Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

Oldingi tahrirga qarang.
(7-bandning to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 15-yanvardagi PF-10-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.01.2024-y., 06/24/10/0031-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(7-bandning o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 15-yanvardagi PF-10-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.01.2024-y., 06/24/10/0031-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(7-bandning o‘n birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 15-yanvardagi PF-10-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.01.2024-y., 06/24/10/0031-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(7-bandning o‘n ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 15-yanvardagi PF-10-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.01.2024-y., 06/24/10/0031-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(7-bandning o‘n uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 15-yanvardagi PF-10-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.01.2024-y., 06/24/10/0031-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(7-bandning o‘n to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 15-yanvardagi PF-10-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.01.2024-y., 06/24/10/0031-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(7-bandning o‘n beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 15-yanvardagi PF-10-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.01.2024-y., 06/24/10/0031-son)

T/r

Chora-tadbirlarning nomlanishi

Amalga oshirish shakli

Ijro muddati

Mas’ul ijrochilar

I. Ichki ishlar organlari faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha tashkiliy o‘zgartirishlar

1.

Jamoat xavfsizligini ta’minlashning sifat jihatidan yangi tizimini, shu jumladan quyidagilarni nazarda tutgan holda joriy etish:

O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi konsepsiyasini tasdiqlash;

patrul-post va yo‘l-patrul xizmatlari, huquqbuzarliklar profilaktikasi va probatsiya xizmatlari bo‘linmalarining o‘zaro hamkorlikda ishlashi bo‘yicha yangi mexanizmlarni belgilash;

Milliy gvardiya bo‘linmalarining jamoat tartibini saqlash tizimidagi vakolatlari va shaxsiy javobgarligini belgilash;

probatsiya nazoratidagi shaxslarning xulq-atvorini kunlik nazorat qilishda profilaktika inspektorlari bilan hamkorlik mexanizmlarini joriy etgan holda probatsiya bo‘linmalarining faoliyati samaradorligini oshirish.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasi

2021-yil 30-aprel

IIV (Bobojonov, Ikramov),

Milliy gvardiya (Jo‘rayev),

Bosh prokuratura (Valiyev)

2.

Ichki ishlar vazirligining Huquqiy statistika va tezkor-hisob ma’lumotlari markazi va uning quyi tizimlarini, axborot texnologiyalarini keng joriy etgan va faoliyatini raqamlashtirgan holda tashkil etish va to‘laqonli faoliyat yuritishi bo‘yicha tashkiliy choralarni belgilash.

“Elektron jinoiy-huquqiy statistika” yagona axborot tizimi va 2019 — 2021-yillarda to‘plangan huquqiy statistik ma’lumotlar arxivi Ichki ishlar vazirligi tasarrufiga o‘tkazilishini hamda boshqa zarur tashkiliy choralar ko‘rilishini ta’minlash.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021-yil 1-iyul

Vazirlar Mahkamasi (Umarov),

IIV (Bobojonov),

Bosh prokuratura (Yuldashev),

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Pekos)

3.

Ichki ishlar vazirligi tuzilmasida Jamoat xavfsizligi masalalari ilmiy-amaliy tadqiqotlar markazini tashkil etish, uning faoliyati va ishlash mexanizmlari haqidagi nizomni, quyidagilarni nazarda tutgan holda tasdiqlash:

shtat birliklari sonini 20 ta (15 ta xodim, 5 ta erkin yollangan xizmatchi) etib belgilash (ichki ishlar organlari umumiy shtat birliklari doirasida);

katta ilmiy va amaliy tajribaga, tahliliy fikrlash qobiliyatiga ega yuqori malakali mutaxassislar bilan jamlash tartibi;

respublikada kriminogen vaziyatni tizimli tahlil qilish, jinoiy qilmishlarning sodir etilishiga ta’sir qilayotgan omillarni aniqlash, jinoyatlarning dinamikasini mintaqalar va turlari kesimida prognoz qilish mexanizmlari;

huquq-tartibot kuch va vositalarini boshqarish samaradorligini oshirish bo‘yicha to‘laqonli tizimlar va ilmiy asoslangan metodikalarni ishlab chiqish, jamoat xavfsizligini ta’minlash borasidagi chora-tadbirlarning sifatini oshirish bo‘yicha tavsiya va ishlanmalarni huquqni qo‘llash amaliyotiga joriy etish shakllari.

Idoraviy normativ hujjat

2021-yil 1-may

IIV (Bobojonov)

4.

Ichki ishlar organlarining tezkor-qidiruv faoliyatini quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha takomillashtirish:

uyushgan jinoyatchilik, terrorizm va ekstremizm, giyohvand vositalar, psixotrop moddalar va ularning analoglari noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish chora-tadbirlari samaradorligini oshirish;

axborot texnologiyalari va Internet tarmog‘idan foydalanish sohasidagi jinoyatlarga qarshi kurashish borasida tubdan yangi mex�nizmlarni joriy etish;

tezkor bo‘linmalar faoliyatini apparat-dasturiy ta’minlash, zamonaviy axborot texnologiyalarini keng tatbiq etish.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasi

2021-yil 15-may

IIV (Sobirov, Turaxodjayev),

Bosh prokuratura (Valiyev),

DXX,

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sadikov),

Moliya vazirligi (Ishmetov)

5.

Transpo�t va turizm obyektlarida xavfsizlikni ta’minlash faoliyatini tashkil etish bo‘yicha, quyidagilarni nazarda tutgan holda yangi chora-tadbirlarni belgilash:

turistlarning turistik namoyish va infratuzilma obyektlariga tashrif buyurishi, harakatlanishi va kechki vaqtini mazmunli tashkil etish vaqtida ularning shaxsiy va jamoaviy xavfsizligini ta’minlashning samarali mexanizmlarini joriy etish;

transport obyektlarida mavjud kuch va vositalarni tarmoqli boshqarish tamoyilini joriy etgan holda xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha sifat jihatidan yangi tizimni o‘rnatish.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasi

2021-yil 25-may

IIV (Bobojonov),

Transport vazirligi (Maxkamov),

Moliya vazirligi (Xaydarov)

6.

Quyidagilarni nazarda tutgan holda jazoni ijro etish tizimida ishlab chiqarish faoliyatini yanada kuchaytirish bo‘yicha yangi chora-tadbirlarni belgilash:

jazoni ijro etish muassasalariga litsenziya talab etiladigan ayrim faoliyat turlari bilan tegishli litsenziyani olmasdan faoliyatni amalga oshirish huquqini istisno tariqasida berish;

Jazoni ijro etish departamentining Markazlashtirilgan jamg‘armasini qayta tashkil etish va ozodlikdan mahrum etilgan shaxslarning ijro hujjatlari bo‘yicha Davlat budjetiga jazoni ijro etish muassasalari tomonidan undirilgan mablag‘larning 50 foizi miqdoridagi ajratmalarni hamda bo‘sh turgan budjetdan tashqari mablag‘larni tijorat banklari depozitlariga joylashtirish hisobidan olingan daromadlarni Jamg‘armaning qo‘shimcha manbalari sifatida belgilash.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi

2021-yil 15-may

IIV (Bobojonov),

Moliya vazirligi (Xaydarov)

7.

Respublika ichki ishlar organlari uchun namunaviy hududiy idora sifatida Toshkent viloyatining Angren shahar va Bo‘stonliq tumani ichki ishlar boshqarmalari negizida “Namunaviy shahar ichki ishlar organi” va “Namunaviy tuman ichki ishlar organi” loyihalarini amalga oshirish.

Bunda, asosiy e’tibor ish uslublariga, aholiga xizmat ko‘rsatish masalalariga, hamkorlik mexanizmlariga, raqamli texnologiyalarni joriy etish darajasiga va shaxsiy tarkib bilan ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish choralariga qaratiladi.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021-yil 1-avgust

IIV (Bobojonov),

Toshkent viloyati hokimligi (Xidoyatov),

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Pekos)

8.

Toshkent viloyatida ikkita tuman (shahar) doirasida, eksperiment tariqasida, ichki ishlar organlari sanitariya tadbirlarini ta’minlash bo‘yicha bo‘linmalarini tashkil etish.

Bunda, shtatlarni kiritish va ta’minlash masalalari dastlabki davrda Toshkent viloyati hokimligining mahalliy budjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi, keyinchalik esa o‘zini o‘zi moliyalashtirish mexanizmlari asosida tashkil etiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi

2021-yil 15-may

IIV (Bobojonov),

Toshkent viloyati hokimligi (Xidoyatov),

Moliya vazirligi (Xaydarov)

II. Ma’naviy-ma’rifiy ishlar, xodimlarni uzluksiz tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishning samarador mexanizmini joriy etish

9.

Quyidagilarni o‘z ichiga oluvchi Ichki ishlar organlarida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish konsepsiyasini ishlab chiqish va tasdiqlash:

“Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish — oliy burchimiz” konseptual g‘oyasi asosida xodimlarni tarbiyalashni takomillashtirish chora-tadbirlari;

ichki ishlar organlarida ma’naviy-ma’rifiy ishlarning asosiy maqsadi va vazifalari;

har bir hududiy ichki ishlar organida jasorat va vatanparvarlik g‘oyalarini aks ettiruvchi ma’naviy-ma’rifiy burchaklarni (xonalarni) tashkil etish;

mafkuraviy ishlarni amalga oshirishning asosiy yo‘nalishlari, shu jumladan tarbiyaviy ishlar, targ‘ibot-tashviqot ishlari, psixologik qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy-huquqiy himoya va madaniy tadbirlar;

ichki ishlar organlarida ma’naviy-ma’rifiy ishlarning asosiy yo‘nalishlarini amalga oshirish mexanizmlari.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2021-yil 15-aprel

IIV (Bobojonov),

Ma’naviyat va ma’rifat markazi (Xodjimatov),

Madaniyat vazirligi (Nazarbekov),

Yozuvchilar uyushmasi,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimliklari

10.

Quyidagi yo‘nalishlarda jamoat xavfsizligini ta’minlash sohasida malakali kad�larni maqsadli tayyorlash tizimini joriy etish:

jamoat tartibini saqlash, yo‘l harakati xavfsizligi va pasport tizimi talablarini amalga oshirish yo‘nalishlari bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish;

jamoat xavfsizligini ta’minlash muammolari bo‘yicha fundamental ilmiy tadqiqotlar o‘tkazilishini tashkil etish, ushbu sohada yuqori malakali ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlash;

jamoat xavfsizligi yo‘nalishi bo‘yicha o‘quv jarayonini joriy etish borasida Milliy gvardiya Harbiy-texnik instituti faoliyatini tubdan takomillashtirish.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasi

2021-yil 10-aprel

Milliy gvardiya (Jo‘rayev),

IIV (Bobojonov, Ikramov),

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (Toshkulov)

11.

Ichki ishlar organlari uchun intellektual-professional kadrlarni tayyorlash va ularni xizmatda ko‘tarilishining sifat jihatidan yangi tizimini quyidagilarni nazarda tutgan holda joriy etish:

oliy ta’limning ikki bosqichli (bakalavriat va magistratura) tizimi va rahbarlik tarkibidagi kadrlarni maqsadli tayyorlash mexanizmlarini joriy etgan holda Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi ta’lim jarayonini tubdan isloh qilish;

Ichki ishlar vazirligi Akademiyasining Nukus filialini ochish;

joylarda xodimlarni boshlang‘ich tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishning yagona mexanizmlarini joriy etgan holda Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutini takomillashtirish;

2021-yil 1-sentabrdan e’tiboran o‘quv jarayonining xizmat o‘tash qoidalari bilan uzviy bog‘langan tartibini o‘z ichiga olgan uzluksiz o‘qish-karyera tizimini joriy etish;

mafkuraviy ta’lim, yuridik fanlar va jismoniy tayyorgarlikni kuchaytirgan holda Ichki ishlar vazirligining akademik litseylarida ta’lim jarayonining samaradorligini oshirish;

moddiy rag‘batlantirish mexanizmlarini joriy etgan holda, Ichki ishlar vazirligi ta’lim muassasalari pedagoglar tarkibining salohiyatini oshirish.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasi

2021-yil 10-aprel

IIV (Bobojonov, Xatamov),

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (Toshkulov),

Moliya vazirligi (Xaydarov)

12.

Ichki ishlar organlari xodimlarini axloqiy-ruhiy qo‘llab-quvvatlash faoliyati bo‘yicha sifat jihatidan yangi tizimni quyidagilarni nazarda tutgan holda joriy etish:

ichki ishlar organlari tuzilmalarida axloqiy-ruhiy qo‘llab-quvvatlash bo‘linmalarini tashkil etish;

ichki ishlar organlari tizimida psixologik xizmat ko‘rsatish markazlarini tashkil etish va ularga shartnoma asosida mutaxassis-psixolo�larni jalb etish imkoniyatini yaratish;

xizmat xususiyatlarini inobatga olgan holda, xodimlar orasida o‘z joniga suiqasd qilish va ruhiy tushkunlik holatlarining barvaqt oldini olishga qaratilgan yakka tartibda axloqiy-ruhiy ishlashning zamonaviy metodlarini tatbiq etish;

xodimlarning psixologik portretini majburiy hisobga olish tartibini joriy etgan holda, ichki ishlar organlarining qabul va shahodatlash komissiyalarida mutaxassis-psixologlarning rolini oshirish.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi

2021-yil 15-may

IIV (Bobojonov),

Sog‘liqni saqlash vazirligi (Xodjibayev),

Moliya vazirligi (Xaydarov)

13.

Quyidagilarni o‘z ichiga oluvchi “Eng yaxshi hududiy ichki ishlar organi boshlig‘i”, “Eng yaxshi profilaktika inspektori”, “Eng yaxshi tergovchi”, “Eng yaxshi tezkor xodim” nominatsiyalari bo‘yicha respublika tanlovini har yili o‘tkazish tartibini belgilash:

sohaviy faoliyat bo‘yicha eng yaxshi xodimlarni aniqlashning har tomonlama, xolisona, oshkora mexanizmlari va mezonlari joriy etish;

eng yaxshi xodimlarni har yili “25-oktabr — Ichki ishlar organlari xodimlari kuni”ni nishonlash chog‘ida e’lon qilish;

budjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan g‘oliblarni har oylik pul ta’minotining 100 foizgacha miqdorda bir yil davomida moddiy rag‘batlantirish tartibini joriy etish;

eng yaxshi xodimlarning fotosuratlari va ular haqidagi ma’lumotlarni bir yil davomida barcha ichki ishlar organlarida joylashtirish hamda ularning xizmat vazifalarini bajarish natijalarini keng targ‘ib etish.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi

2021-yil 25-may

IIV (Bobojonov)

14.

“O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga 30 yil” idoraviy esdalik ko‘krak nishonini ta’sis etish, ushbu ko‘krak nishoni bilan xodimlarni 2021-yilda “25-oktabr — Ichki ishlar organlari xodimlari kuni” arafasida taqdirlash.

Idoraviy normativ hujjat

2021-yil 20-aprel

IIV (Bobojonov)

15.

Ikkinchi jahon urushi, qurolli to‘qnashuvlar va jangovar harakatlar davomida, jinoyatchilikka qarshi kurashish, favqulodda holatlarni bartaraf etish chog‘ida xizmat burchini bajarib, mardlarcha halok bo‘lgan ichki ishlar organlari xodimlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni qamrab olgan “Ichki ishlar organlarining mard o‘g‘lonlari” kitobini tayyorlash va nashr etish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021-yil 1-dekabr

IIV (Bobojonov),

Ma’naviyat va ma’rifat markazi (Xodjimatov),

Yozuvchilar uyushmasi

16.

Ichki ishlar organlari xodimlarining ma’naviy-ma’rifiy saviyasini yanada yuksaltirish, vatanparvarlik va milliy g‘urur tuyg‘ularini yangi tizim asosida shakllantirish bo‘yicha kompleks choralarni amalga oshirish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021-yil davomida

Ma’naviyat va ma’rifat markazi (Xodjimatov),

IIV (Bobojonov),

Oliy ta’lim muassasalari (Xatamov, Rustambayev)

17.

Ichki ishlar organlari xodimlarining sharafli faoliyatini va mazkur kasbning o‘ziga xos xususiyatlarini aks ettiruvchi seriallarni olish va ularni ommaviy ko‘rsatuvini tashkil etish.

Bunda, jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatlarni fosh etish sohalari kesimida xodimlarning kasbiy mahoratlariga alohida e’tibor qaratiladi.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021-2022-yy.

IIV (Bobojonov),

Madaniyat vazirligi (Nazarbekov),

“O‘zbekkino”,

Ma’naviyat va ma’rifat markazi (Xodjimatov)

III. Ichki ishlar organlari faoliyatiga zamonaviy raqamli va axborot texnologiyalarini tatbiq etish

18.

Ichki ishlar organlari tizimiga axborot texnologiyalarni joriy etish konsepsiyasini ishlab chiqish va tasdiqlash. Bunda ichki ishlar organlari faoliyatini raqamlashtirish soha va yo‘nalishlarini, shuningdek axborot texnologiyalarni to‘lish joriy etish bosqichlarini belgilash.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi

2021-yil 1-may

IIV (Turaxodjayev),

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Pekos)

19.

Mahkumlarni “elektron nazorati”ni ta’minlovchi axborot texnologiyalarini joriy etgan holda, jazoni ijro etish muassasalari faoliyatini bosqichma-bosqich raqamlashtirish. Xususan:

xodimlarning personal videoregistrator (bodikamera) bilan xizmatni o‘tash tartibini tatbiq etish;

mahkumlarning jazoni o‘tash tartibin� buzish holatlarini aniqlash maqsadida kuzatish va mustaqil nazorat qilish imkoniyatiga ega intellektual kameralar (“Smart”) tizimini muassasalarga o‘rnatish;

taqiqlangan buyumlarni olib kirish holatlarini aniqlash va oldini olish maqsadida muassasalarning nazorat o‘tish joylarida bodiskanerlarni o‘rnatish;

jazoni o‘tash jarayonida mahkumning xulq-atvori va shaxsi haqidagi “axborot portreti”ni tuzish va ozodlikka chiqishidan 2 oy oldin yashash joyi bo‘yicha hududiy ichki ishlar organlariga xabar berish imkoniyatini beruvchi yagona elektron tizimni yaratish.

(Chora-tadbirlarni amalga oshirishning dastlabki muddati 2021 — 2023-yy. Moliyalashtirish manbai — Ichki ishlar vazirligining budjetdan tashqari mablag‘lari)

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi

2021-yil 10-may

IIV (Bobojonov, Turaxodjayev),

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sadikov)

20.

Lokal tarmoqlar va yagona himoyalangan korporativ tarmoqni rivojlantirish orqali ichki ishlar organlarini raqamlashtirish jarayonlarini tezlashtirish uchun telekommunikatsiya infratuzilmasini modernizatsiya qilish. Bunda:

ichki ishlar organlarida elektron hujjat almashinuvi va himoyalangan elektron pochta yagona tizimini tatbiq etish, dasturiy ta’minot yaratish;

ma’lumotlarni qayta ishlash yagona markazini yaratish va unga idoraviy ma’lumotlarni qayta ishlash markazlarini integratsiya qilish;

idoraviy raqamli infratuzilmaning axborot xavfsizligini ta’minlash, shuningdek, elektron hujjatlar va ma’lumotlarni himoya qilish.

(Chora-tadbirlarni amalga oshirishning dastlabki muddati 2021 — 2023-yy. Moliyalashtirish manbai — Ichki ishlar vazirligining budjet va budjetdan tashqari mablag‘lari)

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi

2021-yil 10-avgust

IIV (Bobojonov, Turaxodjayev),

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sadikov),

Moliya vazirligi (Ishmetov)

21.

Zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish hamda ashyoviy dalillar bo‘yicha avtomatlashtirilgan kriminalistik axborot-qidiruv tizimini yaratish orqali ekspert-kriminalistik faoliyatni bosqichma-bosqich raqamlashtirish, shuningdek kriminalistik identifikatsiya tizimi faoliyatini muvofiqlashtirish. Xususan:

Genom bo‘yicha yagona avtomatlashtirilgan davlat ro‘yxatiga olish tizimini zaruriy vositalar bilan jihozlash;

fuqaroviy va xizmat o‘qotar qurollarining izlari bo‘yicha Davlat o‘q-gilzotekasi tizimini modernizatsiya qilish orqali uning faoliyatini avtomatlashtirish;

“Kriminalist” kriminalistik faoliyatni hisobga olishning axborot-ma’lumot tizimini modernizatsiya qilish hamda uni “102” tizimi doirasida Ichki ishlar vazirligi jinoyatlarni hisobga olish yagona tiz�miga integratsiya qilish;

Ekspert-kriminalistik bosh markazining biometrik identifikatsiya qilish ma’lumotlar bazalariga hududiy ekspert-kriminalistik bo‘linmalarning ulanishini ta’minlash.

(Chora-tadbirlarni amalga oshirishning dastlabki muddati 2021 — 2023-yy. Moliyalashtirish manbai — Ichki ishlar vazirligining budjet va budjetdan tashqari mablag‘lari)

Ishlab chiqilgan texnik topshiriqlar asosida xarid qilish

2021-yil 30-sentabr

IIV (Bobojonov, Turaxodjayev), Moliya vazirligi (Ishmetov)

22.

Probatsiya nazoratidagi shaxslarni masofadan turib nazorat qilishni ta’minlovchi zamonaviy axborot va kommunikatsiya texnologiyalarini tatbiq etgan holda Probatsiya xizmati faoliyatini raqamlashtirish. Xusus�n:

probatsiya nazoratidagi shaxslarning xulq-atvorini real vaqt rejimida kuzatish uchun elektron brasletdan foydalanish amaliyotini joriy etish;

elektron brasletlarni hamda ma’lumotlarni saqlash va qayta ishlash uchun server va ushbu tizimga aloqador qurilmalarni xarid qilish;

monitoring qilishning zamonaviy mobil texnologiyalarini tatbiq etish, maxsus dasturiy ta’minotni ishlab chiqish;

probatsiya nazoratidagi shaxslarni umumiy nazorat qilish uchun Ichki ishlar vazirligi probatsiya xizmatida yagona elektron monitoringni (monitoring markazini) tashkil etish.

(Chora-tadbirlarni amalga oshirishning dastlabki muddati 2021-2022-yy. Moliyalashtirish manbai — Ichki ishlar vazirligining budjetdan tashqari mablag‘lari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar)

Ishlab chiqilgan texnik topshiriqlar asosida xarid qilish

2021-2022-yy.

IIV (Bobojonov, Turaxodjayev, Ikramov),

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sadikov),

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (Xusanov)

23.

Axborot texnologiyalarini tatbiq etish orqali Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati tomonidan davlat xizmatlarini taqdim etishning yangi tartibini joriy etish. Xususan:

davlat xizmatlarini taqdim etishni maqbullashtirish va yengillashtirish bo‘yicha yangi mexanizmlarni ishlab chiqish;

amaldagi axborot tizimlarini yagona platformaga o‘zaro integratsiya qilish orqali Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining yagona avtomatlashtirilgan axborot-tahlil tizimini joriy etish;

saqlash funksiyasiga ega bo‘lgan ma’lumotlarni qayta ishlash yagona markazini yaratish.

(Chora-tadbirlarni amalga oshirishning dastlabki muddati 2021 — 2023-yy. Moliyalashtirish manbai — Ichki ishlar vazirligining budjetdan tashqari mablag‘lari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar)

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi

2021-yil 10-iyun

IIV (Turaxodjayev, Ikramov),

Adliya vazirligi (Davletov),

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sadikov)

24.

Axborot tizimlarini modernizatsiya qilish, arxiv faoliyatini raqamlashtirish va axborot texnologiyalarini tatbiq etgan holda Ichki ishlar vazirligi Huquqiy statistika va tezkor-hisob ma’lumotlar markazi faoliyatini bosqichma-bosqich raqamlashtirish. Xususan:

shaxsiy tarkib bo‘yicha buyruqlar, pul ta’minotining shaxsiy kartochkalari va boshqa ma’lumotlardan iborat elektron arxivni shakllantirish;

davlat xizmatlarini taqdim etishni rivojlantirish maqsadida Markazni O‘zbekiston Respublikasi “O‘zarxiv” tizimi va Davlat xizmatlari agentligi bilan o‘zaro integratsiya qilish.

(Chora-tadbirlarni amalga oshirishning dastlabki muddati 2021 — 2024-yy. Moliyalashtirish manbai — Ichki ishlar vazirligining budjet va budjetdan tashqari mablag‘lari)

Texnik topshiriqlarni ishlab chiqish

2021-yil avgust

IIV (Bobojonov, Turaxodjayev),

Adliya vazirligi (Davletov),

O‘zarxiv (Yusupov),

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sadikov)

25.

Zamon talablaridan keli� chiqib, Ichki ishlar vazirligi Huquqiy statistika va tezkor-hisob ma’lumotlar markazining amaldagi axborot tizimlarini modernizatsiya qilish, ma’lumotlar bazalari bo‘yicha qidirish kompleksini (rubrikator) yaratish va tegishli davlat organlari bilan integratsiya qilish.

(Chora-tadbirlarni amalga oshirishning dastlabki muddati 2021-2022-yy. Moliyalashtirish manbai — Ichki ishlar vazirligining budjetdan tashqari mablag‘lari)

Texnik topshiriqni ishlab chiqish

2021-yil avgust

IIV (Bobojonov, Turaxodjayev),

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sadikov)

26.

Huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘linmalari faoliyatiga uning samaradorligini oshirish va ortiqcha xizmat yuklamasini qisqartirishga yo‘naltirilgan zamonaviy axborot texnologiyalarini tatbiq etish. Xususan:

“E-inspektor” elektron kompleks tizimini tatbiq etish orqali huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘linmalarida ish yurituvni maqbullashtirish;

profilaktik hisobdagi shaxslar bilan ishlash bo‘yicha elektron axborot tizimini ishlab chiqish;

ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish bo‘yicha “E-ma’muriy ish” yagona elektron hujjat almashinuvi tizimini yaratish;

mahallalarda jinoyatlarni muhokama qilish jarayonlarini masofadan turib nazorat qilish bo‘yicha elektron modulni tatbiq etish;

“E-hisobot” axborot tizimini yaratish orqali profilaktika xizmatida hisobotlarni unifikatsiya qilish va uni boshqa tashkilotlarning hisobot yuritish hamda idoraviy axborot tizimlari bilan o‘zaro integratsiya qilish.

(Chora-tadbirlarni amalga oshirishning dastlabki muddati 2021-2022-yy. Moliyalashtirish manbai — Ichki ishlar vazirligining budjetdan tashqari mablag‘lari)

Tashkiliy-texnik tadbirlar kompleksi

2021-2022-yy.

IIV (Bobojonov),

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sadikov),

Oliy sud (Kamilov),

Sog‘liqni saqlash vazirligi (Xodjibayev),

Bosh prokuratura (Yuldashev),

DSQ (Kudbiyev),

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi (Mamatov)

27.

Axborot texnologiyalarini joriy etish orqali ichki ishlar organlarining kuch va vositalarini boshqarishning sifat jihatdan yangicha amaliyotini (situatsion boshqaruv tizimi) bosqichma-bosqich tatbiq etish. Jumladan:

kuzatib boriladigan obyektlar, hodisalar va jarayonlarni kompleks monitoring qilish asosida boshqaruv qarorlarini o‘z vaqtida qabul qilish imkonini beruvchi vazirlikning Situatsion markazining markazlashgan boshqaruvini amalga oshirishda yagona axborot makonida ishlaydigan ichki ishlar organlari situatsion markazlarining to‘laqonli taqsimlangan tizimini;

jamoat xavfsizligini ta’minlash sohasidagi umumiy manfaatlarni inobatga olgan holda huquq-tartibot organlari o‘rtasidagi uyg‘unlashgan axborot hamkorligini ta’minlash imkonini beruvchi yagona maxsus axborotlar kichik tizimini tashkil etish.

(chora-tadbirlarni amalga oshirishning dastlabki muddati: 2021 — 2024-yy., moliyalashtirish manbai: IIVning budjetdan tashqari mablag‘lari)

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi

2021-yil 10-iyul

IIV (Bobojonov),

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sadikov),

boshqa huquq-tartibot idoralari

IV. Ichki ishlar organlari xodimlari va oila a’zolarining ijtimoiy-huquqiy himoyasini hamda uy-joy va maishiy sharoitlarini yanada yaxshilash

28.

Quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha huquq-tartibot organlari xodimlarining huquqiy himoyasini kuchaytirishga doir takliflarni kiritish:

xizmat vazifasini bajarayotgan huquq-tartibot organlari xodimlarining sha’ni va qadr-qimmatini kamsitish, sog‘lig‘iga shikast yetkazish, shuningdek, qonuniy talablariga bo‘ysunmaslik va faol qarshilik ko‘rsatganlik uchun ma’muriy va jinoiy javobgarlik choralarini kuchaytirish;

huquq-tartibot organlari xodimlari va oila a’zolarining shaxsiy hayoti to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tarqatganlik uchun javobgarlik belgilash;

ichki ishlar organlari xodimlari va ularning oila a’zolarini davlat tomonidan ijtimoiy-huquqiy himoya qilishning yagona huquqiy asosini, ushbu yo‘nalishdagi kafolatlar va aniq mexanizmlarni nazarda tutgan holda yaratish.

Qonunchilik hujjatlari loyihalari

2021-yil 20-iyun

Bosh prokuratura (Yuldashev),

Adliya vazirligi (Davletov),

Oliy sud (Kamilov),

IIV (Bobojonov),

Milliy gvardiya (Jo‘rayev),

DXX (Azizov),

Mudofaa vazirligi (Kurbanov),

DBQ (Azimov)

1-band, 7-bandning “a” kichik bandi, 9 va 10-bandlar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
6-bandning uchinchi xatboshisida “Bosh prokuratura” so‘zlari “Ichki ishlar vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
11-bandning ikkinchi xatboshisidan “Boshqarma bilan birgalikda” so‘zlari chiqarib tashlansin;
12-bandning uchinchi xatboshisidagi “Tezkor-ma’lumotlar boshqarmasi” so‘zlari “Ichki ishlar vazirligining Huquqiy statistika va tezkor-hisob ma’lumotlar markazi” so‘zlari bilan almashtirilsin.

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi