investorlarning ushbu modda uchinchi qismida ko‘rsatilgan holatlardan kelib chiqadigan vazifalarni hal qilish uchun zarur bo‘lgan investitsiyalari yoki boshqa aktivlarining minimal hajmi bilan cheklansa;
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan investitsiyalarni va investitsiya faoliyatini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash uchun qo‘llaniladigan preferensiyalar tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining qarorlari bilan, shu jumladan munitsipal obyektlarga nisbatan Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari mablag‘lari hisobidan berilishi mumkin.
Chet ellik investor ushbu Qonunning 10-moddasida nazarda tutilgan huquqlar bilan bir qatorda O‘zbekiston Respublikasidagi investitsiya faoliyati natijasida olingan, o‘ziga tegishli bo‘lgan ixtirolarni, foydali modellarni va sanoat namunalarini xorijda hamda O‘zbekiston Respublikasida patentlash to‘g‘risida mustaqil ravishda qaror qabul qilish huquqiga ega.
Investitsiyaviy nizolarni ushbu moddaning birinchi va
ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan tartibda hal qilish mumkin bo‘lmagan taqdirda, agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida va (yoki) investor hamda O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasida tuzilgan shartnomada tegishli va haqiqiy arbitraj sharti nazarda tutilgan bo‘lsa, bunday nizo xalqaro arbitraj vositasida hal etilishi mumkin.
3) O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 24-dekabrda qabul qilingan “Investitsiya faoliyati to‘g‘risida”gi 719-I-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 9-dekabrda qabul qilingan O‘RQ-380-sonli Qonuni tahririda) (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2014-yil, № 12, 342-modda);