Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.

T/r

Amalga oshiriladigan tadbirlar

Bajarish muddati

Ijro uchun mas’ullar

Sarf-xarajatlar (mln so‘m)

Moliyalashtirish manbalari

Amalga oshirish mexanizmi

I. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari infratuzilmasini rivojlantirish

1.

Xalq ta’limi muassasalarining yuqori tezlikdagi Internet jahon axborot tarmog‘iga ulanishini ta’minlash.

2019-2020-yillar

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi

114 355,0

Mas’ul vazirlik va idoralar mablag‘lari hisobidan

785 ta xalq ta’limi muassasalariga qurilmalarni tanlov asosida xarid qilish va qurilish hamda montaj ishlarini amalga oshirish.

2.

Davlat tibbiyot muassasalari va tashkilotlarining yuqori tezlikdagi Internet jahon axborot tarmog‘iga ulanishini ta’minlash.

2019-2020-yillar

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,

Sog‘liqni saqlash vazirligi

33 477,0

Mas’ul vazirlik va idoralar mablag‘lari hisobidan

272 ta davlat tibbiyot muassasalari va tashkilotlariga qurilmalarni tanlov asosida xarid qilish va qurilish hamda montaj ishlarini amalga oshirish.

3.

Maktabgacha ta’lim muassasalarini yuqori tezlikdagi Internet jahon axborot tarmog‘iga ulanishini ta’minlash.

2020-yil iyul

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,

Maktabgacha ta’lim vazirligi

56 549,0

Mas’ul vazirlik va idoralar mablag‘lari hisobidan

459 ta maktabgacha ta’lim muassasalariga qurilmalarni tanlov asosida xarid qilish va qurilish hamda montaj ishlarini amalga oshirish.

II. Raqamli texnologiyalar o‘quv markazlarini tashkil qilish

4.

Andijon viloyati tuman (shahar)larida Raqamli texnologiyalar o‘quv markazini zarur infratuzilma, texnik qurilmalar va jihozlar bilan ta’minlash:

Andijon viloyati hokimligi, tuman (shahar) hokimliklari, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi

Har bir tuman (shahar) uchun
450,0

Tashkilotchilarning mablag‘lari hisobidan

1. Binoni ta’mirlash.

2. Zarur texnik qurilmalar va jihozlarni xarid qilish.

3. Markazni yuqori tezlikdagi Internet jahon axborot tarmog‘i bilan ta’minlash.

4. Markazda lokal tarmoq tashkil etish.

Andijon shahrida;

2019-yil

dekabr

Asaka tumanida;

2020-yil

iyun

Shahrixon tumanida;

2020-yil

dekabr

Oltinko‘l tumanida;

2021-yil

iyun

Baliqchi tumanida;

2021-yil

dekabr

Bo‘z tumanida;

2022-yil

iyun

Buloqboshi tumanida;

2022-yil

dekabr

Jalaquduq tumanida;

2023-yil

iyun

Izboskan tumanida;

2023-yil

dekabr

Qo‘rg‘ontepa tumanida;

2024-yil

iyun

Marhamat tumanida;

2024-yil

dekabr

Paxtaobod tumanida;

2025-yil

iyun

Ulug‘nor tumanida;

2025-yil

iyun

Xo‘jaobod tumanida;

2025-yil

dekabr

Andijon tumanida;

2025-yil

dekabr

Xonobod shahrida.

2025-yil

dekabr

5.

Raqamli texnologiyalar o‘quv markazlarida zamonaviy o‘quv kurslarni tashkil etish.

Doimiy

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi

2 980,5

Tashkilotchilarning mablag‘lari hisobidan

1. Markazlar uchun o‘qituvchi-murabbiylarni tayyorlash va o‘quv dasturlarni ishlab chiqish.

2. Markazlarga tinglovchi-larni tanlab olish va o‘qitishni tashkil qilish.

6.

Umumta’lim maktablari o‘qituvchilarini axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida bilim va ko‘nikmalarini yanada oshirish maqsadida Raqamli texnologiyalar o‘quv markazlarida malaka oshirish kurslarini tashkil etish.

2020-yil fevral — aprel

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi

Smeta hujjatlari asosida

Tashkilotchilarning mablag‘lari hisobidan

Umumta’lim maktablari o‘qituvchilarining axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi bilimlarini baholash mezonini ishlab chiqish va ularning malakasini oshirish.

7.

Raqamli texnologiyalar o‘quv markazlarida davlat organlari xodimlari va tadbirkorlik subyektlari uchun shartnoma asosida kechki kurslarni tashkil etish.

Doimiy

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

Smeta hujjatlari asosida

Tashkilotchilarning mablag‘lari hisobidan

1.4O‘quv dasturlarini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2. Tinglovchilarni tasdiqlangan grafik asosida tanlab olish.

3. O‘qitishni tashkil qilish.

8.

Umumta’lim maktablarini axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi o‘quv qo‘llanmalar bilan ta’minlash.

2019 — 2021-yillar

Xalq ta’limi vazirligi,

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

Smeta hujjatlari asosida

Ijrochilar mablag‘lari hisobidan

1. Umumta’lim maktablari kutubxonalaridagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo‘yicha o‘quv qo‘llanmalari va materiallarini xatlovdan o‘tkazish.

2. Xatlov natijalariga ko‘ra zarur kitbolar va o‘quv materillari ro‘yxatini shakllantirish.

3. Ro‘xatga ko‘ra kitoblar va o‘quv qo‘llanmalarini xarid qilish.

4. Umumta’lim maktablari kutubxonalarini yangi darsliklar bilan boyitib borish.

III. Kompyuter industriyasi va sportini rivojlantirish

9.

Andijon viloyatida Elektron kompyuter sporti federatsiyasining bo‘linmasi faoliyatini tashkil etish.

2019-yil yakuniga qadar

O‘zbekiston elektron kompyuter sporti federatsiyasi, Andijon viloyati hokimligi

-

-

Andijon viloyatida Elektron kompyuter sporti federatsiyasining bo‘linmasi faoliyatini tashkil etish bo‘yicha ishlarni amalga oshirish.

10.

Viloyat miqyosida kompyuter o‘yinlari va kibersport bo‘yicha davriy musobaqalarni o‘tkazish.

Doimiy

O‘zbekiston elektron kompyuter sporti federatsiyasi,
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi,
Sog‘liqni saqlash vazirligi,
Andijon viloyati hokimligi

Smeta hujjatlari asosida

O‘zbekiston elektron kompyuter sporti federatsiyasi mablag‘lari
va homiylik xayriyalari

1. 2019 — 2022-yillar davomida hududiy va respublika musobaqa-larini tashkil etish reja-jadvali va nizomini ishlab chiqish.

2. Kibersport bo‘yicha musoba-qalar va turnirlar o‘tkaziladigan binolarni zarur jihoz va uskunalar bilan jihozlash.

11.

Elektron kompyuter sporti bo‘yicha trenerlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi shaxslarni attestatsiyadan o‘tkazish va elektron kompyuter sporti bo‘yicha trenerlar reyestrini shakllantirish.

2020-yil
I chorak

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi,

O‘zbekiston elektron kompyuter sporti federatsiyasi,

Andijon viloyati hokimligi

-

-

1. Elektron kompyuter sporti bo‘yicha trenerlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi shaxslarni attestatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha amaldagi hujjatlarga o‘zgartirishlar kiritish.

2. Elektron kompyuter sporti bo‘yicha trenerlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi shaxslarni attestatsiyasini tashkil qilish.

12.

Kompyuter o‘yinlari bilan shug‘ullanadigan klublar reyestrini shakllantirish va ularni pasportlashtirish.

2020-yil
I chorak

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi,

O‘zbekis�on elektron kompyuter sporti federatsiyasi,

Andijon viloyati hokimligi

Belgilangan yig‘im miqdorida

O‘zbekiston elektron kompyuter sporti federatsiyasi va homiylar mablag‘lari

1. Ishchi guruhlarni shakllantirish, Andijon viloyatidagikompyuter o‘yinlari bilan shug‘ullanadigan klublarni xatlovdan o‘tkazish.

2. Klublar reyestrini shakllantirish va ularni pasportlashtirish.

13.

Umumta’lim maktablaridagi kompyuter sinflarini jihozlash, texnik holatni yanada yaxshilash.

2019-2020-yillar

Xalq ta’limi vazirligi,

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,

Andijon viloyati hokimligi

Smeta hujjatlari asosida

Xalqaro moliya institutlari
va xorijiy
hukumat moliya tashkilotlarining kredit va grant mablag‘lari

1. Umumta’lim maktablarining kompyuter texnikalari bilan ta’minlanganligini xatlovdan o‘tkazish.

2. Xatlov natijalariga ko‘ra kompyuter texnikalari va texnik vositalar ro‘yxatini shakllantirish.

3. Ro‘xatga ko‘ra kompyuter texnikalari va texnik vositalarni xarid qilish.

4. Xarid qilingan kompyuter texnikalari va texnik vositalarni umumta’lim maktablarida o‘rnatish ishlarini tashkil etish.

14.

Umumta’lim maktablarida lokal hisoblash tarmoqlarni tashkil etish.

2019 — 2021-yillar

Xalq ta’limi vazirligi,

Moliya vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

Smeta hujjatlari asosida

Ajratilgan budjet mablag‘lari doirasida,

Xalq ta’limi vazirligining budjetdan tashqari mablag‘lari

1. Umumta’lim maktablarining lokal hisoblash tarmoqlarini xatlovdan o‘tkazish.

2. Xatlov natijalariga ko‘ra zarur jihoz va texnik vositalar ro‘yxatini shakllantirish.

3. Ro‘xatga ko‘ra jihoz va texnik vositalarni xarid qilish.

4. Xarid qilingan jihoz va texnik vositalarni umumta’lim maktablarida o‘rnatish sozlash ishlarini tashkil etish.

15.

Hududlarda Raqamli texnologiyalar o‘quv markazlarini va kompyuter texnologiyalari, kompyuter o‘yinlari va kibersport bo‘yicha to‘garaklar faoliyatining aholi, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida keng targ‘ibotini yo‘lga qo‘yish.

Doimiy

MTRK, O‘zA, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi,

Xalq ta’limi vazirligi,

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Smeta hujjatlari asosida

Ijrochilar mablag‘lari hisobidan

1. Mediya-reja ishlab chiqish va tasdiqlash.

2. Hududlarda targ‘ibot guruh-larini shakllantirish, targ‘ibot rejasini ishlab chiqish.

3. Raqamli texnologiyalar o‘quv markazlarini va kompyuter texnologiyalari, kompyuter o‘yinlari va kibersport bo‘yicha to‘garaklar faoliyati to‘g‘risida maxsus ko‘rsatuv va roliklar tayyorlab, ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlar orqali keng yoritib borish.


Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi