Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning energiya samaradorligini oshirish, energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirishning tezkor chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 22-avgustdagi PQ-4422-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida hamda qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan ishlab chiqariladigan energiyani va qayta tiklanuvchi energiya manbalarining qurilmalarining davlat hisobini yuritishni tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
7. Energiya ishlab chiqaruvchilar identifikatsiya raqamini olgandan keyin o‘z faoliyati davomi ushbu Nizomning 6-bandida keltirilgan unga tegishli ma’lumotlari o‘zgargan taqdirda o‘ttiz kalendar kuni mobaynida maxsus vakolatli davlat organiga tegishli o‘zgargan ma’lumotlarni ilova qilgan holda identifikatsiya raqami bo‘yicha tuzatishlar kiritilishi yuzasidan yagona ma’lumotlar bazasida qo‘shimcha ariza to‘ldiradi va ushbu ariza maxsus vakolatli davlat organi tomonidan ikki ish kuni mobaynida ko‘rib chiqilib indentifikatsiya raqami bo‘yicha tegishli o‘zgartirishlar kiritiladi.
9. Identifikatsiya raqamini olish uchun energiya ishlab chiqaruvchilar ushbu Nizomning 6-bandida belgilangan ma’lumotlarni elektron tarzda yagona ma’lumotlar bazasiga to‘liq kiritadi.
10. Ushbu Nizomning 6-bandida nazarda tutilgan ma’lumotlarni energiya ishlab chiqaruvchilar tomonidan to‘liq to‘ldirilmaganligi identifikatsiya raqamini taqdim etmaslik uchun asos bo‘lib hisoblanadi va bunday holatlarda identifikatsiya raqamini olish uchun kiritilgan ariza yagona ma’lumotlar bazasida avtomatlashtirilgan tartibda qabul qilinmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
(15-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(18-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari


1-bosqich

Qayta tiklanuvchi energiya manba-laridan energiya ishlab chiqaruvchilar

Qayta tiklanuvchi energiya manbalari (QTEM)dan energiya ishlab chiqaruvchilar (Energiya ishlab chiqaruvchilar) identifikatsiya raqamini olish uchun arizani (tegishli to‘liq ma’lumotlar bilan) online tarzda QTEM qurilmalarining va ulardan ishlab chiqariladigan energiyaning davlat hisobini avtomatlashtirilgan tarzda yuritish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligining Yagona ma’lumotlar bazasiga (Yagona ma’lumotlar bazasi) kiritadi.

QTEM uskunalarini ilk bor o‘rnatganda to‘qson kun mobaynida / uskunalarga o‘zgartirishlar kiritganda o‘ttiz kun mobaynida


2-bosqich

Yagona ma’lumotlar bazasi

Energiya ishlab chiqaruvchilar tomonidan identifikatsiya raqamini olish uchun Yagona ma’lumotlar bazasiga online ariza to‘laqonli to‘ldirilgandan so‘ng identifikatsiya raqami shakllantiriladi va energiya ishlab chiqaruvchiga taqdim etadi.

ikki ish kuni
muddatda


3-bosqich


Energiya ishlab chiqaruvchilar


O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi tomonidan taqdim etilgan identifikatsiya raqami bo‘yicha har chorakda elektron tarzda QTEMdan ishlab chiqarilgan va (yoki) yetkazib berilgan energiya miqdori to‘g‘risidagi ma’lumotlarni (hisobotni) yagona ma’lumotlar bazasiga kiritib boradi.


har chorak yakuni bo‘yicha keyingi oyning beshinchi sanasigacha


4-bosqich


Yagona ma’lumotlar bazasi


Energiya ishlab chiqaruvchilar tomonidan QTEMdan ishlab chiqarilgan va (yoki) yetkazib berilgan energiya miqdori to‘g‘risidagi Yagona ma’lumotlar bazasiga kiritilgan hisobotlarni tahlil qilib borish.


Doimiy ravishda


5-bosqich


O‘zenergoinspeksiya


Qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarining va ulardan ishlab chiqariladigan energiyaning davlat hisobini yuritish talablariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish.


har uch yilda
bir marta


Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi