Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 6-maydagi “Tibbiyot va farmatsevtika ta’limi va ilm-fani tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4310-son qarori bilan ehtiyoj yuqori bo‘lgan tor mutaxassisliklar bo‘yicha shifokorlarni birlamchi tibbiyot-sanitariya muassasalari uchun bir yildan kam bo‘lmagan muddatda birlamchi maqsadli ixtisoslashtirish kurslarida (internatura) tayyorlash tizimi yo‘lga qo‘yilganligi inobatga olinsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 12-noyabrdagi PF-6110-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.11.2020-y., 06/20/6110/1512-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(7-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-noyabrdagi PF-27-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.12.2021-y., 06/21/27/1116-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(13-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 12-noyabrdagi PF-6110-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.11.2020-y., 06/20/6110/1512-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(13-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 12-noyabrdagi PF-6110-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.11.2020-y., 06/20/6110/1512-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(16-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 12-noyabrdagi PF-6110-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.11.2020-y., 06/20/6110/1512-son)
Oldingi tahrirga qarang.

T/r

Tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Bajarish muddati

Xarajatlar*

Moliyalashtirish manbalari

Mas’ul ijrochilar

I. Moddiy-texnika bazani mustahkamlash

1.

Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazini zamonaviy yuqori texnologiyali diagnostik va tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlash.

Tashkiliy

chora-tadbirlar

2020-yil

4,2 mln

AQSh doll.

Xalqaro moliya institutlari mablag‘lari

Sanitariya-epidemiologiya xizmati,

Iqtisodiy taraqqiyot
va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Investitsiyalar
va tashqi savdo vazirligi

2.

Sanitariya, gigiyena va kasb kasalliklar ilmiy-tadqiqod institutini zamonaviy yuqori texnologiyali diagnostik va tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlash.

Tashkiliy

chora-tadbirlar

2020-yil

3,7 mln

AQSh doll.

Xalqaro moliya institutlari mablag‘lari

Sanitariya-epidemiologiya xizmati,

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot
va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi,
Moliya vazirligi,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari

3.

Respublika o‘lat profilaktika markazini, uning filiallari va bo‘linmalarini zamonaviy yuqori texnologiyali diagnostik va tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlash.

Tashkiliy

chora-tadbirlar

2020-yil

2 mln

AQSh doll.

Xalqaro moliya institutlari mablag‘lari

Sanitariya-epidemiologiya xizmati,

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot
va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi,
Moliya vazirligi,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari

4.

Virusologiya ilmiy-tekshirish institutini zamonaviy yuqori texnologiyali diagnostik va tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlash.

Tashkiliy

chora-tadbirlar

2020-yil

3,8 mln

AQSh doll.

Xalqaro moliya institutlari mablag‘lari

Sanitariya-epidemiologiya xizmati,

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot
va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi,
Moliya vazirligi,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari

5.

Sanitariya-epidemiologiya xizmati va uning hududiy laboratoriya komplekslari faoliyatini takomillashtirish va zamonaviy yuqori texnologiyali diagnostik va tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlash.

Tashkiliy

chora-tadbirlar

2020-yil

66,8 mln

AQSh doll

Xalqaro moliya institutlari mablag‘lari

Sanitariya-epidemiologiya xizmati,

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot
va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi,
Moliya vazirligi,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari

6.

Hududiy yuqumli kasalliklar shifoxonalarini zamonaviy yuqori texnologiyali diagnostik va tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlash.

Tashkiliy

chora-tadbirlar

2020-yil

5 mln

AQSh doll.

Xalqaro moliya institutlari mablag‘lari

Sanitariya-epidemiologiya xizmati, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot
va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi,
Moliya vazirligi,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari

7.

Respublika va hududiy OITSga qarshi kurash markazlarini zamonaviy yuqori texnologiyali diagnostik asbob-uskunalar bilan jihozlash.

Tashkiliy

chora-tadbirlar

2020-yil

2 mln

AQSh doll.

Xalqaro moliya institutlari mablag‘lari

Sanitariya-epidemiologiya xizmati,

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot
va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi,
Moliya vazirligi,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari

8.

OIV infeksiyasi yuqqanlik vaqtini tashxis qilish uchun virus antigenini aniqlovchi diagnostikumlar xarid qilish.

Tashkiliy

chora-tadbirlar

2020 yil

2021 yil

350 mln so‘m

350 mln so‘m

Davlat budjeti va xalqaro moliya institutlari grant mablag‘lari

Sanitariya-epidemiologiya xizmati,
Moliya vazirligi

9.

Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazi moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, shu jumladan rekonstruksiya ishlarini amalga oshirish.

Tashkiliy

chora-tadbirlar

2021-yil

5,9 mln

AQSh doll.

Xalqaro moliya institutlari mablag‘lari

Sanitariya-epidemiologiya xizmati,

Iqtisodiy taraqqiyot
va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Investitsiyalar
va tashqi savdo vazirligi

10.

Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, shu jumladan rekonstruksiya ishlarini amalga oshirish.

Tashkiliy

chora-tadbirlar

2021-yil

2,4 mln

AQSh doll.

Xalqaro moliya institutlari mablag‘lari

Sanitariya-epidemiologiya xizmati,

Iqtisodiy taraqqiyot
va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Investitsiyalar
va tashqi savdo vazirligi

11.

Sanitariya, gigiyena va kasb kasalliklar ilmiy-tadqiqod instituti moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, shu jumladan rekonstruksiya ishlarini amalga oshirish.

Tashkiliy

chora-tadbirlar

2021-yil

4,6 mln

AQSh doll.

Xalqaro moliya institutlari mablag‘lari

Sanitariya-epidemiologiya xizmati,

Iqtisodiy taraqqiyot
va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Investitsiyalar
va tashqi savdo vazirligi

12.

Respublika o‘lat profilaktika markazi, uning filiallari va bo‘linmalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, shu jumladan rekonstruksiya ishlarini amalga oshirish.

Tashkiliy

chora-tadbirlar

2021-yil

6,8 mln

AQSh doll.

Xalqaro moliya institutlari mablag‘lari

Sanitariya-epidemiologiya xizmati,

Iqtisodiy taraqqiyot
va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Investitsiyalar
va tashqi savdo vazirligi

13.

Sanitariya-epidemiologiya xizmati va uning hududiy bo‘linmalari moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, shu jumladan rekonstruksiya ishlarini amalga oshirish.

Tashkiliy

chora-tadbirlar

2021-yil

50 mln

AQSh doll

Xalqaro moliya institutlari mablag‘lari, investitsiya dasturlari doirasida Davlat budjeti mablag‘lari

Sanitariya-epidemiologiya xizmati,

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot
va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari

14.

Sanitariya-epidemiologiya xizmati muassasalarida omborxonalarni qurish, sovutish uskunalari, sovutgich, muzl�tkich, stabilizator, generator, avtorefrijirator xarid qilish orqaliuning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash.

Tashkiliy

chora-tadbirlar

2020-yil davomida

17,2 mln AQSh doll.

Vaksinatsiya

va immunizatsiya bo‘yicha Global alyans mablag‘lari

Sanitariya-epidemiologiya xizmati,

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

15.

Yuqumli kasalliklar shifoxonalari moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, shu jumladan qurilish, rekonstruksiya va kapital ta’mirlash ishlarini amalga oshirish.

Tashkiliy

chora-tadbirlar

2021-yil

5 mln

AQSh doll.

Xalqaro moliya institutlari mablag‘lari

Sanitariya-epidemiologiya xizmati,

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot
va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari

16.

Respublika va hududiy OITSga qarshi kurash markazlari laborator komplekslarini moddiy-texnik bazasini mustahkamlash.

Tashkiliy

chora-tadbirlar

2021-yil

5mln

AQSh doll.

Xalqaro moliya institutlari mablag‘lari

Sanitariya-epidemiologiya xizmati,

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot
va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari

17.

Sanitariya-epidemiologiya xizmati muassasalarini ixtisoslashtirilgan transport vositalari bilan ta’minlash, shu jumladan:

a) Sanitariya-epidemiologiya xizmati boshqarmalari va bo‘limlarini:

Tashkiliy

chora-tadbirlar

2020-2021

yillar

Sanitariya-epidemiologiya xizmati,

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

dezinfeksiya kameralari o‘rnatilgan transport vositalari;

2020-yil

5,49 mln AQSh doll.

Xalqaro moliya institutlari mablag‘lari

sanitar avtotransportlar;

2020-yil

3,15 mln AQSh doll.

Xalqaro moliya institutlari mablag‘lari

xizmat velosipedlari;

2020-yil

757 mln so‘m

Davlat budjeti mablag‘lari

b) o‘lat profilaktikasi bo‘limlari va filiallarini:

UAZ tibbiy xizmat (sanitariya) avtomobillari;

2020-yil

480 ming AQSh doll.

Xalqaro moliya institutlari mablag‘lari

yuqori o‘tuvchanlikka ega maxsus yengil avtomobil Pikap ISUZU D-MAX;

2020-yil

480 ming AQSh doll.

Xalqaro moliya institutlari mablag‘lari

yuqori o‘tuvchanlikka ega yuk tashuvchi transport vositasi;

2020-yil

529 ming AQSh doll.

Xalqaro moliya institutlari mablag‘lari

suv tashish uchun avtotirkama.

2020 �il

120 mln so‘m

Davlat budjeti mablag‘lari

II. Qo‘shimcha chora-tadbirlar

18.

Quyidagilarni nazarda tutuvchi Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena me’yorlariga rioya etilishini nazorat qilishni amalga oshirish bo‘yicha ma’muriy reglamentni tasdiqlash to‘g‘risidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish:

obyektlarda sanitariya-epidemiologiya nazoratini amalga oshirish tartibi va davriyligiga qo‘yiladigan tabaqalashgan talablarni ularning xavf-xatarlar toifasi va funksional maqsadlaridan kelib chiqqan holda belgilash;

xavf-xatar toifasi past bo‘lgan nazorat obyektlari uchun tekshirishlar o‘tkazishni bekor qilish hamda masofaviy monitoringni amalga oshirish;

xavf-xatarlarni barvaqt aniqlash bo‘yicha keng jamoatchilik bilan yaqindan hamkorlik qilish, bu borada ta’sirchan jamoatchilik nazorati joriy qilinishini ta’minlash.

Vazirlar Mahkamasi qarori

2021-yil 1-may

-

-

Sanitariya-epidemiologiya xizmati, manfaatdor vazirlik va idoralar

19.

Sanitariya-epidemiologiya xizmati huzurida aholining sanitariya-epidemiologiya sohasida ilmiy va innovatsion izlanishlar faoliyatini muvofiqlashtirib borish maqsadida mutasaddi vazirlik, idoralar malakali mutaxassislari hamda olimlardan iborat maxsus ilmiy kengash tashkil etish.

Maxsus ilmiy kengash nizomi va uning tarkibini tasdiqlash.

Buyruq

2020-yil

1-sentabr

-

-

Sanitariya-epidemiologiya xizmati, manfaatdor vazirlik va idoralar

20.

Aholining sanitariya-epidemiologiya sohasida ilmiy va innovatsion izlanishlar yuzasidan Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazi va uning L.M. Isayev nomidagi filiali uchun belgilangan tartibda 2020 — 2025-yilga mo‘ljallangan manzilli davlat buyurtmasini shakllantirish va amalga oshirish.

Tashkiliy

chora-tadbirlar

Har yili

-

Davlat budjeti

Innovatsion rivojlanish vazirligi, Sanitariya-epidemiologiya xizmati

21.

“Tibbiy profilaktika va sog‘lom turmush tarzini shakllantirish ishlari samaradorligini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori

2020-yil
10-avgust

-

-

Sanitariya-epidemiologiya xizmati, Moliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

22.

Oziq-ovqat xomashyosi va iste’mol mahsulotlarini ishlab chiqarish, tashish, saqlash va sotish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi obyektlar faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini o‘rnatishning samarali mexanizmlarini joriy qilish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish.

Bunda, ushbu obyektlarda aniqlangan sanitariya-gigiyena sohasidagi huquqbuzarliklar uchun undirilgan jarimalar hisobidan mazkur huquqbuzarlikni qayd etgan shaxslarni pul mukofoti bilan rag‘batlantirish mexanizmlarini belgilash.

Vazirlar Mahkamasi qarori

2021-yil 1-may

-

-

Sanitariya-epidemiologiya xizmati, Moliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

23.

Aholining sanitariya madaniyatini oshirish, kasalliklar, ayniqsa, yuqumli kasalliklarni oldini olish, sanitariya-gigiyena va epidemiologiya masalalarini aholi orasida keng targ‘ib qilish maqsadida media dastur ishlab chiqilishini va amalga oshirilishini;

mazkur Farmon maqsad va vazifalarini ommaviy axborot vositalari va Internet tarmog‘ida keng tushuntirilishini;

mazkur qaror ijrosining borishi to‘g‘risidagi xolis va to‘liq ma’lumotlarni keng jamoatchilikka tezkorlik bilan yetkazilishini ta’minlash.

Tashkiliy

chora-tadbirlar

Bir hafta muddatda

Ijrochilar mablag‘lari

-

Milliy axborot agentligi, Milliy teleradiokompaniya, Xalqaro press-klub, Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi, Sanitariya-epidemiologiya xizmati

24.

2020/2021 o‘quv yilidan boshlab oliy ma’lumotli tibbiyot hamshiralari tayyorlanadigan tibbiyot oliy ta’lim muassasalarida “valeologiya”, “tibbiy psixologiya”, “nutritsiologiya”, “diyetologiya”, “farmakologiya”, “kineziologiya”, “reabilitologiya”, “profpatologiya” fanlarini chuqurlashtirilgan holda o‘qitishni joriy etish.

Bunda, tibbiyot oliy ta’lim muassasalarining “oliy hamshiralik ishi” yo‘nalishi bo‘yicha mutaxassislikka ega bo‘lgan kadrlarga 2023-yildan boshlab “valeologiya” tibbiy ixtisosligi bo‘yicha tibbiy faoliyatini amalga oshirish huquqini berish.

Tashkiliy

chora-tadbirlar

2020/2021 o‘quv yilidan

-

-

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

25.

Oqava suvlar, chang, gaz, hid, chiqindilar va boshqalarni atrof-muhitga chiqarish orqali uni ifloslantiruvchi davlat ulushi 50 foiz va undan yuqori bo‘lgan ishlab chiqarish korxonalari tomonidan yetkazilgan zararni yumshatish va salomatlikni tiklash uchun yillik daromadini, shuningdek, boshqa manbalar hisobidan tegishli ajratmalarni Sanitariya-epidemiologiya xizmatiga o‘tkazish to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.

Tahliliy ma’lumot

2020-yil

1-noyabr

-

-

Sanitariya-epidemiologiya xizmati, Iqtisodiy taraqqiyot
va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Ekologiya
va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi

(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 12-noyabrdagi PF-6110-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.11.2020-y., 06/20/6110/1512-son)

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi