Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

×
 ×



mundarija mavjud emas

Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
 LexUZ sharhi
1. Davlat korxonalarini ochiq turdagi aksionerlik jamiyatlariga aylantirish Tartibi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi Adliya vazirligi bilan birgalikda davlat korxonasini qayta tashkil etish natijasida tuzilgan ochiq turdagi aksionerlik jamiyatining Namunaviy ustavini, shuningdek, xususiylashtirishning Namunaviy rejasini ikki hafta muddatda tasdiqlansin.
2. Iqtisodiyot tarmoqlari bo‘yicha qayta tashkil etilayotgan davlat korxonalari aksiyalarini chiqarishning 1995-yil uchun jadvali 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin. Xo‘jalik uyushmalarining (korporatsiyalar, konsernlar va korxonalar boshqa birlashmalarining) rahbarlari aksiyalar chiqarishning obyektlar bo‘yicha ishlab chiqilgan jadvalini bir hafta muddatda O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasiga taqdim etsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 22 avustdagi 347-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan—O‘R QHT, 2001-y., 15-16-son, 106-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
9. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi, Moliya vazirligi va Markaziy banki o‘n kun muddatda, xalqaro moliya institutlari tavsiyanomalarini hisobga olgan holda, investitsiya fondlari to‘g‘risida Nizom loyihasini ishlab chiqsinlar va Vazirlar Mahkamasiga kiritsinlar. Xususiylashtirilgan korxonalar aksiyalarining 30 foizgachasini, ularning nominal qiymati bo‘yicha, investitsiya fondlariga ajratish nazarda tutilsin, bunda ular bitta investitsiya fondiga 10 foizdan oshmasligi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi