Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

Hujjat kuchini yo‘qotgan 23.04.2004
Hujjat 02.04.1992 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
 LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasining “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi Qonuniga va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Din ishlari bo‘yicha qo‘mita tuzish to‘g‘risida” 1992-yil 7-martdagi Farmoniga muvofiq, shuningdek, davlat organlari va respublika hududida faoliyat ko‘rsatuvchi barcha mazhablardagi diniy tashkilotlar o‘rtasidagi qalin hamkorlikni va o‘zaro tushunishni mustahkamlashni ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
3. O‘zbekiston Respublikasining “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi Qonunini amalga oshirish masalalariga rahbarlik qilish va mahalliy boshqaruv organlarining hududlarda joylashgan diniy tashkilotlar, shuningdek, yuqorida ko‘rsatilgan qo‘mita bilan qalin o‘zaro aloqalarni ta’minlash viloyat, shahar va rayon hokimining o‘rinbosarlaridan birining zimmasiga yuklatilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Din ishlari qo‘mitasini tuzish to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi Qonunining konstitutsion kafolatlari va talablarini amalga oshirish, fuqarolarning dinga munosabatlaridan qat’i nazar, ularning vijdon erkinligi huquqlarini, Qonun oldida barcha dinlarning, diniy maslaklar va e’tiqodlarning tengligini ta’minlash, shuningdek, davlat organlari bilan diniy markazlar va tashkilotlarning aloqalarini mustahkamlash va qalin hamkorliklarini ta’minlash, ularning MDH davlatlari va xorijiy mamlakatlar bilan aloqalarini muvofiqlashtirish uchun tuzilgan davlat organi hisoblanadi.
diniy markazlar, tashkilotlar, diniy o‘quv yurtlari, diniy nashriyotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan O‘zbekiston Respublikasining “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi Qonunining fuqarolarning dinga nisbatan o‘z munosabatini belgilash va ifodalash, hech qanday to‘siqsiz dinga e’tiqod qilish va diniy marosimlarni bajarish, shuningdek, fuqarolarning dinga munosabatlaridan qat’i nazar, o‘zlarining manfaatlarini himoya qilish huquqlariga kafolat beruvchi talablarining bajarilishini ta’minlaydi;
O‘zbekiston Respublikasida diniy tashkilotlar to‘g‘risida, “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi Qonunning ijrosi haqida, shuningdek, vijdon erkinligi masalalari bo‘yicha chet el qonunlari va xalqaro huquqiy hujjatlar to‘g‘risida ma’lumotlar jamg‘armasini tuzadi;
Keyingi tahrirga qarang.

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi