Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 23-oktabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga mo‘ljallangan strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5853-son Farmoni ijrosini ta’minlash, xususan davlat buyurtmasi asosida boshoqli don yetishtirish amaliyotini bekor qilish, xarid qilish va sotishda bozor tamoyillarini keng joriy etish, qishloq xo‘jaligida mehnat unumdorligini oshirish va manfaatdorlikni ta’minlashga qaratilgan qulay agrobiznes muhitini yaratish maqsadida:
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 6-iyuldagi PF-108-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.07.2023-y., 06/23/108/0460-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band “b” kichik bandining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-noyabrdagi PF-193-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.11.2023-y., 06/23/193/0844-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band “b” kichik bandining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-noyabrdagi PF-193-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.11.2023-y., 06/23/193/0844-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band “b” kichik bandining to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 9-iyundagi PF-150-sonli Farmoniga asosan 2022-yil 1-iyuldan chiqariladi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.06.2022-y., 06/22/150/0516-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band “b” kichik bandining to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-noyabrdagi PF-193-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.11.2023-y., 06/23/193/0844-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band “b” kichik bandining beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-noyabrdagi PF-193-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.11.2023-y., 06/23/193/0844-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-fevraldagi PF-36-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.02.2024-y., 06/24/36/0130-son)

T/r

Tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

Mas’ul ijrochilar

1.

Ichki bozorda don va non mahsulotlari narxlari barqarorligini ta’minlash tadbirlarini amalga oshirish uchun bug‘doyni xarid qilish tartibini ishlab chiqish: Bunda:

don narxlari barqarorligini ta’minlash tadbirlarini amalga oshirish uchun hududlar kesimida xarid qilinadigan g‘alla hajmini aniqlash;

xarid qilinadigan g‘alla uchun hisob-kitoblarni amalga oshirish nazarda tutiladi.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2020-yil 1-may

Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Davlat statistika qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi
va viloyatlar hokimliklari

2.

Don va non mahsulotlari barqarorligini ta’minlash tadbirlarini amalga oshirish uchun xarid qilinadigan g‘allani saqlash tartibini ishlab chiqish.

Bunda, don va non mahsulotlari narxlari barqarorligini ta’minlash uchun sotib olinadigan donni saqlash sig‘imlarini sertifikatlash nazarda tutiladi.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2020-yil 1-aprel

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majm�i ustidan nazorat qilish inspeksiyasi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, “O‘zstandart” agentligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Adliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi,
“O‘zdonmahsulot” AK

3.

“O‘zdonmahsulot” AK tizimiga kiruvchi don korxonalarini 2020-2021-yillarda isloh qilish uchun Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzurida budjetdan tashqari Davlat aktivlarini boshqarish, transformatsiya va xususiylashtirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobiga moliyalashtiriladigan Loyiha ofisini tuzish.

2020-2021-yillarda amalga oshiriladigan choralar “Yo‘l xaritasi”ni tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish. Bunda:

korxonalarning don saqlash sig‘imlarini (quvvatlarini) xatlovdan o‘tkazish;

“O‘zdonmahsulot” AK tarkibidagi don korxonalari qarzdorliklarining (debitor-kreditor) hamda asosiy vositalarining xatlovdan o‘tkazilishini ta’minlash;

“O‘zdonmahsulot” AK tarkibidagi don korxonalarini 2020-2021-yillarda belgilangan tartibda bosqichma-bosqich xususiy sektorga sotish chora-tadbirlarini belgilash.

Loyiha ofisini tuzish



Chora-tadbirlar rejasi

2020-yil 20-mart



2020-yil 10-may

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, manfaatdor vazirlik va idoralar


Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Loyiha ofisi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, “O‘zdonmahsulot” AK, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

4.

“O‘zdonmahsulot” AK tarkibidagi korxonalarda saqlanayotgan davlat zaxirasidagi bug‘doyni belgilangan tartibda xatlovdan o‘tkazib, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat zaxirasi qo‘mitasi bilan birgalikda uning hisobini yuritish choralarini ko‘rish.

Don va non mahsulotlari narxlari barqarorligini ta’minlash tadbirlari uchun xarid qilinadigan bug‘doyning hisob-kitobi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi balansida yuritiladi hamda ushbu donning sifati, shuningdek, miqdori uchun “O‘zdonmahsulot” AK tarkibidagi korxonalar va xususiy korxonalar mas’ul hisoblanadi.

Davlat zaxirasidagi bug‘doyni almashtirishning amaldagi tartibi saqlab qolinadi.

Chora-tadbirlar rejasi

2020-yil 20 aprel

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat zaxirasi qo‘mitasi, “O‘zdonmahsulot” AK, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Moliya vazirligi

5.

Don saqlashga talabgor bo‘lgan, mulkchilik shaklidan qat’i nazar barcha don qabul qilish korxonalarining laboratoriyalari va tarozilarini xatlov hamda attestatsiyadan o‘tkazish, ruxsatnomalar berish, don saqlashga ruxsat etilgan korxonalar ro‘yxati hamda ularning don saqlash quvvatlarini ommaviy axborot vositalarida e’lon qilish.

Don va non mahsulotlari narxlari barqarorligini ta’minlash tadbirlarini amalga oshirish uchun sotib olingan g‘alla saqlanayotgan omborlarda g‘allaning sifati va miqdori bo‘yicha to‘g‘ri saqlanishi yuzasidan oylik nazorat o‘rnatilishini ta’minlash.

Chora-tadbirlar dasturi

2020-yil 25-aprel

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi, “O‘zstandart” agentligi, “O‘zdonmahsulot” AK, Tegirmonchilar uyushmasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi
va viloyatlar hokimliklari

6.

Don va non mahsulotlariga bo‘lgan talabni tahlil qilish, don va non mahsulotlari narxlari barqarorligini ta’minlash uchun xarid qilinadigan bug‘doy hajmining prognoz ko‘rsatkichlarini ishlab chiqish.

Chora-tadbirlar rejasi

Har yili
mavsum oldidan

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Moliya vazirligi, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi

7.

2020-yil hosilidan don va non mahsulotlari narxlari barqarorligini ta’minlash uchun sotib olinadigan bug‘doy uchun shartnoma munosabatlarini qayta ko‘rib chiqish.

Bunda, tuzilgan kontraktatsiya shartnomalari hajmini 25 foizga kamaytirib, 2020-yilda Moliya vazirligi huzuridagi Jamg‘arma tomonidan 2 265 ming tonna (tovar don va urug‘lik don) bug‘doyni xarid qilish choralari ko‘riladi.

Namunaviy shartnoma loyihasi

Kompleks chora-tadbirlar

2020-yil 15 mart

Adliya vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, “O‘zdonmahsulot” AK, Moliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

8.

Fermer xo‘jaliklari ixtiyorida qolgan donni don saqlovchi sig‘imlarga ega bo‘lgan korxonalarda shartnoma asosida saqlashni tashkil etish.

Amaliy chora-tadbirlar

2020-yil 15-may,
doimiy

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari

9.

Fermer xo‘jaliklari tomonidan donni birjada sotish mavzusida o‘quv seminarlari o‘tkazish, xo‘jaliklar bilan birja brokerlari o‘rtasida shartnomalar tuzilishini tashkil etish.

Chora-tadbirlar rejasi

2020-yil 1-aprel,
har yili g‘alla o‘rim-yig‘im mavsumidan oldin

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Respublika tovar xomashyo birjasi, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

10.

Jahon bozori, mintaqaviy birjalar narxlari hamda g‘alla yetishtirishning prognoz xarajatlari tahlilidan kelib chiqib, hosil yilida kutilayotgan minimal narxlarni e’lon qilib borish.

Byulleten chop etish, ommaviy axborot vositalarida e’lon qilish

Har yili 1-avgust

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

11.

Ichki bozorda don narxlari barqarorligini ta’minlash tadbirlarini amalga oshirish uchun xarid qilingan donni temir yo‘lda tashishda imtiyozli tariflarni belgilash mexanizmlarini ishlab chiqish.

Amaliy chora-tadbirlar

2020-yil 5-aprel

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi, Moliya vazirligi

12.

Donni qabul qilish, dastlabki ishlov berish (tozalash, quritish), qayta ishlashga mo‘ljallangan loyihalarni ko‘paytirish choralarini ko‘rish.

Bunda, donni qabul qilish, dastlabki ishlov berish (tozalash, quritish), qayta ishlashga mo‘ljallangan uskunalarni olib kirganlik uchun mavjud bojxona to‘lovlari stavkalarini kamaytirish ko‘zda tutiladi.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2020-yil 1-iyun

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi, tijorat banklari

13.

“Omborxona guvohnomasi” va “Agrar guvohnomasi” kabi moliyaviy hujjatlardan foydalanishni amaliyotga kiritishning huquqiy asoslarini yaratish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2020-yil 1-iyun

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Adliya vazirligi, Markaziy bank, manfaatdor vazirlik va idoralar

14.

2020-yil don hosilini o‘rish-yig‘ish davrida texnika ta’minoti uzluksizligini ta’minlash maqsadida tumanlar kesimida muvofiqlashtiruvchi shtablarni tashkil etish.

Amaliy chora-tadbirlar

2020-yil may

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, “O‘zagroservis” AJ, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi
va viloyatlar hokimliklari

15.

Don va non mahsulotlari narxlari barqarorligini ta’minlash uchun sotib olingan bug‘doyning sifati va miqdori yuzasidan monitoring yuritish hamda choraklik va yillik ma’lumotlarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritib borish.

Amaliy chora-tadbirlar

2020-yil iyul-avgust
Davriy o‘rganishlar o‘tkazish davrida

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi, “O‘zstandart” agentligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi

16.

Hududlarda donni qayta ishlashga mo‘ljallangan loyihalarni ko‘paytirish choralarini ko‘rish.

Amaliy chora-tadbirlar

Doimiy ravishda

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi
va viloyatlar hokimliklari

17.

Narxlari (tariflari) davlat tomonidan tartibga solinadigan ijtimoiy ahamiyatli tovarlar (xizmatlar) va ularning strategik turlari ro‘yxatidan donni (xarid narxlari) chiqarish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2020-yil 1-aprel

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi, Moliya vazirligi, “O‘zdonmahsulot” AK

18.

Ushbu qarorning mazmun-mohiyati hamda maqsad va vazifalari to‘g‘risida maxsus teleko‘rsatuvlar tashkil etish, reklama roliklari tayyorlash orqali ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini ta’minlash.

Amaliy chora-tadbirlar

Har hafta

O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

1.

A. Aripov

O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Kengash raisi

2.

O‘. Barnoyev

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, Kengash raisi o‘rinbosari

3.

R. Gulyamov

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi

4.

B. Mavlonov

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi departament rahbari

5.

J. Qo‘chqorov

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari iqtisodiyot va sanoat vaziri

6.

M. Nurmuratov

Markaziy bank raisi

7.

J. Xodjayev

qishloq xo‘jaligi vaziri

8.

A. Ergashev

moliya vaziri o‘rinbosari

9.

S. Bekenov

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori

10.

A. Ravshanov

Vazirlar Mahkamasining kotibiyat mudiri

11.

A. Ortiqov

Vazirlar Mahkamasining kotibiyat mudiri

12.

A. Vaxobov

Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi boshlig‘i

13.

B. Musayev

Davlat soliq qo‘mitasi raisi

14.

A. Abdullayev

“Davyergeodezkadastr” qo‘mitasi raisi

15.

R. Mamatqulov

“Agrobank” ATB boshqaruvi raisi

16.

M. Abdullayev

“O‘zbekneftgaz” AJ boshqaruvi raisi

17.

A. Xaitov

O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi

18.

F. Po‘latov

“O‘zdonmahsulot” AK boshqaruvi raisi

19.

R. Xaitov

“O‘zagroservis” AJ boshqaruvi raisi

20.

J. Mirzamahmudov

“O‘zkimyosanoat” AJ boshqaruvi raisi

21.

A. Isroilov

Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi direktori, Kengash kotibi


Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi