Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

Oldingi tahrirga qarang.

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Bajarish muddati

Moliyalashtirish manbalari

Bajarish uchun mas’ullar

I. Institutfaoliyatini tashkil etish

1.

Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutining ustavi va tuzilmasini ishlab chiqish, tasdiqlash hamda davlat ro‘yxatidan o‘tkazish.

Bir oy muddatda

-

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

2.

Institutda rahbarlik faoliyatini (prorektorlar, bo‘lim boshliqlari, fakultet dekanlari) olib borish uchun nomzodlar ro‘yxatini shakllantirish.

2021-yil may

-

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

3.

Institutning 2021/2022 o‘quv yiliga mo‘ljallangan xarajatlar smetasini, shtatlar jadvalini ishlab chiqish hamda belgilangan tartibda tasdiqlash.

2021-yil iyun

O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlari doirasida

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, tegishli vazirlik va idoralar

II. Institutda 2021/2022 o‘quv yilini samarali tashkil etish

4.

2020/2021 o‘quv yilidan boshlab birinchi bosqich talabalarini o‘qitishda kredit-modul tizimini bosqichma-bosqich joriy etish.

2021/2022 o‘quv yilidan boshlab

-

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

5.

Talabalarning mustaqil ta’lim olishlari uchun masofaviy elektron ta’lim platformasini tashkil etish hamda elektron axborot resurs manbalari (taqdimotlar, tarqatma materiallar, ma’ruza matnlari, video va audio darslar) bilan boyitib borish.

2021/2022 o‘quv yili davomida

Institutning mazkur maqsadlar uchun nazarda tutilgan budjetdan tashqari mablag‘lari doirasida

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

6.

Institutning talabalari uchun o‘quv va ishlab chiqarish amaliyotlari bazasini yaratish maqsadida Institut mutaxassis kadrlarining iste’molchilari hisoblangan hududiy tashkilotlar, klasterlar, kooperatsiyalar, xo‘jalik birlashmalari bilan ishga joylashtirish va amaliyotlarni tashkil etish bo‘yicha hamkorlik shartnomalarini tuzish hamda talabalarning amaliyotlarini zamonaviy texnoparklarga va ilg‘or tajribaga ega tashkilotlarda tashkil etish.

O‘quv jarayoni jadvali asosida

-

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti

7.

Institutning axborot-resurs markazini o‘zbek va qoraqalpoq tilidagi o‘quv, ilmiy va badiiy adabiyotlar bilan ta’minlash choralarini ko‘rish hamda yetishmayotgan o‘quv adabiyotlarini, shuningdek, yangi avlod darsliklari va o‘quv qo‘llanmalarini yaratish rejasini ishlab chiqish.

2021/2022 o‘quv yili davomida

Institutning mazkur maqsadlar uchun nazarda tutilgan budjetdan tashqari mablag‘lari doirasida

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Oliy va o‘rta ma�sus ta’lim vazirligi

8.

Qishloq xo‘jaligi sohasi rivojlangan xorijiy davlatlarning xalqaro reytingda yetakchi oliy ta’lim va ilmiy tashkilotlari ro‘yxatini shakllantirish hamda ular bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish.

Doimiy

-

Qishloq xo‘jaligi vazirligi

9.

Institut professor-o‘qituvchilari ilmiy-tadqiqot ishlari va amaliy mashg‘ulotlar olib borishi va talabalar malakaviy amaliyotlarini o‘tashi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish maqsadida soha korxonalarida o‘quv-amaliyot markazlarini tashkil etish hamda ularning faoliyatini takomillashtirish.

2022-yil fevral

-

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti

III. Institutning ta’lim xizmatini ko‘rsatish faoliyatini tizimli tashkil etish hamda moddiy-texnik bazasini mustahkamlash bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlar

O‘quv jarayoni bo‘yicha

10.

O‘quv jarayoni va qishloq xo‘jaligiga raqamli texnologiyalarni joriy etish maqsadida tor ixtisosliklar bo‘yicha xorijiy davlatlarning nufuzli oliy ta’lim muassasalari va ilmiy tashkilotlariga institutning professor-o‘qituvchilarini malaka oshirish hamda stajirovka o‘tash uchun yuborish, shuningdek, qishloq xo‘jaligining dolzarb yo‘nalishlari bo‘yicha vebinar dars mashg‘ulotlarini tashkil etish.

2021 — 2025-yillar davomida kelishuv asosida

Institutning mazkur maqsadlar uchun nazarda tutilgan budjetdan tashqari mablag‘lari doirasida

Qishloq xo‘jaligi vazirligi

11.

Zamonaviy texnologiyalar va interaktiv ta’lim usullarini hamda talabalarning mustaqil o‘quv va amaliy faoliyatini rivojlantirish orqali amaliyot o‘tash, shuningdek, o‘qituvchi va talabaning o‘zaro masofaviy hamkorligini ta’minlashga, ularda innovatsion va tahliliy fikrlashni rivojlantirishga mo‘ljallangan modulli, obyektga yo‘naltirilgan va dinamik ta’lim muhitini keng joriy qilish.

2021 — 2023-yillar

Institutning mazkur maqsadlar uchun nazarda tutilgan budjetdan tashqari mablag‘lari doirasida

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

12.

Xorijiy olimlar va mutaxassislarni jalb etgan holda, yangi avlod darsliklari va o‘quv qo‘llanmalari turkumini tayyorlash hamda axborot-resurs markazi fondini doimiy yangilab borish maqsadida Institutning xarajatlar smetasiga o‘quv adabiyotlarini xarid qilish hamda chop etish, shuningdek, mualliflar mehnatini rag‘batlantirish uchun mablag‘lar ajratilishini nazarda tutish.

2021 — 2025-yillar

Institutning mazkur maqsadlar uchun nazarda tutilgan budjetdan tashqari mablag‘lari doirasida

Qishloq xo‘jaligi vazirligi

13.

Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari hamda qishloq xo‘jaligida olib borilayotgan keng qamrovli islohotlarni inobatga olgan holda, yangi ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari bo‘yicha kadrlar tayyorlash yuzasidan takliflar tayyorlash.

Har yili 1-noyabrga qadar

-

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

Ilmiy-tadqiqot ishlari bo‘yicha

14.

Institut huzuridagi “Moyli ekinlar seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari” o‘quv-ilmiy markazining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash.

2021-2022-yillar davomida

Davlat ilmiy-texnik dasturlarini amalga oshirish uchun Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan o‘tkaziladigan tanlovlar asosida O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ajratiladigan mablag‘lar

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

15.

Har yili qishloq xo‘jaligi sohasidagi oliy ta’lim muassasalarining iqtidorli bitiruvchilarini tanlash va pedagogik faoliyatga faol jalb qilish.

2022 — 2025-yillar

-

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

16.

Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimidagi ilmiy tashkilotlar Fanlar akademiyasining ilmiy tashkilotlari bilan birgalikda qo‘shma ilmiy-tadqiqotlarni amalga oshirishi va ilmiy-metodik ishlanmalarni ishlab chiqishi uchun sharoitlar yaratib berish.

Doimiy

Davlat ilmiy-texnik dasturlarini amalga oshirish uchun Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan o‘tkaziladigan tanlovlar asosida O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ajratiladigan mablag‘lar

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Fanlar akademiyasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

17.

Professor-o‘qituvchilar, ilmiy-tadqiqotchilar, talabalarning innovatsion texnologiyalarni yaratish hamda joriy etish borasidagi tashabbuskorligini va moddiy manfaatdorligini oshirish maqsadida davlat xususiy-sheriklik shartlari asosida kichik innovatsion tashkilotlarni tashkil etish.

2022 — 2025-yillarda

Tashabbuskorlarning mablag‘alari hisobidan

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

18.

Hududlarning tuproq-iqlim sharoitini yaxshilashga doir muammolarning yechimiga qaratilgan ilmiy loyihalar tanlovini e’lon qilish uchun takliflar tayyorlash.

2021-yil iyun

Davlat ilmiy-texnik dasturlarini amalga oshirish uchun Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan o‘tkaziladigan tanlovlar asosida O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ajratiladigan mablag‘lar

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

19.

Institutning professor-o‘qituvchilarini har yili O‘zbekiston hamda xorijiy davlatlarning yetakchi ta’lim muassasalari va ilmiy tashkilotlarida, agroklasterlarda, kooperatsiyalarda, yirik ishlab chiqarish korxonalarida stajirovka o‘tashi bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish.

2021-yil noyabr

-

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, “El-yurt umidi” jamg‘armasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha

20.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan 5 tashabbusni amaliyotga keng joriy etish:

1-tashabbus bo‘yicha — talaba yoshlarni musiqa va san’atga jalb qilish, ularda estetik did va kasbiy etikani shakllantirish maqsadida tanlovlar, ko‘rgazmalar, san’at va madaniyat maskanlarida ochiq darslar o‘tkazish, teatr va muzeylarga tashriflarni uyushtirish, iqtidorli talabalardan tashkil topgan “Yosh havaskorlar” ashula va raqs ansamblini tuzish;

2-tashabbus bo‘yicha — sport majmualarida to‘garaklar faoliyatini samarali tashkil etish va ularga talaba qizlarni yanada kengroq jalb qilish, talabalarning qiziqish va takliflari asosida yangi sport to‘garaklarini ochish, “Salomatlik sari mustahkam qadam” aksiyasi va sport turlari bo‘yicha oliy ta’lim muassasalariaro uch bosqichli o‘yinlarni o‘tkazish;

3-tashabbus bo‘yicha — talaba yoshlarda Internet jahon axborot tarmog‘idan to‘g‘ri foydalanish madaniyatini rivojlantirish maqsadida ularning qiziqishlari bo‘yicha klublar, kompyuter texnologiyalari, loyiha va dasturlash bo‘yicha kompyuter dasturlari, internet savodxonligi to‘garaklari, onlayn-viktorinalar, IT-olimpiadalar tashkil etish, ta’lim faoliyati bilan bog‘liq elektron dasturlar, QR-kod elektron kutubxonalar joriy etish;

4-tashabbus bo‘yicha — talaba yoshlarni badiiy adabiyotga qiziqtirish, ularda vatanparvarlik, vatan taqdiriga daxldorlik, fidoyilik tuyg‘usini tarbiyalash maqsadida “Bir talabaga — bir kitob” aksiyasi, “Eng faol kitobxon” tanlovi, “Yosh adabiyotchilar” klublarini, turli mavzulardagi tanlovlarni tashkil etish;

5-tashabbus bo‘yicha — talaba qizlarning ijtimoiy faolligini oshirish maqsadida ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, “Biznes ledi” maktabi (biznes reja tuzishga o‘rgatish), “Tadbirkor talaba” klubi, “Oila maktabi” treninglari, tikuvchilik, kashtachilik, milliy hunarmandchilik kurslarini yo‘lga qo‘yish, qizlarni ichki salohiyatini ochishga ko‘maklashadigan ijodiy va fan to‘garaklarini tashkil qilish.

2021/2022 o‘quv yilidan boshlab doimiy

Institutning mazkur maqsadlar uchun nazarda tutilgan budjetdan tashqari mablag‘lari doirasida, homiylik mablag‘lari hisobidan

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

21.

Institutda tahsil olayotgan iqtidorli talabalarning O‘zbekiston Prezidenti va nomdor stipendiyalarga e’lon qilingan tanlovlarda hamda respublika va xalqaro tanlovlarda ishtirokini ta’minlash.

2021/2022 o‘quv yilidan boshlab

-

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

Xalqaro hamkorlik bo‘yicha

22.

Xorijiy hamkorlar bilan birgalikda qishloq xo‘jaligi sohasi bo‘yicha kadrlarni tayyorlash borasida qo‘shma ta’lim dasturlarini (double degree) amalga oshirish, o‘quv-ta’lim jarayoniga xorijiy olimlar va mutaxassislarni faol jalb qilish hamda ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish bo‘yicha hamkorlik aloqalarini kengaytirish.

2021-yildan boshlab doimiy

Xalqaro moliya institutlari mablag‘lari va xorijiy donor tashkilotlari grantlari

Qishloq �o‘jaligi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

23.

Istiqbolli bitiruvchilarni respublika va xorijiy davlatlarning yetakchi oliy ta’lim muassasalari va ilmiy tashkilotlariga magistratura va doktoranturaga muntazam yuborish orqali Institutning ilmiy-pedagogik salohiyatini oshirish.

2021 — 2025-yillar

“El-yurt umidi” jamg‘armasi

“El-yurt umidi” jamg‘armasi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi


Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi