respublikasi aholisining sog‘lom ovqatlanishi sohasidagi chora-tadbirlar kompleksi amalga oshirilishini tashkil etish va nazorat qilish bo‘yicha respublika komissiyasi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 25-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi aholisining sog‘lom ovqatlanishi sohasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi 102-son qarori

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi

77.

Davlat sanitariya-epidemiologiya xizmati organlari rahbar kadrlarini tanlash, attestatsiyadan o‘tkazish va rotatsiya qilish bo‘yicha Respublika komissiyasi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 26-iyundagi “Respublika sanitariya-epidemiologiya xizmati faoliyatini va uni malakali kadrlar bilan ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 170-son qarori

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi

78.

2017 — 2019-yillarda Samarqand shahri va Samarqand viloyatining turizm salohiyatini jadal rivojlantirish tadbirlari Dasturi ijrosining nazoratini ta’minlash bo‘yicha Ishchi guruh

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 30-iyundagi “2017-2019-yillarda Samarqand shahri va Samarqand viloyatining turizm salohiyatini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 450-son qarori

Turizmni rivojlantirish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengash,

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi

79.

O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi huzuridagi Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni rivojlantirish kengashi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 23-oktabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzurida Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni rivojlantirish kengashini tashkil etish to‘g‘risida”gi 865-son qarori

O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

80.

Soliq solish maqsadida jismoniy shaxslarga tegishli bo‘lgan ko‘chmas mulk obyektlarining kadastr qiymatini hisoblash ishlarini tashkil etish va muvofiqlashtirish bo‘yicha ishchi guruh

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 30-dekabrdagi “Soliq solish maqsadida jismoniy shaxslarga tegishli bo‘lgan ko‘chmas mulk obyektlarining, turar joy fondining kadastr qiymatini hisoblash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 1043-son qarori

O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi

81.

O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini xorijiy mamlakatlarga jo‘natish uchun nomzodlarni tanlab olishi bo‘yicha Idoralararo komissiya

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 28-yanvardagi F-42-son farmoyishi

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi

 LexUZ sharhi
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-fevraldagi PF-36-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.02.2024-y., 06/24/36/0130-son)
Oldingi tahrirga qarang.

T/r

Idoralararo kollegial organning nomlanishi

Idoralararo kollegial organni tashkil etish uchun asos bo‘lgan normativ-huquqiy va boshqa hujjat

1.

Davlat mulkini sotish bo‘yicha tender savdolarini o‘tkazuvchi Davlat komissiyasi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 21-iyuldagi “Ba’zi Respublika komissiyalari va kengashlari tarkiblari hamda ularning faoliyatini tashkil etish masalalari to‘g‘risida”gi PQ-423-son qarori

2.

Idoralararo bojxona-tarif kengashi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 21-iyuldagi “Ba’zi Respublika komissiyalari va kengashlari tarkiblari hamda ularning faoliyatini tashkil etish masalalari to‘g‘ri sida”gi PQ-423-son qarori

3.

Toshqin suvlari va sel oqimlarini xavf-xatarsiz o‘tkazib yuborishni ta’minlash, qor ko‘chish va yer ko‘chki hodisalari xavfini kamaytirish bo‘yicha Hukumat komissiyasi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 19-fevraldagi “Toshqinlar, sel oqimlari, qor ko‘chish va yer ko‘chki hodisalari bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarning oldini olish hamda ularning oqibatlarini tugatish borasidagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-585-son qarori

4.

O‘zbekiston Respublikasining Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini rivojlantirish kompleks dasturi amalga oshirilishini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika komissiyasi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2013-yil 27-iyundagi PQ-1989-son qarori

5.

Radiochastotalar bo‘yicha Davlat komissiyasi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 22-oktabrdagi “Radiochastota spektrini boshqarishni tashkil qilish va foydalanishni takomillashtirish to‘g‘risida”gi PQ-2053-son qarori

6.

Bolalar musiqa va san’at maktablari faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha 2016 — 2020-yillarga mo‘ljallangan Davlat dasturi bajarilishini muvofiqlashtiruvchi Respublika komissiyasi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 20-noyabrdagi “Bolalar musiqa va san’at maktablari faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha 2016 — 2020-yillarga mo‘ljallangan davlat dasturi to‘g‘risida”gi PQ-2435-son qarori

7.

2017 — 2021-yillarda Orolbo‘yi mintaqasini rivojlantirish Davlat dasturining amalga oshirilishini muvofiqlashtirish hamda tizimli nazorat qilishni ta’minlash bo‘yicha respublika komissiyasi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-yanvardagi “2017 — 2021-yillarda Orolbo‘yi mintaqasini rivojlantirish davlat dasturi to‘g‘risida”gi PQ-2731-son qarori

8.

Qurilishi tugallanmagan obyektlar va foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlarini xatlovdan o‘tkazish hamda aniqlash bo‘yicha idoralararo komissiyalar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 23-fevraldagi “Tadbirkorlarning ishlab chiqarish maydonlaridan foydalanishlarini yanada rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2796-son qarori

9.

Turizmni rivojlantirish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengash

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-avgustdagi “2018-2019-yillarda turizm sohasini rivojlantirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3217-son qarori

10.

Erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari ma’muriy kengashlarining faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika kengashi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 25-oktabrdagi “Erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari faoliyati samaradorligini oshirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3356-son qarori

11.

2015 — 2019-yillarda Guliston shahrida drenaj tizimini yanada takomillashtirish, meliorativ holatini yaxshilash va yer osti suv sathini kamaytirish, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish dasturini ishlab chiqish bo‘yicha Respublika komissiyasi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 9-martdagi “2015-2019-yillarda Guliston shahrida drenaj tizimini yanada takomillashtirish, meliorativ holatini yaxshilash va yer osti suv sathini kamaytirish, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish dasturini ishlab chiqish to‘g‘risida”gi F-4421-son farmoyishi

12.

YUNESKO ishlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy komissiyasi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1994-yil 29-dekabrdagi “YUNESKO ishlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi milliy komissiyasini tashkil etish to‘g‘risida”gi 629-son qarori

13.

Jahon savdo tashkiloti bilan ishlash bo‘yicha idoralararo komissiya

Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 10-fevraldagi “Jahon savdo tashkiloti bilan ishlash bo‘yicha idoralararo komissiya tuzish to‘g‘risida”gi 45-son qarori

14.

Axborot faoliyati va ma’lumotlar uzatishni takomillashtirish va samaradorligini oshirish bo‘yicha idoralararo muvofiqlashtirish komissiyasi

Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 10-iyuldagi “Chastota spektridan foydalanish, teleradiodasturlarni shakllantirish va tarqatish hamda ma’lumotlar uzatish samaradorligini oshirish yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 293-son qarori

15.

Respublika epidemiyaga qarshi kurashish favqulodda komissiyasi

Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 12-apreldagi “Respublika epidemiyaga qarshi kurashish favqulodda komissiyasi tarkibini va komissiya to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 142-son qarori

16.

Yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish shartlarini ishlab chiqish va mahsulot taqsimotiga oid bitimlar loyihalarini ko‘rib chiqish bo‘yicha Maxsus davlat komissiyasi

Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 30-iyundagi “Yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish shartlarini ishlab chiqish va mahsulot taqsimotiga oid bitimlar loyihalarini ko‘rib chiqish bo‘yicha maxsus davlat komissiyasining tarkibi to‘g‘risida”gi 295-son qarori

17.

Qishloq xo‘jaligida islohotlarni chuqurlashtirish bo‘yicha Respublika komissiyasi

Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 25-fevraldagi “Qishloq xo‘jaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish bo‘yicha respublika komissiyasi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 87-son qarori

18.

O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi huzuridagi Kimyolashtirish va o‘simlikl�rni himoya qilish vositalari davlat komissiyasi

Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 4-yanvardagi “Kimyolashtirish va o‘simliklarni himoya qilish vositalari davlat komissiyasi (davlat kimyo komissiyasi) faoliyatini tashkil etish masalalari to‘g‘risida”gi 1-son qarori

19.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Aholi punktlari kompleks qurilishini nazorat qilish komissiyasi

Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 12-fevraldagi “Aholi punktlarini kompleks qurishda shaharsozlik normalari va qoidalari qat’iy bajarilishini nazorat ilishni kuchaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 41-son qarori

21.

O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi qoshidagi Talabalar o‘qishini ko‘chirish va qayta tiklash idoralararo komissiyasi

Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-iyundagi “Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish, talabalar o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi 393-son qarori

22.

FATF yangi tavsiyalarini o‘rganish va tatbiq etish bo‘yicha Idoralararo ishchi komissiya

Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 7-maydagi 309-F-son farmoyishi

23.

Asosiy vositalar (shu jumladan havo kemalari va aviatsiya dvigatellari)ni “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK balansidan chiqarib tashlash masalalarini ko‘rib chiqish va xulosalar tayyorlash bo‘yicha idoralararo komissiya

Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 5-apreldagi 208-F-son va 2012-yil 27-yanvardagi 54-F-son farmoyishlari

24.

Missionerlik va prozelitizm bilan bog‘liq negativ holatlar kelib chiqishiga qarshi kurash Idoralararo kollegiyasi

Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 23-maydagi 07/44-17-son majlis bayoni

25.

“O‘zdavtemiryo‘lnazorat” DI huzuridagi Toshkent — Samarqand temir yo‘l liniyasida yuqori tezlikda yuruvchi poyezdlar xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha doimiy Idoralararo komissiya

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining 2013-yil 27-fevraldagi 05/30-9-son topshirig‘i

(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 14-iyundagi PF-95-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.06.2023-y., 06/23/95/0372-son)
 LexUZ sharhi

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi