Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

×
 ×
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Transport va turizm obyektlarida jamoat xavfsizligini ta’minlashning samarali tizimini joriy etishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019-yil 6-martdagi PQ-4229-son qaroriga muvofiq, shuningdek, zamonaviy axborot-kommunikatsiya vositalaridan foydalangan holda transport va turizm obyektlari hamda ularga tutash hududlarda jamoat xavfsizligini ta’minlashning markazlashgan muvofiqlashtirilgan boshqaruvini tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(6-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)

T/r

Tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

Mas’ul ijrochilar

I. Situatsion-tahliliy markaz binosini qurish va faoliyatini ta’minlash

1.

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Transportda xavfsizlikni ta’minlash bosh boshqarmasi tuzilmasida Situatsion-tahliliy markaz binosini qurish bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish.

1. Texnik topshiriqni tasdiqlash.

2. Loyiha — smeta hujjatlarini ishlab chiqish.

2020-yil
15-fevral

2020-yil
1-may

Ichki ishlar vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,
Transport vazirligi

2.

Situatsion-tahliliy markaz binosini qurish va montaj ishlarini bajarish.

1. Tanlov/tender savdolarini o‘tkazish va shartnomani imzolash.

2. Qurilish-montaj ishlarini bajarish.

2020-yil
1-iyul

Shartnomaga asosan

Ichki ishlar vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,
Transport vazirligi

3.

Situatsion-tahliliy markazning moddiy-texnik bazasini jihozlash.

Tovar — moddiy qiymatlarni xarid qilish.

2020-yil
1-dekabr

Ichki ishlar vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,
Transport vazirligi

II. Situatsion-tahliliy markazni zamonaviy axborot va kommunikatsiya texnologiyalari bilan jihozlash

4.

Situatsion-tahliliy markazni zamonaviy axborot va kommunikatsiya texnologiyalari bilan jihozlash bo‘yicha Ishchi guruhni shakllantirish.

Ishchi guruh tarkibini shakllantirish.

2020-yil
10-yanvar

Ichki ishlar vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,Transport vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ, “Uzbekistan airports” AJ

5.

Situatsion-tahliliy markazga zamonaviy axborot va kommunikatsiya texnologiyalarini ulash maqsadida transport obyektlarini, mavjud axborot va kommunikatsiya infratuzilmasini o‘rganish.

Transport obyektlari va ularga tutash hududlar ro‘yxatini hamda tahliliy ma’lumot va hisobotlarni tayyorlash.

2020-yil
yanvar-fevral

Ichki ishlar vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,
Transport vazirligi,
Davlat xavfsizlik xizmati, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ, “Uzbekistan airports” AJ

6.

“Xavfsiz shahar” apparat-dasturiy kompleksi bilan integratsiyalashni hisobga olgan holda Situatsion-tahliliy markaz binosini zamonaviy axborot-kommunikatsiya vositalari bilan jihozlash bo‘yicha Texnik topshiriqni ishlab chiqish.

Texnik topshiriqni tasdiqlash.

2020-yil
1-may

Ichki ishlar vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,
Transport vazirligi,
Davlat xavfsizlik xizmati, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ, “Uzbekistan airports” AJ

7.

Situatsion-tahliliy markazni tashkil etish doirasida qurilmalarni xarid qilish.

1. Tanlov/tender savdolarini o‘tkazish.

2. Shartnoma tuzish.

2020-yil

iyun avgust

2020-yil sentyabr

Ichki ishlar vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

8.

Videokuzatuv qurilmalarini, server qurilmalari va ma’lumotlarni saqlash vositalarini, transport vositalari uchun maxsus monitorlarini o‘rnatish.

Qurilmalarni xarid qilish va o‘rnatish.

shartnomaga asosan

Ichki ishlar vazirligi, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ, “Uzbekistan airports” AJ, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

9.

Situatsion-tahliliy markazni sinov rejimida ishga tushirish.

Ishga tushirish-sozlash ishlarini bajarish.

shartnomaga asosan

Ichki ishlar vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Transport vazirligi, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ, “Uzbekistan airports” AJ


Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi