Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)

T/r

Tadbirlar

Amalga oshirish mexanizmi

Bajarish muddatlari

Mas’ul ijrochilar

I. Kutubxonani ijtimoiy makonga integratsiyalash

1.

Umumta’lim muassasalarining o‘quvchilari uchun multimedia ta’lim laboratoriyasini tashkil etish.

Tashkiliy tadbirlar

2020-yil
I chorak

Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi, Xalq ta’limi vazirligi,
Maktabgacha ta’lim vazirligi

2.

Umumta’lim muassasalari o‘quvchilarining salohiyatini rivojlantirish uchun ijodiy maydonchalarni tashkil etish, shu jumladan, bolalar ta’lim “co-working” platformasini va badiiy studiyani tashkil etish.

Tashkiliy tadbirlar

2020-yil
II chorak

Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi, Xalq ta’limi vazirligi,
Maktabgacha ta’lim vazirligi

3.

“STREAM” (ilm-fan, texnologiyalar, robototexnika, injiniring, san’at, matematika) o‘qitish metodikasidan foydalangan holda tasviriy san’at, fotosuratga olish, arxitektura jihatidan rejalashtirish, musiqa fanlari va tabiiy fan sohasida fanlararo yo‘nalishlar bo‘yicha maktab yoshidagi bolalar va umumta’lim muassasalarining o‘quvchilari uchun kurslarni tashkil etish.

Tashkiliy tadbirlar

2020-yil
III chorak

Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi, Xalq ta’limi vazirligi,
Maktabgacha ta’lim vazirligi

4.

Kutubxonaga tashrif buyuruvchilarga xizmatlarni inklyuziv ko‘rsatish uchun shart-sharoitlar yaratish.

Tashkiliy tadbirlar

2020-yil
IV chorak

Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi, Xalq ta’limi vazirligi,
Maktabgacha ta’lim vazirligi

5.

Nodir kitob nashrlarini saqlash uchun kutubxona arxivi faoliyatini tashkil etish.

Tashkiliy tadbirlar

2020-yil
IV chorak

Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi, Xalq ta’limi vazirligi,
Maktabgacha ta’lim vazirligi

II. Kutubxonaning tashkiliy va ma’muriy tuzilmasini hamda uni boshqarish usullarini takomillashtirish

6.

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika bolalar kutubxonasi ustavini ishlab chiqish va tasdiqlash.

Normativ-huquqiy hujjat

2020-yil
III chorak

Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi, Xalq ta’limi vazirligi,
Maktabgacha ta’lim vazirligi

III. Kutubxona xodimlarining malakasini oshirish

7.

Kutubxona xodimlarini majburiy attestatsiyadan o‘tkazish amaliyotini joriy etish, shuningdek, tanlov asosida ishga qabul qilish.

Tashkiliy tadbirlar

2020-yil
III chorak

Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi, Xalq ta’limi vazirligi,
Maktabgacha ta’lim vazirligi

8.

Yetakchi mahalliy va xorijiy mutaxassislarni jalb etgan holda xizmatlarni inklyuziv ko‘rsatishni ta’minlash bo‘yicha ixtisoslashtirilgan treninglar tashkil etish.

Tashkiliy tadbirlar

2019-yil
IV chorak

Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi, Xalq ta’limi vazirligi,
Maktabgacha ta’lim vazirligi

9.

Kutubxona xodimlari uchun operatsiyalarni tashkil etish va xizmatlar ko‘rsatishning zamonaviy usullari bo‘yicha treninglar, mahorat darslarini tashkil etish va o‘tkazish.

Tashkiliy tadbirlar

2020-yil
IV chorak

Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi, Xalq ta’limi vazirligi,
Maktabgacha ta’lim vazirligi

IV. Kutubxona binosini rekonstruksiya qilish va uning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash*

10.

Kutubxona binosining (Toshkent shahar, Mirzo Ulug‘bek tumani, Yaxyo G‘ulomov ko‘chasi, 47-uy) dizayni konsepsiyasini ishlab chiqish. Tegishli shartnomalar tuzilishini ta’minlash, dizayn konsepsiyasini ishlab chiqish va tasdiqlash.

Tashkiliy tadbirlar

2020-yil
may

Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi, Xalq ta’limi vazirligi,
Maktabgacha ta’lim vazirligi

11.

Binoni rekonstruksiya qilishning loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish.

Loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish uchun shartnoma tuzish, loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish, kelishish va belgilangan tartibda tasdiqlash.

Tashkiliy tadbirlar

2020-yil
sentyabr

Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi, Xalq ta’limi vazirligi,
Maktabgacha ta’lim vazirligi

12.

Binoni rekonstruksiya qilish ishlarini bajarish.

Kutubxona binosini rekonstruksiya qilish uchun pudratchilar bilan shartnomalar tuzilishini ta’minlash, kutubxona binosini rekonstruksiya qilish davrida uning aktivlarini ko‘chirish, rekonstruksiya ishlarini yakuniga yetkazish.

Tashkiliy tadbirlar

2021-yil
may

Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi, Xalq ta’limi vazirligi,
Maktabgacha ta’lim vazirligi,

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Toshkent shahar hokimligi

13.

Kutubxonaning texnik aktivlarini yangilash.

Zarur texnik aktivlar ro‘yxatini shakllantirish, tegishli shartnomalar tuzilishini ta’minlash, texnik aktivlarni joylashtirish.

Tashkiliy tadbirlar

2021-yil
IV chorak

Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi, Xalq ta’limi vazirligi,
Maktabgacha ta’lim vazirligi


Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi