Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning oltinchi va yettinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(25-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)


Malaka oshirish haqida
SERTIFIKAT
(tavsifi)

Davlat namunasidagi malaka oshirish to‘g‘risidagi sertifikat A4 formatli oq qog‘ozdagi varaqda ofset usulida besh xil rangdan foydalangan holda: matn uchun ― qora rangda, rasmlar tasviri uchun — yashil, ko‘k, qizil ranglarda, fon uchun ― och kulrang rangda bosib chiqariladi.
Varaqning chap qismida chetidan 10 mm chekingan holda eni 32 mm bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i tasvirlangan tasma joylashtiriladi. Tasmaning yuqori qismida diametri 30 mm bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri, past qismida esa — 35 mm o‘lchamli ikkita kvadrat qo‘shilishidan hosil bo‘lgan sakkiz qirrali yulduz, yulduzning o‘rtasida muhr uchun 25 mm diametrli oq aylana joylashgan.
Varaqning yuqori qismi markazida lotin yozuvi harflarida “INSON HUQUQLARI BO’YICHA O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI MILLIY MARKAZI” so‘zlari bosiladi, pastroqda ― “Malaka oshirish haqida SERTIFIKAT”, pastroqda ― lotin yozuvi harflarida MO qisqartmasi va olti raqamli sondan iborat sertifikat raqami bosiladi. Barcha matn naqshli rastrdan iborat och kul rang fonda bosib chiqariladi.
Sertifikat:
bosib chiqarishning ikki usuli ― ofset va yuqori usuli;
yorug‘lik vositasida nusxa ko‘chirishni qiyinlashtirish uchun ochiq ranglar;
naqshli rastr;
har xil rangli rastrlardan foydalanish yo‘li bilan turli ranglarni tashkil etish;
maxsus qog‘ozlar;
o‘zgaradigan raqamlardan iborat tartib raqami qo‘llangan holda oltita himoyaga ega.





INSON HUQUQLARI BO’YICHA O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI MILLIY MARKAZI


Malaka oshirish haqida

SERTIFIKAT
MO № 000000

____________________________________________________________________________________________

(Mutaxassisning familiyasi, ismi, otasining ismi)

20___ yil ___________________ dan 20 ___ yil ________ gacha

Inson huquqlari boiycha O’zbekiston Respublikasi Milliy markazda jami ___ soatli

____________________________________________________________________________________________

(Malaka oshirish kursining nomi)

bo`yicha malakasini oshirdi.

Muhr o`rni

Markaz direktori ______________

Sana ________________
Qayd raqami ________________


Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi