Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 21-apreldagi PQ-5083-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.04.2021-y., 07/21/5083/0371-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 21-apreldagi PQ-5083-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.04.2021-y., 07/21/5083/0371-son)
3-ilovaga* muvofiq Davlat geologiya qo‘mitasining geologiya tashkilotlari moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va modernizatsiya qilish uchun xarid qilinadigan zamonaviy geologiya asbob-uskunalari va maxsus texnika vositalari, dasturiy mahsulotlar va materiallar ro‘yxati.
* 3-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son)
10. Davlat geologiya qo‘mitasining 6-ilovaga muvofiq geologiya tashkilotlari uchun joylarda zamonaviy kern saqlash omborxonalarini tashkil etish, laboratoriya quvvatlari va boshqa obyektlarni jihozlash to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
12. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 4-maydagi “2017 — 2021-yillarda yer osti suvlari zaxiralaridan oqilona foydalanishni nazorat qilish va hisobga olishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2954-son qarori bilan tashkil qilingan 2017 — 2021-yillarda yer osti suvlari zaxiralaridan oqilona foydalanishni nazorat qilish va hisobga olishni tartibga solish chora-tadbirlari dasturi amalga oshirilishini muvofiqlashtirish bo‘yicha Ishchi guruhiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ushbu qaroriga 3* va 5-ilovalarida ko‘rsatib o‘tilgan parametrlarga hududlardagi haqiqiy holatdan kelib chiqib, butun respublika bo‘yicha tasdiqlangan umumiy parametrlar doirasida o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish huquqi berilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 21-apreldagi PQ-5083-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan— Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.04.2021-y., 07/21/5083/0371-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 21-apreldagi PQ-5083-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.04.2021-y., 07/21/5083/0371-son)

T/r

Tadbirlar

Amalga oshirish mexanizmi

Amalga oshirish muddatlari

Mas’ullar

1.

Yangi istiqbolli maydonlarni ajratish bo‘yicha izlash ishlari ulushini 35 foizgacha oshirishni hisobga olgan holda Mineral-xomashyo bazasini rivojlantirish va qayta tiklash bo‘yicha 2020-yilga mo‘ljallangan davlat dasturi (keyingi o‘rinlarda — 2020-yilga mo‘ljallangan dastur)ni ishlab chiqish va tasdiqlash.

1. Foydali qazilmalar va yer osti suvlari zaxiralari va prognoz resurslarining o‘sish parametrlarini aniqlagan holda, 2020-yilga mo‘ljallangan dasturga kiritilishi va istiqbolli maydonlar ulushini oshirish bo‘yicha izlash ishlarini yo‘lga qo‘yish taklif qilinayotgan aniq obyektlar ro‘yxatini shakllantirish.

2. 2020-yilga mo‘ljallangan dastur loyihasini ishlab chiqish va manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan kelishish.

3. 2020-yilga mo‘ljallangan dasturni tasdiqlash.

2019-yil sentyabr





2019-yil oktyabr



2019-yil noyabr

Davlat geologiya qo‘mitasi (Islamov),

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (Gulyamov),

Moliya vazirligi
(Ishmetov),

“Navoiy KMK” DK (Sanakulov),

“Olmaliq KMK” AJ (Xursanov)

2.

Yangi istiqbolli maydonlarni ajratish bo‘yicha izlash ishlari ulushini 40 foizgacha oshirishni hisobga olgan holda Mineral-xomashyo bazasini rivojlantirish va qayta tiklash bo‘yicha 2021-yilga mo‘ljallangan davlat dasturi (keyingi o‘rinlarda — 2021-yilga mo‘ljallangan dastur)ni ishlab chiqish va tasdiqlash.

1. Foydali qazilmalar va yer osti suvlari zaxiralari va prognoz resurslarining o‘sish parametrlarini aniqlagan holda, 2021-yilga mo‘ljallangan dasturga kiritilishi va istiqbolli maydonlar ulushini oshirish bo‘yicha izlash ishlarini yo‘lga qo‘yish taklif qilinayotgan aniq obyektlar ro‘yxatini shakllantirish.

2. 2021-yilga mo‘ljallangan dastur loyihasini ishlab chiqish va manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan kelishish.

3. 2021-yilga mo‘ljallangan dasturni tasdiqlash.

2020-yil sentyabr





2020-yil oktyabr


2020-yil noyabr

Davlat geologiya qo‘mitasi (Islamov),

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (Gulyamov),

Moliya vazirligi
(Ishmetov),

“Navoiy KMK” DK (Sanakulov),

“Olmaliq KMK” AJ (Xursanov)

3.

2020-yilga mo‘ljallangan davlat dasturining tasdiqlangan parametrlariga asosan geologiya-qidiruv ishlarining o‘z vaqtida va sifatli olib borilishini ta’minlash.

1. Har bir obyekt bo‘yicha aniq muddatlar va quyidagilar uchun mas’ul bo‘lgan tashkilotlarni nazarda tutuvchi “tarmoq grafiklari” ishlab chiqish va tasdiqlash:

geologiya-qidiruv ishlarini olib borish uchun geologik topshiriqlarni va loyiha-smeta hujjatlarini tasdiqlash;

foydali qazilmalarning prognoz resurslari va zaxiralari ko‘payishini hisoblab borgan holda geologiya-qidiruv ishlarini olib borish;

Davlat geologiya qo‘mitasining yig‘ilishlarida ko‘rib chiqish uchun geologiya-qidiruv ishlari natijalari to‘g‘risida hisobotlarni taqdim etish.

2. 2020-yilga mo‘ljallangan dasturga muvofiq hududlarni keng miqyosda mintaqaviy o‘rganish ishlarini, shuningdek, foydali qazilmalar prognoz resurslari va zaxiralarini o‘stirish bo‘yicha maqsadli ishlarni tashkil qilish va olib borish.

2019-yil sentyabr












2020-yil,
tarmoq grafiklariga muvofiq

Davlat geologiya qo‘mitasi (Islamov)

4.

Geologiya sohasining moddiy texnik bazasini zamonaviy asbob-uskunalar, maxsus texnik vositalar, dasturiy mahsulotlar va materiallar bilan o‘z vaqtida mustahkamlash va modernizatsiya qilishni ta’minlash.

1. 2020-yilda xarid qilinishi lozim bo‘lgan zamonaviy asbob-uskunalar, maxsus texnik vositalar, dasturiy mahsulotlar va materiallar ro‘yxatini shakllantirish.

2. Xarid qilinadigan texnika va asbob-uskunalar uchun texnik topshiriqlarni ishlab chiqish va o‘rnatilgan tartibda kelishish.

3. Texnika va asbob-uskunalarni yetkazib berish bo‘yicha tegishli kontraktlarni belgilangan tartibda tuzish.

4. Texnika va asbob-uskunalarni tayyorlash va yetkazib berish.

2019-yil sentyabr




2020-yil mart



2020-yil,
tarmoq grafiklariga muvofiq

Davlat geologiya qo‘mitasi (Islamov),

Moliya vazirligi
(Ishmetov),

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (Gulyamov)

5.

Istiqbolli maydonlar va konlarni o‘rganish jarayoniga Yerni masofadan zondlashning zamonaviy usullari va texnologiyalarini maqsadli rivojlantirish hamda keng joriy qilish bo‘yicha choralar ko‘rish.

1. Istiqbolli maydonlar va konlarni o‘rganish jarayoniga Yerni masofadan zondlashning zamonaviy usullari va texnologiyalarini maqsadli rivojlantirish hamda keng joriy qilish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqish hamda tasdiqlash.

2. “Yo‘l xaritasi”ga muvofiq quyidagilarni ta’minlash:

xalqaro konsultantlarni jalb qilish va zamonaviy usullar va texnologiyalarni joriy qilish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish;

yer qa’rini geologik o‘rganishga aniqligi yuqori bo‘lgan raqamli kosmik tasvirlarni bosqichma-bosqich joriy qilish;

eng yangi dasturiy mahsulotlar va asbob-uskunalarni qo‘llash;

minerallar va tog‘ jinslarining milliy spektral kutubxonasini tashkil qilish.

2019-yil avgust





2020-yil,
belgilangan muddatlarda

Davlat geologiya qo‘mitasi (Islamov)

6.

Fundamental, ilmiy-amaliy va innovatsion tadqiqotlarni joriy qilgan holda fan va amaliyotni yanada integratsiyalashtirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish.

1. Aniq muddatlarni va mas’ul ijrochilarni belgilagan holda “Fan va amaliyotni yanada integratsiyalashtirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar rejasi”ni ishlab chiqish va tasdiqlash.

2. Kompleks chora-tadbirlarga muvofiq quyidagilarni ta’minlash:

geologiya-qidiruv amaliyotiga soha institutlarining istiqbolli maydonlarni prognoz qilishga (shu jumladan hududlarda olmos topish istiqbollarini hamda minerallashgan va plast suvlarida qimmatbaho va nodir metallar mavjudligini o‘rganishga) yo‘naltirilgan fundamental, ilmiy-amaliy va innovatsion tadqiqotlari natijalarini joriy qilish;

foydali qazilmalar konlarining 3D-modellarini ishlab chiqish;

GAT-texnologiyalari negizida raqamli kartografik materiallarini yaratish.

2019-yil avgust




2020-yil, belgilangan muddatlarda

Davlat geologiya qo‘mitasi (Islamov),

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (Gulyamov)

7.

Geologiya-qidiruv ishlari hisobotlarini tuzishning xalqaro standartlarini joriy qilish va foydali qazilmalar zaxiralarini JORC Kodeksiga muvofiq tasdiqlash masalasini ishlab chiqish.

1. Xalqaro konsalting kompaniyalari va ekspertlarni saralab olish va o‘rnatilgan tartibda ular bilan kontraktlar tuzish.

2. Amaldagi normativ hujjatlarni geologiya-qidiruv ishlari samaradorligini oshirish uchun moslashtirish bo‘yicha tavsiyalar, shuningdek, geologiya-qidiruv ishlari hisobotlarini tuzishning xalqaro standartlarini joriy qilish va foydali qazilmalar zaxiralarini JORC Kodeksiga muvofiq tasdiqlashga doir takliflar ishlab chiqish.

3. Geologiya-qidiruv ishlarini olib borish bo‘yicha uslubiy qo‘llanmalar, to‘plamlar va boqa hujjatlarni xalqaro standartlar nuqtai nazaridan qayta ko‘rib chiqish.

4. Xalqaro konsultantlarni jalb qilgan holda soha mutaxassislarini JORC Kodeksi standartlari bo‘yicha o‘qitish.

2020-yil mart


2020-yil iyun







2020-yil
iyuldan boshlab

Davlat geologiya qo‘mitasi (Islamov),

Moliya vazirligi
(Ishmetov)

8.

Yer qa’rini regional o‘rganish va geologik xaritalash, shuningdek, mavjud geologik holatni va boshqa axborotlarni raqamlashtirishga axborot dasturlari va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini (AKT) joriy qilish.

1. Yer qa’rini regional o‘rganish va geologik xaritalashga axborot dasturlari va AKTni joriy qilish mexanizmini ishlab chiqish.

2. Geologik tadqiqotlar jarayoniga joriy qilish uchun tavsiya etiladigan dasturiy mahsulotlar va asbob-uskunalar ro‘yxatini aniqlash hamda tegishli xarid tartib-taomillarini amalga oshirish.

3. Axborot dasturlari va AKTni belgilangan tartibda xarid qilish va geologiya sohasiga joriy etish.

4. AKTni ishlab chiqish va geologiya sohasiga joriy qilish uchun ixtisoslashtirilgan korxonalarni jalb qilish.

5. Jahon standartlari asosida geologik axborotlarni raqamlashtirish bo‘yicha xalqaro tajribani o‘rganish va ularni raqamlashtirish bo‘yicha chora-tadbirlarni bosqichma-bosqich amalga oshirish.

2019-yil avgust



2019-yil sentyabr,
belgilangan muddatlarda

doimiy ravishda

kelishuv asosida

Davlat geologiya qo‘mitasi (Islamov),

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

(Sadikov)

9.

Raqamlashtirilgan geologik axborotlardan foydalanish imkoniyatini oshirish maqsadida da�lat geologiya fondining arxiv materiallari bo‘yicha raqamli axborotlar bankini yaratish.

1. Jahon standartlari asosida raqamli axborot bankini yaratish bo‘yicha xalqaro tajribani o‘rganish.

2. Geologik hisobotlar arxivining ma’lumotlar bazasini yaratish ishlarini kuchaytirish va jahon standartlari asosida raqamli axborotlar bankini yaratish bo‘yicha chora-tadbirlarni bosqichma-bosqich amalga oshirish.

2019-yil sentyabr


2019-yil oktyabrdan boshlab

Davlat geologiya qo‘mitasi

(Islamov)

10.

Kartografik, geologik-tahliliy axborotlarni joylashtirgan holda foydali qazilmalar konlarining interaktiv xaritasini yaratish.

1. Foydali qazilmalar konlarining interaktiv xaritasini tuzish va yuritish bo‘yicha xalqaro tajribani o‘rganish.

2. Foydali qazilmalar konlari va ulardan GAT-texnologiyalari negizida foydalanish bo‘yicha raqamli kartografik, geologik-tahliliy axborotlarni tayyorlash, shuningdek, interaktiv xaritani tizimli asosda yangilab borish.

2019-yil sentyabr



doimiy ravishda

Davlat geologiya qo‘mitasi

(Islamov)

11.

Qattiq foydali qazilmalarning istiqbolli maydonlari va konlari (zaxiralar, joylashgan o‘rni, joylashuv chuqurligi) bo‘yicha yagona elektron onlayn baza yaratish.

1. Qattiq foydali qazilmalarning istiqbolli maydonlari va konlari (zaxiralar, joylashgan o‘rni, joylashuv chuqurligi) bo‘yicha bazani yaratish va uni Davlat geologiya qo‘mitasining rasmiy veb-saytida joylashtirish.

2. Qattiq foydali qazilmalarning istiqbolli maydonlari va konlari bazasining tizimli asosda yangilash, shuningdek, mahalliy va chet el investorlariga ushbu baza bilan tanishish imkoniyatini ta’minlash.

2019-yil dekabr




doimiy ravishda

Davlat geologiya qo‘mitasi (Islamov),

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sadikov)

Davlat geologiya qo‘mitasi (Islamov)

12.

“Navoiy KMK” DK va “Olmaliq KMK” AJ balansiga beriladigan, shuningdek, xorijiy investorlar bilan birga ishlab chiqilishi ko‘zda tutilgan geologik obyektlarning aniq chegaralarini belgilash.

1. Kon-metallurgiya kombinatlari balansiga berilishi lozim bo‘lgan geologik obyektlar ro‘yxatini ishlab chiqish.

2. “Navoiy KMK” DK, uning negizida tashkil etiladigan uranni qazib olish va qayta ishlash korxonalari, shuningdek, “Olmaliq KMK”AJ resurs bazasiga biriktiriladigan geologiya obyektlari ro‘yxatini kelishish va belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritish.

3. Kon-metallurgiya kombinatlari geologik obyektlarini foydalanishga topshirishning aniq muddatlarini hisobga olgan holda ularning ro‘yxatini tasdiqlash.

4. Salohiyatli investorlar bilan ushburo‘yxatga kiritilmagan geologiya obyektlari bo‘yicha investitsiya loyihalarini ishlab chiqish.

2019-yil avgust



2019-yil sentyabr











doimiy ravishda

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (Gulyamov),

Davlat geologiya qo‘mitasi (Islamov), “Navoiy KMK” DK (Sanakulov),

“Olmaliq KMK” AJ (Xursanov),

Energetika vazirligi (Sultanov),

ITSV (Kudratov)

13.

Foydali qazilmalarning strategik muhim turlariga ega yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini beruvchi litsenziyalarni taqdim etish tartibini soddalashtirish va takomillashtirish.

1. Kon-ruda tarmog‘ida investitsiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha xalqaro tajribani (hamkorlikning shakllari va shartlari, tartibga solish bazasi, yer osti boyliklarini soliqqa tortish) o‘rganish va tahlil qilish.

2. Foydali qazilmalarning strategik muhim turlariga ega yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini beruvchi litsenziyalarni taqdim etish tartibini takomillashtirish bo‘yicha aniq takliflarni ishlab chiqish va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga belgilangan tartibda taqdim etish.

2019-yil avgust





2019-yil sentyabr

Davlat geologiya qo‘mitasi (Islamov)

Moliya vazirligi

(Ishmetov),

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (Gulyamov), ITSV (Kudratov),

Davlat soliq qo‘mitasi (Mirzayev)

14.

Tizimli asosda investitsiya obyektlari (shu jumladan geologik va boshqa ma’lumotlar) portfelini shakllantirish va ular haqida salohiyatli xorijiy investorlarni xabardor qilish.

1. Investitsiyalar jalb qilish uchun ustuvor geologiya obyektlar ro‘yxatini ishlab chiqish.

2. Taqdimot materiallari, geologik va boshqa ma’lumotlar (grafik ilovalar va tahliliy ma’lumotlar)ni o‘z ichiga olgan investitsiya portfelini tayyorlash.

3. Istiqbolli maydonlarda foydali qazilma boyliklarini qidirish va razvedka qilish, shuningdek, konlarda foydali qazilma boyliklarini qazib olishni tashkil qilish bo‘yicha investitsiya takliflari portfelini kelishish.

4. Salohiyatli investorlarni jalb qilish Investitsiya takliflarini taqdimot materiallari bilan birga o‘z rasmiy veb saytida joylashtirish va boshqa qulay rasmiy vositalar bilan, shu jumladan salohiyatli investorlarni jalb qilish uchun biznes tadbirlarda ishtirok etish hamda chet ellarda “road-show”lar o‘tkazish orqali tarqatish.

2019-yil sentyabr


2019-yil dekabr,

keyinchalik har yili


2020-yil fevral






doimiy ravishda

Davlat geologiya qo‘mitasi (Islamov)



Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (Gulyamov), ITSV (Kudratov),

Davlat geologiya qo‘mitasi (Islamov)


Davlat geologiya qo‘mitasi

(Islamov),

ITSV (Kudratov),

Tashqi ishlar vazirligi (Kamilov)

15.

Xorijiy o‘quv markazlarida geologiya sohasidagi mahalliy mutaxassislarning amaliyotini tashkil etish va iqtidorli yosh mutaxassislarni xorijiy oliy o‘quv yurtlarda o‘qitish.

1. Sohadagi haqiqiy talabdan kelib chiqqan xolda xorijiy amaliyotlar va oliy o‘quv yurtlarda o‘qitishni tashkil etish uchun geologiya sohasining ixtisoslashtirilgan yo‘nalishlarini va mutaxassislar sonini aniqlash.

2. Xalqaro ilmiy markazlar, mahalliy va xorijiy oliy ta’lim muassasalari ro‘yxatini ishlab chiqib, kadrlar malakasini oshirish va o‘qitishni tashkillashtirish.

2019-yil avgust





doimiy ravishda

Davlat geologiya qo‘mitasi (Islamov)

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

(Majidov)

Davlat geologiya qo‘mitasi (Islamov)

16.

Geologiya sohasi kadrlari malakasini oshirish va qayta tayyorlash instituti faoliyatini xalqaro ta’lim standartlariga muvofiq takomillashtirish.

1. Kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash bo‘yicha jahon tajribasini chuqur o‘rganish va qiyosiy tahlil qilish.

2. Geologiya sohasi kadrlari malakasini oshirish va qayta tayyorlash institutida zamonaviy xalqaro ta’lim standartlarini joriy etish va uning moddiy-texnik bazasini musta�kamlashni hisobga olgan holda uning faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqish.

2019-yil avgust



2019-yil sentyabr

Davlat geologiya qo‘mitasi (Islamov)

17.

Respublika hududlaridagi haqiqiy vaziyatni hisobga olgan holda yer osti suvlarini monitoring qilishni tashkillashtirishning samaradorligini oshirish.

1. Respublikaning tegishli hududlari kesimida yer osti suvlarini monitoring qilish sohasidagi ishlarning haqiqiy ahvolini tanqidiy o‘rganish va muammoli masalalarni aniqlash.

2. Yer osti suvlarini hududlar kesimida monitoring qilish parametrlariga umumiy ko‘rsatkichlar (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 4-maydagi PQ-2954-son qaroriga 3 va 5-ilovalar) o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish.

3. Umumiy ko‘rsatkichlar doirasidagi qo‘shimcha va o‘zgartirishlarni hisobga olgan holda yer osti suvlarini lozim darajada monitoringini ta’minlash.

2019-yil avgust




2019-yil sentyabr





belgilangan muddatlarda

Davlat geologiya qo‘mitasi (Islamov)

18.

Texnogen chiqindilarni chuqur qayta ishlash va utilizatsiya bo‘yicha aniq takliflar tayyorlash va ular asosida talabgor mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkillashtirish.

1. Respublika tog‘-metallurgiya korxonalarining to‘planib qolgan texnogen chiqindilari holatini tanqidiy o‘rganish.

2. Texnogen chiqindilarni chuqur qayta ishlash va ular asosida talabgor mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha texnologik yechimlar borasidagi xalqaro tajribani tahlil qilish va har tomonlama o‘rganish.

3. Asoslantirilgan takliflar ishlab chiqish va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2019-yil avgust



2019-yil sentyabr




2019-yil oktyabr

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (Gulyamov),

Moliya vazirligi

(Ishmetov),

Davlat ekologiya qo‘mitasi (Islomov),

“Navoiy KMK” DK (Sanaqulov),

“Olmaliq KMK” AJ (Xursanov),

Davlat geologiya qo‘mitasi (Islamov),

Energetika vazirligi (Sultanov),

Fanlar akademiyasi (Yuldashev),

ITSV (Qudratov)

19.

Kon-geologiya faoliyatini nazorat qilish inspeksiyasining ish samaradorligini va konlarni ishlatishga qo‘yishni oshirish, shuningdek, mazkur sohada davlat nazorati samaradorligini oshirish uchun xodimlarning maoshini ikki baravardan kam bo‘lmagan miqdorda oshirish.

1. Qattiq foydali qazilma konlarini sanoat yo‘li bilan o‘zlashtirish holatini tizimli monitoring qilishni ta’minlash, shuningdek, mahalliy davlat hokimiyati organlari, tadbirkorlik ��ubyektl�ri bilan birgalikda mintaqalardagi konlarni o‘zlashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlash va qattiq foydali qazilmalarning mavjud zaxiralarini aniqlashtirish.

2. Hududlarning o‘ziga xosliklaridan kelib chiqqan holda, mintaqadagi mineral-xomashyo resurslarni sanoat yo‘li bilan, shu jumladan tadbirkorlik subyektlari tomonidan ishlab chiqishga jalb qilish faolligini baholash ko‘rsatkichini kiritish, shuningdek, ularga qattiq foydali qazilma konlarini ishga tushirishga tayyorlashda ko‘maklashish.

3. Kon-geologik faoliyatni nazorat qilish inspeksiyasi xodimlarining maoshini oshirish bo‘yicha asoslantirilgan hisob-kitoblar tayyorlash va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga kiritish.

doimiy







doimiy







2019-yil sentyabr

Davlat geologiya qo‘mitasi (Islamov)






Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (Gulyamov)






Davlat geologiya qo‘mitasi (Islamov),

Moliya vazirligi

(Ishmetov)

20.

Davlat geologiya qo‘mitasi “Urankamyobmetgeologiya” DUK balansidagi posyolka tipidagi uylarni belgilangan tartibda tegishli mahalliy davlat hokimiyati organlariga o‘tkazish.

1. Davlat geologiya qo‘mitasi tashkilotlari balansidagi posyolka tipidagi uylarni xatlovdan o‘tkazish (Navoiy viloyati Konimex tumanida 125 ta uy va Uchquduq tumanida 49 ta uy, Samarqand viloyati Nurobod tumanida 28 ta uy).

2. Mazkur posyolka tipidagi uylarni hozirgi holatida belgilangan tartibda tegishli mahalliy davlat hokimiyati organlariga o‘tkazish.

2019-yil avgust





2019-yil sentyabr

Davlat geologiya qo‘mitasi (Islamov),

Navoiy va Samarqand viloyati hokimliklari

21.

Mazkur qarorda nazarda tutilgan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash.

1. Muammoli masalalarni hal qilish bo‘yicha oldini oluvchi choralarni qabul qilgan holda, mazkur qarorda nazarda tutilgan vazifalar ijrosining borishini ko‘rib chiqish.






2. Mazkur qaror ijrosining borishi to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga axborot taqdim etish.

2020-yil fevralga qadar har oyda, kelgusida har chorakda








2020-yil fevralga qadar har oyda, kelgusida har chorakda (hisobot oyidan keyingi oyning 10-sanasiga qadar)

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
2017-yil 4-maydagi
PQ-2954-son
qarori bilan tashkil etilgan O‘zbekiston Respublikasi mineral-xomashyo bazasini rivojlantirish strategiyasini amalga oshirishni muvofiqlashtirish bo‘yicha ishchi guruh

(Qo‘chqorov)

Vazirlar Mahkamasi (Qo‘chqorov)

mln so‘m

T/r

Hududlarning nomlanishi

Chora-tadbirlar

Qurilish obyektlari

shu jumladan yillar bo‘yicha:

obyektlar soni

zarur mablag‘lar*

2020-y.

2021-y.

Kern saqlash omborxonalarini jihozlash

1.

Qizilqum-Nurota hududi

Zarur asbob-uskunalar va inventar bilan jihozlangan kern saqlash omborxonalari va maydalash sexlarini qurish.

7

11 500

4 500

7 000

2.

G‘arbiy-O‘zbekiston hududi

Zarur asbob-uskunalar va inventar bilan jihozlangan kern saqlash omborxonalari va maydalash sexlarini qurish.

1

1 000

500

500

3.

Janubiy-O‘zbekiston hududi

Zarur asbob-uskunalar va inventar bilan jihozlangan kern saqlash omborxonalari va maydalash sexlarini qurish.

2

2 500

1 000

1 500

4.

Sharqiy-O‘zbekiston hududi

Zarur asbob-uskunalar va inventar bilan jihozlangan kern saqlash omborxonalari va maydalash sexlarini qurish.

2

3 500

1 500

2 000

Laboratoriyalarni jihozlash

5.

Sharqiy-O‘zbekiston hududi

Zarur laboratoriya mebellari va inventar bilan jihozlangan kimyo-texnologiya laboratoriya binosini jihozlash.

1

2 000

750

1 250

Ijtimoiy obyektlarni jihozlash va infratuzilmani yaratish

6.

Sharqiy-O‘zbekiston hududi

Stratigrafik partiya binosidagi zarur mebellar va inventar bilan jihozlangan yotoqxonani jihozlash.

1

1 500

750

750

Tarmoq mutaxassislari uchun zarur asbob-uskuna va inventar bilan jihozlangan yotoqxona qurish.

1

5 000

1 000

4 000

7.

Qizilqum-Nurota hududi

Geologlarning bazaviy shaharchasi uchun muhandislik kommunikatsiyani qurish va infratuzilmani (suv, elektr va gaz ta’minoti, kanalizatsiya, ichki yo‘llar va to‘siqlar) yaratish.

1

3 000

3 000

-

Tarmoq bo‘yicha jami:

16

30 000

13 000

17 000

T/r

Qaror bandlari

Bajarish muddati va amalga oshirish mexanizmi

Nazorat uchun mas’ul

Vazirlik va idoralardan

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasidan

1.

2. Davlat geologiya qo‘mitasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, “Navoiy KMK” DK va “Olmaliq KMK” AJ bilan birgalikda ishlab chiqilgan, konlarni topishni davom ettirish uchun qidiruv zaxiralarini ko‘paytirish maqsadida foydali qazilmalarning istiqbolli maydonlarini qidirishni 2020-yilda 35 foizga, 2021-yilda esa 40 foizga yetkazishni nazarda tutuvchi va quyidagilarni o‘z ichiga olgan 2020-2021-yillarda mineral-xomashyo bazasini rivojlantirish va qayta tiklash davlat dasturi (keyingi o‘rinlarda — Davlat dasturi) ma’qullansin:

1-ilovaga muvofiq respublikaning geologik-iqtisodiy hududlari kesimida foydali qazilmalar prognoz resurslari va zaxiralari o‘sishining yig‘ma parametrlari;

2-ilovaga muvofiq yer osti suvlari zaxiralarining o‘sish parametrlari;

3-ilovaga* muvofiq Davlat geologiya qo‘mitasining geologiya tashkilotlari moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va modernizatsiya qilish uchun xarid qilinadigan zamonaviy geologiya asbob-uskunalari va maxsus texnika vositalari, dasturiy mahsulotlar va materiallar ro‘yxati.

Batafsil chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash —
2019-yil
10-avgustga qadar


har oyda
batafsil chora-tadbirlar rejasi ijrosi bo‘yicha

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga ma’lumot kiritish

Moliya vazirligi

(T. Ishmetov),

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi

(R. Gulyamov),

Davlat geologiya qo‘mitasi

(B. Islamov),

“Olmaliq KMK”

(A. Xursanov),

“Navoiy KMK”

(K. Sanakulov)

J. Qo‘chqorov,

G. Saidova

2.

3. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat dasturini amalga oshirish uchun budjet ajratmalari, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti va Davlat geologiya qo‘mitasining O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligidagi maxsus maqsadli hisob raqamlaridan 4-ilovaga muvofiq ajratilishini ko‘zda tutsin.

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga mineral-xomashyo bazasini rivojlantirish va qayta tiklash bo‘yicha yillik davlat dasturlarini kelishish jarayonida Davlat dasturini amalga oshirish uchun Davlat geologiya qo‘mitasiga ajratiladigan mablag‘lar manbalariga aniqlik kiritish huquqi berilsin.

Geologiya qidiruv ishlarining o‘z vaqtida moliyalashtirilishini ta’minlash,


amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida har chorakda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga ma’lumotlar kiritish

Moliya vazirligi

(T. Ishmetov),

Davlat geologiya qo‘mitasi

(B. Islamov)

J. Qo‘chqorov,

G. Saidova

3.

4. Geologiya-qidiruv ishlarini olib borishni yanada takomillashtirish, yer qa’rini oqilona o‘rganish va o‘zlashtirish, shuningdek, kon-geologiya sohasining investitsiyaviy jozibadorligini oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

2019-yil
1-sentabrga qadar



amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida har oyda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga ma’lumotlar kiritish

Moliya vazirligi

(T. Ishmetov),

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi

(R. Gulyamov),

Davlat geologiya qo‘mitasi

(B. �slamov),

“Olmaliq KMK”

(A. Xursanov),

“Navoiy KMK”

(K. Sanakulov)

J. Qo‘chqorov,

G. Saidova

4.

5. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq:

“Navoiy KMK” DK, uning negizida tashkil etiladigan uranni qazib olish va qayta ishlash korxonalari, shuningdek, “Olmaliq KMK”AJ resurs bazasiga kiruvchi muayyan geologiya obyektlari alohida ajratiladi, ushbu resurs bazasiga kiritilmagan boshqa geologik obyektlar va Davlat geologiya qo‘mitasi tomonidan yangidan aniqlanadigan foydali qazilma konlari va istiqbolli maydonlar salohiyatli investorlarga beriladi;

Davlat geologiya qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi bilan kelishilgan holda, keyinchalik ushbu ma’lumotlarni o‘z rasmiy veb saytida joylashtirish va boshqa qulay rasmiy vositalar bilan, shu jumladan salohiyatli investorlarni jalb qilish uchun biznes tadbirlarda ishtirok etish hamda chet ellarda “road-show”lar o‘tkazish orqali tarqatish maqsadida, tizimli ravishda, biroq bir yilda kamida bir marta istiqbolli maydonlarda foydali qazilmalarni aniqlash va qidirish, shuningdek, konlarda foydali qazilmalar qazib olishni tashkillashtirish bo‘yicha investitsiyaviy takliflar portfelini shakllantiradi.

2019-yil
1-oktabrga qadar obyektlar ro‘yxatini shakllantirish va kelishish

har yili
investitsiyaviy obyektlar portfelini shakllantirish

Davlat geologiya qo‘mitasi

(B. Islamov),

“Olmaliq KMK”

(A. Xursanov),

“Navoiy KMK”

(K. Sanakulov)

Davlat geologiya qo‘mitasi

(B. Islamov),

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi

(R. Gulyamov)

J. Qo‘chqorov,

G. Saidova

5.

6. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki oy muddatda quyidagilarni nazarda tutuvchi hukumat qarorini qabul qilsin:

a) “Navoiy KMK” DK, uning negizida tashkil etiladigan uranni qazib olish va qayta ishlash korxonalari, shuningdek, “Olmaliq KMK”AJ resurs bazasiga biriktiriladigan geologiya obyektlari ro‘yxatini tasdiqlash;

b) quyidagilarni nazarda tutgan holda strategik muhim turdagi foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun litsenziya berish tartibini takomillashtirish:

strategik muhim turdagi foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun litsenziya berish tartibini, shu jumladan tegishli hujjatlarni ekspertizadan o‘tkazish va vakolatli organlar bilan kelishishda bir-birini takrorlovchi bosqichlarni qisqartirish orqali soddalashtirish;

strategik muhim turdagi foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun litsenziyalarni o‘ttiz ish kundan oshmagan muddatda berish.

2019-yil
20-sentabrga qadar
Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqish va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish

Davlat geologiya qo‘mitasi

(B. Islamov),

Davlat ekologiya qo‘mitasi

(B. Kuchkarov),

Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi (B. Gulyamov),

Moliya vazirligi

(T. Ishmetov),

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi

(R. Gulyamov)

J. Qo‘chqorov,

B. Mavlonov

6.

7. Davlat geologiya qo‘mitasi:

a) ikki oy muddatda Davlat dasturiga kiritilgan har bir obyekt bo‘yicha aniq muddatlar va quyidagilar uchun mas’ul bo‘lgan tashkilotlarni nazarda tutuvchi “tarmoq grafiklari” ishlab chiqilishini ta’minlasin:

geologiya-qidiruv ishlarini olib borish uchun geologik topshiriqlarni va loyiha-smeta hujjatlarini tasdiqlash;

foydali qazilmalarning prognoz resurslari va zaxiralari ko‘payishini hisoblab borgan holda geologiya-qidiruv ishlarini olib borish;

geologiya-qidiruv ishlari natijalari to‘g‘risida hisobotlarni Davlat geologiya qo‘mitasining Ilmiy-texnikaviy kengashi va Foydali qazilmalar zaxiralari bo‘yicha davlat komissiyasi yig‘ilishlarida ko‘rib chiqish uchun taqdim etish;

b) 2020-yildan boshlab yetakchi xorijiy konsalting kompaniyalari va ekspertlarni jalb qilgan holda geologiya-qidiruv ishlari natijalari to‘g‘risidagi hisobotlarni tuzishning xalqaro standartlarini va foydali qazilmalar zaxiralarini JORC Kodeksiga asosan tasdiqlashni joriy qilish, shuningdek, Davlat geologiya qo‘mitasining malakali mutaxassislarini o‘qitish va sertifikatsiyalashni nazarda tutsin;

v) Davlat dasturi doirasida quyidagilar amalga oshirilishini ta’minlasin:

chet el o‘quv markazlar�da geolo�iya yo‘nalishidagi mutaxassislarning amaliyot o‘tashi va iqtidorli yosh mutaxassis-bakalavrlarni sirtqi magistratura yo‘nalishlarida o‘qitish;

raqamli geologik axborotlardan foydalanish imkoniyatlarini oshirish, uning ochiqligi va shaffofligini ta’minlash maqsadida davlat geologiya fondidagi arxiv materiallari bo‘yicha raqamli axborotlar bankini tashkil qilish;

geologiya-qidiruv ishlab chiqarishiga mavjud geologik va boshqa ma’lumotlarni raqamlashtirishni keng joriy qilish;

g) ikki oy muddatda salohiyatli investorlarga foydalanish imkoniyatini taqdim etgan holda, qattiq foydali qazilmalarning istiqbolli maydonlari va konlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar (zaxiralar, joylashgan o‘rni, joylashuv chuqurligi va boshqalar)ni joylashtirish uchun yagona elektron onlayn platforma yaratsin.

2019-yil
1-oktabrga qadar









belgilangan muddatlarda
















2019-yil
1-oktabrga qadar

Davlat geologiya qo‘mitasi

(B. Islamov)

J. Qo‘chqorov,

B. Mavlonov

7.

8. Davlat geologiya qo‘mitasiga yuklatilgan vazifalarni samarali muvofiqlashtirish va bajarish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining hududiy bo‘linmasidan bitta shtat birligini qisqartirish hisobiga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Makroiqtisodiy tahlil, tarkibiy o‘zgartirishlar, moliya-bank tizimi va xususiy tadbirkorlik masalalari kotibiyati tuzilmasida qo‘shimcha bitta geologiya va mineral-xomashyo bazasi bo‘yicha bosh mutaxassis shtat birligi ko‘zda tutilsin.

Davlat geologiya qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Makroiqtisodiy tahlil, tarkibiy o‘zgartirishlar, moliya-bank tizimi va xususiy tadbirkorlik masalalari kotibiyatiga biriktirilsin.

2019-yil
1-sentabrga qadar

Davlat geologiya qo‘mitasi

(B. Islamov),

Mehnat vazirligi

(Sh. Kudbiyev)

J. Qo‘chqorov,

B. Mavlonov

8.

9. Moliya vazirligi Davlat geologiya qo‘mitasi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda Iqtisodiyot va sanoat vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga strategik muhim turdagi qattiq foydali qazilmalarni o‘zlashtirish uchun investitsiyalarni jalb qilish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha quyidagilarni nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasini kiritsin:

kon-geologiya sohasida investitsiya loyihalarini boshqarish va amalga oshirishning litsenziya bitimi asosida hamkorlik qilishning shakli va shartlari belgilanishini nazar tutuvchi xalqaro amaliyotni joriy qilish;

to‘liq moliyalashtirish ta’minlangan taqdirda, chet ellik investorlarga tadbirkorlik tavakkalchiligi shartlari asosida investitsiya loyihasini amalga oshirish huquqini taqdim qilish;

foydali qazilmalarni qidirish va aniqlash huquqi uchun imtiyozli bonus stavkalarini qayta ko‘rib chiqish;

kon qazish sohasidagi xalqaro standartlarni qo‘llashni hisobga olgan holda strategik muhim turdagi qattiq foydali qazilmalarning asosiy turlari uchun yer qa’ridan foydalanishga oid soliq stavkalarini maqbullashtirish;

chet el investorlari tomonidan soliqlar va majburiy to‘lovlarning barcha turlarini O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan belgilangan tartibda to‘lanishi;

loyihani amalga oshirishning butun davrida soliq qonunchiligining o‘zgarmasligi kafolatlarini ta’minlash.

2019-yil
1-oktabrga qadar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish

Moliya vazirligi

(T. Ishmetov),

Davlat geologiya qo‘mitasi

(B. Islamov),

Investitsiyalar
va tashqi savdo vazirligi

(S. Umurzakov),

Iqtisodiyot va sanoat v�zirligi

(R. Gulyamov)

J. Qo‘chqorov,

B. Mavlonov

9.

10. Davlat geologiya qo‘mitasining 6-ilovaga muvofiq geologiya tashkilotlari uchun joylarda zamonaviy kern saqlash omborxonalarini tashkil etish, laboratoriya quvvatlari va boshqa obyektlarni jihozlash to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.

Toshkent, Navoiy, Samarqand, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlari hokimliklari va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi zamonaviy kern saqlash omborxonalarini tashkil qilish uchun geologiya tashkilotlariga belgilangan tartibda yer uchastkalari ajratilishini ta’minlasin.

2019-yil
1-oktabrga qadar
qurilish bo‘yicha tarmoq jadvallarini ishlab chiqish va tasdiqlash

Davlat geologiya qo‘mitasi

(B. Islamov),

Moliya vazirligi

(T. Ishmetov),

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi

(R. Gulyamov)

J. Qo‘chqorov,

B. Mavlonov

10.

11. Davlat geologiya qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda “Geologiya sohasi kadrlari malakasini oshirish va qayta tayyorlash instituti” davlat korxonasida zamonaviy xalqaro ta’lim standartlarini joriy etishni va moddiy-texnik bazasini mustahkamlashni hisobga olgan holda uning faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ni tasdiqlasin.

2019-yil
1-sentabrga qadar

Davlat geologiya qo‘mitasi

(B. Islamov),

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

(I. Majidov)

J. Qo‘chqorov,

B. Mavlonov

11.

13. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi Innovatsion rivojlanish vazirligi, Davlat geologiya qo‘mitasi, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, “Navoiy KMK” DK, “Olmaliq KMK” AJ, Fanlar akademiyasi, Energetika vazirligi hamda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda 2019-yil 1-noyabrga qadar texnogen chiqindilarni kompleks qayta ishlash va utilizatsiya qilish imkoniyatlarini tanqidiy o‘rganib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga Texnogen chiqindilarni qayta ishlash texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlari dasturini kiritsin.

2019-yil
1-noyabrga qadar

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi

(R. Gulyamov)

“Olmaliq KMK”

(A. Xursanov),

“Navoiy KMK”

(K. Sanakulov),

Davlat geologiya qo‘mitasi

(B. Islamov),

Davlat ekologiya qo‘mitasi

(B. Kuchkarov),

Investitsiyalar
va tashqi savdo vazirligi

(S. Bekenov),

Fanlar akademiyasi

(B. Yuldashev),

Energetika vazirligi

(J. Mirzamaxmudov)

J. Qo‘chqorov,

B. Mavlonov

Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 27-iyuldagi PF-116-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.08.2023-y., 06/23/116/0579-son)
1-bandning “b” kichik bandidagi “56” raqami “100” raqami bilan almashtirilsin;
4-ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin:
6-ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin:
2-bandning oltinchi xatboshi “respublika mineral-xomashyo bazasini rivojlantirish va qayta tiklash yillik davlat dasturlari bundan mustasno” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
ilovaning rus tilidagi matni quyidagi mazmundagi 23-band bilan to‘ldirilsin:
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son)

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi