Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019-yil 3-maydagi PQ-4307-son qaroriga muvofiq “Ma’naviyat fidoyisi” ko‘krak nishoni ta’sis etilganligi munosabati bilan respublikada ma’naviy-ma’rifiy ishlarni amalga oshirish, yuksak ijtimoiy-ma’naviy muhitni shakllantirish borasida fidokorona mehnat qilgan va samarali natijalarga erishgan fuqarolarni rag‘batlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
3. Ko‘krak nishoni bilan taqdirlash tartibi ushbu Nizomga ilova qilingan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Markazning hududiy bo‘limlari rahbarlari ushbu nizomning 4-bandi birinchi xatboshida belgilangan holatlarni istisno qilgan holda o‘z tashabbusiga ko‘ra ham nomzodlar to‘g‘risida har yili 25-iyunga qadar Markazga taklif kiritishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
(12-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)

Bosqichlar

Mas’ullar

Chora-tadbirlar

Muddatlar


1-bosqich

Hududiy davlat organlari, tashkilotlar va jamoat birlashmalari

Ko‘krak nishoni bilan taqdirlash bo‘yicha takliflarni tegishlicha Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bo‘limlariga taqdim etish.

har yili

1-iyunga qadar

Respublika davlat organlari, tashkilotlar va jamoat birlashmalari

Ko‘krak nishoni bilan taqdirlash bo‘yicha nomzodlarni Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markaziga taqdim etish.


2-bosqich

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bo‘limlari

Nomzodlar bo‘yicha taqdim etilgan hujjatlarni belgilangan tartibda o‘rganib chiqish va nomzodlar yuzasidan xulosalarni Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markaziga taqdim etish.

har yili

25-iyunga qadar


3-bosqich

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining ko‘krak nishoni bilan taqdirlashga oid takliflarni ko‘rib chiqish bo‘yicha komissiyasi

Ko‘krak nishoni bilan taqdirlash bo‘yicha nomzodlar haqidagi tegishli hujjatlarni o‘rganib chiqish va yakuniy xulosa chiqarish.

har yili

25-iyulga qadar


4-bosqich

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi

Ko‘krak nishoni bilan taqdirlash to‘g‘risida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining buyrug‘ini chiqarish.

har yili

25-avgustga qadar


5-bosqich

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi

“Ma’naviyat fidoyisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlash.

har yili

1-sentabr — Mustaqillik bayrami arafasida


Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi