Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

×
 ×
Moddiy madaniy meros obyektlari va YUNESKOning Umumjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan hududlar muhofazasini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida

2021-2022-yillarda moddiy madaniy meros obyektlarini aniqlash, hisobini yuritish, muhofaza qilish, asrash, ilmiy tadqiq etish, ommalashtirish va ulardan oqilona foydalanish hamda O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari DASTURI

5-ILOVA
2021 — 2030-yillarda O‘zbekiston Respublikasi tomonidan YUNESKOning Umumjahon madaniy merosi ro‘yxati, Insoniyat nomoddiy madaniy merosining reprezentativ ro‘yxati, Jahon xotirasi ro‘yxatiga madaniy va tabiiy meroslarni kiritishga ilgari surish bo‘yicha MILLIY REJA

O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi tomonidan ko‘rsatiladigan davlat xizmatlari hamda ularga to‘lov turi va miqdorlari

8-ILOVA
“Buxoro” davlat muzey-qo‘riqxonalari qo‘riqlanadigan tegralarining ChEGARASI

9-ILOVA
“Samarqand” davlat muzey-qo‘riqxonalari qo‘riqlanadigan tegralarining ChEGARASI

10-ILOVA
“Ichan qal’a” davlat muzey-qo‘riqxonalari qo‘riqlanadigan tegralarining ChEGARASI

11-ILOVA
“Sarmishsoy” davlat muzey-qo‘riqxonalari qo‘riqlanadigan tegralarining ChEGARASI

12-ILOVA
“Shahrisabz” davlat muzey-qo‘riqxonalari qo‘riqlanadigan tegralarining ChEGARASI

13-ILOVA
“Termiz” davlat muzey-qo‘riqxonalari qo‘riqlanadigan tegralarining ChEGARASI

14-ILOVA
“Qo‘qon” davlat muzey-qo‘riqxonalari qo‘riqlanadigan tegralarining ChEGARASI

15-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar

“O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniy meros departamentining Ilmiy-ekspert kengashi TARKIBI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 2-martdagi PF-5953-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturiga hamda “O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 26-maydagi PQ-4730-son qaroriga muvofiq, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-dekabrda Oliy Majlisga Murojaatnomasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-apreldagi 209-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.04.2022-y., 09/22/209/0341-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-apreldagi 209-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.04.2022-y., 09/22/209/0341-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-apreldagi 209-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.04.2022-y., 09/22/209/0341-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-apreldagi 166-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.04.2022-y., 09/22/166/0284-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-apreldagi 209-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.04.2022-y., 09/22/209/0341-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-apreldagi 209-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.04.2022-y., 09/22/209/0341-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(7-bandning “v” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-apreldagi 209-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.04.2022-y., 09/22/209/0341-son)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 26-maydagi PQ-4730-son qarori bilan tuzilgan O‘zbekiston Respublikasida milliy madaniyatni yanada rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengash majlislarida;
8. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 15-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-apreldagi 209-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.04.2022-y., 09/22/209/0341-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-apreldagi 209-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.04.2022-y., 09/22/209/0341-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-apreldagi 209-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.04.2022-y., 09/22/209/0341-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-ilovaning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-apreldagi 209-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.04.2022-y., 09/22/209/0341-son)
Oldingi tahrirga qarang.

T/r

Tadbirlar nomi

Bajarish muddatlari

Moliyalashtirish manbalari

Mas’ullar

I. Moddiy madaniy meros obyektlarini aniqlash va hisobini yuritish

1.

Madaniy meros obyektlari elektron portalini yaratish.

Elektron portalni davlat elektron xizmatlari bilan integratsiya qilish.

Elektron portalga madaniy meros obyektlari haqida ma’lumot va materiallarni joylashtirish, kelgusida tizimli ravishda yangilab borish.

Elektron portalni jamoatchilik uchun ochiq axborot manbaiga aylantirish va samarali faoliyat olib borishini ta’minlash.

2021-yil
iyun

Madaniy meros jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma), madaniy meros sohasiga Davlat budjetidan ajratilgan mablag‘lar

Madaniyat vazirligi,
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Kadastr agentligi, Fanlar akademiyasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, manfaatdor vazirliklar
va idoralar

2.

Malakali mutaxassislardan iborat maxsus ishchi guruhlarni tashkil etgan holda:

tarixiy, ilmiy, badiiy yoki o‘zgacha madaniy qimmatga ega bo‘lgan ko‘chmas mulk obyektlarini har birining joyiga borgan holda aniqlash;

har bir yangi obyekt bo‘yicha tarixiy-madaniy ekspertiza o‘tkazish va uni belgilangan tartibda ko‘rib chiqish.

2021-2022

yillar

Jamg‘arma,
mahalliy budjet mablag‘lari

Madaniyat vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi

3.

Barcha moddiy madaniy meros ko‘chmas mulk obyektlarini qayta tarixiy-madaniy ekspertizadan o‘tkazish va uni belgilangan tartibda ko‘rib chiqish.

2021-2022

yillar

Mahalliy budjet mablag‘lari

Madaniyat vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Fanlar akademiyasi

4.

Moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlarining milliy ro‘yxatini qayta shakllantirish.

2022-yil
may

Mahalliy budjet mablag‘lari

Madaniyat vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Fanlar akademiyasi

5.

Milliy ro‘yxat loyihasini tegishli ravishda 6 oy mobaynida quyidagi shakllarda:

har bir mahalla fuqarolar yig‘inlari kengashlarida faol fuqarolar va moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish bo‘yicha jamoatchi inspektorlar ishtirokida;

mahalliy davriy nashrlarda e’lon qilish orqali keng jamoatchilik vakillari ishtirokida;

ommaviy axborot vositalari, Madaniyat vazirligi, Madaniy meros departamenti va mahalliy hokimliklarning rasmiy saytlarida e’lon qilish orqali;

ilmiy anjumanlar, davra suhbatlari tashkil etish orqali olimlar va mutaxassislar ishtirokida muhokama qilish.

2022-yil

oktyabr

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari, Madaniyat vazirligi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi

6.

Moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlari milliy ro‘yxatini belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2022-yil

dekabr

Madaniyat vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

7.

Moddiy madaniy meros ko‘chmas mulk obyektlarining texnik holati monitoringini amalga oshirish

2022-yil

sentyabr

Jamg‘arma,
mahalliy budjet mablag‘lari

Madaniyat vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

8.

Moddiy madaniy meros ko‘chmas mulk obyektlarining toifasini belgilash.

2022-yil

yanvar

Jamg‘arma,
mahalliy budjet mablag‘lari

Madaniyat vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respu�likasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Fanlar akademiyasi

9.

Moddiy madaniy meros ko‘chmas mulk obyektlarining qo‘riqlanadigan tegralarini bosqichma-bosqich belgilash

2021-2022

yillar

Mahalliy budjet mablag‘lari

Madaniyat vazirligi,
Fanlar akademiyasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

10.

Moddiy madaniy meros ko‘chmas mulk obyektlarining mahalla, tuman va shaharlar bo‘yicha joylashuvi xaritasini yaratish.

2021-2022

yillar

Mahalliy budjet mablag‘lari

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Madaniyat vazirligi,
K�dastr agentligi

11.

Moddiy madaniy meros ko‘chmas mulk obyektlarining alohida muhim tarixiy-madaniy qismlari va badiiy bezaklari saqlanishini ekspertizadan o‘tkazish, ularni to‘liq fotofiksatsiya va identifikatsiyalash.

Ularni yagona maxsus elektron axborot bazasiga joylashtirish.

2021-2022

yillar

Mahalliy budjet mablag‘lari

Madaniyat vazirligi,
Fanlar akademiyasi

II. Madaniy meros obyektlarining davlat tomonidan muhofaza qilinishini ta’minlash

12.

Moddiy madaniy merosni asrash va undan oqilona foydalanish bo‘yicha davlat nazoratini amalga oshirish.

Doimo

Madaniyat vazirligi, Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi, Yoshlar agentligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlarva Toshkent shahar hokimliklari.

13.

Davlat nazoratini amalga oshirish vakolatiga ega bo‘lgan mansabdor shaxslari lavozimlarining ro‘yxatini tasdiqlash.

2021-yil
iyul

Madaniyat vazirligi

14.

Davlat nazoratini xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini tekshirish shaklida o‘tkazish uchun davlat nazoratini amalga oshirish vakolatiga ega bo‘lgan mansabdorni:

shaxslarni xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini tekshirish huquqini beruvchi attestatsiyadan o‘tkazish;

tekshirishlarni o‘tkazishga ruxsat beruvchi maxsus guvohnomalar berish.

2021 yil
avgust

Madaniyat vazirligi,
tegishli vazirliklar
va idoralar

15.

Moddiy madaniy merosni asrash va undan oqilona foydalanish bo‘yicha davlat nazoratini amalga oshirish choraklik rejalarni ishlab chiqish va tasdiqlash.

Ushbu rejani Madaniyat vazirligi, Madaniy meros departamenti, mahalliy hokimliklarning rasmiy veb saytlarida e’lon qilib borish.

Doimo

Madaniyat vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, tegishli vazirliklar va idoralar

16.

Davlat nazoratini amalga oshirishda nodavlat notijorat tashkilotlar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va ommaviy axborot vositalari bilan yaqin hamkorlik tizimini yo‘lga qo‘yish.

2021-yil
noyabr

Jamg‘arma mablag‘lari

Madaniyat vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, tegishli vazirliklar va idoralar

17.

Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari talablarining buzilishi holatlarini aniqlash va to‘xtatish yuzasidan tezkor nazorat tadbirlarini amalga oshirish.

Doimo

Madaniyat vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, tegishli vazirliklar va idoralar

18.

Davlat nazorati natijalariga qonuniy baho berish jarayoni to‘liq yakunlanishini huquqni muhofaza qiluvchi organlar, sud organlari va majburiy ijro byurolari bilan muhokama qilish.

Har chorakda

Madaniyat vazirligi,
Oliy sud
(kelishuvga muvofiq),

Bosh prokuratura
(kelishuvga muvofiq),

Ichki ishlar vazirligi

19.

Xalq deputatlari mahalliy kengashlariga mahalliy davlat organlari rahbarlarining moddiy madaniy merosni asrash va undan oqilona foydalanish bo‘yicha hisobotlarini ko‘rib chiqishni tavsiya etish.

Doimo

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,
Madaniyat vazirligi

20.

Moddiy madaniy meros obyektlarida olib borilayotgan ta’mirlash-tiklash va restavratsiya ishlarini olimlarni jalb qilgan hol�a nazorat qilish.

Doimo

Madaniyat vazirligi

21.

Quyidagilarni:

moddiy madaniy meros obyektlari texnik holatining monitoringi natijalarini;

tarixiy, ilmiy, badiiy yoki o‘zgacha madaniy qimmatga ega bo‘lgan ko‘chmas mulk obyektlarini aniqlash bo‘yicha natijalarni;

barcha moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlarini qayta tarixiy-madaniy ekspertiza qilish natijalarini ko‘rib chiqish uchun Xalq deputatlari mahalliy kengashlariga tavsiya etish.

Har yarim
yilda

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Madaniyat vazirligi

III. Madaniy meros obyektlarini asrash chora-tadbirlari

22.

Davlat va mahalliy budjetdan madaniy meros obyektlarini restavratsiya, ta’mirlash-tiklash va konservatsiya qilish ishlari uchun mablag‘ ajratish hamda taklif loyihalarini ishlab chiqish.

2021-2022

yillar

Madaniyat vazirligi,
Moliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

23.

O‘zbekiston Respublikasi madaniy meros sohasiga oid strategiya loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2022-yil

Madaniyat vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, tegishli vazirliklar va idoralar

24.

Halokatli ahvolga kelib qolgan arxeologiya yodgorliklarini aniqlash va ularda zudlik bilan ilmiy tadqiqot o‘tkazish.

2021-2022

yillar

Madaniy meros sohasiga ajratilgan Davlat budjeti mablag‘lari

Madaniyat vazirligi,
Fanlar akademiyasi

25.

Arxeologiya merosi obyektlarida joylashgan dafn etish joylari uchun boshqa yer uchastkalari ajratish.

2021-2022

yillar

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Madaniyat vazirligi, Fanlar akademiyasi, Kadastr agentligi

26.

Oliy ta’lim muassasalarining tarix va arxeologiya ta’lim yo‘nalishlarida tahsil olayotgan talabalar uchun malakaviy arxeologik amaliyot o‘tash tizimini joriy etish.

Doimo

Ijrochilar mablag‘lari

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Fanlar akademiyasi,
Madaniyat vazirligi

27.

Moddiy madaniy meros obyektlarining davlat kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish ishlarini hamda davlat kadastrlari yagona tizimiga tegishli axborotlarni kiritishni yakunlash va yangilab borish.

2021-yil
sentyabr

Mahalliy budjet mablag‘lari

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,
Madaniyat vazirligi

28.

Moddiy madaniy meros ko‘chmas mulk obyektlarining muhofaza belgilarini o‘rnatish ishlarini to‘liq yakunlash.

2021-yil

sentyabr

Mahalliy budjet mablag‘lari

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,
Madaniyat vazirligi

29.

Moddiy madaniy meros ko‘chmas mulk obyektlaridan foydalanish hisobiga olingan mablag‘lar hisobini yuritish va ushbu mablag‘larni maqsadli sarflashni nazorat qilish yagona elektron tizimini yaratish.

2021-yil

noyabr

Madaniyat vazirligiga ajratilgan budjet mablag‘lari, Jamg‘arma mablag‘lari

Madaniyat vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, tegishli vazirliklar va idoralar

30.

Moddiy madaniy meros ko‘chmas mulk obyektlarini aniqlash va ularni xatlovdan o‘tkazish, tegralarini belgilash, tarixiy-madaniy ekspertizadan o‘tkazish, maxsus ishlar uchun malakali mutaxassislar, ekspertlar ro‘yxatini shakllantirish, ular bilan fuqarolik mehnat shartnomalarini tuzish.

2021-2022

yillar

Mahalliy budjet, jamg‘arma mablag‘lari

M?daniyat vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

IV. Alohida muhofaza qilinadigan tarixiy-madaniy hududlarni himoya qilish

31.

Alohida muhofaza qilinadigan tarixiy-madaniy hududlar, shu jumladan, YUNESKOning Umumjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan obyektlar holati bo‘yicha:

har oyda umumiy monitoring olib borish;

har chorakda yaxlit va to‘liq davlat nazorati shaklida belgilangan tartibda tekshirish;

monitoring va davlat nazorati natijalarini belgilangan tartibda ko‘rib chiqish.

Doimo

Madaniyat vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, tegishli vazirliklar va idoralar

32.

Alohida muhofaza qilinadigan tarixiy-madaniy hududlar pasportini tuzish.

2021-yil

dekabr

Mahalliy budjet, balans saqlovchilar mablag‘lari

Tegishli viloyat hokimliklari,
Madaniyat vazirligi

33.

Alohida muhofaza qilinadigan tarixiy-madaniy hududlarni, shu jumladan YUNESKOning Umumjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan obyektlarni boshqarish rejalarini ishlab chiqish.

2021 — 2023-yillar

mahalliy budjet

Tegishli viloyat hokimliklari, Madaniyat vazirligi

34.

YUNESKO Umumjahon merosi obyektlarini samarali muhofaza qilish maqsadida ilg‘or mamlakatlar tajribasini o‘rganish maqsadida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish.

Doimo

Jamg‘arma, Madaniy meros sohasiga ajratilgan Davlat budjeti mablag‘lari

Madaniyat vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari.

35.

YUNESKO Umumjahon merosi obyektlarining samarali saqlanishini tashkil etish maqsadida doimiy ilmiy-tadqiqotlar olib borish.

doimiy

Jamg‘arma mablag‘lari

Madaniyat vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

36.

YUNESKO Umumjahon merosi obyektlarini saqlash holatini doimiy nazorat qilish uchun zamonaviy asbob-uskunalar bilan ta’minlash.

2021 — 2023-yillar

Grant mablag‘lari, Jamg‘arma mablag‘lari

Madaniyat vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

V. Moddiy madaniy merosni asrash va undan oqilona foydalanishda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar, ommaviy axborot vositalari va fuqarolar ishtirokini qo‘llab-quvvatlash

37.

Ommaviy axborot vositalari, jurnalistlar, blogerlar va boshqa faol fuqarolar ishtirokida:

har chorakda matbuot anjumani o‘tkazish;

har olti oyda info-tur tashkil etish;

har oyda Madaniy meros departamenti faoliyati haqida batafsil hisobot e’lon qilish.

Doimo

Madaniyat vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, tegishli vazirliklar
va idoralar

38.

Madaniy me?osni himoya qilish va targ‘ib qilishdagi faolligi uchun ommaviy axborot vositalari va blogerlar o‘rtasida:

kamida 3 ta nominatsiya bo‘yicha respublika ochiq tanlovini tashkil etish;

tanlovni yilda kamida 2-mart o‘tkazish;

har bir nominatsiya bo‘yicha 1 ta birinchi, 2 ta ikkinchi va 3 ta uchinchi o‘rin olganlarni munosib taqdirlash;

tanlovni tashkil etish va o‘tkazish tartibini ishlab chiqish va tasdiqlash, tanlovda qatnashishni keng targ‘ib qilish.

Har 6 oyda

Jamg‘arma mablag‘lari

Madaniyat vazirligi, tegishli vazirliklar va idoralar

39.

Madaniy meros sohasida faoliyat olib boradigan nodavlat notijorat tashkilotlar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, ularga grant va ijtimoiy buyurtmalar berish.

Doimo

Jamg‘arma mablag‘lari

Madaniyat vazirligi

40.

Yoshlarning ongida madaniy merosimizga bo‘lgan hurmat tuyg‘usini kuchaytirish maqsadida ta’lim muassasalarida targ‘ibot ishlarini olib borish.

2021-2022

yillar

Ijrochilar mablag‘lari

Xalq ta’lim vazirligi, Maktabgacha ta’lim vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Madaniyat vazirligi

41.

18-aprel — Yodgorliklarni va tarixiy joylarni asrash xalqaro kuni arafasida:

turli tadbirlar va respublika ko‘rik-tanlovlarini o‘tkazish hamda g‘oliblarni munosib taqdirlash;

har bir tuman (shahar)da kamida 50 nafar madaniy merosni himoya qilish bo‘yicha faol fuqarolarni taqdirlash.

har yili aprel oyida

Jamg‘arma,
mahalliy budjet mablag‘lari

Madaniyat vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

42.

Moddiy madaniy meros obyektlari to‘g‘risida ommabop filmlar yaratish.

2021-2022

yillar

“O‘zbekkino” Milliy agentligiga ajratilgan Davlat budjeti mablag‘lari

“O‘zbekkino” Milliy agentligi, Madaniyat vazirligi, Fanlar akademiyasi

43.

Moddiy madaniy meros obyektlarining 3D modelli rekonstruksiyalari va raqamli axborot bazasini yaratish.

2021-2022

yillar

Grant mablag‘lari, jamg‘arma

Madaniyat vazirligi,
Fanlar akademiyasi

44.

Moddiy madaniy meros obyektlarining katalogini yaratish.

2021-2022

yillar

Jamg‘arma, mahalliy budjet mablag‘lari

Madaniyat vazirligi,
Fanlar akademiyasi

45.

Ommaviy axborot vositalarida madaniy meros haqida doimiy ravishda tur�um materiallar berib borish.

Doimo

O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi

46.

Madaniy meros departamenti bilan telekanallar hamkorligini kengaytirish, har yarim yillik uchun birgalikda Media reja qabul qilish va uni amalga oshirib borish.

Doimo

Madaniyat vazirligi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi

47.

Yo‘qolib ketish xavfi ostidagi moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlari ro‘yxati va ularni saqlab qolish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar haqidagi axborotlarni har yili dekabr oyida Madaniyat vazirligi rasmiy veb-saytida e’lon qilib borish.

Har yili dekabr oyida

Madaniyat vazirligi

48.

Har yili ta’mirlash-tiklash, konservatsiya va restavratsiya qilinadigan moddiy madaniy meros ko‘chmas mulk obyektlarining ro‘yxatini har yili dekabr oyida Madaniyat vazirligi rasmiy veb-saytida e’lon qilib borish.

Doimiy

Madaniyat vazirligi

49.

Arxeologiya obyektlarida ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish rejalashtirilgan obyektlarni va ushbu obyektlarda ilmiy tadqiqot olib borish uchun ruxsatnoma olgan arxeologlarning ro‘yxatini e’lon qilib borish.

Doimo

Madaniyat vazirligi

VI. Madaniy meros departamenti va uning hududiy boshqarmalarining moddiy-texnik bazasini yaxshilash

50.

Madaniy meros obyektlarni muhofaza qilish va sohada davlat nazoratini amalga oshirishda foydalanish uchun:

masofadan turib nazorat qilish va o‘rganish maqsadida uchuvchisiz uchish apparatlari — 16 ta;

3D modelini yaratish uchun FARO Laser Scanner Focus S70 uskunasi;

arxeologiya obyektlarini o‘rganish va chegaralarini belgilash maqsadida (georadari) IDS uskunasi;

GPS priemnik (Glonass) — 15 ta;

optik lazerli dalnomer (120 m) — 15 ta.

2021-2022-yillar

Jamg‘arma va mahalliy budjet mablag‘lari, qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan manbalar

Madaniyat vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

51.

Madaniy meros departamenti va uning hududiy boshqarmalarini quyidagilar bilan ta’minlash:

transport vositasi — 15 ta;

video konferens uchun televizor (50 dyuym) hamda video kamera — 15 ta;

xodimlar uchun ofis kreslolar va stollar jamlanmasi — (2 tumbali) 66 ta;

30 kishiga mo‘ljallangan majlislar zali uchun stol-stul — 15 ta;

yumshoq mebel stullari — 226 ta;

hujjatlar uchun ofis shkaflari — 50 ta;

po‘lat sandiq — 30 ta;

zamonaviy kompyuter jamlanmasi — 70 ta;

maxsus planshetlar — 30 ta;

maxsus fotoapparat — 16 ta;

A3 formatli printer va skaner (3x1) — 15 ta.

2021-2022-yillar

Jamg‘arma va mahalliy budjet mablag‘lari, qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan manbalar

Madaniyat vazirligi,
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

VII. Madaniy meros departamenti va uning hududiy boshqarmalari xodimlari malakasini oshirish

52.

YUNESKO Umumjahon merosi obyektlarini muhofaza qilish va saqlash maqsadida birgalikda Madaniy meros departamenti va hududiy boshqarmalar xodimlarining chet ellarda seminar-treninglarda qatnashishini yo‘lga qo‘yish.

Doimo

Jamg‘arma mablag‘lari,
qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan manbalar

Madaniyat vazirligi,
Tashqi ishlar vazirligi

53.

Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va saqlashga doir xalqaro konferensiyalarda Madaniy meros departamenti va uning hududiy boshqarma xodimlarini qatnashishini ta’minlash.

Doimo

Jamg‘arma mablag‘lari, qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan manbalar

Madaniyat vazirligi,

Tashqi ishlar vazirligi

54.

Tajriba almashish va malaka oshirish maqsadida Madaniy meros departamenti va hududiy boshqarma xodimlarini chet ellardagi shu soha bo‘yicha faoliyat ko‘rsatuvchi tashkilotlarga yuborish.

Har yili reja bo‘yicha

Jamg‘arma mablag‘lari,
qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan manbalar

Madaniyat vazirligi,

Tashqi ishlar vazirligi

55.

Moddiy madaniy meros muammolarini o‘rganish, natijalarini tahlil qilish hamda xorijiy davlatlarning tajribasini o‘rganish.

2021 — 2025-yillar

Jamg‘arma mablag‘lari,
qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan manbalar

Madaniyat vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Turizmni ri�ojlantirish davlat qo‘mitasi

56.

Madaniy meros sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan xodimlarning malakasini oshirish bo‘yicha 36 soatdan kam bo‘lmagan seminar o‘quv kurslarini tashkil qilish.

Har yili reja bo‘yicha

Jamg‘arma mablag‘lari,
qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan manbalar

Madaniyat vazirligi

57.

Madaniy meros sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan xodimlar o‘rtasida o‘zaro tajriba almashish, treninglar o‘tkazish va ularga chet tillarini chuqur o‘rgatish

Har yili reja bo‘yicha

Jamg‘arma mablag‘lari,
qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan manbalar

Madaniyat vazirligi

58.

Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish, davlat nazoratini amalga oshirish va ta’mirlash-tiklash, konservatsiya va restavratsiya qilish bo‘yicha har 6 oyda kamida 3 ta xorijiy davlatning tajribasini o‘rganish va uni amaliyotda joriy qilish.

Doimo

Madaniyat vazirligi

59.

Madaniy meros obyektlarini restavratsiya qilishda Eron va Turkiya davlatlari bilan hamkorlikni, jumladan, ularning tajribali usta-restavratorlarini O‘zbekistonga olib kelib va mahalliy ustalarni xorijiy mamlakatlarga olib borish orqali ularning malakasini oshirish tizimini yo‘lga qo‘yish.

Doimo

Jamg‘arma mablag‘lari, qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan manbalar

Madaniyat vazirligi,
Tashqi ishlar vazirligi

60.

Madaniy meros obyektlarini restavratsiya-tiklash ishlarining o‘ziga xos jihatlarini inobatga olib, xorijiy ilg‘or tajribani o‘rganish asosida ixtisoslashgan pudrat tashkilotlarini aniqlash va buyurtmachini belgilash masalasi bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.

2021-yil
may

Madaniyat vazirligi,
Moliya vazirligi, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi, Savdo-sanoat palatasi

61.

Moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlarida asrashga doir ishlar, shu jumladan, konservatsiya va restavratsiya qilish, ta’mirlash-tiklash ishlarini o‘ziga xosligini inobatga olib, Madaniy meros departamentining Ilmiy-ekspert kengashi qaro?i bilan Madaniy meros ilmiy-tadqiqot instituti to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar tuzishga hamda haq to‘lanishiga ruxsat berish.

2021-2022

yillar

Respublika budjetidan madaniy meros sohasiga ajratilgan mablag‘lar doirasida

Madaniyat vazirligi,
Moliya vazirligi

62.

Umumjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan obyektlar saqlanishi holati haqida YUNESKOga taqdim etish uchun tegishli hisobot va hujjatlarni tayyorlash bo‘yicha xalqaro, xorijiy tashkilotlar va ekspertlar bilan YUNESKO ishlari bo‘yicha milliy komissiya bilan kelishgan holda to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar tuzishga hamda haq to‘lanishiga ruxsat berish.

2021-2022

yillar

Respublika budjetidan madaniy meros sohasiga ajratilgan mablag‘lar, Alohida muhim ijtimoiy, madaniy va tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash direksiyasi mablag‘lari, qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan manbalar

Madaniyat vazirligi, Moliya vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Alohida muhim ijtimoiy, madaniy va tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash direksiyasi, Tashqi ishlar vazirligi

63.

O‘zbekistonda madaniy meros masalalari bo‘yicha YUNESKO bilan hamkorlikda Xalqaro maslahat qo‘mitasini tashkil etish va faoliyatini qo‘llab-quvvatlash bilan bog‘liq xarajatlarni, shu jumladan, bu borada YUNESKOga to‘lovlarni 2021-yilga Madaniyat vazirligiga respublika budjetidan ajratilgan mablag‘lar hisobidan qoplash.

2021-yil

Madaniyat vazirligiga respublika budjetidan ajratilgan mablag‘lar

Madaniyat vazirligi, Moliya vazirligi

(4-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-avgustdagi 438-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son)

Umumjahon merosi ro‘yxati bo‘yicha


1.

Buyuk ipak yo‘li: Zarafshon yo‘nalishi:

Kofir qal’a (Samarqand viloyati)

Dabusiya qadimiy shahri (Samarqand viloyati)

Jartepa (Samarqand viloyati)

Sulaymontepa(Samarqand viloyati)

Raboti Malik (karvon saroy, sardoba) (Navoiy viloyati)

Mir Said Bahrom maqbarasi (Navoiy viloyati)

Qosim Shayx majmuasi (Navoiy viloyati)

Deggaroniy masjidi (Navoiy viloyati)

Varaxsha yodgorligi (Buxoro viloyati)

Vardanze yodgorligi (Buxoro viloyati)

Vobkent minorasi (Buxoro viloyati)

Chashmai Ayub majmuasi (Buxoro viloyati)

Chor Bakr majmuasi (Buxoro viloyati)

Bahouddin Naqshbandiy majmuasi (Buxoro viloyati)

Poykent qadimiy shahri (Buxoro viloyati)


2.

Buyuk ipak yo‘li: Farg‘ona — Sirdaryo yo‘nalishi:

Mingtepa arxeologiya yodgorligi (Andijon viloyati)

Qarovultepa (Andijon viloyati)

Jingirtepa (Andijon viloyati)

Bilovur (Andijon viloyati)

Quva shahristoni (Farg‘ona viloyati)

Zindontepa arxeologiya yodgorligi (Farg‘ona viloyati)

Zangishtepa arxeologiya yodgorligi (Farg‘ona viloyati)

Sariqo‘rg‘on arxeologiya yodgorligi (Farg‘ona viloyati)

Mo‘yi muborak (Farg‘ona viloyati)

Bibi Buvayda maqbarasi majmuasi (Farg‘ona viloyati)

Poshsho Pirim maqbarasi majmuasi (Farg‘ona viloyati)

Xo‘ja Magiz maqbarasi majmuasi (Farg‘ona viloyati)

Axsikent arxeologiya yodgorligi (Namangan viloyati)

Qadimgi Pop (Namangan viloyati)

Mug‘tepa (Namangan viloyati)

Qirq xujra (Namangan viloyati)

Qanqa arxeologiya yodgorligi (Toshkent viloyati)

Shohruxiya arxeologiya yodgorligi (Toshkent viloyati)

Yunusobod Oqtepasi (Toshkent shahri)

Chilonzor Oqtepasi (Toshkent shahri)

Mingo‘rik arxeologiya yodgorligi (Toshkent shahri)

Shoshtepa arxeologiya yodgorligi (Toshkent shahri)

Hazrati Imom majmuasi (Toshkent shahri)

Ko‘kaldosh madrasasi (Toshkent shahri)

Zayniddin bobo majmuasi (Toshkent shahri)

Shayx Xovandi Tohur majmuasi (Toshkent shahri)

Zangiota majmuasi (Toshkent viloyati)

Qaynar sardobasi (Toshkent viloyati)

Korxona (Toshkent viloyati)


3.

Xonbandi (Jizzax viloyati)


4.

Arab ota maqbarasi (Samarqand viloyati)


5.

Qo‘qon tarixiy yodgorliklari (Farg‘ona viloyati):

Qadimiy Tepaqo‘rg‘on

Xudoyorxon o‘rdasi

Norbo‘tabek madrasasi

Hazrati Miyon madrasasi

Modarixon maqbarasi

Jome masjidi

Daxmai shahon madrasasi

Dasturxonchi madrasasi

Xo‘jabek madrasasi

Xurjun madrasasi

Chalpak madrasasi


6.

Jome masjidi arxitektura majmuasi (Andijon viloyati)


7.

Siypantosh qoyatosh rasmlari — petrogliflar (Qashqadaryo viloyati)


8.

Qadimgi Termiz (Surxondaryo viloyati):

Qoratepa buddaviylik ibodatxonasi

Fayoztepa buddaviylik ibodatxonasi

Zo‘rmo‘la Buddaviylik inshooti

Qirqqiz majmuasi

Hakim at-Termiziy maqbarasi

Sulton Saodat majmuasi

Kokildor ota xonaqosi

Jarqo‘rg‘on minorasi

Kampirtepa qal’asi


9.

Oq Ostonabobo maqbarasi (Surxondaryo viloyati)


10.

Zarautsoy qoyatosh rasmlari (petrogliflar) — madaniy va tabiiy meros (Surxondaryo viloyati)


11.

Karmana qo‘rg‘oni (Navoiy viloyati)


12.

Sarmishsioy qoyatosh rasmlari (Navoiy viloyati)


13.

Shayx Muxtor Vali majmuasi (Xorazm viloyati)


14.

Xazorasp tarixiy shahri (Xorazm viloyati)


15.

Qadimgi Xorazm yodgorliklari (Qoraqalpog‘iston Respublikasi):

Angka qal’a arxeologiya yodgorligi;

Katta Guldursun qal’a arxeologiya yodgorligi;

Qo‘yqirilgan qal’a arxeologiya yodgorligi;

Qo‘rg‘oshin qal’a arxeologiya yodgorligi;

Tuproq qal’a arxeologiya yodgorligi;

Jonbos qal’a arxeologiya yodgorligi;

Ayoz qal’a arxeologiya yodgorligi

Qirq qiz qal’a


16.

Zomin tog‘lari — tabiiy meros (Jizzax viloyati)


17.

Shohimardon — tabiiy meros (Farg‘ona viloyati)


18.

Hisor tog‘lari — Hisor qo‘riqxonasi (Qashqadaryo viloyati)


19.

Quyi Amudaryo biosferasi — tabiiy meros (YUNESKOning Umumjahon biosfera rezervatlari tarmog‘i ro‘yxatiga)


20.

Boysun (Surxondaryo viloyati)


Insoniyat nomoddiy madaniy merosining reprezentativ ro‘yxati bo‘yicha


1.

Baxshichilik san’ati (Qoraqalpog‘iston, Qashqadaryo, Surxondaryo, Xorazm)


2.

O‘zbekiston kulolchilik maktablari (Rishton, Toshkent va Buxoro)


3.

O‘zbekiston do‘ppido‘zlik maktablari (Andijon, Marg‘ilon, Qo‘qon, Chust, Buxoro, Samarqand, Boysun)


4.

O‘zbekiston kandakorlik maktablari (Marg‘ilon, Toshkent, Buxoro, Samarqand)


5.

O‘zbekiston gilamchilik markazlari (Marg‘ilon, Samarqand, Xorazm, Qashqadaryo, Boysun)


Jahon xotirasi dasturining xalqaro ro‘yxati bo‘yicha


1.

“Sharh al-mulaxxas fi al-hay’a” (“Astronomiyaga qisqacha sharh”) Xorazmlik alloma, astronom Mahmud ibn Muhammad ibn Umar
al-Chag‘miniy al-Xorazmiy


2.

Buxoro amirligi Qushbegisi mahkamasining hujjatlari


3.

Vaqf hujjatlari kolleksiyasi


4.

Birinchi o‘zbek kinooperatori va kinosan’atining asoschisi Xudoybergan Devonov kinofoto hujjatlari


5.

Ikkinchi Jahon urushi yillarida O‘zbekistonga evakuatsiya qilishga oid hujjatlar


Oldingi tahrirga qarang.
(6-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-apreldagi 166-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.04.2022-y., 09/22/166/0284-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(7-ilovaning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-apreldagi 209-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.04.2022-y., 09/22/209/0341-son)
Oldingi tahrirga qarang.

T/r

Davlat xizmatlari nomi

Davlat xizmatlari ko‘rsatilayotgan ariza beruvchilar toifalari

Davlat xizmatlari ko‘rsatish natijasi

To‘lov turi va miqdori

1.

Moddiy madaniy meros obyektini davlat kadastriga belgilangan tartibda kiritish.

Jismoniy va yuridik shaxslar

Pasport

Pullik.
Bazaviy hisoblash miqdorining (keyingi o‘rinlarda — BHM) 50 foizi

2.

Moddiy madaniy meros obyektini davlat kadastridan belgilangan tartibda chiqarish.

Jismoniy va yuridik shaxslar

Qaror

Pullik.

BHMning 50 foizi

3.

Moddiy madaniy meros obyektlarini tarixiy-madaniy ekspertizadan o‘tkazish.

Jismoniy va yuridik shaxslar

Ekspertiza xulosasi

Pullik.

Respublika toifasidagi obyektlar uchun — BHMning 7 baravari.

Mahalliy toifadagi obyektlar uchun — BHMning 4 baravari.

4.

Moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlarini asrashga doir ishlar uchun ruxsatnoma berish.

Jismoniy va yuridik shaxslar

Ruxsatnoma

Pullik.

respublika toifasidagi obyektlar uchun — BHMning 10 baravari,

mahalliy toifadagi obyektlar uchun — BHMning 5 baravari.

5.

Moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlarini asrashga doir faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziya berish.

Yuridik shaxslar

Litsenziya

Pullik.

I toifadagi litsenziya uchun — BHMning 20 baravari,

II toifad�gi litsenziya uchun — 40 baravari.

6.

Moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlarini asrashga doir ishlarni loyiha-smeta hujjatlari bo‘yicha ekspertizadan o‘tkazish.

Jismoniy va yuridik shaxslar

Ekspertiza xulosasi

Pullik.

Loyiha-smeta hujjatidagi miqdorning 1 foizi

7.

Moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlarini asrashga doir ishlar bo‘yicha ilmiy-texnik nazorat qilish.

Yuridik shaxslar

Ma’lumot

Pullik.

Loyiha-smeta hujjatidagi miqdornin� 3 foizi

8.

Moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlari sohasida restavrator-ustalarga malaka sertifikati berish.

Jismoniy va yuridik shaxslar

Sertifikat

Pullik.

Bazaviy hisoblash miqdorining 10 barobari

9.

Moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlari va ularning qo‘riqlanadigan tegralarida yer qazish, yer tuzish, qurilish, melioratsiya va boshqa xo‘jalik ishlarini o‘tkazishga oid loyihalarni ko‘rib chiqish.

Jismoniy va yuridik shaxslar

Xulosa

Pullik.

Respublika toifasidagi obyektlar uchun — BHMning 10 baravari.

Mahalliy toifadagi obyektlar uchun — BHMning 5 baravari

10.

Aholi punktlari bosh rejalarining loyihalarini ko‘rib chiqish va ularga xulosa berish.

Yuridik shaxslar

Xulosa

Pullik.

BHMning 5 baravari

11.

Alohida muhofaza qilinadigan tarixiy-madaniy hududlarda, shu jumladan, Umumjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan hududlarda bino va inshootlarni qurish yoki ularni buzish bo‘yicha loyihalarni ko‘rib chiqish.

Jismoniy va yuridik shaxslar

Xulosa

Pullik.

Yuridik shaxslar uchun — BHMning 20 baravari.

Jismoniy shaxslar uchun — BHMning 1 baravari

12.

Umumjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan hududlarda bino va inshootlarni qurish yoki ularni buzish bo‘yicha loyihalarni Merosga bo‘lgan ta’sirini baholash hisobotlarini ko‘rib chiqish.

Jismoniy va yuridik shaxslar

Xulosa

Pullik.

BHMning 10 baravari

13.

Tarixiy-madaniy hududning pasportini tasdiqlash.

Yuridik shaxslar

Qaror

Pullik.

BHMning 10 baravari

14.

Moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektidan foydalanish bo‘yicha xulosa berish.

Jismoniy va yuridik shaxslar

Xulosa

Bepul

15.

Moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektini tekin foydalanish uchun biriktirish bo‘yicha xulosa berish

Jismoniy va yuridik shaxslar

Xulosa

Bepul

16.

Ushlab qolingan yoki musodara qilingan madaniy boyliklarni tegishli davlat organlaridan qabul qilib olish, ularni ekspertizadan o‘tkazish.

Yuridik shaxs

Ekspertiza xulosasi

Bepul

17.

Madaniy boyliklarni realizatsiya qilish faoliyatini amalga oshirish uchun ruxsatnoma berish.

Yuridik shaxs

Ruxsatnoma

Pullik.

BHMning 50 foizi

18.

Olib chiqilayotgan va olib kirilayotgan madaniy boyliklarni hisobga olish va olib chiqish huquqini beruvchi sertifikatlar berish.

Jismoniy va yuridik shaxslar

Sertifikat

Pullik.

Belgilangan tartibda BHMning 2 foizidan 100 foizigacha

19.

Arxeologiya ashyosini Davlat katalogiga kiritish.

Yuridik shaxs

Guvohnoma

Bepul

20.

Arxeologiya ashyosini Davlat katalogidan chiqarish.

Yuridik shaxs

Buyruq

Bepul

21.

Arxeologiya ashyosi Davlat katalogiga kirgan yoki kirmaganligi haqida ma’lumot berish.

Jismoniy va yuridik shaxslar

Ma’lumot

Bepul

22.

Milliy muzey fondi Davlat katalogi tarkibiga muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini belgilangan tartibda kiritish.

Jismoniy va yuridik shaxslar

Guvohnoma

Bepul

23.

Milliy muzey fondi Davlat katalogi tarkibidan muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini belgilangan tartibda chiqarish.

Jismoniy va yuridik shaxslar

Guvohnoma

Pullik.

BHMning 50 foizi

24.

Milliy muzey fondi Davlat katalogi tarkibiga muzey ashyolari kirgan yoki kirmaganligi haqida ma’lumot berish.

Jismoniy va yuridik shaxslar

Guvohnoma

Bepul

25.

Milliy muzey fondining Davlat katalogida muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarining ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risida guvo?noma berish.

Jismoniy shaxs

Guvohnoma

Pullik.

BHMning 50 foizi

(7-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-apreldagi 166-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.04.2022-y., 09/22/166/0284-son)
2-band hamda 1 — 3 ilovalar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
“a” kichik band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“b” kichik banddagi “xodimlariga” so‘zidan keyin “O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan” so‘zlari qo‘shilsin;
10-bandga quyidagi mazmundagi o‘n birinchi xatboshisi qo‘shilsin:
“j” kichik bandga quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi qo‘shilsin:
uchinchi — oltinchi xatboshlari tegishli ravishda to‘rtinchi — yettinchi xatboshlari hisoblansin;
13-bandning uchinchi xatboshisiga “foydalanish” so‘zidan keyin “, madaniy boyliklarning O‘zbekiston Respublikasi hududidan olib chiqilishi va uning hududiga olib kirilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish, shu jumladan, madaniy boyliklarni ekspertizadan o‘tkazish va sertifikatlar berish” so‘zlari qo‘shilsin;
14-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Bosh me’mor va bosh inspektor” so‘zlari “Bosh me’mor, bosh inspektor va Badiiy ekspertiza boshqarmasi boshlig‘i” so‘zlari bilan almashtirilsin.
16-bandga quyidagi tahrirdagi ikkinchi va uchinchi xatboshlar qo‘shilsin:
18-bandga “foydalanish” so‘zidan keyin “, madaniy boyliklarni badiiy ekspertizadan o‘tkazish” so‘zlari qo‘shilsin;
yigirma uchinchi xatboshiga “foydalanish” so‘zidan keyin “, madaniy boyliklarni badiiy ekspertizadan o‘tkazish” so‘zlari qo‘shilsin;
yigirma beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
o‘ninchi xatboshiga “tarkibiy” so‘zidan keyin “boshqarma va” so‘zlari qo‘shilsin;
o‘n birinchi xatboshiga “muhofaza qilish va ulardan foydalanish” so‘zlaridan keyin “,madaniy boyliklarning badiiy ekspertizasi bo‘yicha,” so‘zlari qo‘shilsin.
24-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
25-bandning ikkinchi xatboshisidan keyin quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi qo‘shilsin:
30-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
32-bandning “a” kichik banddagi “17,6” va “1,76” raqamlari tegishlicha “100” va “2” raqamlari bilan almashtirilsin.
5-bandning ikkinchi xatboshidagi “Asrashga doir ishlarni rejalashtirish va ilmiy-texnik nazorat qilish, ruxsatnoma berish va ekspertiza bo‘limi” so‘zlari “Madaniy merosni asrash va alohida muhofaza qilinadigan hududlarni himoya qilish boshqarmasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
6-banddagi “1,06” raqami “2,5” raqami bilan almashtirilsin.
5-ilova matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

1.

Akilova Kamola Boltaboyevna

O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vazirining o‘rinbosari — Madaniy meros departamenti boshlig‘i, kengash raisi*

2.

Nazilov Doda Avazovich

Toshkent arxitektura-qurilish institutining Arxitektura tarixi va nazariyasi kafedrasi professori, arxitektura fanlari doktori, kengash raisi o‘rinbosari

3.

Yusupova Mavlyuda Amindjanovna

O‘zbekiston Fanlar akademiyasi San’atshunoslik institutining Arxitektura bo‘limi mudiri, arxitektura fanlari doktori, professor, Sharq davlatlari xalqaro arxitektura akademiyasining muxbir a’zosi

4.

Sulaymanov Rustam Xamidovich

Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining Arxeologiya kafedrasi professori, tarix fanlari doktori, arxeolog

5.

Tadjiyev Asomiddin Djalalovich

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi bo‘limi boshlig‘i, O‘zbekiston me’morlar uyushmasi raisining o‘rinbosari

6.

Matchonov Baxodir Gaibbayevich

Madaniy meros departamenti boshlig‘i o‘rinbosari — bosh me’mor

7.

Ziyayev Abdumannop Abdurahimovich

O‘zbekiston Fanlar akademiyasi San’atshunoslik institutining Arxitektura bo‘limi yetakchi ilmiy xodimi, arxitektura fanlari nomzodi, dotsent, Sharq davlatlari xalqaro arxitektura akademiyasining muxbir a’zosi

8.

Zairov Shuhrat Shokirovich

“Arx-dizan san`nati” mas’uliyati cheklangan jamiyati bosh me’mori, arxitektura yodgorliklari bo‘yicha me’mor

9.

Dosmetova Zuxra Shavkatovna

Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutining Badiiy kulol va me’moriy yodgorliklar bezagini ta’mirlash kafedrasi dotsenti, arxitektura fanlari nomzodi, rassom-restavrator

10.

O‘lmasov Akmaljon Fozilovich

O‘zbekiston Fanlar akademiyasi San’atshunoslik institutining katta ilmiy xodimi, arxitektura fanlari bo‘yicha falsafa fanlari doktori (PhD)

11.

Turdiyev Abdurazzoq Abduraximovich

Toshkent arxitektura-qurilish institutining Arxitektura tarixi va nazariyasi kafedrasi katta o‘qituvchisi

2-bandga “tasdiqlanadi.” so‘zidan keyin “Faoliyatini namunali tashkil etgan Jamoatchi inspektorlar O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniy meros departamentining (keyingi o‘rinlarda — Departament) Ilmiy-ekspert kengashi qarori bilan Bosh jamoatchi inspektor deb e’tirof etilishi mumkin hamda ular faoliyati ushbu Nizomga muvofiq tashkil etiladi” so‘zlari qo‘shilsin.
5-bandga quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi qo‘shilsin:
9-banddagi “bir” so‘zi “uch” so‘zi bilan almashtirilsin;
12-banddagi “56 va 57-bandlarida” so‘zlari “10 va 11-bandlarida” so‘zlari bilan almashtirilsin.
2-bandning ikkinchi xatboshisidan keyin quyidagi tahrirdagi uchinchi xatboshi qo‘shilsin:
a) “Qoraqalpog‘iston Respublikasi” bo‘limi 1 — 288-pozitsiyalarining “Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquq” ustunidagi “madaniy meros boshqarmasi” so‘zlari “Madaniyat vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) “Andijon viloyati” bo‘limi 1 — 9, 11, 13 — 16, 18, 28, 30 — 33, 36, 39, 43 — 60, 63 — 89, 91 — 111, 113-114, 116-117, 120 — 156, 158 — 222, 224 — 269, 271 — 381, 384 — 412 va 414 — 422-pozitsiyalarining “Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquq” ustunidagi “madaniy meros” so‘zlari “madaniyat” so‘zi bilan almashtirilsin;
g) Jizzax viloyati bo‘limi 1 — 427-pozitsiyalarining “Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquq” ustunidagi “madaniy meros” so‘zlari “madaniyat” so‘zi bilan almashtirilsin;
j) “Namangan viloyati” bo‘limi 1 — 33 va 35 — 274-pozitsiyalarining “Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquq” ustunidagi “madaniy meros” so‘zlari “madaniyat” so‘zi bilan almashtirilsin;
k) “Toshkent viloyati” bo‘limi 1 — 536 va 539 — 828-pozitsiyalarining “Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquq” ustunidagi “madaniy meros” so‘zlari “madaniyat” so‘zi bilan almashtirilsin;
o) Izohdagi “8 208” va “2 250” raqamlar tegishlicha “8 210” va “2 252” raqamlari bilan almashtirilsin.

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi