Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

×
 ×
Qishki sport turlarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida

O‘zbekistonda qishki sport turlarini 2020 — 2023-yillarda rivojlantirish dasturi

Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 19-iyundagi PQ-4755-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.06.2020-y., 07/20/4755/0783-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 19-iyundagi PQ-4755-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.06.2020-y., 07/20/4755/0783-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(11-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
(11-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-yanvardagi PF-52-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.01.2022-y., 06/22/52/0029-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(11-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 7-oktabrdagi PF-6320-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.10.2021-y., 06/21/6320/0940-son)
Oldingi tahrirga qarang.

T/r

Amalga oshiriladigan tadbirlar

Bajarish

muddati

Moliyalashtirish

manbalari

Ijro uchun mas’ullar

I. Sport inshootlarini qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash orqali ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, zamonaviy sport asbob-uskunalari va anjomlari bilan jihozlash, sohada xususiy sektorni rivojlantirish

1.

Sportning qishki va murakkab texnik sport turlari bo‘yicha respublika oliy sport mahorati maktabining Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumani, Chimyon qishlog‘ida joylashgan “Paxtakor” sport bazasi, unga tutash bo‘lgan ikkita dor yo‘li hamda chang‘ida uchish trassasini rekonstruksiya qilish va zamonaviy sport asbob-uskunalari va jihozlari bilan ta’minlash.

2023 — 2025-yillarda

O‘zbekiston Respublikasining Investitsiya dasturi doirasida,
ijrochilar mablag‘lari

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi,
Sportni rivojlantirish vazirligi,
Moliya vazirligi

3.

O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi “Sertifikatlashtirish va kompyuterlashtirish markazi” davlat korxonasining Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumanida joylashgan “Byeldirsoy” sport bazasida xalqaro va respublika darajasidagi musobaqalarni o‘tkazish uchun yengil konstruksiyali bino va inshootlar barpo etish, yo‘l-transport infratuzilmasini yaxshilash, dor yo‘lini zamonaviy anjom, asbob-uskunalari va jihozlari bilan ta’minlash.

2021-yil
1-yanvar

Ijrochilar mablag‘lari

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi,
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi

4.

Davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida xalqaro standartlarga javob beradiganyengil konstruksiyali yopiq muz qoplamali maydonlarni qurish hamda ularni zamonaviy sport asbob-uskunalariva jihozlari bilan ta’minlash.

2023 — 2026-yillar davomida

Xususiy sheriklar mablag‘lari

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, qishki sport turlari bo‘yicha federatsiyalar (uyushmalar)

5.

Sportning qishki va murakkab texnik sport turlari bo‘yicha respublika oliy sport mahorati maktabiga 1 ta maxsus avtotransport (avtobus) vositasini ajratish hamda uni saqlashga limit ajratilishini ta’minlash.

2020-yil
1-sentabr

O‘zbekiston Respublikasi respublika budjet mablag‘lari

Moliya vazirligi,
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

6.

O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi tizimidagi sport ta’lim muassasalarini qishki sport turlari bo‘yicha ehtiyojdan kelib chiqqan holda sport asbob-uskunalari va anjomlari bilan bosqichma-bosqich ta’minlash.

2021 — 2023-yillar davomida

Sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejasida nazarda tutilgan mablag‘lar
doirasida

Yoshlar siyosati va sport vazirligi,
Moliya vazirligi,
qishki sport turlari bo‘yicha federatsiyalar (uyushmalar)

7.

Tadbirkorlik subyektlari, idora va tashkilotlarga belgilangan tartibda jismoniy tarbiya va sport-sog‘lomlashtirish majmualari va sport inshootlarini qurish uchun belgilangan tartibda bino ajratish.

Murojaatga muvofiq

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,
Yoshlar siyosati va sport vazirligi

8.

Investorlarni jalb qilgan holda Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, Beruniy shoh ko‘chasi 41-uyda joylashgan “O‘zko‘rgazmasavdo” binosi bazasida qishki sport turlari (figurali uchish, short-trek, kyorling va boshqa) bo‘yicha musobaqalar o‘tkazish, ko‘rgazmalar hamda forumlar tashkil etishga mo‘ljallangan zamonaviy muz saroyini tashkil etish.

2021-yil
1-iyul

Investorlar mablag‘lari

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi,
Innovatsion rivojlanish vazirligi,
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

II. Qishki sport turlari bo‘yicha kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, davlat sport ta’lim muassasalarini xorijiy adabiyotlar bilan ta’minlash

9.

2020-yilda O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida qishki sport turlari kafedrasini tashkil qilish.

2020-yil
1-avgust

Universitetga budjetdan ajratilgan mablag‘lar doirasida

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi,
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

10.

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga 2020/2021 o‘quv yili uchun ajratilgan qabul parametrlarini yo‘nalishlar bo‘yicha taqsimlashda qishki sport turlari uchun o‘rin ajratilishini ta’minlash.

2020yil
1-mart

Universitetga budjetdan ajratilgan mablag‘lar doirasida

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi,
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

11.

O‘zbekistonda qishki sport turlarini rivojlantirish va bu soha uchun malakali trenerlarni tayyorlash muammolariga bag‘ishlangan davlat ilmiy texnik dasturlari doirasida ilmiy-amaliy loyihalar tanlovini tashkil qilish.

2020-yil
15-fevraldan boshlab
har yili

Ijr?chilar mablag‘lari

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi,
Fanlar akademiyasi,
Yoshlar siyosati va sport vazirligi

12.

“El-yurt umidi” jamg‘armasining stipendiya tanlovlarida ishtirok etib g‘olib bo‘lganlarini xorijiy ta’lim va ilmiy muassasalarida ta’lim olish, malaka oshirish, stajirovka o‘tashlarini tashkil etish.

2020-yil
1-sentabrdan boshlab
har yili

“El-yurt umidi” jamg‘armasi mablag‘lari

“El-yurt umidi” jamg‘armasi,
Yoshlar siyosati va sport vazirligi

13.

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti hamda Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni ilmiy-metodik ta’minlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazini qishki sport turlari bo‘yicha zamonaviy texnik vositalar va maxsus laboratoriya uskunalari (anjomlari) bilan jihozlash.

2021-yil
1-dekabr

Innovatsion rivojlantirish
va novatorlik g‘oyalarini
qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari

Innovatsion rivojlanish vazirligi,
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi,
qishki sport turlari bo‘yicha federatsiyalar (uyushmalar)

III. Yuqori malakali xorijiy sportchi, trener va boshqa mutaxassislarni o‘quv-mashg‘ulot jarayonlariga keng jalb qilishorqali sportchi va trenerlarkasbiy tajribasini orttirish

14.

Qishki sportturlarini rivojlantirish, o‘quv-mashg‘ulot jarayonida ilmiy-uslubiy texnologiyalarni takomillashtirish, terma jamoalarni tayyorlashda yuqori natijalarga erishgan xorijiy mamlakatlar tajribasini o‘rganish (Rossiya, Koreya Respublikasi, Yaponiya, Germaniya, Fransiya, Shveysariya, AQSh, Kanada davlatlari misolida).

2020-yil
1-dekabr

O‘zbekiston Respublikasi respublika budjet mablag‘lari

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi,
Milliy Olimpiya qo‘mitasi,
qishki sport turlari bo‘yicha federatsiyalar (uyushmalar)

15.

O‘quv-mashg‘ulot jarayonining o‘quv-uslubiy va ilmiy-uslubiy kompleksini ishlab chiqish uchun olimlar, o‘qituvchilar, shifokorlar, fiziologlar, diyetolog va yetakchi sport mutaxassislaridan tarkib topgan kompleks ilmiy guruhlarini tuzish.

2020-yil
1-aprel

Ijrochilar mablag‘lari
va homiylik xayriyalari

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi,
Sog‘liqni saqlash vazirligi,
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,
Xalq ta’limi vazirligi,
Milliy Olimpiya qo‘mitasi,
qishki sport turlari bo‘yicha federatsiyalar (uyushmalar)

16.

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti hamda Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutiga qishki sport turlari bo‘yicha nufuzli xorijiy sport-ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilarini jalb etish, ular ishtirokida anjumanlar, amaliy mahorat saboqlari va namunali o‘quv darslarini o‘tkazish hamda o‘quv, sport va ilmiy-tadqiqot ishlari yuzasidan hamkorlik ishlarini amalga oshirish.

2020-yil
15-fevraldan boshlab
har yili

Ijrochilar mablag‘lari
va homiylik xayriyalari

Yoshlar siyosati va sport vazirligi,
Milliy Olimpiya qo‘mitasi,
qishki sport turlari bo‘yicha federatsiyalar (uyushmalar)

17.

Qishki sport turlari bo‘yicha turli darajadagi xalqaro sport musobaqalarida O‘zbekiston sport delegatsiyasi ishtirokini ta’minlash.

Musobaqa o‘tadigan davrlarda

Sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejasida nazarda tutilgan mablag‘lar doirasida

Yoshlar siyosati va sport vazirligi,
Milliy Olimpiya qo‘mitasi,
qishki sport turlari bo‘yicha federatsiyalar (uyushmalar)

18..

Pekin shahrida (Xitoy) bo‘lib o‘tadigan IX qishki Osiyo o‘yinlariva XXIV qishki Olimpiya o‘yinlaridaO‘zbekiston sport delegatsiyasiningmuvaffaqiyatli ishtirokinita’minlash.

2022-yil
1-mart

Sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejasida nazarda tutilgan mablag‘lar doirasida

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi,
Milliy Olimpiya qo‘mitasi,
qishki sport turlari bo‘yicha federatsiyalar (uyushmalar)

IV. Qishki sport turlari bo‘yicha saralash (seleksiya) ishlarini tashkil etish uchun bolalar, o‘smirlar va yoshlarni qishki sportturlari bilan muntazam shug‘ullanish, aholining sog‘lom turmush tarziga jalb etishga yo‘naltirilgan jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish, sport va tarbiyaviy ishlarni olib borishni tashkil etish

19.

Mavjud sport infratuzilmasini inobatga olgan holda davlat sport ta’limi muassasalarida sportning qishki turlari, ayniqsa konkida figurali uchish, short-trek, kyorling, xokkey turlari bo‘yicha bo‘limlarni tashkil etish.

2023-yil
1-avgust

Muassasalarning budjet
va budjetdan tashqari mablag‘lari doirasida

Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, qishki sport turlari bo‘yicha federatsiyalar (uyushmalar)

20.

Ko‘rgazmali materiallar, multislaydlar, filmlar orqali aholining keng qatlamlari, ayniqsa o‘smir-yoshlarga qishki sport turlari haqida tushunchalar berish, ularning ushbu sport turlariga bo‘lgan qiziqishini orttirish.

2020-yil
1-oktabr

Ijrochilar mablag‘lari
va homiylik xayriyalari

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi,
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, qishki sport turlari bo‘yicha federatsiyalar (uyushmalar)

21.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida qishki sport turlari bo‘yicha saralash, seleksiya ishlarini tashkil etish uchun bolalar va o‘smirlar yuqori darajadagi iqtidorini aniqlashga imkon beruvchi sport tadbirlarini tashkil etish.

2020-yil
15-fevraldan boshlab
har yili

Ijrochilar mablag‘lari
va homiylik xayriyalari

Yoshlar siyosati va sport vazirligi,
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi,
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, qishki sport turlari bo‘yicha federatsiyalar (uyushmalar)

22.

Qishki sport turlari bo‘yicha respublika miqyosidagi musobaqalarni o‘tkazish, g‘olib sportchilarni aniqlash va tantanali ravishda taqdirlash:

1-bosqich — tuman (shahar) miqyosida;

2-bosqich — hududlar miqyosida;

3-bosqich — respublika miqyosida (final).

2020-yil
15-fevraldan boshlab
har yili

Sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejasida nazarda tutilgan mablag‘lar doirasida

Yoshlar siyosati va sport vazirligi,
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, qishki sport turlari bo‘yicha federatsiyalar (uyushmalar)

23.

Davlat sport ta’limi muassasalari sportchilari o‘rtasida qishki sport turlari bo‘yicha hududiy, respublika va xalqaro o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini o‘tkazish.

2020-yil
15-fevraldan boshlab
har yili

Sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejasida nazarda tutilgan mablag‘lar doirasida

Yoshlar siyosati va sport vazirligi,
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, qishki sport turlari bo‘yicha federatsiyalar (uyushmalar)

24.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida joylashgan sport maktablari tarbiyalanuvchilari o‘rtasida turli davra suhbatlari, shoular, “onlayn” muloqotlar, mahorat saboqlari hamda umumta’lim maktablarida davra suhbatlarini o‘tkazish.

2021-yil
1-mart

Ijrochilar mablag‘lari
va homiylik xayriyalari

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi,
Xalq ta’limi vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari

25.

Qishki sport turlari bo‘yicha tashkil etiladigan tadbirlarni ommaviy axborot vositalarida keng yoritish.

2020-yil
15-fevraldan boshlab har yili

Ijrochilar mablag‘lari
va homiylik xayriya

O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi, Yoshlar siyosati va sport vazirligi,
Milliy Olimpiya qo‘mitasi

26.

2021-yil Xitoyda bo‘lib o‘tadigan qishki Osiyo o‘yinlarining ochilish va yopilish marosimini hamda O‘zbekiston sport vakillarining ishtirokidagi namoyishlarni to‘g‘ridan to‘g‘ri O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining “Sport” telekanali orqali yoritish huquqi olinishini tashkil etish.

Musobaqa o‘tadigan davrlarda

Tashkilotchilar,
ijrochilar mablag‘lari
va homiylik xayriya

Milliy Olimpiya qo‘mitasi,
Yoshlar siyosati va sport vazirligi,
O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi

27.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkillashtiriladigan qishki sport turlari bo‘yicha sport musobaqalarini ijtimoiy reklamali axborot sifatida bepul joylashtirish.

2020-yil
15-fevraldan boshlab har yili

Yoshlar siyosati va sport vazirligi,
O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi

28.

Rivojlantirilayotgan qishki sport turlarini keng targ‘ib qilishmaqsadida respublika va mahalliy teleradiokanallar, bosma va Internet nashrlari orqali turkum ko‘rsatuv
va eshittirishlarni efirga uzatish hamda maqolalar chop etish.

2020-yil
15-fevraldan boshlab har yili

Ijrochilar mablag‘lari
va homiylik xayriya

O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi va boshqa ommaviy axborot vositalari

29.

Mamlakatda tashkil etiladigan qishki sport turlari bo‘yicha reytingli va nufuzli xalqaro musobaqalariishtirokchi sovrindorlarito‘g‘risidaturkum ko‘rsatuvlar tayyorlash va onlayn tarzda aholiga yetkazish.

2020-yil
1-apreldan boshlab
doimiy

Ijrochilar mablag‘lari
va homiylik xayriya

O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi

30.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida qishki sport turlarini targ‘ib qiluvchi ijtimoiy roliklar, teleko‘rsatuvlar va radioeshittirishlar, maqolalar yaratish va ularni ommaviy axborot vositalarida yoritish, aholi yashaydigan joylarda targ‘ibot bannerlarini joylashtirish.

2020-yil
15-fevraldan boshlab doimiy

Ijrochilar mablag‘lari
va homiylik xayriya

O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi va boshqa ommaviy axborot vositalari, “Tasviriy oyina” ijodiy uyushmasi

(ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi