Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

×
 ×
Hujjat 05.04.2022 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Konstitutsiya va qonun ustuvorligini ta’minlash, bu borada jamoatchilik nazoratini kuchaytirish hamda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019-yil 13-dekabrdagi PQ-4551-son qarorida belgilangan vazifalarni bajarish hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan fuqarolar va tadbirkorlik faoliyatiga taalluqli qarorlar qabul qilish jarayonining shaffofligini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-iyundagi 390-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.06.2021-y., 09/21/390/0588-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-iyundagi 373-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.06.2021-y., 09/21/373/0559-son)

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

Ijro uchun mas’ullar

1.

“E-qaror” elektron tizimini yaratish.

1. “E-qaror” elektron tizimining texnik topshirig‘ini ishlab chiqish.

2. “E-qaror” elektron tizimining dasturiy ta’minotini ishlab chiqish bo‘yicha belgilangan tartibda tanlov e’lon qilish.

3. “E-qaror” elektron tizimining dasturiy ta’minotini ishlab chiqish bo‘yicha g‘olib tashkilot bilan shartnoma tuzilishini ta’minlash.

4. “E-qaror” elektron tizimini ishlab chiqish.

2020-yil 1-iyun


2020-yil 15-iyun



2020-yil iyul-avgust



2020-yil dekabr

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov),

Adliya vazirligi (R. Davletov)

2.

“E-qaror” elektron tizimini Qashqadaryo viloyatidagi davlat organlari va tashkilotlarida joriy etish

1. Quyidagilarni o‘rganish uchun Qashqadaryo viloyatidagi davlat organlari va tashkilotlarini xatlovdan o‘tkazish:

ularni “E-qaror” elektron tizimga ulash;

mazkur davlat organlari va tashkilotlarning rahbarlari va mas’ul ijrochilarida elektron raqamli imzolarning mavjudligi;

“E-qaror” elektron tizimda ishlash bo‘yicha mas’ul xodimlarni biriktirish.

2. Xatlov yakunlariga ko‘ra Qashqadaryo viloyatidagi davlat organlari va tashkilotlarini O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Yangi texnologiyalar ilmiy-axborot markazi tomonidan belgilangan tartibda beriladigan elektron raqamli imzo bilan bepul ta’minlash.

3. Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining rahbarlari va ularning o‘rinbosarlari, shuningdek, mas’ul ijrochilar (tashkilot rahbari tomonidan aniqlanadi) “E-qaror” elektron tizimiga ulanishini ta’minlash.

2021-yil yanvar









2021-yil yanvar






2021-yil yanvar

Qashqadaryo viloyati hokimligi
(Z. Mirzayev),

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov),

Adliya vazirligi (R. Davletov),

Davlat soliq qo‘mitasi
(B. Musayev)

3.

Qashqadaryo viloyati tuman (shahar) hokimliklarida “E-qaror” elektron tizimida ishlashning mohiyati va tartibini tushuntirish.

1. Mas’ul shaxslar kontingenti bilan belgilagan holda seminarlar o‘tkazish rejasini tasdiqlash hamda seminar o‘tkazuvchi mutaxassislar ro‘yxatini shakllantirish.

2. Seminar ishtirokchilari uchun tarqatma materiallar tayyorlash.

3. Seminarlarni reja-jadval asosida samarali tashkil qilish.

2021-yil yanvar

Adliya vazirligi (R. Davletov),

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov),

Davlat soliq qo‘mitasi
(B. Musayev)

4.

Qashqadaryo viloyati mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida qarorlarni “E-qaror” elektron tizimi orqali qabul qilish bo‘yicha eksperiment o‘tkazish.

1. Qarorlar “E-qaror” elektron tizimi orqali faqat “E-qaror” elektron tizimi orqali qabul qilish, ro‘yxatdan o‘tkazish, ularga takrorlanmaydigan maxsus raqam berish va avtomatik tarzda e’lon qilinishini ta’minlash.

2. Eksperiment natijalari yuzasidan xulosa va takliflar tayyorlash.

2021-yil yanvar — may





Zaruratga ko‘ra

Qashqadaryo viloyati hokimligi
(Z. Mirzayev),

Adliya vazirligi

(R. Davletov),

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov)

5.

“E-qaror” elektron tizimini respublikaning barcha darajadagi mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida joriy etish.

1. Quyidagilarni o‘rganish uchun mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda hududiy davlat organlari va tashkilotlarini xatlovdan o‘tkazish:

ularni “E-qaror” elektron tizimga ulash;

mazkur tashkilotlarning rahbarlari va mas’ul ijrochilarida elektron raqamli imzolarning mavjudligi;

“E-qaror” elektron tizimda ishlash bo‘yicha mas’ul xodimlarni biriktirish.

2. Xatlov yakunlariga ko‘ra mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda davlat organlari va tashkilotlarini O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Yangi texnologiyalar ilmiy-axborot markazi tomonidan belgilangan tartibda beriladigan elektron raqamli imzo bilan bepul ta’minlash.

3. Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining rahbarlari va ularning o‘rinbosarlari, shuningdek, mas’ul ijrochilar (tashkilot rahbari tomonidan aniqlanadi) “E-qaror” elektron tizimiga ulanishini ta’minlash.

2021-yil iyul

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov),

Adliya vazirligi

(R. Davletov),

Davlat soliq qo‘mitasi
(B. Musayev)

6.

“E-qaror” elektron tizimida ishlash tartibini tushuntirish.

1. Mas’ul shaxslar kontingenti bilan belgilagan holda seminarlar o‘tkazish rejasini tasdiqlash hamda seminar o‘tkazuvchi mutaxassislar ro‘yxatini shakllantirish.

2. Seminar ishtirokchilari uchun tarqatma materiallar tayyorlash.

3. Seminarlarni reja-jadval asosida samarali tashkil qilish.

2021-yil iyun

Adliya vazirligi (R. Davletov),

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaz�rligi (Sh. Sadikov),

Davlat soliq qo‘mitasi
(B. Musayev)

7.

“E-qaror” elektron tizimining sifatli va uzluksiz faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash.

1. “E-qaror” elektron tizimini texnik qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ishlarni doimiy ravishda o‘tkazib borish.

2. “E-qaror” elektron tizimini muntazam takomillashtirib borish va modernizatsiya qilish.

Tizim ishga tushirilganidan so‘ng doimiy ravishda

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov),

Adliya vazirligi (R. Davletov)

Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-iyundagi 390-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.06.2021-y., 09/21/390/0588-son)

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi