Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

Ma’lumki, mamlakatimizda Konstitutsiya va qonun ustuvorligini ta’minlash demokratik huquqiy davlat barpo etishning bosh mezoni bo‘lib kelmoqda.
Yurtimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning samarasi, tinchlik va taraqqiyotning asosiy garovi ham Konstitutsiya va qonun ustuvorligini ta’minlash bilan bevosita bog‘liqdir. Shuning uchun ham hayotimizning barcha soha va tarmoqlarida mehnat qilayotgan insonlar, birinchi navbatda, rahbar xodimlar, fuqarolarning Konstitutsiya va qonunlarni puxta bilishi, ularning ijrosini to‘g‘ri tashkil etishi, bu qoidalarga butun jamiyat a’zolari qat’iy amal qilishi shart bo‘lgan muhitni yaratish g‘oyat muhim va dolzarb vazifaga aylanmoqda.
Mamlakatimizda jadal sur’atlar bilan olib borilayotgan o‘zgarish va yangilanishlar negizida, avvalambor, Konstitutsiyamizda belgilangan davlat organlarining xalq manfaatlariga xizmat qilishi lozimligi haqidagi qoidani amalda tatbiq etishdek ezgu maqsad mujassam ekani ham aynan shuni taqozo etmoqda.
Bu borada O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash uchun ko‘plab yangi qonunlar va qonunosti hujjatlari qabul qilinayotgani muhim ahamiyatga ega bo‘lmoqda.
Ayni vaqtda Konstitutsiya va qonun ustuvorligini ta’minlash qonun buzilishi bilan bog‘liq salbiy oqibatlarga qarshi samarali kurashishni hamda bunday holatning barvaqt oldini olishga qaratilgan ta’sirchan tizimni shakllantirishni talab etmoqda.
Shu bilan birga, Konstitutsiya va qonun ustuvorligiga erishishda jamoatchilik nazoratining ta’sirchan shakllarini joriy etish, ommaviy axborot vositalari vakillarining qonuniy haq-huquqlariga har qanday shaklda tazyiq o‘tkazishga yo‘l qo‘yilmaslik ham alohida ahamiyatga egadir.
1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 27 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimda belgilab berilgan vazifalarga muvofiq Konstitutsiya va qonun ustuvorligini ta’minlash, bu borada jamoatchilik nazoratini kuchaytirish hamda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi (keyingi o‘rinlarda Dastur deb yuritiladi) ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Konstitutsiya va qonun ustuvorligini, davlat organlari qarorlari, mansabdor shaxslarning xatti-harakatlari qonunlarga to‘liq muvofiq bo‘lishini ta’minlash, qonunlar ijrosini samarali tashkil etish;
Konstitutsiya va qonun ustuvorligiga erishishda davlat idoralari faoliyati ustidan jamoatchilik nazorati mexanizmlarini takomillashtirish, mustaqil va xolis ommaviy axborot vositalarini qo‘llab-quvvatlash, fuqarolik jamiyati institutlarini yanada rivojlantirish;
Konstitutsiya va qonunlarda belgilangan inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlarini oliy qadriyat sifatida yanada mustahkamlash, mulk daxlsizligini kafolatlash.
Oldingi tahrirga qarang.

T/r

Ma’ruzada belgilangan vazifalar

Amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar

Amalga oshirish shakli

Bajarish muddati

Ijro uchun mas’ullar

I. Konstitutsiya va qonunlar ustuvorligini ta’minlash, ularning samarali ijrosini tashkil etish

1.

“Konstitutsiya va qonun ustuvorligi — farovon hayot garovi” degan tushuncha fuqarolarimizning ongi va qalbida chuqur o‘rin egallashi hamda ijtimoiy ehtiyojga aylanishi uchun quyidagi masalalarga alohida e’tibor qaratish lozim.

Qonunlar ijrosini samarali tashkil etish, tizimli muammolarni oldindan ko‘ra bilish, qonun buzilishining salbiy oqibatlariga qarshi kurashish bilan birga bunday holatni barvaqt bartaraf etishga qaratilgan tizimni shakllantirish ayniqsa dolzarbdir.

Parlament, Hukumat va Oliy sud qabul qilinayotgan qonunlar ijrosini ta’minlashning samarali mexanizmlarini qo‘llashi zarur.

1.1. Davlat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari tomonidan qonunlarning hamda Qonunchilik palatasi va Senat qarorlarining ijrosini, shuningdek, huquqni qo‘llash amaliyotini joylarga chiqib o‘rganish.

1.2. Qonun hujjatlarining ijrosini va huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish yakunlari bo‘yicha davlat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari rahbarlarining axborotini eshitish.

1.3. Yangi qabul qilingan qonunlar ijrosini ta’minlash uchun qonunosti hujjatlarining o‘z vaqtida qabul qilinishi yuzasidan monitoringni amalga oshirish.

Tegishli ish rejalarini tasdiqlash va amalga oshirish

Ish rejani tasdiqlash — 2020-yil fevral

Amalga oshirish — ish rejaga muvofiq

Oliy Majlis palatalari
(kelishuv bo‘yicha)

1.4. Jismoniy va yuridik shaxslarning huquq va qonuniy manfaatlarini sud yo‘li bilan himoya qilishda qonunlarning bir xil va to‘g‘ri qo‘llanilishi holatlarini o‘rganish va natijalari yuzasidan sud amaliyotini muntazam umumlashtirib borish.

Plenum qarorini qabul qilish

2020-yil iyun

Oliy sud (Kamilov)

1.5. Qonunlar ijrosining maqsadli va kompleks o‘rganilishini hamda natijalarini reja asosida Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlislarida muhokama qilib borilishini ta’minlash.

Amaliy chora-tadbirlar

Kompleks o‘rganish — muntazam ravishda

Muhokama qilish — har chorakda

Vazirlar Mahkamasi

1.6. Tegishli soha va yo‘nalishlar bo‘yicha qonunlar ijrosini barcha vazirlik va idoralarning hay’at yig‘ilishlarida muhokama qilish.

Amaliy chora-tadbirlar

Muntazam ravishda

Barcha vazirlik
va idoralar

2.

Hozirgi vaqtda ayrim tarmoqlarda davlat-xususiy sheriklik bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish boshlandi. Ammo, sog‘liqni saqlash, ta’lim, transport, yo‘l qurilishi, kommunal xo‘jaligi kabi yo‘nalishlarda, aksariyat hududlarda hali bu borada tashabbus umuman sezilmayapti.

Vazir yoki hokim qonunning mazmun-mohiyatini tushunmasa, anglab yetmasa, uni hayotga tatbiq etishda jonbozlik ko‘rsatmasa, islohotlarimizning oldinga yurishi, odamlarda tashabbus uyg‘otish qiyin bo‘ladi.

2.1. Davlat-xususiy sheriklik masalalari bo‘yicha davlat organlari, mahalliy konsalting kompaniyalari, banklar, investorlar va boshqa tashkilotlar uchun, jumladan xalqaro moliya tashkilotlari bilan hamkorlikda tajribali xorijlik mutaxassislarni jalb qilgan holda, seminar-treninglar va davra suhbatlarini tashkil etish.

Amaliy chora-tadbirlar

Reja-grafik asosida

Sog‘liqni saqlash vazirligi (Shadmanov), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (Majidov), Xalq ta’limi vazirligi (Shermato�), Transport vazirligi (Mahkamov), Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi (Saliyev), Davlat-xususiy sheriklik agentligi (Xoljigidov)

2.2. Sog‘liqni saqlash tizimida tibbiy asboblarni sterilizatsiya qilish va tibbiyot chiqindilarini utilizatsiya qilish bo‘yicha davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish.

Amaliy chora-tadbirlar

2020-yil iyun

2.3. 10 ta nodavlat, shu jumladan davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida oliy ta’lim muassasalarini tashkil etish.

Amaliy chora-tadbirlar

2020-yil dekabr

2.4. Sog‘liqni saqlash, ta’lim, transport, yo‘l qurilishi va kommunal xo‘jaligi yo‘nalishlarida iqtisodiy, ijtimoiy va infratuzilmaviy vazifalarni hal etishga qaratilgan, xususiy investitsiyalarni jalb etish asosida amalga oshiriladigan tadbirlar sonini ko‘paytirish, bu borada amalga oshirilayotgan ishlarni jadallashtirish.

Amaliy chora-tadbirlar

Muntazam ravishda

3.

Qabul qilinayotgan qonunlar olib borayotgan islohotlarimiz bilan uyg‘un bo‘lgan taqdirdagina ishlaydi.

Ayrim qonunlarimiz zamon talablariga mos emas. Shu bois qonunlarni ijro etish mexanizmlarini aniq tizim asosida yaratish — dolzarb vazifamizdir.

Kelgusi yildan boshlab Adliya vazirligi qonunchilikni yangilash va tizimlashtirish bo‘yicha mutlaqo yangi ish uslubiga o‘tishi zarur.

3.1. Qonunchilik bazasini xatlovdan o‘tkazish orqali eskirgan, bugungi kun talablariga mos kelmaydigan, shuningdek, tizimlashtirilishi lozim bo‘lgan qonun hujjatlari ro‘yxatini shakllantirish.

Amaliy chora-tadbirlar

2020-yil mart

Adliya vazirligi (Davletov), manfaatdor vazirlik va idoralar

3.2. Shakllantirilgan ro‘yxatga asosan yangi qonun hujjatlarini qabul qilish rejasini ishlab chiqish.

Rejani tasdiqlash

2020-yil aprel

3.3. Qonunchilikni yangilash va tizimlashtirish bo‘yicha yangi tizimni yaratish yuzasidan takliflar ishlab chiqish.

Tahliliy ma’lumotlar, takliflar

2020-yil fevral

4.

Sudlarning chinakam mustaqilligini ta’minlash biz uchun eng ustuvor vazifadir. Ayniqsa, sud biron-bir mansabdor shaxsning qo‘li yetadigan idoraga aylanib qolishiga mutlaqo yo‘l qo‘ymaslik shart. Shu sababli sud ishlariga aralashgani yoki sudga bosim o‘tkazgani uchun javobgarlikni kuchaytirish lozim.

4.1. Sud ishlarini hal etishga aralashish, jumladan ishning har tomonlama, to‘la va xolisona o‘rganilishiga to‘sqinlik qilish, adolatsiz hukm, hal qiluv qarori, ajrim yoki qaror chiqarilishiga erishish maqsadida sudyaga turli shaklda ta’sir o‘tkazish holatlari bo‘yicha javobgarlikni kuchaytirish.

Qonun loyihasi

2020-yil aprel

Oliy sud (Kamilov), Bosh prokuratura (Yo‘ldoshev), DXX (Azizov), IIV (Bobojonov),
Adliya vazirligi (Davletov),

manfaatdor idoralar

4.2. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari o‘rtasida sud ishlarini hal etishga aralashish holatlarini profilaktika qilish yuzasidan tizimli ravishda o‘quv-amaliy mashg‘ulotlar va boshqa ta’sirchan choralar ko‘rib borish.

Profilaktika rejasini tasdiqlash va amalga oshirish

2020-yil yanvar

Bosh prokuratura (Yo‘ldoshev), DXX (Azizov), IIV (Bobojonov),

manfaatdor idoralar

4.3. Sudyaga hamda sudyalik faoliyati bilan bog‘liq holatlar bo‘yicha sobiq sudyaga nisbatan, ular tomonidan o‘ta og‘ir yoki oqibati inson o‘limi bilan bog‘liq qasddan jinoyat sodir etilgan holatdagina, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash tartibini joriy etish.

Qonun loyihasi

2020-yil iyun

Sudyalar oliy kengashi (Mingboyev), Oliy su������ (Kamilov)

5.

Advokatura institutini takomillashtirish orqali inson huquqlarini ta’minlashni yangi bosqichga ko‘tarish zarur.

Bunday achinarli holatga barham berish uchun avvalo advokatlar nufuzi va maqomini oshirish, advokatura institutining mustaqilligini ta’minlashimiz shart.

Yaqin istiqbolda Advokatura institutini rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqish lozim.

Advokatura institutini yanada takomillashtirish va advokatlar mavqeyini tubdan oshirish yuzasidan quyidagilarni nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjati loyihasini ishlab chiqish va belgilangan tartibda kiritish:

Advokatura institutini rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash;

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Advokatlar palatasi faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan vakolatlarini qayta ko‘rib chiqish orqali ushbu tuzilmaning roli va ahamiyatini yanada oshirish;

tergovchi, prokuror va sud tomonidan davlat hisobidan advokatlarni jalb qilish mexanizmini xalqaro standartlar asosida qayta ko‘rib chiqish;

advokatlar uchun qo‘shimcha imtiyozlar belgilash.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjati loyihasi

2020-yil aprel

Advokatlar palatasi (Ernazarov), Adliya vazirligi (Davletov), Oliy sud (Kamilov), Bosh prokuratura (Yo‘ldoshev), Moliya vazirligi (Ishmetov)

6.

Fuqarolarning Konstitutsiyada belgilangan mulk huquqi daxlsizdir va doim davlat himoyasida bo‘ladi.

Kelgusi yil 1-yanvardan boshlab hokimlarning qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni olib qo‘yish bo‘yicha vakolati Xalq deputatlari kengashlariga beriladi.

Shu paytga qadar hokimlar yerdan foydalanish huquqini beradigan qarorlarni o‘zlari qabul qilar, vaqti kelganda esa, ularni o‘zlari bekor qilishi ham mumkin edi. Endi ana shu vakolatni cheklashning fursati yetdi. Chunki bunday vakolat faqat hokimga berilishi turli adolatsizliklarga sabab bo‘lishini ko‘p misollar ko‘rsatmoqda.

Bunday masalalar endi faqat sud tartibida hal qilinadi.

6.1. Xususiy mulk huquqi daxlsizligini takomillashtirish yuzasidan “Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonunga tegishli o‘zgartirishlar kiritish.

Qonun loyihasi

2020-yil aprel

Oliy sud (Kamilov),Adliya vazirligi (Davletov)

6.2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va hokimliklarning yer uchastkalarini ajratib berish to‘g‘risida avval qabul qilingan qarorini bekor qilish yoki unga o‘zgartirish kiritish, shu jumladan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, hokimliklar yoki boshqa davlat organi tomonidan ma’muriy tartib-taomillarga rioya etilmaganligi sababli bekor qilish yoki unga o‘zgartirish kiritish yo‘li bilan yer uchastkalarini olib qo‘yishni qonun darajasida taqiqlash.

Qonun loyihasi

2020-yil mart

7.

Mamlakatimizda demokratik huquqiy davlat va erkin fuqarolik jamiyatini barpo etish uchun biz hayotimizning barcha jabhalarida konstitutsiyaviy nazoratni kuchaytirishimiz zarur.

“O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi to‘g‘risida”gi Qonunga quyidagilarni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish:

Konstitutsiyaviy sudga masalalar kiritish huquqiga ega bo‘lgan subyektlar doirasini Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil, shuningdek, fuqarolar va yuridik shaxslarni kiritish orqali kengaytirish;

Konstitutsiyaviy sudda ish yuritishning protsessual xususiyatlarini (sudga masala kiritish tartibi, sud muhokamasi, muddatlari, sud qarorlarining ijrosi va boshqalarni) tartibga soluvchi normalarni kiritish.

Qonun loyihasi

2020-yil may

Konstitutsiyaviy sud (Mirboboyev), Adliya vazirligi (Davletov)

II. Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish

8.

Har qanday demokratik islohotlar samarasi, tinchlik �a taraqqiyotning asosiy garovi ham Konstitutsiya va qonun ustuvorligi ta’minlanishi bilan bevosita bog‘liq.

Barcha bo‘g‘indagi kadrlar, u xoh vazir, hokim yoki oddiy fuqaro bo‘lsin, Konstitutsiya va qonunlarni puxta bilishi, ularning ijrosini to‘g‘ri tashkil etishi hamda birinchi navbatda bu qoidalarga butun jamiyat a’zolari qat’iy amal qilishi shart bo‘lgan muhit yaratishimiz zarur.

8.1. Davlat hokim�yat� va boshqaruvi organlari, shu jumladan mahalliy davlat hokimiyati organlarida har haftalik huquqiy ta’lim bo‘yicha o‘quv soatlarini joriy etish va muntazam ravishda o‘tkazib borilishini tashkil etish.

Bunda, jumladan yangi qabul qilinayotgan qonun hujjatlari mazmun-mohiyatini xodimlarga batafsil tushuntirib borish.

Amaliy chora-tadbirlar

2020-yil yanvar

Barcha vazirlik va idoralar

8.2. Davlat organlari va tashkilotlarida xodimlarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish, shu jumladan ularning huquqiy bilim darajasini oshirishga qaratilgan huquqiy maslahat kurslarini “respublika — viloyat — tuman” tamoyilida tashkil etish. Bunda:

tashkilot xodimlari uchun huquqiy bilimlarningminimal talablarini o‘rgatish bo‘yicha seminar-treninglar tashkil qilish;

xodimlarga mehnat qonunchiligi, Konstitutsiya, �nson huquqlari, korrupsiyaga qarshi kurash sohasidagi qonunchilik talablarini tushuntirish bo‘yicha ma’ruzalar tashkil qilish;

xodimlarga ularning faoliyatiga doir qonun hujjatlari mohiyatini tushuntirish va qo‘llash asoslarini o‘rgatish.

Amaliy chora-tadbirlar

Reja-grafik asosida

Adliya vazirligi (Davletov), Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi (Maksumov), manfaatdor vazirlik va idoralar

8.3. Davlat organlari va tashkilotlarida jamoatchilik asosida doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi huquqiy targ‘ibot guruhlarini tashkil qilish va ular tomonidan sohaga doir qonun hujjatlari normalarining xodimlar o‘rtasida tizimli ravishda targ‘ibot qilinishini ta’minlash.

Amaliy chora-tadbirlar

Reja-grafik asosida

Adliya vazirligi (Davletov), Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi (Maksumov), manfaatdor vazirlik va idoralar

9.

Biz qanchalik mukammal qonunlar yaratmaylik, qanday islohotlar o‘tkazmaylik, agar fuqarolarimizning huquqiy bilimi, ongi va madaniyati yetarli bo‘lmasa, kutilgan natijalarga erishish mushkul bo‘ladi.

Konstitutsiya va qonunlarga hurmat, huquqiy ong va madaniyat har bir fuqaroning, har bir mansabdor shaxsning hayot va faoliyat tarziga aylanmog‘i kerak.

Yaratganning bebaho ne’matlarini, hayotdagi ijobiy o‘zgarishlarni qadrlash tuyg‘usini farzandlarimiz qalbiga yoshligidan singdirib borishimiz zarur.

Oliy o‘quv yurtiga o‘qishga kirish, tadbirkorlikni boshlash uchun ruxsatnoma yoki litsenziya olish, soliq to‘lash kabi ko‘p-ko‘p kundalik hayotiy masalalarni hal etishda “qonunni chetlab o‘tish” bizning sharoitimizda yomon bir odatga aylangan edi.

Bunday illatning ildizlarini qirqishga qaratilgan ishlarni, qanday qiyin bo‘lmasin, asta-sekin amalga oshirmoqdamiz.

Ammo bu o‘zgarishlar tufayli jamiyatimiz salbiy illatlardan, qonunga bepisandlik holatlaridan batamom qutuldi, deb aytishga hali erta.

Biz jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish borasidagi ishlarimizni uzluksiz davom ettirishimiz zarur.

Huquqiy tarbiyani maktabgacha ta’lim tizimidan boshlashimiz, bu boradagi ilk ko‘nikmalar ona allasi kabi farzandlarimiz qalbidan umrbod joy olishi darkor.

Konstitutsiyamiz har bir fuqaroning ongi va qalbidan chuqur joy olgan, ularning huquq va erkinliklarini to‘liq kafolatlaydigan haqiqiy hayot qomusiga aylanmog‘i lozim.

Har bir soha va yo‘nalish, ta’limning barcha bosqichlari uchun huquqiy madaniyatni yuksaltirishning ilmiy asoslangan dasturi tayyorlanishi kerak.

9.1. Aholiga, ayniqsa, yoshlarga ularning huquqlarini tushuntirishda amaliy, ta’sirchan va innovatsion mexanizmlarni qo‘llashni nazarda tutuvchi Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish konsepsiyasini 2020-2021-yillarda samarali amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” loyihasini ishlab chiqish.

“Yo‘l xaritasi” loyihasi

2020-yil fevral

Adliya vazirligi (Davletov)

9.2. Xalq ta’limi tizimida huquqshunos-pedagog kadrlar yetishmovchiligi bilan bog‘liq muammolarni yechish va ushbu tizimda faoliyat yuritayotgan nomutaxassis oliy ma’lumotli kadrlarni huquqshunos-pedagog sifatida qayta tayyorlash bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2020-yil aprel

Adliya vazirligi (Davletov), Xalq ta’limi vazirligi (Shermatov), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (Majidov)

9.3. Bolalar uchun huquqiy mavzularda, odob-axloqning oddiy va kundalik qoidalarini bilishni, vatanparvarlik, qonunlarni hurmat qilish, davlat ramzlari bilan faxrlanish hamda milliy qadriyatlarini o‘rgatishni targ‘ib qiluvchi turli badiiy va multiplikatsion filmlar hamda audioertaklarni yaratish.

Amaliy chora-tadbirlar

2020-yil may

“O‘zbekkino” Milliy agentligi (Rizayev), Maktabgacha ta’lim vazirligi (Shin), Xalq ta’limi vazirligi (Shermatov), O‘zbe�i�ton yoshlar ittifoqi (Sa’dullayev), Adliya vazirligi (Davletov)

9.4. Aholining, shu jumladan bolalar va o‘quvchilarning yoshidan kelib chiqib Konstitutsiyani va inson huquqlarini o‘rganish bo‘yicha ko‘rgazmali qo‘llanmalar va adabiyotlarni tayyorlash va chop etish.

Umumta’lim maktablari uchun “Konstitutsiya alifbosi”, “Konstitutsiya saboqlari”, “Konstitutsiya asoslari” kabi darsliklarni yaratish.

Ta’lim muassasalarida huquqlar, erkinliklar va majburiyatlar haqidagi huquqiy bilimlarni o‘rgatish va o‘rganish yuzasidan minimal talablarni joriy qilish.

Amaliy chora-tadbirlar

2020-yil iyun

Maktabgacha ta’lim vazirligi (Shin), Xa�q ta’limi vazirligi (Shermatov),

Adliya vazirligi (Davletov),

9.5. OAV, rasmiy veb-saytlar va ijtimoiy tarmoqlarda huquqiy mavzularda maxsus ruknlar ochish va ularda doimiy ravishda huquqiy axborot va yangiliklar berib borish.

Amaliy chora-tadbirlar

2020-yil fevral

Adliya vazirligi (Davletov), Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (Allamjonov)

9.6. Aholiga, ayniqsa yoshlarga ularning huquqlarini tushuntirishda amaliy va ta’sirchan mexanizmlarni qo‘llashga qaratilgan “Street law” — “Oddiy huquq” loyihasini tizimli joriy qilish.

Amaliy chora-tadbirlar

Reja-grafik asosida

Adliya vazirligi (Davletov), Xalq ta’limi vazirligi (Shermatov), O‘zbekiston yoshlar ittifoqi (Sa’dullayev)

9.7. Barcha davlat organlari va tashkilotlarining o‘z sohasiga doir qabul qilinayotgan qonun hujjatlarini tahliliy tarzda, sodda va xalqchil tilda aholiga tushuntirish bo‘yicha innovatsion mexanizmlarni joriy etish, shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda alohida sahifalar ochish orqali huquqiy axborot yetkazish kanallarini ochish.

Amaliy chora-tadbirlar

2020-yil fevral

Barcha vazirlik va idoralar

9.8. Aholini qiynayotgan dolzarb muammolardan kelib chiqib, fuqarolarning huquqiy madaniyatini oshirishga xizmat qiladigan, shuningdek, huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan ta’sirchan teleko‘rsatuvlar va radioeshittirishlarni tayyorlash hamda tarqatish.

Amaliy chora-tadbirlar

Muntazam ravishda

MTRK (Xodjayev), Adliya vazirligi (Davletov)

9.9. Qabul qilingan qonun hujjatlarining mazmun-mohiyati va ahamiyatini aholiga tushuntirish bo‘yicha televideniyeda tahliliy tok-shou, bahs-munozara yo‘nalishidagi ko‘rsatuv va eshittirishlarni efirga uzatish.

Amaliy chora-tadbirlar

Muntazam ravishda

MTRK (Xodjayev), Adliya vazirligi (Davletov)

9.10. Jamiyatda aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish holatini o‘rganish va tahlil qilish maqsadida sotsiologik, maxsus, ilmiy tadqiqotlar hamda boshqa turdagi tadqiqotlar va so‘rovlar o‘tkazish.

Amaliy chora-tadbirlar

Reja-grafik asosida

Adliya vazirligi (Davletov), “Ijtimoiy fikr” jamoatchilik markazi (Ubaydullayeva)

10.

Hayotdagi adolat tantanasi, qonuniy haq-huquqlar tiklangani haqida qiziqarli ko‘rsatuvlar, seriallar, badiiy filmlar, teatr asarlari yaratish ham katta tarbiyaviy ahamiyatga ega.

Qonun va adolat t�ntanasi uchun kurashadigan insonlar bugungi kunning qahramonlari bo‘lishi kerak. Aynan shunday odamlarning hayoti shoir va adiblar, rejissorlar, jurnalistlar uchun ijodiy mavzu bo‘ladi.

10.1. Aholini qonunga bo‘ysunuv ruhida tarbiyalashga qaratilgan kinofilmlar yaratish va tizimli ravishda televideniye orqali berib borish.

Amaliy chora-tadbirlar

2020-yil may

“O‘zbekkino” Milliy agentligi (Rizayev), MTRK (Xodjayev), Madaniyat vazirligi (Sa�ful�a�v)

10.2. Odil sudlov, advokatlik hamda huquqshunoslik faoliyatini yoritishga qaratilgan badiiy film va serial yaratish.

Amaliy chora-tadbirlar

2020-yil noyabr

“O‘zbekkino” Milliy agentligi (Rizayev), MTRK (Xodjayev)

10.3. “Huquqni bilish foydali” tamoyilini keng ommaga singdirishga yo‘naltiri�gan 5 ta, shu jumladan bolalar uchun 2 ta teatr asari yaratilishini ta’minlash.

Amaliy chora-tadbirlar

2020-yil noyabr

Madaniyat vazirligi (Sayfullayev)

III. Jamoatchilik nazoratini amalga oshirish tizimini takomillashtirish

11.

Konstitutsiya va qonun ustuvorligiga erishishda jamoatchilik nazoratidan ko‘ra samarali vosita yo‘q.

Ayni vaqtda jamoatchilik nazorati “bir tomonlama vosita”ga aylanib qolmasligi kerak.

Davlat idoralari faqat fuqarolarga emas, balki o‘zlariga nisbatan tanqidiy fikrlarni ham adolat bilan, xolis ko‘rib chiqishlari lozim.

Konstitutsiyaga asosan sudlar o‘z faoliyatida mustaqil, lekin ularning chinakam nazoratchisi xalq bo‘lishi kerak.

Sudlar va tergov idoralari biron-bir ish yuzasidan chiqarilgan qaror bo‘yicha fuqarolarning jamoaviy murojaatlariga tushuntirish va huquqiy izohlar berishi zarur.

11.1. Sud tizimining ochiqligi, oshkoraligi va shaffofligini yangi bosqichga ko‘tarish. Bunda, jumladan quyidagilarni nazarda tutish:

sudlarning OAV bilan hamkorligini kuchaytirish;

fuqarolar va OAVning ochiq sud majlislarida ishtirok etish huquqini qonunga zid ravishda cheklash holatlarini bartaraf etish;

sudlarning rasmiy veb-saytlari va jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha xizmatlari (matbuot kotiblari) faoliyatini tubdan qayta ko‘rib chiqish va takomillashtirish;

ochiq sud majlislarida OAV vositalari vakillari va blogerlarning ishtiroki yuzasidan Oliy sud Plenumining qarorini qabul qilish.

“Yo‘l xaritasi” loyihasi

2020-yil fevral

Oliy sud (Kamilov), Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (Allamjonov), Bosh prokuratura (Yo‘ldoshev)

11.2. Fuqarolarning jamoaviy murojaatlari asosida sudlar va tergov idoralari tomonidan tushuntirish va huquqiy izohlar berishni joriy etish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2020-yil mart

Bosh prokuratura (Yo‘ldoshev), Oliy sud (Kamilov)

12.

Jamoatchilik nazorati — bu faqatgina davlat idoralari faoliyati ustidan nazorat emas, balki jamiyatning o‘zini o‘zi boshqarish usuli, boshqacha aytganda, fuqarolik jamiyatini taraqqiy toptirishning muhim omillaridan biridir.

Shuning uchun Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish bo‘yicha maslahat kengashi, Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish markazi, Nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi kelgusi yilda har bir soha va tarmoq bo‘yicha jamoatchilik nazoratini amalga oshirishning ta’sirchan tizimini yaratishga bosh-qosh bo‘lishi va tashabbus ko‘rsatishi lozim.

Jamoatchilik nazorati, birinchi navbatda, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat idoralari, moliya, bank, ta’lim, sog‘liqni saqlash, kommunal xo‘jalik, energetika va transport sohalarida joriy etilishi zarur.

12.1. Ilg‘or xorijiy tajribani o‘rgangan holda har bir soha va tarmoq bo‘yicha jamoatchilik nazoratini amalga oshirishning ta’sirchan hamda zamonaviy tizimini yaratish.

Kompleks dastur

2020-yil fevral

Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish bo‘yicha maslahat kengashi (Saidov), Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish markazi (Kamilov), NNTMA (Alimov)

12.2. Kompleks dasturni samarali amalga oshirish, bu jarayonga jamoatchilikni, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarini, OAV va boshqa fuqarolik jamiyati institutlarini keng jalb qilish.

Amaliy chora-tadbirlar

Kompleks dastur asosida

12.3. Jamoatchilik nazorati sohasida fuqarolik jamiyati institutlari bilan samarali hamkorlikning zamonaviy mexanizmlarini hamda ularning faoliyatini qo‘llab-quvvatlash choralarini joriy qilish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.

Tahliliy ma’lumotlar, takliflar

2020-yil mart

12.4. NNT va OAV o‘rtasida jamoatchilik nazoratini amalga oshirishning samarali va zamonaviy mexanizmlarini joriy etish hamda mazkur institutlarning jamiyat boshqaruvidagi ishtirokini kengaytirish bo‘yicha eng yaxshi takliflarning davlat granti tanlovlarini o‘tkazish.

Amaliy chora-tadbirlar

2020-yil aprel

Oliy Majlis huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi (Xusanov)

13.

Shahar va qishloqlarimiz qiyofasini o‘zgartirish, qurilish va obodonchilikka oid qarorlar, dastlab o‘sha hududdagi aholi o‘rtasida muhokama qilinib, jamoatchilik ekspertizasidan o‘tkazilishi shart.

Aholi maskanlarining me’moriy qiyofasini tubdan yangilash va obodonlashtirish, shuningdek, ularda kompleks qurilish va rekonstruksiya qilish ishlarini amalga oshirishga oid qarorlarni dastlab o‘sha hududdagi aholi o‘rtasida muhokama qilib, jamoatchilik ekspertizasidan o‘tkazish tartibini joriy etish.

Bunda davlat organlari tomonidan mazkur sohada qabul qilinadigan qarorlar loyihalarini oldindan e’lon qilish hamda NNT, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va OAV ishtirokida fuqarolarning, yuridik shaxslarning huquq va qonuniy manfaatlariga, jamiyat manfaatlariga muvofiqligini aniqlash uchun ularni o‘rganish va baholash mexanizmini nazarda tutish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2020-yil fevral

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (Xo‘jayev), Qurilish vazirligi (Zakirov), Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi (Saliyev), Adliya vazirligi (Davletov)

14.

Bozorlar va savdo majmualaridagi mahsulotlar va xizmat ko‘rsatish sifati kabi masalalar ham doimo jamoatchilik nazoratida bo‘lishi darkor.

14.1. Respublikaning barcha hududlarida iste’molchilarning murojaatlarini operativ qabul qilish imkonini beruvchi Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligining qisqa raqamli ishonch telefonini tashkil qilish.

Amaliy chora-tadbirlar

2020-yil yanvar

Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi (Xaitmetov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sadikov)

14.2. Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish, mahsulotlar va xizmat ko‘rsatish sif�ti masalalariga bag‘ishlangan maxsus veb-sayt hamda ijtimoiy tarmoqlarda sahifalar yaratish.

Amaliy chora-tadbirlar

2020-yil mart

14.3. Iste’molchilarning axborot xabardorligini ta’minlash maqsadida bozorlar va savdo majmualarida “Iste’molchi burchagi”ni tashkil qilish va bunda sifatsiz (shu jumladan sertifikati bo‘lmagan, muddati o‘tgan, saqlash sharoitiga amal qilinmagan) tovarlar bo‘yicha mutasaddi organlarning ishonch telefonlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni joylashtirish.

Amaliy chora-tadbirlar

2020-yil yanvar

Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi (Xaitmetov), mahalliy davlat hokimiyati organlari, manfaatdor vazirlik va idoralar

14.4. Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi hamda Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi huzurida Iste’molchilarning qonuniy manfaatlarini ifodalash va huquqlarini ta’minlash masalalari bo‘yicha jamoatchilik kengashlari faoliyatini tashkil qilish.

Idoraviy hujj�t

2020-yil yanvar

Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi (Xaitmetov),

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi (Sharipov)

14.5. Chakana savdo shoxobchalarida xalq iste’moli tovarlarining nazorat xaridini amalga oshirish va ularni iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari va belgilangan standartlarga muvofiqligi yuzasidan ekspertizadan (testdan) o‘tkazishni tashkil etish tartibini ishlab chiqish.

Idoraviy normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2020-yil fevral

Monopoliyaga qarshi k�rashish qo‘mitasi (Sharipov), Sog‘liqni saqlash vazirligi (Shadmanov), “O‘zstandart” agentligi (Sattorov), Davlat soliq q�mitasi (Musayev), Savdo-sanoat palatasi (Ikramov)

14.6. Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish borasidagi dolzarb mavzularni, shu jumladan sotilayotgan tovarlar, ko‘rsatilayotgan ishlar, xizmatlar sifatini interaktiv usullar bilan jamoat tashkilotlari tomonidan nazorat qilishning yoritilishiga qaratilgan teledasturlarni tashkil etish.

Amaliy chora-tadbirlar

Muntazam ravishda

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi
(Sharaxmetov), MTRK (Xodjayev)

14.7. Ilg‘or xorijiy tajribani o‘rgangan holda iste’molchilar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha nizolarni sudgacha hal qilish uchun onlayn xizmatlar yaratish va ularning tizimli ishlashi bo‘yicha takliflar kiritish.

Amaliy chora-tadbirlar

2020-yil avgust

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi (Sharipov), Savdo-sanoat palatasi (Ikramov), Tashqi ishlar vazirligi (Kamilov)

IV. Davlat boshqaruvi tizimida hamda davlat organlari faoliyatida ochiqlik va oshkoralikni ta’minlash

15.

Ommaviy axborot vositalari qonuniylikni qaror toptirishda chinakam “jamiyat ko‘zgusi”ga aylanishi kerak.

Bugungi kunda xalqimiz orasida yurib, uni qiynayotgan ijtimoiy muammolarni ko‘rsatib berayotgan eng katta kuch — bu mustaqil va xolis ommaviy axborot vositalari vakillaridir.

Demokratik jamiyatda barcha davlat xizmatchilari ommaviy axborot vositalari bilan yaqin ijtimoiy hamkorlik qilishga o‘rganishi kerak.

Davlat va jamiyat boshqaruvida, kundalik faoliyatimizda ochiqlik va oshkoralik tamoyillarini kuchaytirish maqsadida biz fuqarolarning so‘z erkinligi, axborot olish va tarqatishga oid konstitutsiyaviy normaning ijrosini amalda to‘liq ta’minlashimiz zarur. Buning uchun esa birinchi galda ommaviy axborot vositalari haqidagi qonunchilikni takomillashtirish kerak va biz bu borada faol ish olib bormoqdamiz.

Jamoatchilik nazorati ham, ommaviy axborot vositalari ham yagona bir maqsadga, ya’ni xalqimizni rozi qilish va uning turmushini yaxshilashga qaratilganini hammamiz birdek anglashimizni istardim.

15.1. OAVning faoliyati va axborotdan foydalanish erkinligini ta’minlash, davlat organlari va mansabdor shaxslarning noqonuniy xatti-harakatlari (qarorlari)dan himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish, jurnalistlarning o‘z kasbiy faoliyatiga oid majburiyatlarini belgilashni nazarda tutuvchi “Teleradioeshittirishlar to‘g‘risida”gi va “Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonun loyihalarini ishlab chiqish.

Qonun loyihalari

2020-yil iyun

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (Allamjonov)

15.2. Barcha davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining ochiqligini ta’minlash, ularda jamoatchilik, xususan OAV bilan aloqalarni yangi bosqichga ko‘tarish choralarini ko‘rish.

Kompleks chora-tadbirlar dasturi

2020-yil fevral

15.3. Tuhmat va haqorat uchun ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lgan jazo turlarini tayinlashni bekor qilish yuzasidan takliflar tayyorlash.

Tahliliy ma’lumotlar, takliflar

2020-yil may

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (Allamjonov), Adliya vazirligi (Davletov)

15.4. Davlat boshqaruvi organlari, xo‘jalik birlashmalari va mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan ular muassisliklaridagi gazeta va jurnallarning moddiy texnik bazasini mustahkamlash, ulardagi tahririyat xodimlarining mehnatiga haq to‘lash bilan bog‘liq xarajatlarning manbalarini aniqlash, shuningdek, mazkur bosma nashrlarning veb-sayt shaklini yaratish masalasini hal etish.

Hukumat qarori loyihasi

2020-yil may

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (Allamjonov), Moliya vazirligi (Ishmetov)

16.

Har bir davlat organi ijtimoiy tarmoqlarda o‘z sahifasiga ega bo‘lishi, amalga oshirayotgan ishlari haqida, kerak bo‘lsa, har kuni batafsil ma’lumot berib borishi shart.

16.1. Davlat organlarining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini xatlovdan o‘tkazish, ulardagi ma’lumotlarning to‘liq va aktualligini tekshirish.

O‘rganish ish rejasini tasdiqlash va amalga oshirish

2020-yil yanvar

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (Allamjonov)

16.2. Ijtimoiy tarmoqlarda davlat organlarining sahifalarini yaratish va ular haqida keng jamoatchilikni xabardor qilish.

Amaliy chora-tadbirlar

2020-yil fevral

Barcha vazirlik va idoralar

16.3. Davlat organlarining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarida mazkur tashkilotlar tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar haqidagi ma’lumotlarning doimiy ravishda yangilanib borilishini ta’minlash.

Amaliy chora-tadbirlar

Har kuni

17.

Keyingi paytda Xalq qabulxonalariga kelib tushayotgan murojaatlarning aksariyati sud, prokuratura, ichki ishlar idoralari faoliyatidagi kamchiliklarga taalluqli. Shuni inobatga olib, ushbu idoralar xalqimiz bilan ishlashning mutlaqo yangi tizimini yaratishi zarur. Har bir ariza va shikoyatning qonuniy yechimi ana shu idoralar rahbarlari faoliyatiga berilgan baho bo‘ladi.

17.1. Sud, prokuratura, ichki ishlar idoralari tomonidan sayyor qabullar ko‘lamini kengaytirish choralarini ko‘rish.

Amaliy chora-tadbirlar

Reja-grafik asosida

Oliy sud (Kamilov), Bosh prokuratura (Yo‘ldoshev), IIV (Bobojonov)

17.2. Fuqarolar sud, prokuratura, ichki ishlar tuzilmalari rahbarlarining qabuliga masofadan yozilib, elektron navbat olishlarini, qabul vaqti avtomatik belgilanishini ta’minlovchi mexanizm joriy etish.

Bunda, har bir fuqaro tomonidan Internet tarmog‘iga qabul natijalari bo‘yicha o‘z bahosini qo‘yish imkonini yaratish.

Dasturiy ta’minot

2020-yil yanvar

Oliy sud (Kamilov), Bosh prokuratura (Yo‘ldoshev), IIV (Bobojonov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivoj�antirish vazirligi (Sadikov)

18.

O‘zbekiston Respublikasi, mamlakat ichkarisida yoki tashqarisida bo‘lishidan qat’i nazar, o‘z fuqarolarini huquqiy himoya qilish, ularga homiylik ko‘rsatishni bundan buyon ham kafolatlaydi va barcha choralarni ko‘radi.

Buning uchun, jumladan xorijdagi diplomatik vakolatxonalarimiz tomonidan ko‘rsatilayotgan konsullik xizmatlarini elektron shaklga o‘tkazish lozim. Toki chet eldagi fuqarolarimiz boshqa shahardan konsullik bo‘limlariga bevosita o‘zi kelib, ovora bo‘lib yurmasin.

18.1. Konsullik xizmatlarining amaldagi holatini o‘rganish bo‘yicha ishchi guruh tuzish va tegishli idoralarni hamda O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi vakolatxonalarini joyiga chiqib o‘rganishlar o‘tkazish.

Bunda, jumladan xorijdagi diplomatik vakolatxonalar tomonidan ko‘rsatilayotgan konsullik xizmatlarini xatlovdan o‘tkazish.

Amaliy chora-tadbirlar

2020-yil fevral

Tashqi ishlar vazirligi (Kamilov), Adliya vazirligi (Davletov)

18.2. Konsullik xizmatlarini ko‘rsatish sohasidagi muammolarni va fuqarolarning murojaatlarini o‘rganish hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.

Bunda, jumladan quyidagilarni nazarda tutish:

xorijdagi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarida konsullik xizmatlaridan tashqari ehtiyoj mavjud davlat xizmatlaridan uzoqdan turib foydalanish imkoniyatlarini o‘rganish va tegishli sharoitlarni yaratish borasida choralar ko‘rish;

O‘zbekiston Respublikasi vakolatxonalarida konsullik xizmatlarining masofadan ko‘rsatish tamoyilini joriy etish. Bunda, konsullik xizmatlariga zamonaviy ish uslublarini, shu jumladan tijorat kuryerlik va pochta xizmatlarini jalb qilish, elektron raqamli imzolardan foydalanish, pul o‘tkazmalarini qulaylashtirish, ayrim xizmatlarni autsorsing qilish, onlayn navbat, videokonferensaloqa va boshqa axborot texnologiyalarini keng qo‘llash;

O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining xorijda yuridik savodxonligini oshirish, fuqarolar himoyasini kuchaytirish, ularning muammolarini hal etib Vatanga qaytarish mexanizmlarini takomillashtirish;

Tashqi ishlar vazirligining ichki va tegishli idoralararo tartibotlarni optimallashtirish va o‘zaro elektron almashinuv tizimini shakllantirish, shu jumladan bosqichma-bosqich qog‘oz almashinuvidan voz kechish;

Tashqi ishlar vazirligi tizimidagi axborot-kommunikatsiya tuzilmasini takomillashtirish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2020-yil mart

Tashqi ishlar vazirligi (Kamilov), Adliya vazirligi (Davletov)

19.

Sohada ochiqlik va oshkoralikni ta’minlash uchun hokimlarning fuqarolarga yer berish haqidagi qarorlarini tegishli saytlarda e’lon qilib borish amaliyotini yo‘lga qo‘yish kerak.

Hokimliklar faoliyatining ochiqligini ta’minlash maqsadida zamonaviy axborot texnologiyalarini keng joriy etish. Bunda, jumladan quyidagilarni nazarda tutish:

mahalliy hokimliklar tomonidan fuqarolar va tadbirkorlik faoliyatiga taalluqli barcha hujjatlarni tayyorlash, qabul qilish, ro‘yxatdan o‘tkazish, ularga takrorlanmaydigan maxsus raqam berish va avtomatik tarzda e’lon qilishni nazarda tutuvchi avtomatlashtirilgan axborot tizimini ishlab chiqish;

jismoniy va yuridik shaxslarga yer ajratish haqidagi hujjatlar qabul qilinganidan (rasmiylashtirilganidan) keyin bir kun muddatda tegishli hokimliklarning rasmiy veb-saytlarida e’lon qilib borish tartibini joriy qilish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2020-yil fevral

Adliya vazirligi (Davletov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sadikov), Loyiha boshqaruvi milliy agentligi (Li), Bosh prokuratura (Yo‘ldoshev), Moliya vazirligi (Ishmetov)

V. Inson huquqlari kafolatlarini ta’minlash

20.

Inson huquq va erkinliklariga amal qilinishini ta’minlash, har bir shaxsning qadr-qimmatini e’zozlash biz barpo etayotgan ochiq, erkin va adolatli jamiyatning ajralmas xususiyatidir.

Konstitutsiyamizda inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat sifatida mujassam etilgani bejiz emas. Ana shu prinsipni amalga oshirish uchun bizda qat’iy siyosiy iroda va yetarli imkoniyatlar mavjud. Buning uchun biz, avvalo, quyidagi muhim vazifalarni hal etishimiz zarur.

Inson huquqlarini ta’minlash samaradorligini yanada oshirish uchun milliy strategiyamiz bo‘lishi lozim.

Inson huquqlarini ta’minlash haqida gapirganda, o‘tgan uch yilda 9 692 nafar, jumladan ushbu yilda 5 868 nafar yurtdoshimiz O‘zbekiston fuqaroligiga qabul qilinganini ta’kidlashni istar edim. Lekin, bu sohada hali qiladigan ishlarimiz ko‘p.

Ushbu strategiyada inson huquq va erkinliklariga oid konstitutsiyaviy tamoyillarni ro‘yobga chiqarish mexanizmlari aniq-ravshan belgilanishi lozim.

Jamiyatda inson huquq va erkinliklarini hurmat qilish madaniyatini shakllantirish, shu orqali mamlakatimizning xalqaro nufuzini yanada yuksaltirishimiz zarur.

Xalqaro tashkilotlar, jamoatchilik, soha mutaxassislari va ekspertlar� ishtirokida keng muhokama qilish orqali quyidagilarni nazarda tutuvchi Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining milliy strategiyasi loyihasini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda kiritsin:

O‘zbekiston Respublikasining inson huquqlari sohasidagi xalqaro majburiyatlarining to‘liq bajarilishini ta’minlash;

fuqarolarning huquq va erkinliklariga rioya etilishini monitoring qilish mexanizmlarini takomillashtirish;

inson huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilishni ta’minlashga qaratilgan tashkiliy-huquqiy va boshqa kompleks choralar tizimini yaratish;

qonunchilikka va davlat organlari, xususan, huquqni muhofaza qiluvchi organlarning amaliy faoliyatiga inson huquq va erkinliklari sohasida xalqaro standartlarni implementatsiya qilish mexanizmlari va tartibi samaradorligini oshirish;

aholining inson huquqlari sohasidagi huquqiy savodxonligini oshirish, jumladan bu borada samarali axborot va ma’rifat tarqatish, ta’lim berish faoliyatini tashkil etish;

inson huquqlarini himoya qilish sohasidagi xalqaro va mintaqaviy tuzilmalar, xorijiy mamlakatlar milliy institutlari bilan hamkorlikni yangi bosqichga ko‘tarish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2020-yil aprel

Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi (Saidov), Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Muxammadiyev), manfaatdor vazirlik va idoralar

21.

Huquqni muhofaza qiluvchi organlarni faqat va faqat xalq manfaati yo‘lida og‘ishmay xizmat qiladigan idoralarga aylantirishimiz lozim.

Xususan, shaxsni ushlab turish, unga protsessual huquqlarini tushuntirish kabi jarayonlarni, agar u himoyachidan voz kechsa, bu holatni ham majburiy tarzda video tasvirga tushirish tartibini o‘rnatish zarur.

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari tomonidan ushlangan shaxs maxsus binoga olib kelinganidan keyin bu haqda uning oila a’zolari darhol xabardor qilinishi kerak.

Buni surishtiruvchi, tergovchi va boshqa vakolatli shaxsning majburiyati sifatida qonunda aniq belgilab qo‘yishni taklif etaman.

21.1. Shaxsni ushlash, unga protsessual huquqlarini tushuntirish, himoyachidan voz kechish harakatlarini majburiy tarzda video tasvirga tushirish tartibini joriy etish.

21.2. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari zimmasiga ular tomonidan shaxs ushlanganidan so‘ng uning ushlangani va ushlab turilgan joyi to‘g‘risida uning oila a’zolaridan birini, ular bo‘lmagan taqdirda esa, boshqa qarindoshlarini yoki yaqin kishilarini darhol xabardor qilish bo‘yicha majburiyat yuklash.

Qonun loyihasi

2020-yil fevral

Bosh prokuratura (Yo‘ldoshev), Oliy sud (Kamilov), DXX (Azizov), IIV (Bobojonov), Adliya vazirligi (Davletov),

manfaatdor idoralar

22.

Shaxsni ushlab turish va uning huquqini cheklaydigan boshqa protsessual majburlov choralarini qo‘llash holatlarini hisobga olishning elektron tizimiga o‘tish zarur. Bu jarayonda inson omili ishtirokini iloji boricha kamaytirish lozim.

22.1. Huquqni cheklaydigan protsessual majburlov choralarini qo‘llash, jumladan shaxsni ushlab turish holatlarini hisobga oladigan yagona elektron tizimni yaratish choralarini ko‘rish.

Hukumat qarori loyihasi

2020-yil aprel

Bosh prokuratura (Yo‘ldoshev),
Oliy sud (Kamilov), DXX (Azizov),
IIV (Bobojonov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sadikov)

22.2. Protsessual harakatlarni amalga oshirish doirasida yagona elektron tizimdan majburiy foydalanish tartibini joriy qilish.

Qonun loyihasi

2020-yil may

23.

Kelgusi yildan boshlab prokuror qarori ustidan sudga murojaat qilish tartibi joriy etiladi. Shu orqali surishtiruv va dastlabki tergov jarayonida muvozanatni, ya’ni, o‘zaro tiyib turish tamoyillarini ta’minlash imkoni yaratiladi.

Prokuror, surishtiruvchi yoki tergovchining jinoyat ishini qo‘zg‘atish, jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad etish, taftish tayinlash, surishtiruv yoki dastlabki tergovni to‘xtatish va jinoyat ishini tugatish haqidagi qarorlari ustidan manfaatdor shaxslar tomonidan bevosita sudga shikoyat qilish tartibini joriy etish.

Qonun
loyihasi

2020-yil aprel

Oliy sud (Kamilov), Bosh prokuratura (Yo‘ldoshev), DXX (Azizov), IIV (Bobojonov), Adliya vazirligi (Davletov)

24.

Vijdon erkinligi, millatlararo totuvlik, dinlararo bag‘rikenglik, mamlakatimizda va xorijda fuqarolarimizni kafolatli himoya qilish bundan buyon ham davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qoladi.

Bugungi kunda mahalliy va xorijiy nufuzli ekspertlar ishtirokida biz “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi Qonunning yangi tahriri ustida ish olib bormoqdamiz.

“Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi Qonunning yangi tahrirdagi loyihasini ishlab chiqish.

Qonun loyihasi

2020-yil iyun

Oliy Majlis palatalari
(kelishuv bo‘yicha), Vazirlar Mahkamasi,
Din ishlari bo‘yicha qo‘mita (Axmedov), Adliya vazirligi (Davletov)

25.

Hukumat tarkibida Xorijda vaqtinchalik mehnat qilayotgan O‘zbekiston fuqarolari huquqlarini himoya qilish va qo‘llab-quvvatlash masalalari departamenti tashkil etildi.

Biroq, chet elga ishlash uchun fuqarolarni jo‘natish bilan shug‘ullanayotgan ba’zi bir xususiy firmalar odamlarni aldayotgani haqidagi materiallar matbuot sahifalarida e’lon qilinmoqda. Departament ushbu firmalar faoliyatini qat’iy nazoratga olishi lozim.

25.1. “Xususiy bandlik agentliklari to‘g‘risida”gi Qonunga xususiy bandlik agentliklarining faoliyatini takomillashtirish va ularning mijozlar oldidagi mulkiy javobgarligini oshirishga qaratilgan tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish.

Qonun
loyihasi

2020-yil avgust

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (Xusanov), Adliya vazirligi (Davletov), manfaatdor vazirlik va idoralar

25.2. Xorijda vaqtinchalik mehnat qilayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari huquqlarini himoya qilish, xususiy bandlik agentliklari faoliyatini tashkil etish yo‘nalishidagi muammolarni tahlil qilish.

Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari bo‘yicha respublika komissiyasida mazkur masalalarni muhokama qilish hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha aniq va maqsadli chora-tadbirlarni ishlab chiqish.

Amaliy chora-tadbirlar

2020-yil mart

Xorijda vaqtinchalik mehnat qilayotgan O‘zbekiston fuqarolari huquqlarini him�ya qilish va qo‘llab-quvvatlash masalalari departamenti (Rashidov), manfaatdor vazirlik va idoralar

25.3. Xususiy bandlik agentliklari faoliyatidagi muammolarni o‘rganib, ularning sabab va shart-sharoitlarini bartaraf etishga qaratilgan aniq choralar ko‘rish.

Amaliy chora-tadbirlar

Reja-grafik asosida

Xorijda vaqtinchalik mehnat qilayotgan O‘zbekiston fuqarolari huquqlarini himoya qilish va qo‘llab-quvvatlash masalalari departamenti (Rashidov), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (Xusanov)

25.4. Xususiy bandlik agentliklari faoliyatida yo‘l qo‘yilayotgan salbiy jihatlarning oldini olish maqsadida OAVda tushuntirish ishlarini tashkil qilish.

Amaliy chora-tadbirlar

Reja-grafik asosida

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (Xusanov), O‘zbekiston Milliy axborot agentligi (Kuchimov)

26.

Xotin-qizlar va erkaklar o‘rtasida huquqiy tenglikni mustahkamlashga mamlakatimizda jiddiy e’tibor berilmoqda.

Joriy yilda Konstitutsiyamizning 46-moddasiga asosan Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risidagi hamda Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risidagi qonunlar qabul qilindi. Mazkur qonunlarni izchil amalga oshirishda parlament va jamoatchilik nazorati nihoyatda zarur.

Shuning uchun biz xotin-qizlarning jamiyatdagi o‘rni va mavqeyini oshirish, ularga turli mas’ul vazifalarni ishonib topshirishga qaratilgan siyosatni yanada faol davom ettiramiz.

Xotin-qizlarning jamiyatdagi o‘rni va mavqeyini oshirish, ularning huquq va erkinliklari kafolatlarini ta’minlash, davlat organlarida xotin-qizlar va erkaklar vakilligining mutanosibligiga erishish bo‘yicha aniq choralar ko‘rish.

Amaliy chora-tadbirlar

Muntazam ravishda

Xotin-qizlar qo‘mitasi (Basitxanova), Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi (Maksumov)

(ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 6-iyuldagi PF-108-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.07.2023-y., 06/23/108/0460-son)

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi