Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

×
 ×
Ilmiy va innovatsion faoliyat bilan shug‘ullanib kelayotgan iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida

1-ILOVA
“Akademik harakatchanlik” dasturini shakllantirish, amalga oshirish, moliyalashtirish va monitoring qilish tartibi to‘g‘risida NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar

2-bob. Tanlov tashkil etish tartibi

3-bob. Ishchi guruh faoliyatini tashkil etish tartibi

4-bob. Loyihalarni ishchi guruh tomonidan ko‘rib chiqish va tanlab olish tartibi

5-bob. G‘oliblar tomonidan loyihalarni amalga oshirish tartibi

6-bob. Loyihalarni moliyalashtirish va uning monitoringi

7-bob. Yakunlovchi qoidalar

1-ILOVA
“Akademik harakatchanlik” dasturi doirasida tashkil etiladigan tanlov uchun ilmiy-tadqiqot ishi bo‘yicha loyihalarni shakllantirish va ularni ishchi guruh tomonidan ko‘rib chiqish hamda tanlab olish SXEMASI

2-ILOVA
“Bo‘lajak olim” tanlovini o‘tkazish tartibi to‘g‘risida NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar

2-bob. Ilmiy g‘oya, ilmiy va startap loyihalarni shakllantirish va ularni ko‘rib chiqib, tanlab olish tartibi

1-§. Ilmiy g‘oya, ilmiy va startap loyihalarni shakllantirishga qo‘yiladigan umumiy talablar

2-§. Tanlov komissiyasi faoliyatini tashkil etish tartibi

3-§. Ilmiy g‘oyalarni ko‘rib chiqish va tanlab olish tartibi

4-§. Ilmiy loyihalarni shakllantirish va ularni ko‘rib chiqib, tanlab olish tartibi

5-§. Startap loyihalarni shakllantirish va ularni ko‘rib chiqib, tanlab olish tartibi

3-bob. Ilmiy g‘oya, ilmiy va startap loyihalarni moliyalashtirish tartibi

4-bob. Ilmiy g‘oya, ilmiy va startap loyihalarning amalga oshirilishini monitoring qilish tartibi

5-bob. Yakunlovchi qoidalar

1-ILOVA
Tanlov doirasida ilmiy g‘oyalarni shakllantirish, ko‘rib chiqish va tanlab olish SXEMASI

2-ILOVA
Tanlov doirasida ilmiy loyihalarni shakllantirish, ko‘rib chiqish va tanlab olish SXEMASI

3-ILOVA
Tanlov doirasida startap loyihalarni ko‘rib chiqish va tanlab olish SXEMASI

3-ILOVA
Yosh olimlarni yetakchi xorijiy ilmiy tashkilotlarga qisqa muddatli ilmiy stajirovkalarga yuborish tartibi to‘g‘risida NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar

2-bob. Tanlovlarni tashkil etish va o‘tkazish tartibi

1-§. Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar

2-§. Tanlovni e’lon qilish tartibi

3-§. Ma’lumot (hujjat)larni qabul qilish tartibi

4-§. Maxsus ekspert guruhi faoliyatini tashkil etish tartibi

3-bob. Saralash tanlovlarni o‘tkazish va stajirovkaga yuborish tartibi

4-bob. Stajirovkalarni moliyalashtirish tartibi

5-bob. Stajirovka yakuni bo‘yicha hisobot taqdim etish tartibi

6-bob. Yakunlovchi qoidalar

1-ILOVA
Yosh olimlarni yetakchi xorijiy ilmiy tashkilotlarga (markazlar, universitetlar va boshqalar) qisqa muddatli ilmiy stajirovkalarga yuborish REJASI

2-ILOVA
Yosh olimlarni yetakchi xorijiy ilmiy tashkilotlarga qisqa muddatli ilmiy stajirovkalarga yuborish yuzasidan tanlovlarni tashkil etish, o‘tkazish, saralash, moliyalashtirish va stajirovka yakuni bo‘yicha hisobot taqdim etish SXEMASI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida” 2021-yil 3-fevraldagi PF-6155-son Farmoni ijrosini ta’minlash, hududlarda ilmiy va innovatsion faoliyat bilan shug‘ullanib kelayotgan iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, nufuzli ilmiy maktablarni shakllantirish hamda ularning ilmiy salohiyatini yanada oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-iyuldagi PF-6269-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.07.2021-y., 06/21/6269/0704-son)
31. Ushbu Nizomning 30-bandida ko‘zda tutilgan xarajatlar Vazirlikka ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlarini moliyalashtirish uchun ajratilgan budjet mablag‘lari hisobidan belgilangan tartibda, g‘olib yosh olim faoliyat yuritayotgan tashkilotga tanlov natijalari bo‘yicha g‘olib bo‘lgan yosh olimning “Akademik harakatchanlik” dasturini amalga oshirish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash maqsadida moliyalashtiriladi.
1-bosqichda kiritilgan ilmiy g‘oyalar ushbu Nizomning 14-bandiga mos ravishda to‘liq taqdim etilganligi va rasmiylashtirilganligi Yoshlar akademiyasi tomonidan ko‘rib chiqiladi. Yoshlar akademiyasi zarur holatlarda, taqdim etilgan ilmiy g‘oyalar bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlar, taqdimotlar talab etishi va ilmiy g‘oyalarni o‘rganishda tegishli mutaxassislarni jalb qilishi mumkin.

Bosqichlar

Subyektlar

Amalga oshiriladigan tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Innovatsion rivojlanish vazirligi (Vazirlik)

“Bo‘lajak olim” tanlovi doirasida iqtidorli yoshlar uchun tanlov e’lon qilish

Bir yilda kamida bir marta

2-bosqich

Yoshlar akademiyasi

Tanlov doirasida e’lon qilinadigan ilmiy loyiha mavzularini shakllantirish

Yil davomida

3-bosqich

Tanlov komissiyasi

Yoshlar akademiyasi tomonidan shakllantirilgan ilmiy loyiha mavzularini ko‘rib chiqish va e’lon uchun tanlab olish

Tanlov e’lon qilishdan 20 kun avval

Vazirlik

Tanlab olingan mavzular ro‘yxatini e’lon qilish

Tanlov e’lon qilingan kundan boshlab

4-bosqich

Yoshlar akademiyasi

E’lon qilingan ilmiy mavzular asosida yoki tashabbuskor ilmiy loyihalarni qabul qilish

Loyihalar qabul qilish yakunlanguncha

5-bosqich

Yoshlar akademiyasi

Tanlov doirasida qabul qilingan ilmiy loyihalarni o‘rnatilgan tartibda texnik ekspertiza jarayonini amalga oshirish

Loyihalar qabul qilish yakunlangandan so‘ng 15 kun ichida

6-bosqich

Tegishli fan yo‘nalishlari bo‘yicha ekspertlar jamoasi

Tanlov doirasida qabul qilingan texnik ekspertiza natijalariga ko‘ra ilmiy loyihalarni baholash va ularni ko‘rib chiqish uchun o‘rnatilgan tartibda ilmiy ekspertiza jarayonini amalga oshirish

Texnik ekspertiza yakunlangandan so‘ng 30 kun ichida

7-bosqich

Kollegial organ

Texnik va ilmiy ekspertizada ijobiy baholangan va moliyalashtirishga tavsiya etilgan ilmiy loyihalarining yakuniy ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risidagi qaror qabul qilish

Ilmiy ekspertiza yakunlangandan so‘ng 10 kun ichida

mazkur Nizom 1-ilovasiga muvofiq shakldagi stajirovka rejasi;
13. Buyurtmachilar nomzodlar to‘g‘risidagi ma’lumot (hujjat)larni tegishli tartibda rasmiylashtirgan holda kuzatuv xati bilan ushbu Nizomning 11-bandida keltirilgan ketma-ketlikda chop etilgan shaklda Vazirlikka taqdim etadilar yoki elektron shaklda Vazirlikning elektron pochta manziliga yuboriladi.
Saralash tanlovlarning 1-bosqichida kiritilgan ma’lumot (hujjat)lar ushbu Nizomning 11-bandiga mos ravishda to‘liq taqdim etilganligi va rasmiylashtirilganligi ko‘rib chiqiladi.
Izoh. G‘olib nomzodlarning stajirovkasini moliyalashtirish maqsadida mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq ma’lumotlar Vazirlik yo‘llanma xati bilan Jamg‘armaga Kuzatuv kengashida tasdiqlash uchun kiritiladi.

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi