Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari va muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 19-maydagi PF-5997-son Farmoni ijrosi yuzasidan, shuningdek aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirishga doir ishlar samaradorligini yanada oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
b) Markaz xodimlariga Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 3-iyuldagi 339-son qarorida belgilangan davlat xizmatchilari lavozim maoshlariga ustama haqi va yagona tarif setkasi bo‘yicha mehnatga haq to‘lashning tasdiqlangan razryadlariga ko‘ra xodimlarining lavozim maoshini aniqlashda tarif koeffitsiyentlari bir yarim baravar miqdorda qo‘llanilishi, shuningdek avvalgi ish joyida uzoq yillik xizmati uchun berilgan ustama va qo‘shimcha to‘lovlar, maxsus va darajali unvonlar saqlab qolinishi;
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(izohning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)

T/r

Chora-tadbir nomi

Amalga oshirish shakli

Amalga oshirish muddatlari

Mas’ul ijrochilar

I. Shaxs, davlat va jamiyatning o‘zaro munosabatlarida aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirish

1. Oilada va ta’lim muassasalarida huquqiy madaniyatni yuksaltirish

1.

Bolalar va yoshlarga huquqiy ta’lim-tarbiya berishning konsepsiyasini ishlab chiqish va tasdiqlash

Ijrochilarning qo‘shma qarori

2020-yil dekabr

Adliya vazirligi (R. Davletov), Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov), Maktabgacha ta’lim vazirligi (A. Shin), Ma’naviyat va ma’rifat markazi (M. Xodjimatov)

2.

Bolalar va yoshlar yuridik ensiklopediyasini tayyorlash va tarqatish

Idoraviy hujjat

2021-yil mart

Adliya vazirligi (R. Davletov),Yoshlar ishlari agentligi (A. Sa’dullayev)

3.

Oila davrasi uchun mo‘ljallangan yuridik ensiklopediya tayyorlash va tarqatish

Idoraviy hujjat

2021-yil sentyabr

Adliya vazirligi (R. Davletov)

4.

Bolalarga kundalik turmushda xavfsizlik qoidalarini o‘rgatish bo‘yicha ko‘rgazmali qo‘llanmalar tayyorlash

Ko‘rgazmali qo‘llanmalar

2020-yil noyabr

Adliya vazirligi (R. Davletov), Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov), Maktabgacha ta’lim vazirligi (A. Shin)

5.

Bolalar va yoshlar ongiga huquq va burch, halollik va poklik tushunchalarini, odob-axloq normalari va huquqiy madaniyatni shakllantirishga doir tushunchalarni chuqur singdirib borishga qaratilgan qisqa metrajli media mahsulotlarini tayyorlash va yetkazish

Tashkiliy

chora-tadbirlar

2021-yil sentyabr

“O‘zbekkino” Milliy agentligi (F. Abduxalikov), Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov), Maktabgacha ta’lim vazirligi (A. Shin)

6.

Ta’lim muassasalarida o‘quvchi va talabalar uchun davlat ramzlarini e’zozlash, huquq va burchlarini tushuntirish, qadriyatlarni hurmat qilish mavzularida ochiq darslar, o‘quv mashg‘ulotlarini tizimli va uzluksiz tashkil qilish

Ochiq darslar,

o‘quv mashg‘ulotlari

2020-yil noyabr

Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov)

7.

“bolahuquqlari. uz” huquqiy axborot portalidan bolalar va yoshlarning keng foydalanishini, jumladan, maktabgacha ta’lim muassasalari va umumta’lim maktablaridagi o‘quv jarayonlarida ushbu portaldan keng va samarali foydalanishni tashkil qilish

Tashkiliy

chora-tadbirlar

2020-yil noyabr

Adliya vazirligi (R. Davletov), Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov), Maktabgacha ta’lim vazirligi (A. Shin)

8.

Bolalar va yoshlarga ularning huquqlari va erkinliklari hamda burchlarini, o‘zgalarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini hurmat qilishni tushuntirishga, shuningdek, ularga “nima yaxshi-yu, nima yomon” tushunchalarini o‘rgatishga doir ko‘rgazmali qo‘llanmalar tayyorlash

Ko‘rgazmali qo‘llanmalar

2020-yil dekabr

Adliya vazirligi (R. Davletov), Xalq ta’limi vazirl�gi (Sh. Shermatov), Maktabgacha ta’lim vazirligi (A. Shin)

9.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining jamiyatdagi o‘rni, ahamiyati va mohiyatini o‘rganish maqsadida:

barcha ta’lim turlari bo‘yicha Konstitutsiyani o‘rganishga oid uslubiy ko‘rsatmalar va boshqa didaktik vositalarga qo‘yiladigan talablarni zamon talablari asosida tubdan qayta ko‘rib chiqish, bunda o‘qitish tizimiga innovatsion usullarni keng qo‘llash;

Konstitutsiyani o‘rganish bo‘yicha qo‘llanmalar va boshqa maxsus adabiyotlarni ko‘rgazmali tarzda qayta nashr etish, ularni elektron shaklda ijtimoiy tarmoqlar orqali ham tarqatish chorasini ko‘rish;

Konstitutsiyani o‘rganish bo‘yicha tarbiyachi va metodistlar, professor-o‘qituvchilarni tayyorlash va ularning malakasini oshirish chorasini ko‘rish.

Kompleks chora-tadbirlar rejasi

2021-yil yanvar

Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov), Maktabgacha ta’lim vazirligi (A. Shin), Adliya vazirligi (R. Davletov), manfaatdor vazirlik va idoralar

10.

Umumta’lim muassasalarida “Konstitutsiya burchagi”ni tashkil etish va uni Konstitutsiya va qonunlar aks etgan zamonaviy targ‘ibot vositalari bilan jihozlash

Tashkiliy

chora-tadbirlar

2020-yil dekabr

Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov),
Adliya vazirligi (R. Davletov)

11.

Bolalarning huquqiy ongini shakllantirishga qaratilgan interaktiv mobil o‘yin-ilova ishlab chiqish

Mobil

o‘yin-ilova

2021-yil
may

Adliya vazirligi (R. Davletov), Maktabgacha ta’lim vazirligi (A. Shin), Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov)

12.

Umumta’lim muassasalarining yuqori sinflari uchun “Har kunlik huquq” nomli qo‘llanmalar tayyorlash

Tashkiliy

chora-tadbirlar

2021-yil avgust

Adliya vazirligi (R. Davletov), Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov)

13.

Bolalarning huquqiy bilimlarini oshirish borasida mobil so‘z o‘yinlari, shuningdek, “Huquqiy krossvordlar”, kichik shakllardan huquqiy ahamiyatga ega rasmlar yig‘ish (“pazl” va boshqalar) va huquqiy test o‘yinlarini yaratish

Tashkiliy

chora-tadbirlar

2021-yil avgust

Adliya vazirligi (R. Davletov), Maktabgacha ta’lim vazirligi (A. Shin), Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov)

14.

Ta’lim muassasalari o‘quvchilari va talabalari orasida har yili huquq fanidan quyidagi tanlovlarni tashkil qilish:

umumta’lim maktablari boshlang‘ich sinf o‘quvchilari o‘rtasida “Huquq — bu to‘g‘rilikdir” rasmlar tanlovi;

umumta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida “Mening huquq va majburiyatlarim” respublika ko‘rik-tanlovi;

o‘rta maxsus professional ta’lim tizimida “Siz qonunni bilasizmi?” ko‘rik-tanlovi;

oliy ta’lim muassasalarida “Huquq bilimdonlari” ko‘rik-tanlovi.

Ko‘rik-tanlovlar

2021-yil
may

Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov), Adliya vazirligi (R. Davletov), Yoshlar ishlari agentligi (A. Sa’dullayev)

2. Keng aholi qatlamining huquqiy madaniyatini yuksaltirish

15.

Tadbirkorlik subyektlariga tezkor ravishda bepul huquqiy �aslahat va ma’lumotlar berishni nazarda tutuvchi “Advice for business” maxsus interaktiv huquqiy portalini test rejimida ishga tushirish

Tashkiliy-texnik tadbirlar

2020-yil noyabr

Adliya vazirligi (R. Davletov), Savdo-sanoat palatasi (A. Ikramov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov)

16.

Jamiyatda ayollar va erkaklarning teng huquqliligini ta’minlash, ayollarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olish maqsadida “Gender-madad” elektron huquqiy maslahatchi loyihasini ishga tushirish (sayt, mobil ilova tarzida)

Huquqiy maslahat sayti

2021-yil avgust

Adliya vazirligi (R. Davletov), Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi (R. Mamatov)

17.

Fuqarolarni, shu jumladan, mansabdor shaxslarni qonunga bo‘ysunish va hurmat ruhida tarbiyalashga qaratilgan qisqa metrajli filmlarni suratga olish va animatsion videoroliklarni tayyorlash hamda ularni ommaviy axborot vositalarida keng yoritish

Qisqa metrajli filmlar, videoroliklar

2021-yil
may

“O‘zbekkino” Milliy agentligi (F. Abduxalikov), Adliya vazirligi (R. Davletov), MTRK (A. Xadjayev)

18.

Aholiga huquq va majburiyatlarini oddiy va xalqchil tilda tushuntirish bo‘yicha videoroliklar, infografikalar va boshqa ko‘rgazmali materiallar tayyorlash hamda ularni televideniye va ijtimoiy tarmoqlarda tarqatish

Ijtimoiy videoroliklar, ko‘rgazmali materiallar

Har oyda kamida bir marta

Adliya vazirligi (R. Davletov), MTRK (A. Xadjayev), EOAVMA (F. Abduxalikov)

19.

Huquq va majburiyatlarni ifodalovchi turli belgilar tasvirini ishlab chiqish va ularni aholi gavjum joylarda (bozorlar, savdo markazlari va hokazo) o‘rnatish

Tashkiliy

chora-tadbirlar

2020-yil dekabr

Adliya vazirligi (R. Davletov), manfaatdor vazirlik va idoralar

20.

Jamoat joylarida yurish, o‘zini tutish va atrofidagilar bilan muomala qilish madaniyatini shakllantirish bo‘yicha yo‘lovchi transport vositalarida, avtobekatlarda, temir yo‘l bekatlarida va boshqa jamoat joylarida qonun buzilishi holatlariga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida ogohlantiruvchi va tushuntiruvchi bannerlarni o‘rnatish

Ijrochilarning qo‘shma qarori

2021-yil yanvar

Adliya vazirligi (R. Davletov), Transport vazirligi (I. Maxkamov), manfaatdor vazirlik va idoralar

21.

Aholi o‘rtasida elektr energiyasi, tabiiy gaz va suvdan oqilona foydalanish qoidalari hamda ularni tejash, maishiy chiqindilar hamda boshqa kundalik muammoli masalalar yuzasidan fuqarolar o‘rtasida keng qamrovli targ‘ibot ishlarini (infografika, plakat va bannerlar o‘rnatish va boshqalar) tashkil qilish

Uchrashuvlar, tushuntirish tadbirlari

2020-yil noyabrdan Reja-grafik asosida

Adliya vazirligi (R. Davletov), manfaatdor vazirlik va idoralar

22.

Fuqarolar o‘rtasida Konstitutsiyaning mazmun-mohiyati, uning o‘rni va ahamiyati bo‘yicha targ‘ibot ishlarini olib borish, bunda Konstitutsiyaning har bir moddasining mohiyati va ahamiyatini ko‘rgazmali tarzda (infografika va boshqalar) ijtimoiy tarmoqlar va televideniye orqali aho�iga yetkazish chorasini ko‘rish

Targ‘ibot dasturi, ko‘rgazmali materiallar va boshqa tashkiliy choralar

2020-yil noyabr

Adliya vazirligi (R. Davletov), Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov), Maktabgacha ta’lim vazirligi (A. Shin)

23.

Mehnat migrantlariga huquqlarini tushuntirish bo‘yicha “Migrantga huquqiy yordam” loyihasi (risola, buklet, flayer, ma’ruza va uchrashuvlar)ni tashkil qilish

Targ‘ibot tadbirlari

2021-yil yanvar

Adliya vazirligi (R. Davletov), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N. Xusanov)

24.

Xorijga ishlash uchun ketayotgan mehnat migrantlariga turli ijtimoiy-huquqiy masalalar, xususan, migratsiya, ishga joylashish hamda boshqa davlatlarning qonun hujjatlari bo‘yicha huquqiy axborotlar berish maqsadida aeroportlar va vokzallarda huquqiy axborot burchaklarini tashkil qilish va targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazish

Huquqiy targ‘ibot tadbirlari

2020-yil noyabrdan

Reja-grafik asosida

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N. Xusanov), Adliya vazirligi (R. Davletov), Transport vazirligi (I. Maxkamov)

25.

Yo‘l harakati barcha ishtirokchilarining huquqiy madaniyatini oshirishga qaratilgan kompleks huquqiy targ‘ibot tadbirlarini amalga oshirish, ko‘chalarda turli fleshmob tadbirlarini tashkil qilish

Huquqiy targ‘ibot tadbirlari

2020-yil noyabrdan

Reja-grafik asosida

Adliya vazirligi (R. Davletov), Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov)

26.

Nogironlar, yolg‘iz pensionerlar, yolg‘iz onalar, o‘qituvchilar, tadbirkorlar, kam ta’minlanganlar, ishsizlar va boshqa qatlam aholi vakillari uchun huquqlari, ularga berilgan imtiyozlar va qo‘shimcha kafolatlarni nazarda tutuvchi qo‘llanma va axborot tushuntirish materiallarini tayyorlash

Qo‘llanmalar, tushuntirish materiallari

2020-yil noyabr

Adliya vazirligi (R. Davletov), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N. Xusanov)

27.

Ko‘zi ojizlar uchun ularga qonun hujjatlarida berilgan turli imtiyozlar, yengilliklar va huquqlari haqidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan brayl shaklidagi qo‘llanma va uning audio shaklini tayyorlash

Qo‘llanma

2020-yil noyabr

Adliya vazirligi (R. Davletov), O‘zbekiston nogironlar jamiyati (K. Abdullayev)

28.

Harbiy qism va muassasalarda tegishli mutaxassislarni jalb qilgan holda harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolarining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, ularga qonun hujjatlarida nazarda tutilgan imtiyozlarni tushuntirish

Uchrashuvlar, seminarlar

2020-yil noyabrdan
Reja-grafik asosida

Adliya vazirligi (R. Davletov), Mudofaa vazirligi (B. Kurbanov), Davlat xavfsizlik xizmati (A. Azizov), Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov), Milliy gvardiya (R. Jo‘rayev)

29.

Tibbiyot muassasalari xodimlari hamda umumta’lim maktablari o‘qituvchilariga ularning mehnatga doir huquqlarini tushuntirishga qaratilgan huquqiy targ‘ibot tadbirlarini tashkil qilish

Uchrashuvlar, seminarlar

2020-yil noyabrdan Reja-grafik asosida

Adliya vazirligi (R. Davletov), Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov), Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov)

30.

Mahallalarda eng dolzarb va muammoli masalalarni chuqur tahlil qilish va natijasiga ko‘ra aniq manzilli huquqiy targ‘ibotni amalga oshirish, aholiga tegishli qonun hujjatlari mazmun va mohiyatini tushunarli tilda yetkazish bo‘yicha zarur choralar ko‘rish

Uchrashuvlar, davra suhbatlari, seminarlar va boshqa tadbirlar

2020-yil noyabrdan
Reja-grafik asosida

Adliya vazirligi (R. Davletov), manfaatdor vazirlik va idoralar

31.

Aholi o‘rtasida korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarga qarshi murosasizlik tuyg‘usini shakllantirish maqsadida quyidagi ko‘rik tanlovlarini tashkil qilish:

Ko‘rik-tanlovlari

2020-yil dekabr

Adliya vazirligi (R. Davletov), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov), Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov), Yoshlar ishlari agentligi (A. Sa’dullayev)

o‘quvchi va talabalar “Korrupsiya — taraqqiyot kushandasi” mavzusida umummilliy insholar tanlovi;

Insholar tanlovi

Qo‘shma qarorga muvofiq

yoshlar o‘rtasida “Korrupsiyaga yo‘q deylik” va “Yoshlar korrupsiyaga qarshi” shiorlari ostida fleshmoblar;

Fleshmoblar

keng aholi qatlami orasida “Biz korrupsiyaga qarshimiz” megatanlovi (“Eng yaxshi blogpost”, “Eng yaxshi jurnalistik material”, “Eng yaxshi yumoristik asar” hamda “Eng yaxshi videorolik” nominatsi�lari bo‘yicha).

Megatanlov

32.

Aholini qiziqtiradigan eng dolzarb masalalarni aniqlash hamda ular bo‘yicha huquqiy tushuntirish va huquqiy maslahat berish tizimini yo‘lga qo‘yish.

Manzilli huquqiy targ‘ibot dasturi asosida aholiga qonun hujjatlarining mazmun va mohiyatini yetkazish.

Manzilli huquqiy targ‘ibot dasturi

2020-yil noyabr

Adliya vazirligi (R. Davletov), Advokatlar palatasi (A. Ernazarov), Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi (R. Mamatov), manfaatdor vazirlik va idoralar

33.

Fuqarolarning elektron davlat xizmatlaridan foydalanish madaniyatini oshirish, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidan foydalanishning boshlang‘ich ko‘nikmalari bo‘yicha maslahatlar berish, shu jumladan, davlat xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha qabul qilingan ma’muriy reglamentlar talablarini ta’sirchan usullarda (ko‘rgazmali) aholiga aniq va batafsil tushuntirish

Targ‘ibot-tushuntirish tadbirlari

2020-yil noyabrdan
Reja-grafik asosida

Adliya vazirligi (R. Davletov), manfaatdor vazirlik va idoralar

34.

Fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlariga muvofiq aholiga birlamchi bepul yuridik yordam ko‘rsatish tizimi huquqiy bazasini yanada takomillashtirish, uning xalqaro talablar bilan uyg‘unlashishini ta’minlash

Kompleks

chora-tadbirlar

2021-yil aprel

Adliya vazirligi (R. Davletov), Advokatlar palatasi (A. Ernazarov), manfaatdor vazirlik va idoralar

35.

O�iy ta’lim muassasalari talabalari va boshqa ko‘ngillilarni jalb qilish orqali fuqarolarning kundalik hayotidagi muhim masalalar (“Xavfsizlik kamarini taqmasdan mashina haydama”, “Iflos qilma”, “Navbatga tur”, “Piyodalar o‘tish joyidan o‘t”, “Mashinani belgilangan joyga qo‘y”, “Qonunbuzilishni fosh qil”, “Chekni talab qil”, “Men qonunni hurmat qilaman”, “Huquqingni talab qil”, “To‘xta, bu noqonuniy” va boshqalar) bo‘yicha fleshmob tadbirlarini tashkil qilish, videoroliklar tayyorlash

Kompleks targ‘ibot tadbirlari

2020-yil noyabrdan
Reja-grafik asosida

Adliya vazirligi (R. Davletov), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov), Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov), Yoshlar ishlari agentligi (A. Sa’dullayev), manfaatdor vazirlik va idoralar

36.

Aholiga, shu jumladan, ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamga (nogironligi mavjud shaxslar, kam ta’minlanganlar, ishsizlar, qaramog‘ida voyaga yetmagan bolalari bor beva ayollar va boshqalar), ayniqsa qishloq joylarda va borish qiyin bo‘lgan olis tumanlarda huquqiy masalalar bo‘yicha sayyor maslahat va tushuntirishlar berish amaliyotini keng yo‘lga qo‘yish

Kompleks

chora-tadbirlar

2020-yil noyabr

Adliya vazirligi (R. Davletov), Advokatlar palatasi (A. Ernazarov), manfaatdor vazirlik va idoralar

37.

Uzoq yillar huquqni muhofaza qilish organlari, sud va davlat idoralarida mehnat qilganlarning bazasini yaratish, ular imkoniyatlaridan jamoatchilik bilan uchrashuvlarda foydalanish

Tashkiliy

chora-tadbirlar

Har oyda kamida bir marta

Adliya vazirligi (R. Davletov), manfaatdor vazirlik va idoralar

38.

Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari mazmun-mohiyatini va ahamiyatini keng tushuntirishga qaratilgan axborot ma’lumotlarini tayyorlash va keng tarqatish, shu jumladan mavzuga oid bosma materiallarni chop etish

Plakatlar, flayerlar, risola va bukletlar

2020-yil

noyabr-dekabr

Adliya vazirligi (R. Davletov)

39.

Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi faoliyat natijalarini televideniye, radio, bosma va elektron OAV orqali shu jumladan mavzuga bag‘ishlangan dasturlarni, intervyularni, muhokamalarni, press-konferensiyalarni va boshqa tadbirlarni keng yoritib borish

Teleko‘rsatuvlar, radioeshittirish
lar, brifinglar

Alohida media-reja asosida

MTRK (A. Xadjayev), EOAVMA (F. Abduxalikov), Adliya vazirligi (R. Davletov), manfaatdor vazirlik va idoralar

40.

Korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatda bo‘lishni targ‘ib qilish yo‘nalishlarida aholini, shu jumladan mansabdor shaxslarning korrupsiyaga qarshi murosasiz kurashish bo‘yicha huquqiy savodxonligini oshirishga qaratilgan turli ijtimoiy-huquqiy ko‘rsatuvlar tok-shoular va davra suhbatlarini tayyorlash va efirga uzatish

Syujetli teleko‘rsatuvlar, tok-shoular va davra suhbatlari

Alohida media-reja asosida

MTRK (A. Xadjayev), EOAVMA (F. Abduxalikov), Adliya vazirligi (R. Davletov), manfaatdor vazirlik va idoralar

41.

Normativ-huquqiy hujjatlarni mutaxassislar va keng jamoatchilikka etkazish, shu jumladan, normativ-huquqiy hujjatlarga sharhlar va tushuntirishlarni tayyorlash va tarqatish orqali yetkazish mexanizmini takomillashtirish

Idoraviy hujjat

2021-yil yanvar

Adliya vazirligi (R. Davletov)

3. Davlat organlari va tashkilotlar xodimlarining huquqiy madaniyatini yuksaltirish

42.

Barcha darajadagi davlat organlari va tashkilotlarda xodimlar uchun o‘z sohasiga oid qonun hujjatlarining mazmun-mohiyatini tushuntirish hamda huquqiy sohadagi muhim masalalarni o‘qitish bo‘yicha “respublika-viloyat-tuman” prinsipida maxsus seminarlar tashkil qilish.

O‘quv seminarlari

2020-yil noyabrdan


Reja-grafik asosida

Adliya vazirligi (R. Davletov),
vazirlik va idoralar

43.

Barcha mahalliy hokimliklarda har haftada “Qonunchilikdagi yangiliklar” mashg‘ulotlarini tizimli tashkil qilish, unda adliya organlari tomonidan hafta davomida qabul qilingan qonun hujjatlarining mohiyatini hokimlik va mutasaddi tashkilot rahbarlariga ko‘rgazmali tarzda tushuntirish, yangi qabul qilingan qonun hujjatlarida belgilangan vazifa va topshiriqlarning ijrosini tashkil qilish holati bo‘yicha tushuntirish va yo‘nalishlar berish

O‘quv mashg‘ulotlari

2020-yil noyabrdan



Reja-grafik asosida

Adliya vazirligi (R. Davletov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

44.

Davlat organlari va tashkilotlari xodimlari bilimini huquqiy savodxonlikning minimal darajasi bo‘yicha oshirish choralarini ko‘rish.

Tashkiliy

chora tadbirlar

2020-yil noyabr-dekabr


Reja-grafik asosida

Adliya vazirligi (R. Davletov),
vazirlik va idoralar

45.

Davlat organlari va tashkilotlarida Konstitutsiyani o‘rganish tadbirlarini tashkil qilish, bunda har bir xodim tomonidan Konstitutsiyaning har yarim yilda kamida bir marotaba o‘qib o‘rganilishini tashkil qilish.

Natijasi bo‘yicha xodimlarning Konstitutsiyani bilish darajasini adliya organlari tomonidan sinovdan o‘tkazish va baholash.

O‘quv mashg‘ulotlari va tadbirlari

2020-yil noyabr


Reja-grafik asosida

Adliya vazirligi (R. Davletov), manfaatdor vazirlik va idoralar

46.

Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, shu jumladan mahalliy davlat hokimiyati organlarida har haftalik huquqiy ta’lim bo‘yicha o‘quv soatlarini joriy etish va muntazam ravishda o‘tkazib borilishini tashkil etish.

O‘quv mashg‘ulotlari

2020-yil noyabrdan


Reja-grafik asosida

Vazirlik va idoralar

II. Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirishda huquqiy targ‘ibotning innovatsion usullarini joriy qilish

47.

O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi va qo‘shimcha huquqiy axborotga kirish tizimlarini (“Advice. uz” (e-maslahat. uz) huquqiy axborot portali, “Advice for business” maxsus interaktiv huquqiy portali, yuridik lug‘at, qonun hujjatlarini muhokama qilish uchun onlayn forum va boshqalarni) o‘z ichiga olgan va foydalanuvchilar uchun qulay shaklda bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Milliy huquqiy internet portalini modernizatsiya qilish, jumladan, bunda “aqlli” izlash funksiyalarini nazarda tutish

Tashkiliy

chora-tadbirlar

2020-yil

noyabr

Adliya vazirligi (R. Davletov)

48.

Media resurslar, shu jumladan aholi gavjum joylarda o‘rnatilgan displey (Display advertising) va LED ekranlarda u yoki bu huquqiy masalaning yechimi to‘g‘risida dolzarb va to‘liq ma’lumotlarni joylashtirish orqali aholining huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish

Tashkiliy

chora-tadbirlar

2020-yil dekabr

Adliya vazirligi (R. Davletov)

49.

Huquqiy axborot tarqatish usullarini yanada keng joriy etish maqsadida aholi uchun huquq sohasi bilan bog‘liq xizmatlar va ma’lumotlarni olish imkonini beruvchi, shu jumladan huquqiy ma’lumot resurslarini o‘zida jamlagan yagona mobil ilova yaratish

Tashkiliy

chora-tadbirlar

2021-yil

aprel

Adliya vazirligi (R. Davletov)

50.

Internet jahon axborot tarmog‘ida o‘zbek, rus va ingliz tillarida yuritilayotgan “Huquqiy axborot” telegram kanali auditoriyasini yanada kengaytirgan holda, unda yangi qabul qilinayotgan qonun hujjatlarining qisqacha mazmunini tahliliy tarzda yoritib berish, shuningdek, aholiga huquq va majburiyatlarini tushuntirishga qaratilgan huquqiy materiallarni (xabarlar, sharhlar, infografikalar, video, audiomateriallar va boshqalarni) berib borish

Targ‘ibot materiallari

2020-yil noyabrdan

Adliya vazirligi (R. Davletov)

51.

Faol fuqarolik pozitsiyasi va huquqbuzarlikka nisbatan murosasiz munosabatda bo‘lish hislarini shakllantirishga xizmat qiladigan, o‘z huquqlarini himoya qilishning amaliy mexanizmlarini o‘rgatishga qaratilgan “Street Law” huquqiy ta’lim dasturini keng joriy qilish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlarni samarali tashkil qilish

Kompleks huquqiy targ‘ibot tadbirlari

2020-yil noyabrdan


Reja-grafik asosida

Adliya vazirligi (R. Davletov), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov), Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov), Yoshlar ishlari agentligi (A. Sa’dullayev)

52.

Davlat organlari va tashkilotlariga kelib tushgan savollar asosida ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarga va telegramdagi rasmiy kanallariga anonim tarzda amaliy misollarni (“case study”) joylashtirish va bunda fuqarolarga muammo mazmun-mohiyatini tushuntirish, yechimlarni izlash va ulardan eng maqbulini tanlash imkoniyatini bergan holda real materialga asoslangan yoki unga yaqin hayotiy huquqiy, moliyaviy, ijtimoiy va boshqa nizoli vaziyatlarni bayon etish

Idoraviy hujjat

2021-yil fevral

Vazirlik va idoralar

53.

Davlat organlari va tashkilotlarining rasmiy veb-saytlarida “huquqiy onlayn maslahatchi” xizmatini joriy qilish va u orqali soha faoliyatiga doir qonun hujjatlarini targ‘ib qilish, shuningdek, fuqarolarning huquqiy masaladagi savollariga javob berilishini ta’minlab borish

Tashkiliy

chora-tadbirlar

2020-yil noyabr

Vazirlik va idoralar

54.

Aholiga huquqiy axborot tarqatish samaradorligini yanada oshirish maqsadida davlat organlari va tashkilotlarining rasmiy veb-saytlari bosh interfeysida majburiy ravishda O‘zbekiston Respublikasining milliy huquqiy internet portali elektron manziliga (portal emblemasini ko‘rsatgan holda) doimiy tarzda havola joylashtirish

Tashkiliy

chora-tadbirlar

2020-yil noyabr

Vazirlik va idoralar

55.

Aholi va ijrochilarga muntazam, to‘liq va tezkor ravishda huquqiy axborotni taqdim etib borishda, shu jumladan, fuqarolarning huquqiy madaniyatini yu�saltirishda veb-texnologiyalardan foydalanishni yanada kengaytirish chorasini ko‘rish, bunda Internet jahon axborot tarmog‘idagi ijtimoiy sahifalarda (Facebook, Twitter, Youtube, Mytube. uz va h. k. ) faoliyatini faollashtirish chorasini ko‘rish

Kompleks

chora-tadbirlar

2020-yil noyabr

Vazirlik va idoralar

56.

Here-and-now” tamoyili asosida fuqarolarga barcha dolzarb va zarur huquqiy ma’lumotlarni taqdim qiluvchi yangilangan e-maslahat. uz interaktiv huquqiy portalini (saytini) takomillashtirish

Interaktiv axborot-huquqiy portali

2020-yil noyabr

Adliya vazirligi (R. Davletov), “Madad” NNT (T. Tursunov)

57.

“Huquqiy targ‘ibotni amalga oshirishda innovatsion texnologiyalarni qo‘llash” tanlovini o‘tkazish

Tashkiliy choralar

2020-yil dekabr

Adliya vazirligi (R. Davletov)

III. Aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirishda ommaviy axborot vositalarining rolini kuchaytirish

58.

Jurnalistlar, ommaviy axborot vositalari vakillari hamda blogerlarning huquqiy bilimlarini yanada oshirish bo‘yicha bepul o‘quv kurslari va seminarlar tashkil qilish

O‘quv kurslari, seminarlar

2021-yil

Yanvar — mart

Reja-grafik asosida

Adliya vazirligi (R. Davletov), Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (A. Xodjayev), Milliy axborot agentligi (A. Ko‘chimov), MTRK (A. Xadjayev)

59.

Ommaviy axborot vositalari vakillari va jurnalistlar uchun o‘z sohasiga oid qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning maqsadi, mazmun-mohiyati va ahamiyatini tushuntirish bo‘yicha doimiy ravishda matbuot anjumanlari, brifinglar, mediaturlar tashkil etish

Matbuot anjumanlari, brifinglar, mediaturlar

Reja-grafik asosida

Adliya vazirligi (R. Davletov), Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (A. Xodjayev), Milliy axborot agentligi (A. Ko‘chimov), MTRK (A. Xadjayev), manfaatdor vazirlik va idoralar

60.

Fuqarolarning huquqiy madaniyati va ma’rifatini oshirishga xizmat qiladigan, huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan teleko‘rsatuvlar va radioeshittirishlar hamda huquqiy mavzudagi boshqa loyihalarni tayyorlash

Media-reja

2020-yil
noyabr

MTRK (A. Xadjayev), Adliya vazirligi (R. Davletov), manfaatdor vazirlik va idoralar

61.

Davlat va jamiyat hamda fuqarolar hayotidagi muhim qonunlar, shuningdek yangi qabul qilingan boshqa qonun hujjatlari mohiyati va ahamiyatini aholiga tushuntirish bo‘yicha tahliliy tok-shou, bahs-munozara yo‘nalishidagi ko‘rsatuv va eshittirishlarni tayyorlash va efirga uzatish

Media-reja

2020-yil
noyabr

MTRK (A. Xadjayev), Adliya vazirligi (R. Davletov), manfaatdor vazirlik va idoralar

IV. Yuridik ta’limni, shuningdek, yuridik kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini rivojlantirish

62.

Masofaviy ta’lim orqali qisqa muddatli kurslarda maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyachilari va boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchila�ining huquq asoslari va bola huquqlari bo‘yicha malakasini oshirish

Tashkiliy

chora-tadbirlar

2020-yil noyabr

Adliya vazirligi (R. Davletov), Maktabgacha ta’lim vazirligi (A. Shin)

63.

Oliy va o‘rta maxsus yuridik ta’lim muassasalari axborot kutubxona fondlarini ilg‘or xorijiy mamlakatlarda chop etilgan zamonaviy va ixtisoslashgan yuridik adabiyotlar va ularning elektron nusxalari bilan boyitish

Tashkiliy

chora-tadbirlar

2020-yil noyabr

Adliya vazirligi (R. Davletov),Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov)

64.

Yuridik ta’lim muassasalarida ilg‘or xalqaro tajribani o‘rgangan holda yangi o‘quv rejalarni ishlab chiqish,talabalar tomonidan huquqshunoslar uchun zarur bo‘lgan zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni chuqur egallashlarini ta’minlash maqsadida ixtisoslashtirilgan fanlar hajmini ko‘paytirishni ta’minlash

Tashkiliy

chora-tadbirlar

2020-yil dekabr

Adliya vazirligi (R. Davletov)

65.

Yuridik ta’lim muassasalarida o‘quv jarayoniga sudlar, ichki ishlar organlari, prokuratura, bojxona va soliq idoralari, shuningdek, iqtisodiyotning turli sohalarida ishlaydigan yuristlarni, shu qatorda xalqaro (xorijiy) yuristlarni jalb qilish

Tashkiliy
chora-tadbirlar

2020-yil noyabrdan


Reja-grafik asosida

Adliya vazirligi (R. Davletov), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov), vazirlik va idoralar

66.

Yetakchi xorijiy mamlakatlarning tajribasidan keng va unumli foydalangan holda Yuristlar malakasini oshirish markazi o‘quv jarayoniga masofaviy ta’limni tatbiq etish

Tashkiliy
chora-tadbirlar

2020-yil noyabr

Adliya vazirligi (R. Davletov), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov)

67.

O‘qitishning innovatsion usullarini joriy etish, mehnat bozorida talab qilinadigan kadrlar tayyorlash uchun yuridik kollejlarda zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalari ko‘lamini kengaytirish

Kompleks
chora-tadbirlar

2021-yil iyun

Adliya vazirligi (R. Davletov), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov)

V. Huquqiy madaniyatni yuksaltirishning ilmiy asoslarini tadqiq etish

68.

Jamiyatda huquqiy axborotni tarqatish, huquqiy ong va madaniyatni yuksaltirishga qaratilgan dissertatsiyalar, ilmiy tadqiqotlar va izlanishlar ko‘lamini kengaytirish

Ilmiy-tadqiqot ishlari va ishlanmalari

2020-yil noyabrdan


Reja-grafik asosida

Adliya vazirligi (R. Davletov), Oliy attestatsiya komissiyasi (A. Yusupov)

69.

Huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish muammolariga bag‘ishlab konferensiyalar, seminarlar, davra suhbatlari tashkil etish

Konferensiyalar, seminarlar, davra suhbatlari

2020-yil noyabrdan


Reja-grafik asosida

Adliya vazirligi (R. Davletov), vazirlik va idoralar

70.

Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish ahvoli, uning darajasi, ko‘lamlari, dinamikasi va tendensiyalari yuzasidan ijtimoiy, maxsus, ilmiy va boshqa izlanishlarni amalga oshirish

Ijtimoiy, maxsus, ilmiy va boshqa izlanishlar

Har yarim yilda kamida bir marta

Adliya vazirligi (R. Davletov), “Ijtimoiy fikr” markazi (N. Rahimova), manfaatdor vazirlik va idoralar

71.

Aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirish darajasi bo‘yicha o‘tkazilgan sotsiologik so‘rov natijalarini ommaviy axborot vositalari, elektron va bosma nashrlarda hamda vazirlik va idoralarning veb-saytida doimiy yoritib borish

Tahliliy materiallar

2021-yil mart


Reja-grafik asosida

Adliya vazirligi (R. Davletov), “Ijtimoiy fikr” markazi (N. Rahimova), MTRK (A. Xadjayev)


Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi