Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.

T/r

Tadbirlar nomi

Bajarish muddatlari

Moliyalashtirish manbalari

Mas’ul bajaruvchilar

I. Sirk sohasiga oid qonun hujjatlarini yanada takomillashtirish

1.

Respublika ixtisoslashtirilgan estrada va sirk maktabi hamda “O‘zbek davlat sirki” davlat muassasasi o‘rtasida tizimli ravishda ta’lim va amaliyot integratsiyasini yo‘lga qo‘yish maqsadida:

ixtisoslashtirilgan maktabning ta’lim jarayoniga sirk sulolalari vakillari va malakali sirk va teatrlar artistlarini jalb etish;

ixtisoslashtiril�an maktabning sirk yo‘nalishi o‘quvchilarini “O‘zbek davlat sirki” davlat muassasasida hamda Samarqand, Farg‘ona va Xiva shaharlarida tashkil etiladigan yarim statsionar sirklarda amaliyot o‘tashini tashkil etish;

“O‘zbek davlat sirki” davlat muassasasida maktabgacha va maktab yoshidagi bolalar uchun akrobatika, gimnastika va dorbozlik yo‘nalishlari bo‘yicha “ustoz-shogird” amaliyoti asosida to‘garaklar tashkil etish;

ixtisoslashtirilgan maktabni sirk yo‘nalishi bo‘yicha bitirayotgan o‘quvchilarning kamida bitta mustaqil sirk nomeriga ega bo‘lishini ta’minlash.

2019-yil martdan boshlab doimiy

-

Madaniyat vazirligi (B. Sayfullayev),

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Majidov),

O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti huzuridagi Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi (T. Fayziyev),

“O‘zbek davlat sirki” davlat muassasasi (R. Madjidov)

2.

O‘zbekiston Respublikasida va uning tashqarisida “O‘zbek davlat sirki” davlat muassasasining gastrol faoliyatini amalga oshirish tartibini ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqlash. Bunda, sirk artistlarining chet elda ishlash, malaka oshirish, tajriba almashish hamda gastrol safarlariga borish tartiblarini nazarda tutish.

2019-yil 1-aprel

-

Madaniyat vazirligi (B. Sayfullayev),

Moliya vazirligi (A. Haydarov),

manfaatdor vazirliklar va idoralar

3.

Xalqaro sirk san’ati festivali nizomini ishlab chiqish va belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2019-yil 1-may

-

Madaniyat vazirligi

(B. Sayfullayev), manfa�tdor vazirliklar va idoralar

4.

O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga 14 yoshga to‘lmagan shaxslarni sirk, teatr, kino va konsert tashkilotlarida ijodkor lavozimida ishlash, mehnatiga haq to‘lash va mehnat stajini inobatga olish tizimini nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqidagi qonun loyihasini ishlab chiqish va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2019-yil 1-iyun

-

O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (Sh. Kudbiyev),

Madaniyat vazirligi (B. Sayfullayev),

Moliya vazirligi (A. Haydarov)

II. Sirk sohasida xalqaro faoliyatni rivojlantirish va sirkni malakali kadrlar bilan ta’minlash

5.

Milliy sirk dasturlarining badiiy saviyasini oshirish, tomoshabinlar qamrovini kengaytirish, xalqaro maydonda milliy sirk nufuzini yanada oshirish maqsadida:

2019-yilda o‘zbek sirkiga 105 yil to‘lishi munosabati bilan “O‘zbek davlat sirki” nomli kitob-albomni o‘zbek, rus, ingliz tillarida nashr etish;

teatr, kino, estrada va boshqa san’at turlari hamda zamonaviy yoritish va musiqali maxsus effektlarni qo‘llagan holda sifat jihatdan butunlay yangi sirk dasturlarini yaratish;

xorijiy davlatlarda sirk artisti va mutaxassislarining tizimli malaka oshirishi va stajirovka o‘tashlarini yo‘lga qo‘yish hamda malakali xorijiy mutaxassislarni taklif qilish orqali milliy sirk dasturlarining badiiy saviyasini oshirish;

taklif etilgan mashhur sirk artistlari va mutaxassislarini respublikamizga taklif etgan holda master-klass, trening va tajriba almashishni, shu jumladan, Respublika ixtisoslashtirilgan estrada va sirk maktabida tashkil etish.

2019-yil

1-dekabr

doimiy

“O‘zbek davlat sirki” davlat muassasasining xarajatlar smetasiga ajratilgan Davlat budjeti mablag‘lari,

Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari,

“O‘zbek davlat sirki” davlat muassasasining budjetdan tashqari mablag‘lari,

homiylik xayriyalari

Madaniyat vazirligi (B. Sayfullayev),

O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (K. Allamjonov),

Tashqi ishlar vazirligi (A. Komilov),

Moliya vazirligi (A. Haydarov),

“O‘zbek davlat sirki” davlat muassasasi (R. Madjidov),

Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi (S. Gafurova)

6.

Mashhur xorijiy sirk tashkilotlarini, shu jumladan, Fransiyaning “Cirque du Soleil”, Xitoyning “Chang Long” xalqaro sirki, Rossiyaning Svetnoy bulvardagi “Moskva sirki”, “Moskva katta sirki” va boshqa shu kabi sirklarning respublikamizda gastrollarini muntazam ravishda tashkil etish.

“O‘zbek davlat sirki” davlat muassasasi va xorijiy davlat sirk tashkilotlari bilan o‘zaro hamkorlik bo‘yicha tegishli hujjatlar (memorandum, hamkorlik bitimi va boshqalarni) qabul qilish.

“O‘zbek davlat sirki” davlat muassasasining daromadlar manbalarini kengaytirish maqsadida eng tomoshabop sirk dasturlarini sahnalashtirgan malakali ijodiy jamoalar (truppa)ning xorijiy davlatlarga gastrol safarlarini doimiy ravishda uyushtirish.

Xorijiy davlat vakillarining taklifiga asosan xalqaro festival va ko‘rik-tanlovlarda ijodiy jamoalar hamda sohaning yetuk mutaxassislari ishtirokini ta’minlash.

doimiy

Madaniyat vazirligiga ajratiladigan budjet mablag‘lari doirasida,

“O‘zbek davlat sirki” davlat muassasasining budjetdan tashqari mablag‘lari,

Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari,

homiylik xayriyalari

Madaniyat vazirligi (B. Sayfullayev),

Tashqi ishlar vazirligi (A. Komilov),

manfaatdor vazirliklarva idoralar

7.

“O‘zbek davlat sirki” davlat muassasasini malakali veterinar va zootexnik mutaxassislar bilan ta’minlash.

2019-yildan boshlab doimiy

“O‘zbek davlat sirki” davlat muassasasi budjetdan tashqari mablag‘lari,

homiylik xayriyalari

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (B. Norqobilov),

Madaniyat vazirligi (B. Sayfullayev),

“O‘zbek davlat sirki” davlat muassasasi (R. Madjidov)

8.

“O‘zbek davlat sirki” davlat muassasasining kadrlar tarkibini yosh, istiqbolli, ijodiy, o‘zbek milliy sirk san’atiga o‘zining hissasini qo‘shishga tayyor bo‘lgan iqtidorlar bilan to‘ldirish hamda sirk tomoshalarining badiiy darajasi va ijodiy-sahnalashtirish ishlarini tashkillashtirish sifatini oshirish, sirk repertuarining xilma-xilligini kengaytirish maqsadida respublika miqyosida tanlov o‘tkazish.

2019-yildan boshlab

har ikki yilda

Madaniyat vazirligiga ajratiladigan budjet mablag‘lari doirasida,

“O‘zbek davlat sirki” davlat muassasasi budjetdan tashqari mablag‘lari,

Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari,

homiylik xayriyalari

Madaniyat vazirligi (B. Sayfullayev),

manfaatdor vazirliklarva idoralar

9.

“O‘zbek davlat sirki” davlat muassasasiga jismoniy tarbiya va sport sohasidagi oliy ta’lim muassasalari va tashkilotlarining tegishli sport turlari bo‘yicha malakali sportchilarini jalb etish hamda talabalarning amaliyot o‘tashini tashkil etish.

2019-2020-yillar

-

Madaniyat vazirligi (B. Sayfullayev),

“O‘zbek davlat sirki” davlat muassasasi (R. Madjidov),

manfaatdor vazirliklarva idoralar

III. Targ‘ibot va tashviqot ishlari

10.

“O‘zbek davlat sirki” davlat muassasasining Internet jahon axborot tarmog‘idagi veb-saytini yaratish hamda uni o‘zbek sirki tarixi, yo‘nalishlari, sirk san’atiga oid ma’lumotlar bilan to‘ldirib borish.

2019-yil fevraldan boshlab doimiy

“O‘zbek davlat sirki” davlat muassasasi budjetdan tashqari mablag‘lari,

homiylik xayriyalari

Madaniyat vazirligi (B. Sayfullayev), “O‘zbek davlat sirki” davlat muassasasi (R. Madjidov)

12.

“O‘zbek davlat sirki” davlat muassasasida namoyish etiladigan sirk dasturlari va tomoshalarini Internet jahon axborot tarmog‘i orqali pulli asosda masofadan on-layn tomosha qilish imkonini yaratish choralarini ko‘rish.

Ushbu muassasada kirish chiptalarini shakllantirish, sotish va ularning ishlatilishini hisobga olish va hisob-kitobini yuritish bo‘yicha chipta operatsiyalarining yagona elektron tizimini joriy etish.

qurilish-ta’mirlash ishlari yakunlangandan so‘ng

“O‘zbek davlat sirki” davlat muassasasi budjetdan tashqari mablag‘lari,

homiylik xayriyalari

Madaniyat vazirligi (B. Sayfullayev), “O‘zbek davlat sirki” davlat muassasasi (R. Madjidov)

IV. Moddiy-texnik bazani mustahkamlash

13.

Mavjud hayvonlarning O‘zbekiston Respublikasining “Veterinariya to‘g‘risida”gi Qonuni talablari asosida saqlanishini hamda doimiy ravishda veterinariya nazoratida bo‘lishini tashkil etish.

Oziq-ovqatlarni saqlash omborlarini sanitariya normalari, qoidalari va gigiyena normativlari asosida hamda hayvonlar uchun mo‘ljallangan mahsulotlarni belgilangan talablar asosida saqlash ishlarini tashkil etish.

Hayvonlarni joriy ko‘rikdan o‘tkazish va ularda yuqumli kasalliklar tarqalishini oldini olish bo‘yicha maxsus laboratoriya va karantin xonalari faoliyatini yo‘lga qo‘yish.

2019-yil yanvardan boshlab doimiy

“O‘zbek davlat sirki” davlat muassasasi budjetdan tashqari mablag‘lari,

homiylik xayriyalari

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (B. Norqobilov),

Madaniyat vazirligi (B. Sayfullayev)

14.

Yangidan barpo etiladigan yarim statsionar sirklar uchun shaharlarda kommunikatsiya mavjud bo‘lgan joylardan yer maydonlari ajratish, qurish va xorijiy tajribalardan kelib chiqqan holda ularni zamonaviy texnik vositalar bilan jihozlash ishlarini amalga oshirish.

2020-2021-yillar

-

Samarqand (E. Turdimov), Farg‘ona (Sh. G‘aniyev) va Xorazm (F. Ermanov) viloyatlari hokimliklari,

manfaatdor vazirliklar va idoralar

15.

Respublikaning chekka hududlarida “O‘z�ek davlat sirki” davlat muassasasining ko‘chma sirk (shapito)lar dasturlari va gastrol safarlarini o‘tkazish maqsadida ko‘chma sirk (shapito) va zootsirklarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va zamonaviy maxsus avtotransport vositalari sotib olish.

2019-2020-yillar

Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari

Madaniyat vazirligi (B. Sayfullayev),

Moliya vazirligi (A. Haydarov),

Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi (S. Gafurova)

16.

Sirk dasturlari va tomoshalar saviyasini oshirish maqsadida “O‘zbek davlat sirki” davlat muassasasiga ekzotik hayvonlar (ayiq, kenguru, maymun, fil va boshqalar) sotib olish.

2019-2020-yillar

O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari, Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari

Madaniyat vazirligi (B. Sayfullayev),

Moliya vazirligi (A. Haydarov),

Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi (S. Gafurova)

17.

Sirk san’atining jamiyatdagi mavqeyi, o‘rni va ijtimoiy rolini oshirish, aholi, ayniqsa yoshlarni respublikaning chekka hududlarida sirk dasturlari va tomoshalaridan bahramand etish, mazmunli hordiq chiqarishlarini ta’minlash maqsadida “O‘zbek davlat sirki” davlat muassasasi ko‘chma sirklarining gastrol safarlarini tashkil etishni qo‘llab-quvvatlash hamda sirk tomoshalari uchun alohida joylar ajratish.

2019-yildan boshlab doimiy

-

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,

Madaniyat vazirligi (B. Sayfullayev)

(ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-avgustdagi 428-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.09.2023-y., 09/23/428/0675-son)

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi