Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

Oldingi tahrirga qarang.
(qaror nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-avgustdagi 425-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.08.2022-y., 09/22/425/0712-son)
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ishchi kasblar bo‘yicha kadrlarni tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 8-iyundagi PQ-5140-son qarori ijrosini ta’minlash hamda umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 10-11-sinflari o‘quvchilarini kasb-hunarga o‘qitish, o‘quvchilarning qiziqish va qobiliyatlaridan kelib chiqib kelajakda ularning ta’limni davom ettirishlari yoki egallagan kasblari bo‘yicha mehnat faoliyati bilan shug‘ullanishlariga shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-avgustdagi 425-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.08.2022-y., 09/22/425/0712-son)
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ishchi kasblar bo‘yicha kadrlarni tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 8-iyundagi PQ-5140-son qarori 12-bandiga muvofiq umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 9 — 11-sinflari o‘quvchilarini kasb-hunarga o‘qitish tartibi joriy qilinganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-avgustdagi 425-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.08.2022-y., 09/22/425/0712-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-avgustdagi 425-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.08.2022-y., 09/22/425/0712-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(ilova nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-avgustdagi 425-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.08.2022-y., 09/22/425/0712-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-avgustdagi 425-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.08.2022-y., 09/22/425/0712-son)

Bosqichlar

Ijrochilar

Tadbirlar

Muddatlar

I. O‘quvchilarni tashxislash va kasb-hunarga yo‘naltirish

1-bosqich

Umumta’lim muassasalari

7-sinfdan boshlab o‘quvchilar o‘rtasida interaktiv so‘rovnomalar o‘tkazilib, kasb-hunarga bo‘lgan qiziqishni aniqlaydi va ularning ma’lumotlar bazasini yaratadi.

O‘quv yili davomida

2-bosqich

Umumta’lim muassasalari

8-sinfda ta’limning keyingi bosqichlarida o‘qishni davom ettirish, tanlagan kasbi bo‘yicha kasb-hunarga tayyorlash markazlarida kasb o‘rganish uchun o‘quvchilar va ota-onalarga tavsiyalar beradi va yo‘naltiradi.

Har chorak yakunida

3-bosqich

Umumta’lim muassasalari,

Kasb-hunarga tayyorlash markazi

9-sinf o‘quvchilarining kasbiy moyilligi bo‘yicha muayyan kasbga yo‘naltirish ishlarini olib boradi.

O‘quv yili davomida

II. O‘quvchilarni kasb-hunarga tayyorlash

4-bosqich

Tuman (shahar) hokimliklari,

xalq ta’limi boshqarmalari,

Kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish boshqarmalari

Ehtiyoj mavjud bo‘lgan ishchi kasblarni aniqlaydi.

Umumta’lim muassasalarini kasb-hunarga tayyorlash markazlariga biriktirish bo‘yicha manzilli ro‘yxatni tasdiqlaydi.

Har yili iyun oyida

5-bosqich

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,

Xalq ta’limi vazirligi,

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

Kasb-hunarga tayyorlashga qo‘yiladigan malaka talablari va boshqa o‘quv-metodik hujjatlarni ishlab chiqadi, o‘quv rejalari va o‘quv dasturlarini tasdiqlaydi va amaliyotga joriy qiladi.

Har yili iyul oyida

6-bosqich

Kasb-hunarga tayyorlash markazlari

O‘quvchilarga kasbiy ta’lim berishni va o‘quv-tarbiya jarayonini amalga oshiradi.

O‘quv yili davomida

7-bosqich

Kasb-hunarga tayyorlash markazlari

Kasb-hunarga tayyorlash markazini muvaffaqiyatli tamomlagan o‘quvchilarga davlat namunasidagi sertifikatni beradi.

Kasb-hunarga tayyorlashning yakuniy bosqichida


Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi