ushbu Qonunning 26-moddasida nazarda tutilgan cheklovlarning ro‘yxati.
Himoya orderining amal qilish muddati uzaytirilgan taqdirda ushbu moddaning birinchi va
ikkinchi qismlarida ko‘rsatilgan talablardan tashqari, unga tazyiq o‘tkazgan va zo‘ravonlik sodir etgan shaxsning zo‘ravonlik xulq-atvorini o‘zgartirish bo‘yicha tuzatish dasturidan o‘tishi to‘g‘risidagi shart majburiy tartibda kiritiladi.
Agar himoya orderini berish va uning amal qilish muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqish chog‘ida O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksida nazarda tutilgan jinoyat belgilari aniqlansa, himoya orderini berish to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqish bilan bir vaqtda ish materiallari jinoiy javobgarlikka tortish masalasini hal qilish uchun tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organga yuboriladi.