Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

Hujjat 03.07.2020 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarida mustahkamlab qo‘yilgan huquq va erkinliklari daxlsiz bo‘lib, hech kim ulardan sudsiz mahrum etishga yoki ularni cheklashga haqli emas. Jismoniy va yuridik shaxslar huquq, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini sud orqali himoya qilish muhim davlat himoyasi instituti bo‘lib, u mustaqil sud hokimiyati tomonidan odil sudlovni amalga oshirish orqali ta’minlanadi.
2. O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual, Iqtisodiy protsessual, Jinoyat-protsessual kodekslari, Ma’muriy sud ishlarini yuritish va Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodekslariga (bundan buyon matnda protsessual qonunlar deb yuritiladi) muvofiq, sudga murojaat qilish:
Keyingi tahrirga qarang.
3. Jismoniy va yuridik shaxslarning protsessual qonunlarga ko‘ra, sudlar vakolatiga kirmaydigan masalalar bo‘yicha sudga murojaatlari “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi. Mazkur Qonun 25-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq, boshqa davlat organlari, tashkilotlar yoki ularning mansabdor shaxslariga taalluqli murojaatlar sudga kelib tushganda, ular besh kunlik muddatdan kechiktirmay tegishli organlarga yuboriladi va bu haqda murojaat etuvchiga yozma yoki elektron shaklda xabar beriladi.
Fuqarolik protsessual, iqtisodiy protsessual qonunlari va ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi qonunga muvofiq, sud hujjatining qonuniyligi, asosliligi va adolatliligini tekshirish haqida ishda ishtirok etuvchi shaxslar — taraflar, uchinchi shaxslar, ularning vakillari, shuningdek, ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan, ammo huquq va majburiyatlari haqidagi masala sud tomonidan hal etilgan boshqa shaxslar murojaat qilishga haqli.
Iqtisodiy protsessual qonuni va ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi qonunga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakilga kassatsiya va nazorat shikoyati bilan murojaat qilish huquqi berilgan (tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida yuzaga keladigan iqtisodiy nizolar, shuningdek, tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan nizolar bundan mustasno).
Keyingi tahrirga qarang.
Jinoyat-protsessual qonunida sud hukmi va ajrimi ustidan shikoyat qilish huquqiga ega bo‘lgan shaxslar doirasi aniq ko‘rsatilgan. Jumladan, sudning hukmi, ajrimi ustidan mahkum, uning himoyachisi, qonuniy vakili, shuningdek, jabrlanuvchi, uning vakili, hukmning fuqaroviy da’voga oid qismi ustidan — fuqaroviy da’vogar, fuqaroviy javobgar va ularning vakillari, hukmning oqlash sabablari va asoslariga doir qismi ustidan — sudda oqlangan shaxs, uning himoyachisi va qonuniy vakili shikoyat berishga haqlidir. Ishda taraf bo‘lmagan shaxslar ham sud hukmining o‘z huquqlari va qonuniy manfaatlariga daxldor qismi ustidan shikoyat berish huquqiga ega.
Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi qonunga asosan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish bo‘yicha sud qarori ustidan, o‘ziga nisbatan sud qarori chiqarilgan shaxs, jabrlanuvchi, ularning qonuniy vakillari, advokat, shuningdek, ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma tuzgan organ shikoyat berish huquqiga ega.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
11. Sud hujjatlari ijrosi lozim darajada ijro etilmayotganligi masalalari bo‘yicha yuqori turuvchi sudlarga kelib tushgan murojaatlar “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablariga asosan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosining tegishli hududiy boshqarmasiga yuboriladi, bu haqda nazoratni amalga oshirish uchun qaror qabul qilgan yoki qaror ijro etilayotgan joydagi sudga xabar beriladi.

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi