Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksi qabul qilinishi, shuningdek, sudlar tomonidan ma’muriy organlar va ular mansabdor shaxslarining qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilish to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rishda qonun normalarini bir hilda va to‘g‘ri qo‘llanishini ta’minlash maqsadida, “Sudlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 17-moddasiga asoslanib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 44-moddasi va O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksi (bundan buyon matnda MSIYutK deb yuritiladi) 4-moddasiga muvofiq, manfaatdor shaxs, qonunda nazarda tutilgan hollarda esa, prokuror, shuningdek, boshqa shaxslar huquqlari va manfaatlarini himoya qilishga vakolatli ayrim fuqarolar va davlat organlari ma’muriy organ qarorini haqiqiy emas va uning mansabdor shaxsi harakatini (harakatsizligini) qonunga xilof deb topish to‘g‘risidagi ariza (shikoyat) bilan, basharti bu qaror, harakat (harakatsizlik) tufayli uning:
2. Ma’muriy organlar deganda, davlat boshqaruvi organlari (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 9-dekabrdagi PF-3358-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan Respublika davlat boshqaruvi organlari ro‘yxatida ko‘rsatilgan vazirliklar, davlat qo‘mitalari, qo‘mitalar, agentliklar, markazlar, inspeksiyalar) va ularning hududiy organlari, joylardagi ijro hokimiyati organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, shuningdek, ma’muriy-boshqaruv vakolati berilgan boshqa tashkilotlar va maxsus tashkil etilgan komissiyalar tushuniladi.
jamoat birlashmalari, shu jumladan siyosiy partiyalar, diniy tashkilotlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni rad etish, shuningdek, davlat organining belgilangan muddatda bunday ro‘yxatdan o‘tkazishdan bo‘yin tovlashi (“O‘zbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni 12-moddasining uchinchi qismi, “Siyosiy partiyalar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni 9-moddasining uchinchi qismi, “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni 12-moddasining uchinchi qismi, “Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 26-moddasi);
9. Davlat ijrochisining qarori, harakatlari (harakatsizligi) ustidan MSIYutK 23-bobida nazarda tutilgan tartibda shikoyat qilinadi, iqtisodiy sud tomonidan berilgan ijro hujjati bo‘yicha chiqarilgan qarorlar bundan mustasno (“Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni 861-moddasining birinchi qismi).
11. Sudlar shuni nazarda tutishi lozimki, ma’muriy organning yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan alohida bo‘linmasi yoki mansabdor shaxsga nisbatan talab qo‘yilganda, sud MSIYutK 42-moddasi qoidalariga rioya qilgan holda, ish bo‘yicha javobgar sifatida tegishli organni jalb etish to‘g‘risidagi masalani hal qilishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2021-yil 20-aprelrdagi 19-sonli qaroriga asosan to‘rtinchi va beshinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan)
14. Qarorni haqiqiy emas deb topish, harakatni (harakatsizlikni) qonunga xilof deb topish to‘g‘risidagi ariza (shikoyat) MSIYutK 128, 187-moddalariga muvofiq rasmiylashtirilishi hamda qonunda belgilangan tartibda va miqdorda davlat boji to‘langan bo‘lishi lozim.
Ariza (shikoyat) shakli va mazmuniga nisbatan MSIYutK 187-moddasida belgilangan talablarni inobatga olib, unda jumladan, quyidagilar ko‘rsatilishi kerak:
15. Arizaga (shikoyatga) MSIYutK 130-moddasida ko‘rsatilgan hujjatlar, shuningdek, nizolashilayotgan qaror nusxasi ilova qilinadi.
Sudlarning e’tibori shunga qaratilsinki, MSIYutK 134-moddasining birinchi qismiga muvofiq, arizaga qarorni ilova qilmaslik arizani qaytarishga asos bo‘lmaydi. Sud nizolashilayotgan qarorni arizachining iltimosnomasiga ko‘ra yoki o‘z tashabbusi bilan ma’muriy organdan talab qilib olishga haqli.
16. MSIYutK 92-moddasiga ko‘ra, sud arizachining yoki manfaati borasida ariza berilgan shaxsning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilishining aniq xavfi mavjud bo‘lsa va bunday choralarni ko‘rmay turib, ularni himoya qilish mumkin bo‘lmagan yoxud qiyin bo‘lgan hollarda dastlabki himoya choralarini ko‘rishga haqli.
Agar nizolashilgan qaror ijrosining majburiy to‘xtatib turilishi qonunda nazarda tutilgan bo‘lsa (masalan, “Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni 19-moddasining uchinchi qismi, “Raqobat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 34-moddasi), sudya arizachi sudga murojaat qilganligi munosabati bilan nizolashilayotgan qarorning bajarilishi ma’muriy organ yoki mansabdor shaxs tomonidan to‘xtatilgan- to‘xtatilmaganligini tekshirishi shart. Agar bu amalga oshirilmagan bo‘lsa, sud sudning hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirguniga qadar mazkur qarorning harakatini to‘xtatib turish haqida ajrim chiqarishi lozim.
17. MSIYutK 67-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq, mazkur toifaga oid ishlar bo‘yicha nizolashilayotgan qarorning, harakatning (harakatsizlikning) qonuniyligini isbotlash majburiyati hujjatni qabul qilgan yoki nizolashilayotgan harakatni (harakatsizlikni) sodir etgan organ yoki mansabdor shaxs zimmasiga yuklatiladi.
18. Shuni nazarda tutish lozimki, ma’muriy organlar va ular mansabdor shaxslari qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat berish to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rishda, sud O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining da’vo muddati to‘g‘risidagi normalarini qo‘llashga haqli emas va faqat MSIYutK hamda tegishli huquqiy munosabatlarni tartibga soluvchi qonunlarda nazarda tutilgan muddatlargagina asoslanishi kerak.
21. MSIYutK 189-moddasiga muvofiq, sud nizolashilayotgan qaror, harakat (harakatsizlik) qonun hujjatlariga zid ekanligini va arizachining huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini buzayotganligini aniqlasa, ma’muriy organ, uning mansabdor shaxsi qarorini to‘liq yoki muayyan qismini haqiqiy emas, harakatini (harakatsizligini) qonunga xilof deb topish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
22. Ish bo‘yicha hal qiluv qarori qabul qilishda, sud MSIYutK 189-moddasida mavjud xususiyatlarni inobatga olgan holda MSIYutK 19-bobida nazarda tutilgan umumiy qoidalarga amal qilishi lozim.
25. Sudlarga tushuntirilsinki, MSIYutK 276-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq qarorni haqiqiy emas yoki harakatni qonunga xilof deb topish to‘g‘risidagi sud hujjatining ijrosi ma’muriy organga yuboriladigan sudning hal qiluv qarori (qarori) asosida amalga oshirilib, unda yo‘l qo‘yilgan qonun buzilishini bartaraf etish uchun muddat ko‘rsatilishi lozim.

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi