Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar to‘g‘risida”gi va “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunlariga muvofiq, shuningdek, kannabis o‘simligini giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar ishlab chiqarish hamda tayyorlash bilan bog‘liq bo‘lmagan sanoat maqsadlarida yetishtirish va foydalanish faoliyatini tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. “Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq, tarkibida tetragidrokannabinol giyohvandlik moddasining miqdori 0,2 foizgacha bo‘lgan kannabis o‘simligini giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni ishlab chiqarish hamda tayyorlash bilan bog‘liq bo‘lmagan sanoat maqsadlarida yetishtirishga, olib kirishga (olib chiqishga), qayta ishlashga, saqlashga, realizatsiya qilishga (berishga), olishga va tashishga yuridik shaxslarga mazkur faoliyat turi uchun Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda berilgan litsenziyaga asosan ruxsat etilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/80/0154-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
6. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/80/0154-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/80/0154-son)
2. Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 12-noyabrdagi 330-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasida muomalada bo‘lishi taqiqlangan giyohvandlik vositalarining ro‘yxati (I ro‘yxat)ning rus tilidagi matnida 53-pozitsiyaning “Naimenovaniye narkoticheskogo sredstva” ustuniga” (za isklyucheniyem rasteniya kannabis, s soderjaniyem narkoticheskogo sredstva tetragidrokannabinola do 0,2 protsentov, ispolzuyemogo v promishlennix tselyax, ne svyazannogo s proizvodstvom ili izgotovleniyem narkoticheskix sredstv i psixotropnix veщestv)” so‘zlari qo‘shilsin.
a) 1-bandning uchinchi xatboshisi hamda 3-bandning ikkinchi, uchinchi va beshinchi xatboshilaridagi “texnik kanop” so‘zlari “kannabis” so‘zi bilan almashtirilsin;
b) ilovaning 1-pozitsiyasi “Investitsiya loyihasining nomi” ustunidagi “texnik kanop” so‘zlari “kannabis” so‘zi bilan almashtirilsin.

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi