Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

v) ushbu bandning “a” kichik bandida ko‘rsatilgan tegishli komissiyalarni tuzishni nazarda tutuvchi qarorlar ularni qabul qiluvchi tegishli organlarga baxtsiz hodisa sodir bo‘lganligi to‘g‘risida xabar berilgan kundan boshlab uch ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatda qabul qilinadi va tegishli choralar ko‘riladi.

4. Jismoniy shaxslar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari mazkur Nizomning 3-bandida ko‘rsatilgan tashkilotlar xodimlari yetib kelguniga qadar xavf o‘chog‘ini bartaraf qilish bo‘yicha kechiktirib bo‘lmaydigan choralarni (agar bu holat insonlar hayoti va sog‘lig‘iga xavf tug‘dirmasa hamda baxtsiz hodisa takrorlanishini yuzaga keltirmasa) ko‘rishlari lozim.
5. Mazkur Nizomning 3-bandida ko‘rsatilgan tashkilotlar baxtsiz hodisa sabablarini tekshirishdan oldin:
12. Ushbu Nizomning 8 — 10-bandlarida ko‘rsatilgan tegishli komissiyalarni tuzishni nazarda tutuvchi qarorlar ushbu bandlarda ko‘rsatilgan organlarga (mansabdor shaxslarga) baxtsiz hodisa sodir bo‘lganligi to‘g‘risida xabar berilgan kundan uch ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatda ushbu organlar (mansabdor shaxslar) tomonidan qabul qilinishi lozim.
22. Komissiya tomonidan amalga oshirilgan tekshirish natijalari, mazkur Nizomga 2-ilovada keltirilgan shaklga muvofiq o‘n besh ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatda komissiya tomonidan tekshirish dalolatnomasi rasmiylashtirilishi zarur.
Oldingi tahrirga qarang.
b) tekshirish materiallarining qo‘shimcha nusxalarining soni mazkur Nizomning 8 — 10-bandlari talablariga muvofiq tuzilgan komissiya a’zolarining soniga teng bo‘lishi lozim va komissiya a’zolarining har biriga taqdim etiladi.
29. Mazkur Nizomning 2-bandida ko‘rsatilgan baxtsiz hodisalar O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi tomonidan hisobga olinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
(33-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(34-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Favqulodda vaziyatlar vazirligi

(hududiy bo‘linmalari)

1. Baxtsiz hodisa sabablarini tekshirish bo‘yicha komissiya tarkibini tasdiqlashni nazarda tutuvchi qaror loyihasini ishlab chiqish.

1. Baxtsiz hodisa sodir bo‘lganligi to‘g‘risida xabar berilgan kundan boshlab bir ish kunida.

2. Ishlab chiqilgan qaror loyihasini:

3 nafargacha shaxslar (shu jumladan 3-shaxsni hisobga olganda) hayotiga yoki sog‘lig‘iga ziyon yetgan, halok bo‘lgan taqdirda tuman (shahar) hokimligiga;

7 nafargacha shaxslar (shu jumladan 7-shaxsni hisobga olganda) hayotiga yoki sog‘lig‘iga ziyon yetgan, halok bo‘lgan taqdirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimligiga;

8 nafar yoki undan ortiq shaxslar hayotiga yoki sog‘lig‘iga ziyon yetgan, halok bo‘lgan taqdirda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2. Baxtsiz hodisa sodir bo‘lganligi to‘g‘risida xabar berilgan kundan uch ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatda.

2-bosqich

Baxtsiz hodisa sabablarini tekshirish komissiyasi

1. Tegishli hokimlik yoki hududiy gaz ta’minoti tashkilotlariga (baxtsiz hodisa tabiiy yoki suyultirilgan uglevodorod gazidan foydalanish oqibatida sodir bo‘lganda) ularning o‘z ichki imkoniyatlari doirasida amalga oshirilishi majbur hisoblangan chora-tadbirlarni taqdim etish.

1. Baxtsiz hodisa sabablarini tekshirish komissiyasini tuzish to‘g‘risida qaror qabul qilingan kundan boshlab bir kun mobaynida.

2. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar, Favqulodda vaziyatlar vazirligining hududiy davlat yong‘in nazorati organlari, Sog‘liqni saqlash vazirligi (sud-tibbiy ekspertizasi) va mazkur baxtsiz hodisaga aloqador bo‘lgan boshqa organlarga komissiyaga taqdim etilishi talab etiladigan baxtsiz hodisaga taalluqli bo‘lgan hujjat va materiallarni komissiyaga taqdim etilishi yuzasidan murojaatni kiritish.

2. Komissiya raisi talabi taqdim etilgan kundan boshlab uch kundan ko‘p bo‘lmagan muddatda.

3-bosqich

Tegishli hokimlik yoki hududiy gaz ta’minoti tashkilotlari

(baxtsiz hodisa tabiiy yoki suyultirilgan uglevodorod gazidan foydalanish oqibatida sodir bo‘lganda)

Komissiyaning talabi asosida baxtsiz hodisa va uni kelib chiqish sabablarini aniqlash uchun, o‘z ichki imkoniyatlari doirasida, zarur bo‘lgan chora-tadbirlarni (ekspertlarni jalb qilish, baxtsiz hodisa joyining prinsipial chizmasini tayyorlash, komissiya a’zolarini uchun transport va aloqa vositalari, kompyuter texnikasi va shaxsiy himoya vositalari bilan ta’minlash) amalga oshirilishini ta’minlash.

Talabnoma taqdim etilgan kundan boshlab bir kun mobaynida.

4-bosqich

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar, Favqulodda vaziyatlar vazirligining hududiy davlat yong‘in nazorati organlari, Sog‘liqni saqlash vazirligi va baxtsiz hodisaga aloqador bo‘lgan boshqa organlar

Baxtsiz hodisaga taalluqli bo‘lgan hujjat va materiallarni komissiyaga taqdim etish.

Talabnoma taqdim etilgan kundan boshlab uch ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatda.

5-bosqich

Baxtsiz hodisa sabablarini tekshirish komissiyasi

1. Baxtsiz hodisa sodir bo‘lgan joyning holatini uning barcha a’zolari ishtirokida joyga chiqqan holda ko‘zdan kechirish yo‘li bilan o‘rganish va tegishli o‘rganish dalolatnomasini rasmiylashtirish.

1. Baxtsiz hodisa sabablarini tekshirish komissiyasini tuzish to‘g‘risida qaror qabul qilingan kundan boshlab besh kun mobaynida.

2. Baxtsiz hodisani kelib chiqish sabablarini tekshirish bo‘yicha nizomda belgilangan chora-tadbirlar (zarur hollarda nazorat-sinov ishlari, texnik hisob-kitoblar, laboratoriya tadqiqotlari va eksperimentlar o‘tkazish)ni amalga oshirish.

2. Baxtsiz hodisa sabablarini tekshirish komissiyasini tuzish to‘g‘risida qaror qabul qilingan kundan boshlab o‘n kun mobaynida

3. Baxtsiz hodisani kelib chiqish sabablarini aniqlash uchun jalb etiladigan ekspertlar va mutaxassislardan iborat guruhning yozma ravishda rasmiylashtirilgan xulosasini olish.

3. Baxtsiz hodisani kelib chiqish sabablarini aniqlash uchun ekspertlar va mutaxassislarni jalb etilgan kundan boshlab yetti kun mobaynida.

6-bosqich

Baxtsiz hodisa sabablarini tekshirish komissiyasi

1. Amalga oshirilgan tekshirish natijalari, nizomning 2-ilovasida keltirilgan shaklga muvofiq tekshirish dalolatnomasini rasmiylashtirish.

1. Baxtsiz hodisa sabablarini tekshirish komissiyasini tuzish to‘g‘risida qaror qabul qilingan kundan boshlab o‘n besh ish kuni mobaynida.

Agar baxtsiz hodisa sabablarini aniqlash uchun laboratoriya tadqiqotlari, ekspertiza, sinovlar yoki boshqa ishlarni amalga oshirilishi lozim bo‘lsa, tekshirish ishlarining va tegishli dalolatnomaning rasmiylashtirish umumiy muddati o‘ttiz ish kunidan oshmagan holda uzaytiriladi.

2. Tekshirish materiallarining asl nusxalarini bir nusxada, rasmiylashtirish va ushbu komissiyani tashkil etish to‘g‘risida tegishli qaror chiqargan organga (mansabdor shaxsga) yuborish.

2. Baxtsiz hodisani tekshirish dalolatnomasi rasmiylashtirilgan kundan boshlab bir kun mobaynida.

3. Baxtsiz hodisani tahlil qilish hamda kelgusida gazdan turmushda foydalanishda sodir bo‘ladigan ushbu hodisalarni takrorlanmasligini ta’minlash choralarini ko‘rish uchun tekshirish materiallarining bittadan nusxalarini Energetika vazirligi va “Hududgazta’minot” AJga yuborish.

3. Baxtsiz hodisani tekshirish dalolatnomasi rasmiylashtirilgan kundan boshlab uch kun mobaynida.

7-bosqich

Energetika vazirligi

Baxtsiz hodisani belgilangan shakl asosida yuritiladigan jurnalda hisobga olish.

Kelgusida baxtsiz hodisalarni takrorlanmasligini ta’minlash chora-tadbirlarini ishlab chiqib, amalga oshirilishini tashkillashtirish.

Tekshirish materiallarining nusxalari taqdim etilgan kunda.

Chora-tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha belgilangan muddatlarda.

Baxtsiz hodisalarni tekshirish bo‘yicha

DALOLATNOMA

“___” _____________ 20___ y.

1. Baxtsiz hodisa sodir bo‘lgan manzil

___________________________________________________________________________________________________________

2. Komissiya tarkibi

Komissiya raisi: ____________________________________________________________________________________________

(familiyasi, ismi, otasining ismi va lavozimi)

Komissiya a’zolari: _________________________________________________________________________________________

(familiyasi, ismi, otasining ismi va lavozimi)

3. Jabrlanganlar (vafot etganlar) to‘g‘risida ma’lumotlar:

T/r

Familiyasi, ismi,
otasining ismi

Tug‘ilgan yili

Ishlash joyi

Jarohat olish darajasi

4. Hodisa joyining tafsiloti:

a) uy, xonaning hodisadan avvalgi va keyingi holatining tafsiloti;

b) baxtsiz hodisa sodir bo‘lgan obyekt hujjatlari holati va qurilish ishlarining loyihaga mosligi;

v) o‘rnatilgan uskuna va jihozlarining tafsiloti va foydalanishga qabul qilingan vaqti. Gaz jihozlariga, shu jumladan gaz quvurlariga texnik xizmat ko‘rsatish va dudburon, shamollatish kanallarini ko‘rikdan o‘tkazish vaqtida amalga oshirilgan ish hajmi hamda oxirgi marotaba servis xizmati ko‘rsatilgan sana.

5. Baxtsiz hodisa sodir bo‘lish holati (hodisalarning sodir bo‘lish ketma-ketligi, shikastlangan va boshqalarning baxtsiz hodisaga olib kelishdagi xatti-harakati ko‘rsatiladi).

6. Baxtsiz hodisaga olib kelgan texnik va tashkiliy sabablar (baxtsiz hodisaning sodir bo‘lishida uskuna va jihozlarining nosozligi va ularning sabablari ko‘rsatiladi).

7. Turmushda tabiiy va suyultirilgan uglevodorod gazi, qattiq yoqilg‘i yoki neft mahsulotlaridan yoqilg‘i sifatida foydalanishda xavfsizlik qoidalari talablarini buzgan va aybdor shaxslar bo‘yicha komissiya xulosasi (aybdor shaxslarning mansabi va familiyasini ko‘rsatish hamda ularning qanday harakati (harakatsizligi) baxtsiz hodisaga olib kelganligi, normativ-huquqiy hujjatlarning va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarning aniq qaysi bandlari ular tomonidan buzilganligini ko‘rsatish).

8. Baxtsiz hodisa oqibatlarini bartaraf qilish va oldini olish bo‘yicha komissiya tavsiyalari.

“___” _____________ 20____ y.

Komissiya raisi

___________________

Komissiya a’zolari

___________________

___________________


Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi