Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

×
 ×
Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni joylashtirishning muqobil shakllarini tanlash, oila institutini mustahkamlash hamda ijtimoiy yetimlikning oldini olish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida

1-ILOVA
2019 — 2023-yillarda “Mehribonlik” uylarini noinstitutsionallashtirish DASTURI

2-ILOVA
Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni oilaga qabul qilayotgan nomzodlarni (fuqarolarni) tanlash, kuzatib borish hamda nazorat qilish tartibi to‘g‘risida NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar

2-bob. Nomzodlarni tanlash

3-bob. Bolalarni oilaga tarbiyaga (patronat) olayotgan yoki oilaviy bolalar uylarini tashkil qilayotgan ota-onalarni tayyorlash

4-bob. Tutingan ota-onalarni kuzatib borish hamda nazorat qilish

4-bob. Yakunlovchi qoida

ILOVA
Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni oilaga qabul qilayotgan nomzodlarni (fuqarolarni) tanlash SXEMASI

3-ILOVA
Tutingan ota-onalarni tayyorlash to‘g‘risida NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar

2-bob. Tayyorlov kurslarining maqsadi va vazifalari

3-bob. Tayyorlov kurslarini tashkil etish tartibi

4-bob. Tayyorlov kurslari tashkilotchilarining asosiy vazifalari

5-bob. Tayyorlov kurslarining o‘quv jarayonini tashkil etish va tinglovchilar bilimini baholash

6-bob. Tayyorlov kurslari xodimlarining mehnatiga haq to‘lash

7-bob. Tayyorlov kurslarini moliyalashtirish

8-bob. Yakunlovchi qoida

“Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarni qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada kuchaytirish va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida oila institutini mustahkamlash konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” 2018-yil 27-iyundagi PQ-3808-son hamda “Yetim bolalar va ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019-yil 11-fevraldagi PQ-4185-son qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
4. Tutingan ota-onalarni tayyorlash to‘g‘risidagi nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin va 2019-yil 1-noyabrdan boshlab amalga kiritilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-avgustdagi 438-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son)
Oldingi tahrirga qarang.

T/r

Tadbirlar nomi

Bajarish muddati

Ijroga mas’ullar

Moliyalashtirish manbai

Amalga oshirish mexanizmi va kutilayotgan natija

I. Yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni ijtimoiy himoyalash tizimi tahlili hamda tizimda axborot texnologiyalarini joriy etish

1.

Vasiylik va homiylik organining ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni joylashtirishga oid faoliyatini o‘rganish.

2019-yil

noyabr

Xalq ta’limi vazirligi, Respublika bolalar ijtimoiy moslashuv markazi,

Bosh prokuratura

-

1. O‘rganish natijalari yuzasidan tahliliy ma’lumotnoma tayyorlash.

2. Bolalarni ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lishining asosiy sabablarini aniqlash va ularni joylashtirish shaklini tanlashda qonuniy to‘g‘ri qaror qabul qilish yuzasidan takliflar ishlab chiqish.

3. Ijtimoiy xavfli sharoitda qolgan bolani himoya qilish, bolani oilada qoldirish va oilani krizis davrini yengib o‘tishida tezkor yordam ko‘rsatish va erta aralashuvdagi to‘siqlarni aniqlash.

4. Vasiylik va homiylik organi mutaxassisining ish vaqti va bajaradigan ish yuklamasini hamda faoliyat samaradorligiga erishishdagi muammolarni tahlil qilish.

2.

Oila va bolalarga ijtimoiy xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar faoliyatini o‘rganish.

2019-yil

noyabr

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi,
Xalq ta’limi vazirligi,
Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi,

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

-

1. Oila va bolalarga ijtimoiy xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar faoliyatini atroflicha o‘rganish.

2. O‘rganish yakunlari bo‘yicha aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga ijtimoiy-huquqiy va psixologik-pedagogik xizmatlarga bo‘lgan ehtiyojini aniqlash.

3. Zaruratga ko‘ra, oila va bolalarga ijtimoiy xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlarda ijtimoiy-huquqiy va psixologik-pedagogik xizmat turlarini joriy etish va kengaytirish.

3.

Yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar uchun tashkil etilgan Bolalar uylari, “Mehribonlik” uylari va Bolalar shaharchalari faoliyatini o‘rganish.

2019-yil noyabr

Xalq ta’limi vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Bosh prokuratura,
Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi,
Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi,
“Sen yolg‘iz emassan” Respublika jamoatchilik bolalar jamg‘armasi

-

1. Bolalar uylari, “Mehribonlik” uylari va Bolalar shaharchalari faoliyatini o‘rganish bo‘yicha tahliliy ma’lumot tayyorlash.

2. Oilaga qaytariladigan yoki tutingan oilaga joylashtiriladigan bolalar ro‘yxatini shakllantirish.

3. Bolalar uylari, “Mehribonlik” uylari va Bolalar shaharchalari moddiy-texnik sharoitlari hamda kadrlar salohiyatini tahlil qilish.

4. Tarbiyalanuvchilarni oilaga qaytarishda ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatadigan tashkilotlar faoliyatini o‘rganish.

5. Faoliyati bosqichma-bosqich o‘zgartiriladigan yoki tugatiladigan Bolalar uylari va “Mehribonlik” uylarini aniqlash.

6. Bolalarning oilada va Bolalar uylari, “Mehribonlik” uylari, Bolalar shaharchasida ijtimoiy himoyasi uchun ajratiladigan mablag‘larni iqtisodiy tahlil qilish.

7. O‘rganish va tahlil qilish natijalari bo‘yicha takliflar ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

4.

Yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bo?a?ar uchun davlat tarbiya muassasalari faoliyatini maqbullashtirish (optimallashtirish) sohasidagi xorijiy davlatlar tajribasini o‘rganish.

2019-yil dekabr

Xalq ta’limi vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Bosh prokuratura,
Moliya vazirligi,
Iqtisodiyot va sanoat vazirligi,

Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi,

“Sen yolg‘iz emassan” Respublika jamoatchilik bolalar jamg‘armasi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi, YUNISEF bolalar jamg‘armasi

Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi

Xalq ta’limi sohasidagi islohotlarga ko‘maklashish jamg‘armasi mablag‘lari

1. Yevropa davlatlarining noinstitutsionallashtirish, yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar uchun davlat muassasalari faoliyatini optimallashtirish sohasidagi tajribalarini o‘rganish.

2. O‘rganish yakunlari natijasida tahliliy ma’lumotnoma tayyorlash va respublikada faoliyat olib borayotgan yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar uchun davlat muassasalari faoliyatini optimallashtirish bo‘yicha asoslantirilgan takliflar ishlab chiqish.

5.

Vasiylik va xomiylik organi hisobida turgan yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar to‘g‘risida yagona elektron bazani yaratish va shakllantirish tartibini ishlab chiqish.

2020-yil avgust

Xalq ta’limi vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi,

Davlat statistika qo‘mitasi

Xalq ta’limi huzuridagi Xalq ta’limi sohasidagi islohotlarga ko‘maklashish jamg‘armasi mablag‘lari,

imtiyozli xorijiy kreditlar
va grantlar

1. Vasiylik va homiylik organlari faoliyatida ma’lumotlar bazasining elektron dasturi ta’minotini ishlab chiqish.

2. Vasiylik va homiylik organlari xodimlarini zamonaviy kompyuter va internet resurslari bilan ta’minlash hamda mutaxassislarni elektron dasturdan foydalanish bo‘yicha kasbiy salohiyatini oshirish.

3. Vasiylik va homiylik organlari hisobida turgan yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar to‘g‘risida shakllantirilgan va yangilanadigan yagona ma’lumotlar bazasini yaratish.

6.

Bolani oilaga tarbiyaga (patronat) vasiylik yoki homiylik, farzandlikka olish, Oilaviy bolalar uyining tarbiyalovchi ota-onasi bo‘lish istagini bildirgan fuqarolar haqidagi yagona ma’lumotlar bazasini yaratish.

2021-yil aprel

Xalq ta’limi vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi,
Ichki ishlar vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari

Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Xalq ta’limi sohasidagi islohotlarga ko‘maklashish jamg‘armasi mablag‘lari,

imtiyozli xorijiy kreditlar va grantlar

1. Bolani oilaga tarbiyaga olish istagini bildirgan fuqarolarning yagona ma’lumotlari bazasini yaratish va uni muntazam ravishda yuritib borish.

2. Vasiylik va homiylik organlarining yagona ma’lumotlar bazasidan keng omma foydalanishiga erishish.

3. Vasiylik va homiylik organlarining shaffof ishlashini ta’minlash, korrupsiya va suiiste’mol qilish holatlarining oldini olish.

II. Ijtimoiy yetimlikning oldini olish sohasidagi dolzarb masalalar va “Mehribonlik” uylarini noinstitutsionallashtirish dasturining mohiyatini aholi va jamoatchilik o‘rtasida keng targ‘ib qilish

7.

Mahalliy davlat hokimiyati organlari rahbarlari hamda bolalar taqdirini hal etishda ishtirok etuvchi organlar vakillari bilan “Mehribonlik” uylarini noinstitutsionallashtirish dasturining mohiyatini keng targ‘ib qilish, bolalarning oilaviy muhitda yashashini ta’minlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni belgilash yuzasidan uchrashuvlar o‘tkazish.

2019-yil noyabr

Xalq ta’limi vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi,
“Sen yolg‘iz emassan” Respublika jamoatchilik bolalar jamg‘armasi,

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi“Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi, Bosh prokuratura, Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

-

1. Mahalliy davl?t hokimiyati organlari rahbarlarini noinstitutsionallashtirish dasturidan ko‘zlangan maqsad hamda bu sohadagi xorijiy davlatlar tajribasi bilan tanishtirish.

2. Yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar uchun davlat muassasalari hamda vasiylik va homiylik organlarida olib borilgan tadqiqot natijalari bilan tanishtirish.

3. Har bir tuman, shahar va viloyat hokimliklarida “Yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni ijtimoiy himoyalash tizimida noinstitutsionallashtirish dasturini amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar”ni ishlab chiqish orqali kam ta’minlangan oilalar bolalarini Bolalar uylari, “Mehribonlik” uylari va Bolalar shaharchalariga joylashtirilishining oldini olish ishlarini kuchaytirish.

4. Noinstitutsionallashtirish o‘tkazilishi zarurligi jamoatchilik tomonidan tan olinishiga erishish maqsadida bolalarni ijtimoiy himoyalash tizimida faoliyat yurituvchi soha mutaxassislarining xabardorlik darajasini oshirish.

8.

Bolaning oilaviy muhitda yashash va rivojlanishga bo‘lgan huquqi, oila qadriyatlari, qiyin hayotiy vaziyatga tushib qolgan oilalarga yordam ko‘rsatishning zaruriyati hamda bunday yordam shakllarini yorituvchi ijtimoiy reklama yaratish va taqdim etish.

2019-yil oktyabrdan boshlab

muntazam ravishda

MTRK, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot
va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi,
Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi,
Xalq ta’limi vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Ma’naviyat va ma’rifat markazi

Respublika budjeti mablag‘lari, jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari

1. Qiyin hayotiy vaziyatga tushgan oilalar muammolari, oilaviy inqirozni bartaraf etishda davlat organlari va jamoatchilikni faollashtirish.

2. Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar uchun muassasa tarbiyalanuvchilarining orzu va armonlari, institutsionalizatsiyaning salbiy oqibatlari haqida keng jamoatchilik xabardorligini oshirish.

9.

Ota-ona mehri va g‘amxo‘rligidan mahrum
bo‘lgan bolalar muammolari, ota-onalarning o‘z majburiyatlarini bajarishdagi mas’uliyatsizligi oqibatlari, ota-ona nazorati, mehri va g‘amxo‘rligidan mahrum bo‘lgan bolalarga vasiylik belgilashning muhimligi, ularni joylashtirishning muqobil shakllari haqida teleko‘rsatuv va radioeshittirishlar tayyorlash.

muntazam ravishda

Xalq ta’limi vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi,
MTRK,
Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi,
Sog‘liqni saqlash vazirligi, Ma’naviyat va ma’rifat markazi

Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi

Xalq ta’limi sohasidagi islohotlarga ko‘maklashish jamg‘armasi mablag‘lari,

imtiyozli xorijiy kreditlar va grantlar

1. Ota-onalarning farzand tarbiyasi, ta’minoti va parvarishidagi mas’uliyatini oshirish.

2. Bolalarning oilaviy muhitga bo‘lgan huquqini ta’minlash, ularni joylashtirishning muqobil shakllari to‘g‘risida keng jamoatchilik xabardorligini oshirish.

3. Ijtimoiy ko‘rsatuv yoki eshittirishlar ichida “Bolaning begonasi bo‘lmaydi” ruknini yuritish.

III. Bolaning ota-onasidan ajratilishi va oilaviy muammolarning bartaraf etilishiga yo‘naltirilgan faoliyatni kuchaytirish

10.

Yangi tug‘ilgan boladan voz kechmoqchi bo‘lgan ayollar bilan profilaktika ishlariga yo‘naltirilgan ijtimoiy va psixologik kuzatuv dasturlarini ishlab chiqish va tasdiqlash.

Mazkur dasturlar ijrosini ta’minlash.

2019-yil noyabr

muntazam ravishda

Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi,
“Sen yolg‘iz emassan” Respublika jamoatchilik bolalar jamg‘armasi,

Ichki ishlar vazirligi, Sog‘�iqni saqlash vazirligi,O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi

Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi

Xalq ta’limi sohasidagi islohotlarga ko‘maklashish jamg‘armasi mablag‘lari,

jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari

1. Tug‘ruq komplekslari, perinatal markazlari qoshidagi “Onalar maktablari” faoliyatida farzandidan voz kechuvchi onalar bilan ishlash dasturlarini joriy etish.

2. Tug‘ruq komplekslari, perinatal markazlarida seminar treninglar tashkil etish yo‘li orqali mas’ul mutaxassislarni farzandidan voz kechuvchi onalar bilan ishlashning psixologik-pedagogik, ijtimoiy-huquqiy texnologiyalariga o‘rgatish.

3. Tibbiyot muassasalarida onalarning yangi tug‘ilgan bolalardan voz kechishining oldini olishga qa??tilgan psixologik-pedagog?k, i??imoiy-huquqiy choralar ko‘rish.

4. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatida qiyin hayotiy vaziyatlarga tushib qolgan ayollarga ijtimoiy yordam ko‘rsatish chora-tadbirlarini kuchaytirish.

11.

Jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan farzandlari bor oilalarga joylardagi oilaviy poliklinika, ixtisos�ashtirilgan maktabgacha ta’lim muassasalari sharoitlarida, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatida erta tibbiy-psixologik, pedagogik, ma’naviy, huquqiy yordam ko‘rsatilishini kuchaytirish.

Patronaj tashrif davomida,

muntazam ravishda

Sog‘liqni saqlash vazirligi,
Maktabgacha ta’lim vazirligi,
“Sog‘lom avlod uchun” fondi, Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi,
“Oila va xotin-qizlar” ilmiy-tadqiqot instituti

-

1. Bolalar nogironligining oldini olish ishlarini kuchaytirish.

2. Ijtimoiy yetimlikning, ya’ni ota-onalar tomonidan bolalarni yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar uchun ta’lim-tarbiya, davolash-sog‘lomlashtirish muassasalariga joylashtirilishining oldini olish choralarini ko‘rish.

3. Rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan chaqaloqlari bor oilalarga muntazam kompleks (psixologik-pedagogik, tibbiy-ijtimoiy, huquqiy va b.) yordam ko‘rsatishni tashkil qilish.

4. Rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bola tarbiyalayotgan oilalarga bolada jarrohlik amaliyotini o‘tkazish uchun moddiy ko‘mak ko‘rsatish ishlarini kuchaytirish.

12.

An’anaviy oila qadriyatlari, oila munosabatlari, ota-ona majburiyatining anglanilishi, bolaning oilada yashashga bo‘lgan huquqini ta’minlash va ijtimoiy yetimlikni oldini olish (bartaraf etish)ga qaratilgan tadbirlar o‘tkazish.

Har chorakda kamida bir marotaba

O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi, Xalq ta’limi vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, “Oila va xotin-qizlar” ilmiy-tadqiqot instituti,
“Sen yolg‘iz emassan” Respublika jamoatchilik bolalar jamg‘armasi

-

1. Aholi va yoshlar orasida oila qadriyatlari, sog‘lom turmush tarzi va ijtimoiy yetimlikning oldini olishga qaratilgan davra suhbatlari, uchrashuvlar, savol-javoblar, leksiyalar orqali tashviqot ishlarini olib borish.

2. Yoshlar va yosh oilalar o‘rtasida mas’uliyatni oshirish, ijtimoiy yetimlikning oldini olish.

13.

Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar va bolalarga xizmat ko‘rsatish masalalari bilan shug‘ullanuvchi xodimlarni tayyorlash va qayta tayyorl�sh.

reja asosida

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,
Xalq ta’limi vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi

Respublika budjeti mablag‘lari, jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari

1. Oliy ta’lim muassasalari tizimida ijtimoiy xodimlarni tayyorlash ishlarini kengaytirish.

2. Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar va bolalarga ijtimoiy xizmatlarni amalga oshiruvchi davlat va nodavlat tashkilot, muassasalar mutaxassislarini “Ijtimoiy ish” bo‘yicha qayta tayyorlash kurslarini tashkil etish.

IV. Ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni oilaga joylashtirishning muqobil shakllarini rivojlantirish

14.

Oilaga tarbiyaga olingan (patronat), vasiylik yoki homiylikka, farzandlikka olingan, Oilaviy bolalar uylari va boshqa yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar uchun davlat muassasalarida tarbiyalanayotgan bolalar uchun yaratilgan sharoitlar sifa�ini baholashning minimal standartlarini ishlab chiqish.

2019-yil noyabr

Xalq ta’limi vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi,
SOS Bolalar mahallalari assotsiatsiyasi, YUNISEF bolalar jamg‘armasi,
Vatandosh jamg‘armasi

Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi

Xalq ta’limi sohasidagi islohotlarga ko‘maklashish jamg‘armasi mablag‘lari,

jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari

1. “Tutingan oilalarda tarbiyalanayotgan bolalar uchun yaratilgan sharoitlar sifatini baholashning minimal standartlari” va “Yetim va ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar uchun muassasalardagi minimal majburiy standartlar” uslubiy yo‘riqnomani ishlab chiqish.

2. Mazkur yo‘riqnoma asosida Vasiylik va homiylik organlari hamda yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar uchun ta’lim-tarbiya va davolash-sog‘lomlashtirish muassasalari faoliyatini tashkil qilish.

3. Tutingan oilalar va davlat muassasalarida tarbiyalanayotgan bolalarning ta’lim-tarbiyasi, rivojlanishi, ta’minoti sifati samaradorligini oshirish.

15.

Ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning huquqlarini himoya qilish
va oilaga joylashtirishning muqobil shakllarini tatbiq etish yuzasidan vasiylik
va homiylik organlari mutaxassislari uchun uslubiy qo‘llanmalar ishlab chiqish.

2019-yil noyabr

Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi,
Xalq ta’limi vazirligi, Bosh prokuratura,
YUNISEF bolalar jamg‘armasi,
“Sen yolg‘iz emassan” Respublika jamoatchilik bolalar jamg‘armasi

Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi

Xalq ta’limi sohasidagi islohotlarga ko‘maklashish jamg‘armasi mablag‘lari

1. Yetim va ota-ona qaramog‘idan mahhrum bo‘lgan bolalarning huquqlarini himoya qilishda vasiylik va homiylik organlari faoliyatini uslubiy ta’minlash.

2. Vasiylik va homiylik belgilanishiga muhtoj bolalarni oilaga joylashtirishning muqobil shakllarini rivojlantirish.

16.

Tutingan oila va bolaning ijtimoiy va psixologik moslashuvini ta’minlash maqsadida ijtimoiy, psixologik-pedagogik kuzatib borish mexanizmi — dasturini ishlab chiqish.

2019-yil noyabr

Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi,
Xalq ta’limi vazirligi, YUNISEF bolalar jamg‘armasi,
Vatandosh jamg‘armasi

Jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari

1. Bolalarni tutingan oilaga moslashuvi bo‘yicha kompleks ijtimoiy, psixologik-pedagogik va konsultativ xizmatlar ko‘rsatish mexanizmini tartibga solish.

2. Bolalarning tutingan oilalardan muassasalarga qaytishining oldini olish choralarini kuchaytirish.

17.

Vasiylik va homiylik organlari mutaxassislari va ijtimoiy xodimlar uchun ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni oilaga joylashtirishning muqobil shakllarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘quv seminarlarini tashkil etish.

Reja asosida

Xalq ta’limi vazirligi, Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi,
YUNISEF bolalar jamg‘armasi,
“Sen yolg‘iz emassa�” Respublika jamoatchilik bolalar jamarg‘asi

-

Bolalarni oilaga joylashtirishning muqobil shakllarini rivojlantirishda vasiylik va homiylik organlari mutaxassislari va ijtimoiy xodimlarning kasbiy mahorati (salohiyati)ni oshirish.

18.

Kasbiy salohiyatli tutingan (foster) oilalarni tashkil etish bo‘yicha chet el tajribasini tahlil qilish va o‘rganish.

2019-yil dekabr

Xalq ta’limi vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi,
Adliya vazirligi, Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi,
YUNISEF bolalar jamg‘armasi, Vatandosh jamg‘armasi

Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi

Xalq ta’limi sohasidagi islohotlarga ko‘maklashish jamg‘armasi mablag‘lari,

jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari

1. Kasbiy salohiyatli tutingan (foster) oilalarni tashkil etish bo‘yicha chet el tajribasini tahlil qilish va o‘rganish maqsadida manfaatdor vazirlik, idoralar
va boshqa tashkilotlar vakillaridan iborat Ishchi guruhini tashkil etish.

2. Ishchi guruh tomonidan kasbiy salohiyatli tutingan (foster) oilalar masalasiga taalluqli AQSh va Yevropa davlatlarining tajribasini joyiga borib o‘rganishni tashkil etish.

3. Ishchi guruhning xizmat safari bilan bog‘liq xarajatlar uchun tegishli mablag‘lar ajratish.

4. O‘rganish yakunlari bo‘yicha O‘zbekistonda yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni joylashtirishning oilaviy shakllarining turlarini kengaytirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar belgilash.

19.

Kasbiy salohiyatli tutingan (foster) oilalar tajribasini pilot tarzida joriy qilish.

2020-yil mart oyidan boshlab

Muntazam ravishda

Xalq ta’limi vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi, “Oila va xotin-qizlar” ilmiy-tadqiqot instituti, Adliya vazirligi,
YUNISEF bolalar jamg‘armasi,
Vatandosh jamg‘armasi

Xalq ta’limi vazirligi huzuridag�

Xalq ta’limi sohasidagi islohotlarga ko‘maklashish jamg‘armasi mablag‘lari

Yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar uchun faoliyati tugatilayotgan ta’lim-tarbiya, davolash-sog‘lomlashtirish muassasalari tarbiyachilaridan kasbiy salohiyatli tutingan (foster) tarbiyachilar sifatida foydalanishni yo‘lga qo‘yish.

V. Institutsional muassasalar tarbiyalanuvchilarining oilaviy muhitda reintegratsiyalashuvi

20.

“Bolalar uylari”, “Bolalar shaharchalari”, “Mehribonlik” uylari, “SOS — O‘zbekiston bolalar mahallalari” uyushmasi tizimidagi muassasalar tarbiyalanuvchilarini qondosh oilalariga qaytarish yoki tutingan oilalarga joylashtirishga yo‘naltirilgan ishlarni faollashtirish.

2019-yil noyabrdan

boshlab muntazam ravishda

Xalq ta’limi vazirligi, Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi,
Sog‘liqni saqlash vazirligi,
O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,
“SOS — O‘zbekiston bolalar mahallalari” uyushmasi,
“Oila va xotin-qizlar” i�miy-tadqiqot instituti,

O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi

Respublika budjeti mablag‘lari

1. Institutsional muassasalar tarbiyalanuvchilarining oilaviy muhitga reintegratsiyalashuvi bo‘yicha ilmiy-uslubiy bazani mustahkamlash.

2. Ijtimoiy xodimlarga, pedagog-tarbiyalanuvchilarga, psixologlarga ota-onalar bilan ishlash, ota-onalarni izlash, qarindoshlik munosabatlarini tiklash, hissiy bog‘langanlik hissini shakllantirish, ota-onaning bolani oilaga qaytarib olishga tayyorlash, bolalarni oilaviy hayotda yashashga tayyorlash kabi ijtimoiy ish ko‘nikmalarini o‘rgatish.

3. Bolani oilaga qaytarish/joylashtirishda oilaning imkoniyatlarini va mahalliy resurslarni aniqlash va qo‘llab-quvvatlash.

4. Ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolani oilaga qabul qilishi mumkin bo‘lgan oilalarni tanlash, ularni ijtimoiy, psixologik-pedagogik jihatdan tayyorlash.

5. Ota-onalar mas’uliyatini oshirish, ota-ona va bolalar munosabatlarini tiklash va bolalarni ota-onasiga qaytarish ishlarini faollashtirish.

21.

Oila muhitiga berilgan (reintegratsiyalangan) bolalarning moslashish, rivojlanish darajasini ijtimoiy-psixologik jihatdan o‘rganish.

Har 6 oyda bir marotaba

Xalq ta’limi vazirligi, Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi, “Oila va xotin-qizlar” ilmiy-tadqiqot instituti

-

1. Bolaning qondosh oilasiga qayta moslashish yoki oila o‘rnini bosuvchi tutingan oilada muvaffaqiyatli moslashish darajasini aniqlash.

2. Oila o‘rnini bosuvchi tutingan oilalarning ijtimoiy, psixologik-pedagogik kuzatuvini tashkil qilish.

VI. Institutsional muassasalarni tugatish va qayta tashkil etish

22.

Oila institutini mustahkamlash, ijtimoiy yetimlikning oldini olish, shuningdek, “Mehribonlik” uylarini bosqichma-bosqich kam komplektli Bolalar shaharchalariga hamda muassasalarning boshqa muqobil shakllariga o‘tkazish.

2020 — 2023-yillar

Xalq ta’limi vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi,
“Sen yolg‘iz emassan” Respublika jamoatchilik bolalar jamg‘armasi,
Bosh prokuratura,
Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi,
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Respublika ?yudjeti mablag‘lari,

imtiyozli xorijiy kreditlar va grantlar,

jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari

1. Institutsional muassasalarga kelib tushayotgan bolalar sonini qisqartirish.

2. “Mehribonlik” uylarini tarbiyalanuvchilar sonidan kelib chiqib maqbullashtirish.

3. Respublika bo‘yicha “Mehribonlik” uylarini bosqichma-bosqich kam komplektli Bolalar shaharchalariga aylantirish: 2020-yilda 2 ta; 2021-yilda 4 ta; 2022-yilda 6 ta; 2023-yilda 7 ta.

4. Faoliyati tugatilgan muassasa pedagog xodimlari tarkibidan yoki vasiylik va homiylik organida bolani oilaga tarbiyalashga qabul qilish istagini bildirgan shaxslar orasidan kasbiy salohiyatli tutingan oilalarning tashkil etilishini yo‘lga qo‘yish.

23.

Institutsional muassasalarni kunduzgi tashrif markazlari, krizis markazlari, oila va bolalarni qo‘llab-quvvatlash markazlari, moslashuv markazlari, oilaga joylashtirish xizmatlari, dam olish markazlari sifatida qayta tashkil etish ishlarini rejali bajarish.

2022-yil iyul

Xalq ta’limi vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi,

“Sen yolg‘iz emassan” Respublika jamoatchilik bolalar jamg‘armasi,
Bosh prokuratura,

Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari

Respublika budjeti mablag‘lari,

imtiyozli xorijiy kreditlar
va grantlar,

jismoniy
va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari

1. Yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar uchun faoliyati modernizatsiyalashtirilgan ta’lim-tarbiya, davolash-sog‘lomlashtirish muassasalarida ko‘rsatilishi mumkin bo‘lgan yangi xizmatlarni rejalashtirish.

2. Institutsional muassasalarni bosqichma-bosqich ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatuvchi krizis markazlari, oila va bolalarni qo‘llab-quvvatlash markazlari, moslashuv markazlari, oilaga joylashtirish xizmatlari, dam olish markazlariga aylantirish (o‘zgartirish).

24.

Xodimlarni kasb�a tayyorlash, qayta tayyorlash va ish bilan ta’minlash yuzasidan tegishli choralar ko‘rish.

2020 — 2023-yillar

Xalq ta’limi vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

Respublika budjeti mablag‘lari,

imtiyozli xorijiy kreditlar va grantlar

1. Tugatilayotgan muassasalar xodimlarini kasbga qayta tayyorlash va ishga joylashtirish masalalarini hal qilish.

2. Yangi tipda tashkil etilgan muassasalarda bolalar va oilalar bilan ishlashda kasbiy tajribaga ega mahoratli xodimlarni ish bilan ta’minlash.

(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-avgustdagi 438-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(7-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-avgustdagi 438-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(7-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 6-iyuldagi 363-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.07.2022-y., 09/22/363/0600-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(16-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 6-iyuldagi 363-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.07.2022-y., 09/22/363/0600-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(22-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(27-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(13-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-avgustdagi 438-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(14-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-avgustdagi 438-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(16-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-avgustdagi 438-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(32-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(33-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi