Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 19-dekabrdagi PQ-4068-son qarori ijrosi yuzasidan, shuningdek, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo va Farg‘ona viloyatlaridagi moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish, ularning atrofidagi tarixiy muhit bilan birga asrash va ulardan oqilona foydalanish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 19-dekabrdagi PQ-4068-son qaroriga muvofiq Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo va Farg‘ona viloyatlarida tegishlicha “Sarmishsoy”, “Shahrisabz”, “Termiz” va “Qo‘qon” davlat muzey-qo‘riqxonalari tashkil etilganligi ma’lamot uchun qabul qilinsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-martdagi 119-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.03.2021-y., 09/21/119/0190-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-apreldagi 209-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.04.2022-y., 09/22/209/0341-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-martdagi 119-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.03.2021-y., 09/21/119/0190-son)
1. 2a-ilovada (2017 — 2027-yillarda qayta tashkil etiladigan davlat muzeylari ro‘yxati):
2. 3-ilovada (2018 — 2027-yillarda davlat muzeylari binolarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlashning manzilli dasturi):
3. 4-ilova (O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan moliyalashtiriladigan muzeylari, ularning filial va bo‘limlari ro‘yxati) quyidagi tahrirda bayon etilsin:

T/r

Muzey nomi

Joylashgan hudud

O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetidan moliyalashtiriladigan muzeylar

1.

O‘zbekiston davlat san’at muzeyi

Toshkent shahri

2.

O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi

Toshkent shahri

3.

Temuriylar tarixi davlat muzeyi

Toshkent shahri

4.

Alisher Navoiy nomidagi davlat adabiyot muzeyi

Toshkent shahri

5.

Olimpiya shon-shuhrat muzeyi

Toshkent shahri

6.

Davlat geologiya muzeyi

Toshkent shahri

7.

Qurolli kuchlar tarixi davlat muzeyi

Toshkent shahri

8.

Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi

Toshkent shahri

9.

Sog‘liqni saqlash muzey

Toshkent shahri

10.

O‘zbekiston amaliy san’at va hunarmandchilik tarixi davlat muzeyi

Toshkent shahri

11.

Xalqaro madaniyat karvon saroyi

Toshkent shahri

Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlaridan moliyalashtiriladigan muzeylar

1.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi tarixi va madaniyati davlat muzeyi hamda uning quyidagi filiallari:

Nukus shahri

Muynoq Ekolo�iya muzeyi

Muynoq tumani

Ellikqal’a tumani arxeologiya va tarix muzeyi

Ellikqal’a tumani

2.

I.V. Savitskiy nomidagi Qoraqalpog‘iston davlat san’at muzeyi

Nukus shahri

3.

Andijon viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyi hamda uning quyidagi bo‘lim va filiallari:

Andijon shahri

Adabiyot va san’at bo‘limi

Andijon shahri

Bobur yodgorligi bo‘limi

Andijon shahri

Paxtaobod tuman tarixi muzeyi

Paxtaobod tumani

Tasviriy san’at bo‘limi

Andijon shahri

Cho‘lpon yodgorligi bo‘limi

Andijon shahri

4.

“Buxoro” davlat muzey-qo‘riqxonasi hamda uning quyidagi bo‘lim va filiallari:

Buxoro shahri

Abu Ali ibn Sino memorial muzeyi

Peshko‘ tuman

“Ark” viloyat o‘lkashunoslik muzeyi

Buxoro shahri

Boy savdogar xonadoni uy-muzeyi

Buxoro shahri

Buxoro adabiyoti tarixi muzeyi

Buxoro shahri

Buxoro kulolchilik va varaxsha tarixi ko‘rgazmasi

Buxoro shahri

Buxoro suv ta’minoti muzeyi

Buxoro shahri

Buxoro tarixi muzeyi*

Buxoro shahri

Buxoro tasviriy san’at muzeyi

Buxoro shahri

Buxoroda huquq va qonunchilik tarixi muzeyi

Buxoro shahri

Gilamboflik muzeyi

Buxoro shahri

Yog‘och o‘ymakorligi ko‘rgazmasi

Buxoro shahri

Imom al-Buxoriy xotira muzeyi

Buxoro shahri

Kadimiy Poykent shaharchasi tarixi muzeyi

Qoraqo‘l tumani

Moxi-Xossa amaliy bezak san’ati muzeyi

Buxoro shahri

Mutal Burxonov uy muzeyi*

Buxoro shahri

Naqshbandiya tariqati muzeyi

Kogon tumani

Romitan tuman tarixi muzeyi

Romitan tuman

Temirchilik hunari tarixi muzeyi

Buxoro shahri

Xattotlik tarixi muzeyi

Buxoro shahri

5.

Jizzax viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyi hamda uning quyidagi filiallari:

Sh.Rashidov tumani

Zomin tumani tarixi muzeyi

Zomin tumani

Xamid Olimjon va Zulfiya muzeyi

Jizzax shahri

Sharof Rashidov yodgorlik muzeyi

Jizzax shahri

6.

Qashqadaryo viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyi

Qarshi shahri

7.

“Shahrisabz” davlat muzey-qo‘riqxonasi va uning filiali:

Shahrisabz tumani

Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahridagi “Maqom muzeyi”

Shahrisabz shahri

8.

Navoiy viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyi hamda uning quyidagi filiallari:

Karmana tumani

Karmana tuman Qosim Shayx majmua muzeyi

Karmana tumani

Qiziltepa tuman tarixi muzeyi

Qiziltepa tumani

Nurota tuman tabiiy-me’moriy majmua muzeyi

Nurota tumani

“Sarmishsoy” davlat muzey-qo‘riqxonasi

Navbahor tumani

9.

Namangan viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyi hamda uning quyidagi filiallari:

Namangan shahri

Kosonsoy tumani tarixi muzeyi

Kosonsoy tumani

“Mug‘tepa” arxeologiya merosi obyektini muhofaza qilish va tadqiq etish majmuasi

Kosonsoy tuman�

10.

“Samarqand” davlat muzey-qo‘riqxonasi hamda uning quyidagi bo‘lim va filiallari:

Samarqand shahri

Ishtixon tuman tarixi muzeyi

Ishtixon shahri

Kattaqo‘rg‘on shahar tarixi muzeyi

Kattaqo‘rg‘on shahri

Mirzo Ulug‘bek muzeyi-majmuasi

Samarqand shahri

Paxtachi tuman tarixi muzeyi

Paxtachi tumani

Sadriddin Ayniy yodgorlik uy-muzeyi

Samarqand shahri

Samarqand viloyat o‘lkashunoslik muzeyi

Samarqand shahri

Samarqand shahar tarixi “Afrosiyob” muzeyi

Samarqand shahri

O‘zbekiston Madaniyati tarixi davlat muzeyi

Samarqand shahri

Ergash Jumanbulbul o‘g‘li yodgorligi muzeyi*

Qo‘shrabot tumani

11.

“Termiz” davlat muzey-qo‘riqxonasi

Termiz shahri

12.

Termiz arxeologiya muzeyi

Termiz shahri

13.

Sirdaryo viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyi

Guliston shahri

14.

Toshkent viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyi*

Nurafshon shahri

15.

Toshkent viloyati Angren shahar tarixi muzeyi

Angren shahri

16.

Toshkent viloyati Chirchiq shahar tarixi muzeyi

Chirchiq shahri

17.

Yangiyo‘l shahar Usmon Yusupov memorial uy-muzeyi

Yangiyo‘l shahri

18.

Farg‘ona viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyi hamda uning quyidagi filiallari:

Farg‘ona shahri

Marg‘ilon shahar tarix muzeyi

Marg‘ilon shahri

Uvaysiy uy-muzeyi

Marg‘ilon shahri

Erkin Vohidov uy-muzeyi*

Oltiariq tumani

19.

“Qo‘qon” davlat muzey-qo‘riqxonasi hamda uning quyidagi filiallari:

Qo‘qon shahri

Amaliy san’at muzeyi

Qo‘qon shahri

Buyuk allomalar muzeyi

Qo‘qon shahri

G‘afur G‘ulom nomidagi Qo‘qon adabiyot muzeyi

Qo‘qon shahri

Muqimiy xujra muzeyi

Qo‘qon shahri

Xamza uy-muzeyi

Qo‘qon shahri

20.

“Ichan-qal’a” davlat muzey-qo‘riqxonasi hamda uning quyidagi bo‘lim va filiallari:

Xiva shahri

Amaliy san’at bo‘limi

Xiva shahri

Ilmiy-ma’rifiy bo‘lim

Xiva shahri

Qadimgi Xorazm madaniyati bo‘limi

Xiva shahri

Qadimgi Xorazm tarixi bo‘limi

Xiva shahri

Tabiat bo‘limi

Xiva shahri

Madrasa tarixi bo‘limi

Xiva shahri

Tasviriy san’at tarixi bo‘limi

Xiva shahri

Xalq ta’limi tarixi bo‘limi

Xiva shahri

Xiva xonligi tarixi bo‘limi

Xiva shahri

�orazm musiqa tarixi bo‘limi

Xiva shahri

“O‘zbekiston–ozod va obod Vatan!” mustaqillik ekspozitsiyasi

Xiva shahri

Hunarmandchilik tarixi bo‘limi

Xiva shahri

21.

O‘zbekiston zamonaviy san’ati muzeyi va uning quyidagi filiallari:

Urganch shahri

“Xorazm tarixi va madaniyati” muzeyi*

Urganch shahri

Komiljon Otaniyozov uy-muzeyi

Urganch shahri

Urganch shahar tarixi muzeyi

Urganch shahri

22.

O‘zbekiston davlat tabiat muzeyi

Toshkent shahri

23.

Madaniyat va san’at ko‘rgazmasi

Toshkent shahri

24.

Abdulla Qahhor uy-muzeyi

Toshkent shahri

25.

G‘afur G‘ulom uy-muzeyi

Toshkent shahri

26.

Kamoliddin Behzod memorial bog‘-muzeyi

Toshkent shahri

27.

Muxtor Ashrafiy uy-muzeyi

Toshkent shahri

28.

Oybek uy-muzeyi

Toshkent shahri

29.

Sergey Borodin uy-muzeyi

Toshkent shahri

30.

Sergey Esenin muzeyi

Toshkent shahri

31.

Tamaraxonim uy-muzeyi

Toshkent shahri

32.

O‘zbekiston kino san’ati tarixi muzeyi

Toshkent shahri

33.

O‘rol Tansiqboyev uy-muzeyi

Toshkent shahri

34.

Yunus Rajabiy uy-muzeyi

Toshkent shahri


Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi