Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

×
 ×
Yog‘-moy mahsulotlarining xavfsizligi to‘g‘risidagi umumiy texnik reglamentni tasdiqlash haqida

1-ILOVA
Yog‘-moy mahsulotlari xavfsizligi to‘g‘risidagi umumiy texnik reglament

1-bob. Umumiy qoidalar

2-bob. Atamalar va ta’riflar

3-bob. Yog‘-moy mahsulotlari xavfsizligiga qo‘yiladigan talablar

1-§. Sanitariya qoidalari, normalari va gigiyenik normativlar

2-§. Yog‘-moy mahsulotlarini ishlab chiqarish jarayonlariga qo‘yiladigan talablar

3-§. Yog‘-moy mahsulotlarini qadoqlashga qo‘yiladigan talablar

4-§. Yog‘-moy mahsulotlarini tamg‘alashga qo‘yiladigan talablar

5-§. Yog‘-moy mahsulotlarini saqlashga qo‘yiladigan talablar

6-§. Yog‘-moy mahsulotlarini tashishga qo‘yiladigan talablar

7-§. Yog‘-moy mahsulotlarini qaytarib olish va utilizatsiya qilish (qayta ishlash) jarayonlariga qo‘yiladigan talablar

8-§. Yog‘-moy mahsulotlarini muomalaga chiqarishga qo‘yiladigan talablar

9-§. Yog‘-moy mahsulotlarini sotish jarayonlariga qo‘yiladigan talablar

4-bob. Yog‘-moy mahsulotlaridan namuna olish, identifikatsiya qilish va muvofiqligini baholash va sinovdan o‘tkazish

10-§. Identifikatsiya qilish

11-§. Muvofiqlikni baholash

12-§. Namuna tanlash va sinovlar o‘tkazish

5-bob. Texnik reglament talablariga rioya etilishining davlat nazorati

6-bob. O‘tish davri

7-bob. Texnik reglamentga rioya qilmaslik uchun javobgarlik

1-ILOVA
Xavfsizlik talablari belgilanadigan texnik jihatdan tartibga solish obyektlari RO‘YXATI

2-ILOVA
Moyli xomashyodan olinishiga qarab o‘simlik moylarining turlari

3-ILOVA
Zaytun moylari turlari, tavsiflari va havfsizlik ko‘rsatkichlari

4-ILOVA
Ozuqaviy yog‘-moy mahsulotlaridagi zaharli elementlarning ruxsat etilgan miqdori

5-ILOVA
Yog‘-moy mahsulotlaridagi pestitsidlarning qoldiq miqdori, radionuklidlar, mikotoksinlar, antibiotik va dioksinlarni ruxsat etilgan darajasi

6-ILOVA
Ozuqaviy yog‘-moy mahsulotlarini oksidlovchi buzilish ko‘rsatkichlarining ruxsat etilgan miqdori

7-ILOVA
Ozuqaviy yog‘-moy mahsulotlarida yog‘ kislotalari transizomerlarining ruxsat etilgan miqdori

8-ILOVA
O‘simlik moylari va o‘simlik moylari fraksiyalarining tarkibidagi sinil kislotasi, benz(a)pirin, eruk kislotasi va gossipolning ruxsat etilgan miqdori

9-ILOVA
Yog‘-moy mahsulotlarining mikrobiologik va fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlari bo‘yicha xavfsizligiga belgilangan talablar

10-ILOVA
Ozuqaviy bo‘lmagan yog‘-moy mahsulotlariga ruxsat etilgan xavfsizlik ko‘rsatkichlari talablari

11-ILOVA
O‘simlik moylarining fizik-kimyoviy va tarkibiy parametlari (identifikatsiya qilish uchun qo‘shimcha parametrlar)

2-ILOVA
Yog‘-moy mahsulotlari xavfsizligi bo‘yicha umumiy texnik reglamentni joriy qilish SXEMASI

“Texnik jihatdan tartibga solish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq, shuningdek, yog‘-moy mahsulotlarining xavfsizligi yuzasidan qo‘shimcha talablarni belgilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Iste’molchilarda noto‘g‘ri tushuncha kelib chiqishining (chalg‘itishning) oldini olish maqsadida yog‘-moy mahsulotlari (mahsulot guruhlari) aynan bir turga mansubligi ushbu Texnik reglamentning 4-bobida keltirilgan mahsulotlar guruhlarining xususiyatlari hamda ularni tavsiflovchi belgilar asosida identifikatsiya qilish orqali amalga oshiriladi.
8. Ozuqaviy bo‘lmagan yog‘-moy mahsulotlari ushbu Texnik reglamentga 10-ilovada ko‘rsatilgan xavfsizlik ko‘rsatkichlarining ruxsat berilgan darajasi normalariga javob berishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
19. Yog‘-moy mahsulotlariga tegib turadigan qadoqlar (qadoqlash uchun ishlatiladigan materiallar) Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 7-iyuldagi 476-son qarori bilan tasdiqlangan Oziq-ovqat mahsulotlariga tegib turadigan qadoqlarning xavfsizligi to‘g‘risidagi Umumiy texnik reglament talablariga muvofiq bo‘lishi kerak.
23. Tamg‘alashda ushbu Texnik reglamentning 4-bandi va unga 1, 2 va 3-ilovalarda ko‘zda tutilgan ta’riflar asosida shakllangan mahsulotlar nomidagi so‘zlar tartibini o‘zgartirishga yo‘l qo‘yiladi. Masalan: “rafinatsiyalangan dezodoratsiyalangan soya moyi”, “soya moyi rafinatsiyalangan dezodoratsiyalangan”, “yog‘ pishiriq uchun”, “pishiriq uchun yog‘”, “mayonezli sous”, “sous mayonezli” va boshqalar.
Texnik reglamentning 4-bandiga va unga 1-ilovada ko‘rsatilgan nomlanishga muvofiq ozuqaviy yog‘-moy mahsulotlarining nomi;
Texnik reglamentga 2-ilovaga muvofiq o‘simlik moyi olinadigan moyli xomashyoning nomidan kelib chiqib o‘simlik moyi turlarining nomlanishi (zaytun moyining nomlanishi Texnik reglamentga 3-ilovaga muvofiq ko‘rsatiladi) hamda ushbu moyning ma’lum tozalanish jarayonlaridan o‘tganidan kelib chiqib tozalanganlik darajasida ko‘rsatiladi, masalan, “rafinatsiyalanmagan kungaboqar moyi” yoki “rafinatsiyalangan soya moyi” yoki “rafinatsiyalangan dezodoratsiyalangan raps moyi” va boshqalar;
Ozuqaviy bo‘lmagan yog‘-moy mahsulotlarini tamg‘alashda ushbu Texnik reglamentning 4-bandi va 1, 2 va 3-ilovalarda ko‘zda tutilgan ta’riflar asosida shakllangan mahsulotlar nomidagi so‘zlar tartibini o‘zgartirishga yo‘l qo‘yiladi. Masalan: “xom tabiiy glitserin”, “xom glitserin tabiiy”.
59. Texnik reglament talablariga javob bermaydigan yog‘-moy mahsulotlari “Oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va xavfsizligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida belgilab berilgan ozuqaviy mahsulotlarning sifati va xavfsizligini ta’minlash sohasidagi davlat boshqaruvini amalga oshiruvchi davlat nazorati organlarining qarorlari bo‘yicha qaytarib olinib utilizatsiya (qayta ishlash)ga beriladi.
tahlil qilish usuli — yog‘-moy mahsulotlarining fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlarini ushbu Texnik reglamentning 4-bandi va unga 3 va 11-ilovalarda keltirilgan belgilarga muvofiqligini tekshirish yo‘li bilan identifikatsiya qilinadi. Tahlil qilish usulidan yog‘-moy mahsulotini nomlanishi, vizual yoki organoleptik usullar bilan identifikatsiyalashning imkoni bo‘lmaganda qo‘llaniladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(73-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(78-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 11-martdagi 114-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.03.2022-y., 09/22/114/0209-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(82-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)

T/r

Moy turlari

Xom ashyo nomi

Botanik nomlanishi

1.

O‘rik moyi

O‘rik (danak urug‘i)

Prunus armeniaca Linnaeus: syn. Armeniaca vulgaris Lamarck

2.

Yeryong‘oq moyi

Yeryong‘oq

Arachis hypogaea Linnaeus

3.

Tarvuz moyi

Tarvuz (urug‘i)

Citrullus lanatus (Thumb.) Matsumet Nakai Citrullus spp.

4.

Qayin moyi

Qayin

Fagus sylvatica Linnaeus

5.

Uzum moyi

Uzum (urug‘i)

Vitis vinifera Linnaeus

6.

Olcha moyi

Olcha (danak urug‘i)

Prunus cerasus LinnaeusRosaceae

7.

Xantal moyi:

jigarrang;

hind;

qora;

oq xantal moyi;

dala xantali moyi.

Xantal (urug‘i):

jigarrang;

hind;

qora;

oq;

dalaniki.

Brassica Linnaeusjuncea Czernajawet cossonnigraW.D.J. Koch

Sinapis alba Linnaeus Sinapis arvensis Linnaeus

8.

Kedr moyi

Kedr (yong‘oq)

Pinus cembra L.

9.

Kokos moyi

Kopra

Cocos nucifera Sinapis Linnaeus

10.

Makkajo‘xori moyi

Makkajo‘xori (urug‘lari)

Zea mays Linnaeus

11.

Kunjut moyi

Kunjut (urug‘lari)

Sesamum indicum Linnaeus

12.

Kanakunjut moyi

Kanakunjut (urug‘lari)

Ricinus communis Linnaeus

13.

Zig‘ir moyi

Zig‘ir (urug‘lari)

Linumusilatissimum Linnaeus

14.

Bodom moyi

Achchiq bodom (yong‘oq)

Prunus dulcis (Miller) DA. Webb var. amara (DeConaolle) Buchheim:

syn. Prunus amygdalusBatsch var. amara (DeConaolla) Focke

15.

Yong‘oq moyi

Grek yong‘og‘i(urug‘lari)

Aleurites moluccana (Linnaeus), Wildenow. syn.Aleurites triloba Juglans regia Linnaeus

16.

Zaytun moyi*

Zaytun (mag‘iz)

Zaytun (perikarpiy)

Olea europaea Linnaeus

17.

Palma moyi

Moyli palma (mevaning perikarpiysi)

Elaeisguineensis Jacquin.

18.

Palmayadro moyi

Moyli palma (danak urug‘lari)

Elaeisguineensis Jacquin.

19.

Shaftoli moyi

Shaftoli (urug‘lari)

Prunus persica (hinnacus) Batsch

20.

Kungaboqar moyi

Kungaboqar (urug‘lari)

Helianthus annuusLinnaeus

21.

Bug‘doy moyi

Yumshoq bug‘doy (doni)

Qatttiq bug‘doy (doni)

Triticum aestivum Linnaeus: emened. Fiori et Paoletti

Triticum durum Desfontaines

22.

Raps moyi

Raps (urug‘lari)

Brassica napus Linnaeus

23.

Guruch moyi

Guruch

Oryza sativa Linnaeus

24.

Maxsar moyi

Maxsar (urug‘lari)

Carthamustinctorius Linnaeus

25.

Olxo‘ri moyi

Olxo‘ri (danak urug‘lari)

Prunus domestica Linnaeus

26.

Soya moyi

Soya (dukkaklari)

Glycine max (Linnaeus) Merrill

27.

Pomidor moyi

Pomidor (urug‘lari)

Lycopersicon

lycopersikum (Linnaeus), Karsten ex Farwell syn, Lycopersicon

esculentum P. Miller;

28.

Zira moyi

Zira (urug‘i)

Carum

29.

Qovoq moyi

Qovoq (urug‘lari)

Cucurbita maxima A.N. Duchesne Cucurbita pepo (Linnaeus)

30.

Paxta moyi

G‘o‘za (chigit)

Gossypium spp.

31.

Kanop moyi

Kanop urug‘lari

Cannabis ruderalis

Zaytun moyining nomlanishi

Tavsiflari va ko‘rsatkichlari

Presslash usulida olingan rafinatsiyalanmagan zaytun moyi (Extra virgin olive oil).

Kislota soni grammga 1,6 mg kaliy gidrooksididan ko‘p bo‘lmagan yoki kislotaliligi olein kislotaga qayta hisoblanganda 100 g ga 0,8 g dan ko‘p bo‘lmagan, perekis soni 20 mekv/kg dan ko‘p bo‘lmagan bir marotaba presslab olingan moy.

Rafinatsiyalanmagan zaytun moyi (Virgin olive oil).

Kislota soni grammga 4,0 mg kaliy gidrooksididan ko‘p bo‘lmagan yoki kislotaliligi olein kislotaga qayta hisoblanganda 100 g ga 2,0 g dan ko‘p bo‘lmagan, perekis soni 20 mekv/kg dan ko‘p bo‘lmagan presslarda bir marotaba siqib olingan moy.

Presslash usulida olingan rafinatsiyalangan zaytun moyi (Refined olive oil).

Kislota sonigrammga 0,6 mg kaliy gidrooksididan ko‘p bo‘lmagan yoki kislotaliligi olein kislotaga qayta hisoblanganda 100 g ga 0,3 g dan ko‘p bo‘lmagan, perekis soni 5 mekv/kg dan ko‘p bo‘lmagan bir marotaba presslab, rafinatsiya usulida olingan, lekin boshlang‘ich triglitserid strukturasiga o‘zgarishlar kiritmaydigan jarayonlarga yo‘naltirilmagan zaytun moyi.

Presslash usulida olingan rafinatsiyalanmagan zaytun moyi qo‘shilgan rafinatsiyalangan zaytun moyi Extra virgin (Olive oil).

Kislota soni grammga 2,0 mg kaliy gidrooksididan ko‘p bo‘lmagan yoki kislotaliligi olein kislotaga qayta hisoblanganda 100 g ga 2,0 g dan ko‘p bo‘lmagan, perekis soni 15 mekv/kg dan ko‘p bo‘lmagan, rafinatsiyalangan zaytun moyi va bir marotaba presslab olingan zaytun moylari aralashmasidan iborat moy.

Siqilgan qoldiqdan olingan rafinatsiyalangan zaytun moyi (Refined olive-pomace oil).

Kislota sonigrammga 0,6 mg kaliy gidrooksididan ko‘p bo‘lmagan yoki kislotaliligi olein kislotaga qayta hisoblanganda 100 g ga 0,3 g dan ko‘p bo‘lmagan, perekis soni 5 mekv/kg dan ko‘p bo‘lmagan siqilgan qoldiqlarda xom zaytun moyidan rafinatsiya usullari orqali olingan va lekin boshlang‘ich triglitserid strukturalariga o‘zgarishlar kiritmaydigan jarayonlarga yo‘naltirilmagan zaytun moyi.

Presslash usulida olinganrafinatsiyalangan zaytun moyi qo‘shilgan siqilgan qoldiqlardan olingan rafinatsiyalangan zaytun moyi (Olive-pomace oil).

Kislota sonigrammga 2,0 mg kaliy gidrooksididan ko‘p bo‘lmagan yoki kislotaliligi olein kislotaga qayta hisoblanganda 100 g ga 1,0 g dan ko‘p bo‘lmagan, perekis soni 20 mekv/kg dan ko‘p bo‘lmagan, siqilgan qoldiqlardan olingan rafinatsiyalangan zaytun moyi va bir marotaba siqib olingan zaytun moylari aralashmasidan iborat moy.

Mahsulotlar nomi

Ko‘rsatkichlar

Ruxsat etilgan miqdori mg/kg dan ko‘p emas

O‘simlik moylari (barcha turlari),

o‘simlik moylarining fraksiyalari.

Qo‘rg‘oshin

0,1

0,2 (eryong‘oq moyi uchun)

Margimush

0,1

Kadmiy

0,05

Simob

0,03

Temir

1,5 rafinatsiyalangan moylar uchun

5,0 rafinatsiyalanmagan moy, rafinatsiyalangan va rafinatsiyalanmagan moylar aralashmasi uchun

Mis

0,1 rafinatsiyalangan moylar uchun

0,4 rafinatsiyalanmagan moylar uchun

Rafinatsiyalangan dezodoratsiyalangan gidrogenizatsiyalangan moy (yog‘)lar;

rafinatsiyalangan dezodoratsiyalangan pereeterifikatsiyalangan moy (yog‘)lar;

mahsus qo‘llanishga mo‘ljallangan yog‘lar (non, qandolat mahsulotlari, pishiriq uchun yog‘lar va boshqalar).

Qo‘rg‘oshin

0,1

Margimush

0,1

Kadmiy

0,05

Simob

0,05

Nikel

0,7

gidrogenizatsiyalangan rafinatsiyalangan va dezodoratsiyalangan moylar (yog‘lar) va tarkibida gidrogenizatsiyalangan moy va yog‘lar mavjud mahsulotlar uchun

Margarinlar.

Qo‘rg‘oshin

0,1

Margimush

0,1

Kadmiy

0,05

Simob

0,05

Nikel

0,7 tarkibida gidrogenizatsiyalangan moylar va yog‘lar mavjud mahsulotlar

Temir

1,5 (kakao mahsulotlari qo‘shilgan margarinlardan tashqari)

Mis

0,1 (kakao mahsulotlari qo‘shilgan margarinlardan tashqari)

Sut yog‘ining o‘rnini bosuvchi mahsulotlar;

Kakao moyining ekvivalenti;

SOS-turdagi kakao moyini yaxshilovchilar;

POP-turdagi kakao moyining o‘rnini bosuvchi mahsulotlar;

Nolaurin turidagi temperirlanmaydigan kakao moyi o‘rnini bosuvchilar;

Laurin turidagi temperirlanmaydigan kakao moyi o‘rnini bosuvchilar.

Qo‘rg‘oshin

0,1

Margimush

0,1

Kadmiy

0,05

Simob

0,05

Nikel�

0,7

tarkibida gidrogenizatsiyalanganmoylar va yog‘lar mavjud mahsulotlar

Mayonezlar;

mayonezli souslar;

o‘simlik moylari asosida tayyorlangan souslar;

o‘simlik moylari asosida tayyorlangan krem.

Qo‘rg‘oshin

0,3

Margimush

0,1

Kadmiy

0,05

Simob

0,05

O‘simlik-yog‘li spredlar;

o‘simlik-sariyog‘li spredlar;

o‘simlik yog‘li eritilgan omuxta aralashmalar;

o‘simlik-sariyog‘li eritilgan omuxta aralashmalar.

Qo‘rg‘oshin

0,1

0,3 kakao mahsuloti qo‘shilgan turlari uchun

Margimush

0,1

Kadmiy

0,03 o‘simlik-sariyog‘li mahsulotlar uchun

0,05 o‘simlik-yog‘li mahsulotlar uchun

0,2 kakao mahsuloti qo‘shilgan turlari uchun

Simob

0, 03 o‘simlik-sariyog‘li mahsulotlar uchun

0,05 o‘simlik-yog‘li mahsulotlar uchun

0,2 kakao mahsuloti qo‘shilgan turlari uchun

Nikel

0,7 tarkibida gidrogenizatsiyalangan moylar va yog‘lar

mavjud mahsulotlar

Temir

1,5 (kakao mahsuloti qo‘shilgan spredlar va eritilgan omuxta aralashmalardan tashqari)

Mis

0,1 o‘simlik-yog‘li turlari uchun (kakao mahsulotlari qo‘shilgan turlaridan tashqari)

0,4 o‘simlik-sariyog‘li turlari uchun (kakao mahsulotlari qo‘shilgan turlaridan tashqari)

Distillangan glitserin.

Temir

2,0

Qo‘rg‘oshin

5,0

Margimush

0,3

Mahsulotlar nomi

Ko‘rsatkichlar

Ruxsat etilgan miqdori mg/kgdan ko‘p emas

O‘simlik moylari (barcha turlari),

o‘simlik moylarining fraksiyalari;

rafinatsiyalangan dezodoratsiyalangan gidrogenizatsiyalangan moy (yog‘)lar;

rafinatsiyalangan dezodoratsiyalangan pereeterifikatsiyalangan moy (yog‘)lar;

maxsus qo‘llanishga mo‘ljallangan yog‘lar (non, qandolat mahsulotlari, pishiriq uchun yog‘lar va boshqalar);

margarinlar;

mayonezlar;

o‘simlik moylari asosida tayyorlangan krem;

sut yog‘ining o‘rnini bosuvchi mahsulotlar;

kakao moyining ekvivalenti;

SOS-turdagi kakao moyini yaxshilovchilar;

POP-turdagi kakao moyining o‘rnini bosuvchi mahsulotlar;

Nolaurin turidagi temperirlanmaydigan kakao moyi o‘rnini bosuvchilar;

Laurin turidagi temperirlanmaydigan kakao moyi o‘rnini bosuvchilar.

Mikotoksinlar:

aflotoksin V1

0,005

(rafinatsiyalangan moylardan tashqari)

Radionuklidlar:

seziy-137

40 Bk/kg(o‘simlik moylari uchun)

60 Bk/kg

stronsiy-90

80 Bk/kg

Pestitsidlar:

GXSG (αβγ-izomerlari)*

0,05 (rafinatsiyalangan moylar uchun)

0,2 (rafinatsiyalanmagan moylar uchun)

DDT va uning metabolitlari

0,1 (rafinatsiyalangan moylar uchun)

0,2 (rafinatsiyalanmagan moylar uchun)

Polixlorlanganbifenillar

3,0

(tarkibida baliq yog‘i bo‘lgan mahsulotlar uchun)

Dioksinlar

0,00000075

01.01.2021-yildan amalga kiritiladi

(o‘simlik moylari uchun mahsulotdagi yog‘ miqdoriga qayta hisoblanganda)

Moy tarkibida mavjudligi ehtimoli asosli taxmin qilingan holatlarda aniqlanadi

O‘simlik-yog‘li spredlar;

o‘simlik yog‘li eritilgan omuxta aralashmalar;

o‘simlik-sariyog‘li spredlar;

o‘simlik-sariyog‘li eritilgan omuxta aralashmalar.

Mikotoksinlar:

aflotoksin V1

0,005

Radionuklidlar:

seziy-137


Stronsiy-90

100 Bk/kg

(o‘simlik-sariyog‘li mahsulotlar uchun)

60 Bk/kg

(o‘simlik-yog‘li mahsulotlar uchun)

80 Bk/kg

GXSG (αβγ-izomerlari)

Yog‘ miqdoriga qayta hisoblanganda

1,25 (o‘simlik-sariyog‘li mahsulotlar uchun)

0,05 (o‘simlik-yog‘li mahsulotlar uchun)

DDT va uning metabolitlari

Yog‘ miqdoriga qayta hisoblanganda

1,0(o‘simlik-sariyog‘li mahsulotlar uchun)

0,1(o‘simlik-yog‘li mahsulotlar uchun)

Antibiotiklar**(o‘simlik-sariyog‘li mahsulotlar uchun)

levomitsetin (xloramfenikol)

yo‘l qo‘yilmaydi

< 0,0003 mg/kg

Tetratsiklin guruhi

yo‘l qo‘yilmaydi

<0,01 mg/kg

streptomitsin

yo‘l qo‘yilmaydi

< 0,2 mg/kg

penitsillinlar

yo‘l qo‘yilmaydi

< 0,004 mg/kg

Mahsulotlar nomi

Ko‘rsatkichlar

Ruxsat etilgan miqdor, ko‘p emas

O‘simlik moylari (barcha turlari),

o‘simlik moylarining fraksiyalari;

rafinatsiyalanmagan moylar.

Kislota soni, mg KON/g,ko‘p emas

4,0

Rafinatsiyalanmagan maxsar moyi.

2,0

Rafinatsiyalanmagan raps moyi (oziq-ovqat mahsulotlariga oziqaviy xomashyo sifatida foydalaniladigan).

6,0

Rafinatsiyalanmagan kunjut (sezam) moyi.

1,0

Rafinatsiyalangan kunjut(sezamovoye), danak moyi.

0,4

Rafinatsiyalangan eryong‘oq moyi.

0,5

Rafinatsiyalangan paxta moyi.

0,3

Rafinatsiyalangan moylar.

0,4 — 0,6

Rafinatsiyalangan moylar.

Perekis soni, mmolfaolkislorod/kg,

ko‘p emas

10,0

Rafinatsiyalangan dezodoratsiyalangan gidrogenizatsiyalangan moy (yog‘)lar;

rafinatsiyalangan dezodoratsiyalangan pereeterifikatsiyalangan moy (yog‘)lar;

mahsus qo‘llanishga mo‘ljallangan yog‘lar (non, qandolat mahsulotlari, pishiriq uchun yog‘lar va boshqalar);

margarinlar;

sut yog‘ining o‘rnini bosuvchi mahsulotlar;

kakao moyining ekvivalenti;

SOS-turdagi kakao moyini yaxshilovchilar;

POP-turdagi kakao moyining o‘rnini bosuvchi mahsulotlar;

Nolaurin turidagi temperirlanmaydigan kakao moyi o‘rnini bosuvchilar;

Laurin turidagi temperirlanmaydigan kakao moyi o‘rnini bosuvchilar.

Kislota soni, mg KON/g,

ko‘p emas






Perekis soni, mmol faol kislorod/kg,

ko‘p emas

0,6 (margarindan tashqari)






10,0

O‘simlik-yog‘li spredlar;

o‘simlik-sariyog‘li spredlar;

o‘simlik-yog‘li eritilgan omuxta aralashmalar;

o‘simlik-sariyog‘li eritilgan omuxta aralashmalar.

Yog‘li fazaning kislotaliligi,

0 Kettstoferda

Perekis soni, mmol faol kislorod/kg,
ko‘p emas

2,5 (o‘simlik-sariyog‘li mahsulotlar uchun)

10,0

Mayonezlar;

o‘simlik moylari asosida tayyorlangan souslar;

mayonezli souslar;

o‘simlik moylari asosida tayyorlangan krem.

Perekis soni, mmol faolkislorod/kg,
ko‘p emas

10,0


Yog‘ kislotasi

nomi

Palmasuperoleini

Raps

moyi

Raps moyi

(tarkibidagi eruk kislotasi past bo‘lgan turi)

Maxsar moyi

Maxsar moyi

(tarkibida olein kislotasi ko‘p bo‘lgan turi)

Kunjut

moyi

Soya

moyi

Kungaboqar moyi

Kungaboqar moyi

(olein kislotasi miqdori ko‘p bo‘lgan turi)

Kungaboqar moyi

(olein kislotasi miqdori o‘rtacha bo‘lgan turi)

S6:0

NO

NO

NO

NO

NO

NO

NO

NO

NO

NO

S8:0

NO

NO

NO

NO

NO

NO

NO

NO

NO

NO

S10:0

NO

NO

NO

NO

NO

NO

NO

NO

NO

NO

S12:0

0,1-0,5

NO

NO

NO

NO-0,2

NO

NO-0,1

NO-0,1

NO

NO

S14:0

0,5-1,5

NO-0,2

NO-0,2

NO-0,2

NO-0,2

NO-0,1

NO-0,2

NO-0,2

NO-0,1

NO-0,1

S16:0

30,0-39,0

1,5-6,0

2,5-7,0

5,3-8,0

3,6-6,0

7,9-12,0

8,0-13,5

5,0-7,6

2,6-5,0

4,0-5,5

S16:1

NO-0,5

NO-3,0

NO-0,6

NO-0,2

NO-0,2

NO-0,2

NO-0,2

NO-0,3

NO-0,1

NO-0,05

S17:0

NO-0,1

NO-0,1

NO-0,3

NO-0,1

NO-0,1

NO-0,2

NO-0,1

NO-0,2

NO-0,1

NO-0,05

S17:1

NO

NO-0,1

NO-0,3

NO-0,1

NO-0,1

NO-0,1

NO-0,1

NO-0,1

NO-0,1

NO- 0,06

S18:0

2,8-4,5

0,5-3,1

0,8-3,0

1,9-2,9

1,5-2,4

4,5-6,7

2,0-5,4

2,7-6,5

2,9-6,2

2,1-5,0

S18:1

43,0-49,5

8,0-60,0

51,0-70,0

8,4-21,3

70,0-83,7

34,4-45,5

17,0-30,0

14,0-39,4

75,0-90,7

43,1-71,8

S18:2

10,5-15,0

11,0-23,0

15,0-30,0

67,8-83,2

9,0-19,9

36,9-47,9

48,0-59,0

48,3-74,0

2,1-17

18,7-45,3

S18:3

0,2-1,0

5,0-13,0

5,0-14,0

NO-0,1

NO-1,2

0,2-1,0

4,5-11,0

NO-0,3

NO-0,3

NO-0,5

S20:0

NO-0,4

NO-3,0

0,2-1,2

0,2-0,4

0,3-0,6

0,3-0,7

0,1-0,6

0,1-0,5

0,2-0,5

0,2-0,4

S20:1

NO-0,2

3,0-15,0

0,1-4,3

0,1-0,3

0,1-0,5

NO-0,3

NO-0,5

NO-0,3

0,1-0,5

0,2-0,3

S20:2

NO

NO-1,0

NO-0,1

NO

NO

NO

NO-0,1

NO

NO

NO

S22:0

NO-0,2

NO-2,0

NO-0,6

NO-1,0

NO-0,4

NN-1,1

NO-0,7

0,3-1,5

0,5-1,6

0,6-1,1

S22:1

NO

>2,0-60,0

NO-2,0

NO-1,8

NO-0,3

NO

NO-0,3

NO-0,3

NO-0,3

NO

S22:2

NO

NO-2,0

NO-0,1

NO

NO

NO

NO

NO-0,3

NO

NO-0,09

S24:0

NO

NO-2,0

NO-0,3

NO-0,2

NO-0,3

NO-0,3

NO-0,5

NO-0,5

NO-0,5

0,3-0,4

S24:1

NO

NO-3,0

NO-0,4

NO-0,2

NO-0,3

NO

NO

NO

NO

NO

Oldingi tahrirga qarang.

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlar


I bosqich

Texnik jihatdan tartibga solish agentligi, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati

Sertifikatlashtirish organlari va sinov laboratoriyalariga Yog‘-moy mahsulotlari xavfsizligi to‘g‘risidagi umumiy texnik reglamentni (keyingi o‘rinlarda Texnik reglament) yetkazish.

Uch kun
muddatda


II bosqich

Texnik jihatdan tartibga solish agentligi,
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati

1. Yog‘-moy mahsulotlarini standartlashtirish bo‘yicha mavjud normativ hujjatlar ro‘yxatini tuzish va xatlovdan o‘tkazish.

Bir oy
muddatda

2. Yog‘-moy mahsulotlarini standartlashtirish bo‘yicha normativ hujjatlarni qo‘llashda majburiylikni bekor qilish va ixtiyoriylikni ta’minlash to‘g‘risida belgilangan tartibda qaror qabul qilish.

O‘n kun
muddatda


III bosqich

Texnik jihatdan tartibga solish agentligi

Texnik reglament talablariga muvofiqligini baholash uchun sertifikatlashtirish organlari va sinov laboratoriyalarini akkreditatsiya qilish ko‘lamini kengaytirish choralarini ko‘rish.

Uch oy
muddatda


IV bosqich

“O‘zyog‘moysanoat” uyushmasi,

Texnik jihatdan tartibga solish agentligi,
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati

Texnik reglamentning maqsadlari, mazmuni va uni qo‘llash tartibi to‘g‘risida aholini, davlat organlarini, tadbirkorlik subektlarini keng xabardor qilishni ta’minlash.

Jadvalga muvofiq


V bosqich

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati hududiy organi

1. Tadbirkorlik subektlari tomonidan sanitariya-epidemiologik xulosani olish uchun ariza va unga zarur hujjatlarni ilova qilgan holda taqdim qilish.

2. Sinovdan o‘tkazish uchun belgilangan tartibda mahsulot namunalarini olish.

3. Laboratoriya sinovlari natijasi ijobiy bo‘lganda arizaberuvchiga sanitariya-epidemiologik xulosani berish.

Belgilangan tartibda
(ariza olingan kundan boshlab
14 kundan kechiktirmay)


VI bosqich

Akkreditatsiya qilingan sertifikatlashtirish organlari

Muvofiqlik sertifikatini berish yoki qonunchilik hujjatlarining aniq normalari ko‘rsatilgan holda muvofiqlik sertifikatini berish rad etilganligi to‘g‘risida yozma ravishda xabardor qilish.

Uch ish kuni mobaynida


VII bosqich

Texnik jihatdan tartibga solish agentligi, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati

Texnik reglament talablariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini ta’minlash.

Belgilangan tartibda

(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi