Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

Oldingi tahrirga qarang.
(1 va 2-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-maydagi PF-81-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.06.2023-y., 06/23/81/0320-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3 va 4-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-maydagi PF-81-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.06.2023-y., 06/23/81/0320-son)
Oldingi tahrirga qarang.
8.Ma’lumot uchun qabul qilinsinki, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish va jarima solish huquqiga ega xodimlari Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 285-moddasiga asosan huquqbuzarni ma’muriy yo‘l bilan ushlab turish, shaxsan ko‘rikdan o‘tkazish, uning ashyolari va transport vositalarini ko‘zdan kechirish hamda ashyolar va hujjatlarni olib qo‘yish vakolatlariga ega.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-maydagi PF-81-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.06.2023-y., 06/23/81/0320-son)
v) davlat organlari, muassasalari va korxonalari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari hamda ko‘p kvartirali uy-joylar mulkdorlariga tegishli yer uchastkalarini doimiy foydalanish huquqi bilan ajratib berish ushbu bandning “a” va “b” kichik bandlarida nazarda tutilgan talablar asosida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
(9-bandning “g” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-maydagi PF-81-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.06.2023-y., 06/23/81/0320-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(11-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-maydagi PF-81-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.06.2023-y., 06/23/81/0320-son)
davlat organlari, muassasalari va korxonalari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va ko‘p kvartirali uy-joylar mulkdorlari tomonidan mazkur qarorning 9-10-bandlariga asosan ularga doimiy foydalanish huquqi bilan ajratib berilgan yer uchastkalarida tegishli shart va majburiyatlar bajarilishini ta’minlash bo‘yicha;
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-maydagi PF-81-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.06.2023-y., 06/23/81/0320-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-maydagi PF-81-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.06.2023-y., 06/23/81/0320-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-maydagi PF-81-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.06.2023-y., 06/23/81/0320-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-maydagi PF-81-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.06.2023-y., 06/23/81/0320-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-maydagi PF-81-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.06.2023-y., 06/23/81/0320-son)

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Moliyalashtirish manbalari

Ijro muddati

Mas’ul ijrochilar

I. Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasini institutsional va huquqiy jihatdan takomillashtirish

1.

Ekologik kodeks loyihasini ishlab chiqish va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

O‘zbekiston Respublikasi kodeksi loyihasi.

Loyihada:

ekologiyaga oid qonunchilik hujjatlarini tizimlashtirish va ixchamlashtirish;

atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida jamoatchilik nazoratining roli va ta’sirini tubdan oshirish;

bioxilmaxillikni asrash, tiklash va ko‘paytirishning aniq mexanizmlari va rag‘batlantirish tizimini joriy etish;

atrof-muhitni muhofaza qilishda davlat tashkilotlari hamda fuqarolarning huquq va majburiyatlari;

ekologik nazorat va monitoring turlarini amalga oshirish tartibi, shu jumladan “yashil iqtisodiyotni” rag‘batlantirish choralari;

ekologik ekspertizani amalga oshirish tartibi nazarda tutiladi.

Mablag‘ talab etilmaydi

2022-yil noyabr

Davlat ekologiya qo‘mitasi, manfaatdor vazirlik va idoralar

2.

Ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasini ta’minlash maqsadida atrof-muhit va tabiatni muhofaza qilish texnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti faoliyatini yanada takomillashtirish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi.

Loyihada ilmiy-tadqiqot instituti faoliyatini takomillashtirish, moddiy-texnika ta’minotini qaytadan ko‘rib chiqish, sohaga axborot texnologiyalari va innovatsiyalarni tatbiq etish bo‘yicha masalalar nazarda tutiladi.

Mablag‘ talab etilmaydi

2022-yil aprel

Davlat ekologiya qo‘mitasi, manfaatdor vazirlik va idoralar

3.

Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarda jarayonlarning tabiiy kechishi monitoringini yuritish, infratuzilmasini shakllantirish va ilmiy-tadqiqot faoliyatini olib borishning yagona metodikasini ishlab chiqish.

Davlat ekologiya qo‘mitasi qarori loyihasi.

Loyihada:

qattiq rejimli muhofaza etiladigan tabiiy hududlarda ilmiy-tadqiqotlar o‘tkazish tartibini shakllantirish, mazkur tartibda olingan ma’lumotlarni tahlil qilish, mahalliy va respublika darajasida hisobotlar, takliflar, prognozlar tayyorlash;

qattiq rejimli muhofaza etiladigan tabiiy hududlarda monitoring o‘tkazish tartibini shakllantirish;

tabiiy majmualar monitoringi ma’lumotlarini bioxilmaxillikning yagona ma’lumotlar bazasiga kiritish, hisobotlar, takliflar, prognozlar tayyorlash bo‘yicha barcha davlat organlari, muassasalari va yuridik shaxslar uchun yagona bo‘lgan tartibni belgilash nazarda tutiladi.

Mablag‘ talab etilmaydi

2022-yil iyun

Davlat ekologiya qo‘mitasi, manfaatdor vazirlik va idoralar

4.

O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan ekolog” faxriy unvonini ta’sis etish bo‘yicha qonun loyihasini ishlab chiqish va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi.

Loyihada ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish tizimlarida samarali mehnat qilib, ijobiy natijalarga erishgan xodimlarni rag‘batlantirish maqsadida “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan ekolog” faxriy unvonini ta’sis etish nazarda tutiladi.

Mablag‘ talab etilmaydi

2022-yil may

Davlat ekologiya qo‘mitasi, manfaatdor vazirlik va idoralar

5.

Yoshlarda ekologik bilim va ko‘nikmalarni rag‘batlantirish maqsadida umumiy o‘rta ta’lim maktablarida faol ekolog o‘quvchilarni mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan bir martalik pul mukofotlari bilan rag‘batlantirish mexanizmlarini joriy etish.

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda:

umumiy o‘rta ta’lim maktablarida faol ekolog o‘quvchilarni ochiq va shaffof usulda tanlash;

ekologik sanalarga qadar faol ekolog o‘quvchilar orasidan tanlov g‘oliblarini aniqlash;

tanlov g‘oliblarini bir martalik pul mukofotlari bilan rag‘batlantirish.

Mahalliy budjet mablag‘lari

doimiy

Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, Davlat ekologiya qo‘mitasi, Xalq ta’limi vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

II. Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha

6.

Atrof-muhit bilan bog‘liq bo‘lgan masalalar bo‘yicha qarorlar qabul qilish jarayonida jamoatchilikning axborot olish imkoniyati, ishtiroki va odil sudlovga erishish imkoniyati to‘g‘risidagi Konvensiyaga (Orxus konvensiyasi, Orxus shahri, Daniya, 1998-yil 25-iyun) qo‘shilishning maqsadga muvofiqligini o‘rganib chiqish.

Tahliliy ma’lumotnoma.

Bunda, xalqaro shartnomalarni puxta tahlil qilgan holda o‘rganib chiqish, iqtisodiy va huquqiy oqibatlarini prognoz qilish va o‘rganish natijalari bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.

Mablag‘ talab etilmaydi

2022-yil aprel

Davlat ekologiya qo‘mitasi, Tashqi ishlar vazirligi, Adliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

7.

Xalqaro Toza suv va salomatlik Jeneva protokoliga (2000-yil) a’zo bo‘lib kirish masalasini ko‘rib chiqish.

Tahliliy ma’lumotnoma.

Bunda, xalqaro shartnomalarni puxta tahlil qilgan holda o‘rganib chiqish, iqtisodiy va huquqiy oqibatlarini prognoz qilish va o‘rganish natijalari bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.

Mablag‘ talab etilmaydi

2022-yil may

Davlat ekologiya qo‘mitasi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Adliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

8.

Havoni uzoq masofalargacha transchegaraviy ifloslanishi to‘g‘risidagi konvensiya (1979-yil 13-noyabr, Jeneva sh.) va uning asosiy protokollariga qo‘shilishning maqsadga muvofiqligini o‘rganib chiqish.

Tahliliy ma’lumotnoma.

Bunda, xalqaro shartnomalarni puxta tahlil qilgan holda o‘rganib chiqish, iqtisodiy va huquqiy oqibatlarini prognoz qilish va o‘rganish natijalari bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.

Mablag‘ talab etilmaydi

2022-yil iyun

Davlat ekologiya qo‘mitasi, Tashqi ishlar vazirligi, Adliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

9.

Qushlarning migratsiyasida va yashash joylari sifatida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan Sudochye va Jaltirbas ko‘llarini Xalqaro ahamiyatga ega, asosan suvda suzuvchi qushlarning yashash joylari hisoblangan suv-botqoq hududlari to‘g‘risidagi Konvensiyaning (Ramsar konvensiyasi) ro‘yxatiga kiritish.

Tahliliy ma’lumotnoma.

Bunda, xalqaro shartnomalarni puxta tahlil qilgan holda o‘rganib chiqish, iqtisodiy va huquqiy oqibatlarini prognoz qilish va o‘rganish natijalari bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.

Mablag‘ talab etilmaydi

2022-yil sentyabr

Davlat ekologiya qo‘mitasi, Fanlar akademiyasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Tashqi ishlar vazirligi, Adliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

10.

O‘zbekiston Respublikasida Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga a’zo davlatlarning atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi vazirlik va idoralari rahbarlarining uchinchi yig‘ilishini tashkil etish.

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda:

Shanxay Hamkorlik Tashkilotikotibiyati bilan uchinchi yig‘ilishni o‘zbek tomoni raisligida tashkil etishni kelishish;

uchinchi yig‘ilish kun tartibi, dasturi va boshqa tashkiliy masalalarini ishlab chiqish.

Hisob-kitoblarga asosan

2022-yil iyun

Davlat ekologiya qo‘mitasi, Tashqi ishlar vazirligi, Moliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

III. Bioxilmaxillik va muhofaza etiladigan tabiiy hududlar masalalari bo‘yicha

11.

O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi tasarrufida bo‘lgan “Zarafshon” davlat milliy tabiat bog‘ini (2426,2 ga) shtat birliklari va moddiy-texnik bazasi bilan birga hamda amaldagi moliyalashtirish tartibini saqlab qolgan holda Davlat ekologiya qo‘mitasi tizimiga o‘tkazish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi.

Loyihada:

Davlat ekologiya qo‘mitasi tasarrufiga o‘tkaziladigan “Zarafshon” davlat milliy tabiat bog‘ini qabul qilish — topshirish ishlarini tashkil etish bo‘yicha komissiya tuzish;

topshiriladigan “Zarafshon” davlat milliy tabiat bog‘ining obyektlari, moddiy-texnik boyliklari va boshqa mulklarini xatlovdan o‘tkazish;

“Zarafshon” davlat milliy tabiat bog‘ini shtat birliklari va moddiy-texnik bazasi bilan birga hamda amaldagi moliyalashtirish tartibini saqlab qolgan holda belgilangan tartibda qabul qilinishi — topshirilishini ta’minlash.

Mablag‘ talab etilmaydi

2022-yil may

Davlat ekologiya qo‘mitasi, O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi, Moliya vazirligi, Samarqand viloyati hokimligi

12.

Quyi Amudaryo davlat biosfera rezervatida O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan 1 423 bosh Buxoro bug‘ulari uchun yashash sharoitlarini yaxshilash.

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda, biosfera rezervatining Baday-to‘qay bo‘limida daraxtlarni qurib qolishidan saqlash uchun 3 km uzunlikda kanal barpo qilish va Amudaryo daryosidan suv chiqarish uchun SNP-500 elektr nasosini o‘rnatish.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti mablag‘lari

2022-yil iyun

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Davlat ekologiya qo‘mitasi

13.

Kamyob va yo‘qolib ketish xavfi ostida turgan, O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan yovvoyi hayvon va o‘simliklar turlaridan foydalanishni taq�qlovchi va cheklovchi talablarni belgilash.

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari.

Loyihalarda “O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi, “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi, “Ov qilish va ovchilik xo‘jaligi to‘g‘risida”gi qonunlarga hamda Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 20-oktabrdagi “Biologik resurslardan foydalanishni tartibga solish va tabiatdan foydalanish sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tish tartibi to‘g‘risida”gi 290-son qarorida belgilangan talablarni o‘zgartirish nazarda tutiladi.

Mablag‘ talab etilmaydi

2022-yil iyun

Davlat ekologiya qo‘mitasi, O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi, Fanlar Akademiyasi, manfaatdor vazirlik va idoralar

IV. Atrof-muhitni muhofaza qilish va chiqindilarni boshqarish amaliyotini takomillashtirish sohasida

14.

O‘zbekiston Respublikasining “Chiqindilar to‘g‘risida”gi qonun loyihasini yangi tahrirda qabul qilish orqali takomillashtirish.

O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi.

Loyihada:

beshta xavf-xatar toifasi tizimi o‘rniga sanoat tarmoqlari va/yoki kimyo-fizik parametrlar asosida chiqindilarni tasniflash tizimini joriy etish;

ishlab chiqarishda chiqitsiz va kam chiqitli texnologiyalarni, shuningdek, konchilik va qayta ishlash korxonalari chiqindilarini qayta ishlash texnologiyalarini ishlab chiqish va joriy etishni moliyaviy rag‘batlantirish;

sanoat obyektlarida xavfli chiqindilarni ekologik xavfsiz saqlashni tashkil etishni ta’minlash;

o‘zining iste’mol xususiyatlarini yo‘qotgan va tarkibida xavfli moddalar mavjud bo‘lgan tovarlarni (simobli termometrlar, batareykalar, tarkibida simob mavjud lampalar va boshqalar) yig‘ish, foydalanish va/yoki zararsizlantirish tizimini tashkil etish;

tibbiyot chiqindilarini yig‘ish, zararsizlantirish, utilizatsiya qilish va ko‘mib tashlash tizimini tashkil etish.

Mablag‘ talab etilmaydi

2022-yil avgust

Davlat ekologiya qo‘mitasi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi, Fanlar akademiyasi, vazirlik va idoralar

15.

Sanitar tozalash bo‘yicha ixtisoslashtirilgan korxonalar respublika birlashmasi va sanitar tozalash xizmatlarini tashkil etish markazlari negizida unitar korxona shaklida Sanitar tozalash bo‘yicha respublika markazi va uning hududiy filiallarini tashkil etish.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjati loyihasi.

Loyihada Sanitar tozalash bo‘yicha respublika markazi va uning filiallarini moliyalashtirish manbalari, asosiy vazifalari hamda faoliyatini tartibga solish bo‘yicha normalar nazarda tutiladi.

Mablag‘ talab etilmaydi

2022-yil may

Davlat ekologiya qo‘mitasi, manfaatdor vazirlik va idoralar

16.

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha yangi kasblarni (eko-tahlilchi, eko-auditor, ekolog-logist va boshqa) joriy etish bo‘yicha takliflar tayyorlash.

Tahliliy ma’lumotnoma.

Bunda, xorijiy mamlakatlarning tajribasini puxta tahlil qilgan holda ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha yangi kasblarni joriy etish bo‘yicha asoslantirilgan takliflarni ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Mablag‘ talab etilmaydi

2022-yil avgust

Davlat ekologiya qo‘mitasi, Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligi

17.

Tabiiy noruda materiallarni noqonuniy qazib olishda tabiiy obyektlarga yetkazilgan zararni hisoblash tartibini takomillashtirish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi.

Loyihada tabiiy noruda materiallarini noqonuniy qazib olishda tabiiy obyektlarga yetkazilgan zararni hisoblash tartibini tasdiqlash nazarda tutiladi.

Mablag‘ talab etilmaydi

2022-yil iyul

Davlat ekologiya qo‘mitasi, Davlat geologiya qo‘mitasi, Kadastr agentligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

18.

Tibbiyot chiqindilarini zararsizlantirish, qayta ishlash va utilizatsiya qilish tizimini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.

Tahliliy ma’lumotnoma.

Bunda, hududlarda hosil bo‘ladigan xavfli tibbiyot chiqindilarini zararsizlantirish, qayta ishlash va utilizatsiya qilish bo‘yicha joylardagi haqiqiy holatni o‘rganish, ushbu yo‘nalishda infratuzilmani rivojlantirish, markazlashgan tizim joriy etish bo‘yicha asoslantirilgan takliflarni ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Mablag‘ talab etilmaydi

2022-yil may

Davlat ekologiya qo‘mitasi, Sog‘liqni saqlash vazirligi

19.

Ko‘p kvartirali turar joy sektorida qattiq maishiy chiqindilarni saralab yig‘ish tizimini joriy etish.

Amaliy chora-tadbirlar.

Quyidagi qayta ishlanadigan chiqindilarni alohida to‘planishiga erishish maqsadida hududlarda alohida belgili konteynerlar o‘rnatish:

qayta ishlanadigan chiqindilar (polimerlar, qog‘oz va metall);

organik chiqindilar (oziq-ovqat va boshqa biologik chiriydigan materiallar);

qayta ishlanmaydigan chiqindilar (kompozitli materiallar, tozalanmagan materiallar va boshqa aralash QMCh);

xavfli maishiy chiqindilar (akkumulyatorlar, batareykalar, tibbiyot chiqindilari va boshqalar);

shisha idish buyumlari.

Davlat ekologiya qo‘mitasining jamg‘armasi mablag‘lari, xalqaro tashkilotlar va moliya institutlarining grantlari, homiylik xayriyalari

2022 — 2026-yillar

Davlat ekologiya qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

20.

O‘zbekiston Respublikasida sanoat chiqindilari bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish strategiyasini ishlab chiqish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada xorijiy yetakchi konsalting kompaniyalari mutaxassislari va grant mablag‘larini jalb qilgan holda O‘zbekiston Respublikasida sanoat chiqindilari bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish strategiyasini tasdiqlash nazarda tutiladi.

Mablag‘ talab etilmaydi

2023-yil noyabr

Davlat ekologiya qo‘mitasi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

21.

Atrof-muhitga ta’sir ko‘rsatishning I va II toifasiga kiradigan faoliyat turlari bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlarning tegishli mutaxassislarini ekologiya va atrof-muhitga ta’sir ko‘rsatishning oldini olish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirish maqsadida malaka oshirish kurslarini joriy etish masalasini o‘rganish.

Tahliliy ma’lumotnoma.

Bunda, atrof-muhitga ta’sir ko‘rsatishning I va II toifasiga kiradigan faoliyat turlari bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlarning xodimlariga malaka oshirish kurslarini joriy qilishning ma’muriy va huquqiy asoslari o‘rganilib chiqish hamda asoslantirilgan takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Mablag‘ talab etilmaydi

2022-yil aprel

Davlat ekologiya qo‘mitasi

22.

Atmosfera havosiga ifloslantiruvchi moddalarni tashlanishini sezilarli darajada kamaytirish, avtotransport vositalariharakatlanishi uchun yoqilg‘i sarfini maqbullashtirish maqsadida tajriba sinov tariqasida elektromobillar foydalanish amaliyotini joriy etish va ularni quvvatlantirish stansiyalarini tashkil etish.

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda:

tajriba sinov tariqasida Davlat ekologiya qo‘mitasi va hududiy tarkibiy bo‘linmalari uchun avtotransport vositalarini biriktirish me’yorlariga muvofiq ajratilgan xizmat avtomobillarining 20 foizigacha bo‘lgan qismini elektrodvigatelga ega bo‘lgan transport vositalariga almashtirish hamda ular uchun elektromobillarni quvvatlantirish stansiyalarini tashkil etish;

Xalqaro tashkilotlar va moliya institutlarining grantlari, homiylik xayriyalari, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan

2022-2023-yillar davomida

Davlat ekologiya qo‘mitasi

tajriba sinov natijalarini tanqidiy tahlil qilgan holda xizmat avtomobillarini to‘liq elektrodvigatelga ega bo‘lgan transport vositalariga almashtirish bo‘yicha asoslantirilgan taklif kiritish.

2023-yil noyabr

23.

Qizilmiya, kavrak (qizil kitobga kiritilmagan turlari), kovul va boshqa dorivor o‘simliklar yoki ularning yashash faoliyati natijasida hosil bo‘lgan ildizlari, piyozboshlari, tanalari, poyalari, novdalari, po‘stlog‘i, barglari, g‘unchalari, gullari, urug‘lari, mevalari, sharbati (yelimi) va b�shqa mahsulotlarini o‘zboshimchalik bilan yig‘ish uchun javobgarlik masalasini o‘rganish.

Tahliliy ma’lumotnoma.

Bunda, huquqni qo‘llash amaliyotini tahlil qilish, xorijiy mamlakatlar tajribasini o‘rganish, asoslantirilgan takliflarni ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Mablag‘ talab etilmaydi

2022-yil aprel

Davlat ekologiya qo‘mitasi

24.

“Davlat ekologik sertifikatlashtirish va standartlashtirish markazi” mas’uliyati cheklangan jamiyatini joylashtirish choralarini ko‘rish.

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda, yer uchastkalari belgilangan tartibda Davlat ekologiya qo‘mitasiga davlat va jamoat ehtiyojlari uchun ajratish choralari ko‘riladi.

Mablag‘ talab etilmaydi

2022-yil mart

Toshkent shahar hokimligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Davlat ekologiya qo‘mitasi

V. Atmosfera havosini, suv, yer resurslari va yer osti boyliklarini muhofaza qilish bo‘yicha

25.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi huzuridagi “Xavfsiz daryo” davlat unitar korxonasini Geologiya va mineral resurslar davlat qo‘mitasiga o‘tkazish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada “Xavfsiz daryo” davlat unitar korxonasini Geologiya va mineral resurslar davlat qo‘mitasiga o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy va huquqiy mexanizmlar nazarda tutiladi.

Mablag‘ talab etilmaydi

2022-yil aprel

Davlat geologiya qo‘mitasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi

26.

Tajriba tariqasida atrof-muhitga ta’sir xavfi yuqori bo‘lgan 2 ta korxonaning atmosfera havosini ifloslantiruvchi manbalarida namunalar olish va tahlil qilishbo‘yicha avtomatik stansiyalar o‘rnatish.

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda, I-toifaga mansub korxonalarda tanlov asosida 2 dona avtomatik stansiyalar o‘rnatish, ularni yagona geoaxborot ma’lumotlar bazasiga integratsiya qilish va amalga oshirilgan ishlar natijalari bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish.

Davlat ekologiya qo‘mitasining jamg‘armasi mablag‘lari, xalqaro tashkilotlar va moliya institutlarining grantlari, homiylik xayriyalari

2022-yil dekabr

Davlat ekologiya qo‘mitasi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

27.

Atmosfera havosiga transport vositalaridan tashlanadigan ifloslantiruvchi modd�larni kamaytirish maqsadida elektromobillar ishlab chiqarish va ulardan foydalanishni tashkil etish choralarini ko‘rish.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi.

Loyihada:

xorijiy mamlakatlarning ilg‘or tajribasi asosida xalqaro standartlarga mos keluvchi energiya samaradorligi va ekologik tavsiflari yuqori elektromobillar ishlab chiqarishni tashkil etish va ulardan foydalanishni kengaytirish;

“yashil iqtisodiyot”ni rivojlantirish maqsadida qayta tiklanuvchi energiya manbalari mahsulotlarini loyihalashtirganlik, ishlab chiqarganlik va moliyalashtirganlik uchun yuridik va jismoniy shaxslarga nisbatan rag‘batlantirish choralarini ko‘rish nazarda tutiladi.

Mablag‘ talab etilmaydi

2022-yil oktyabr

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Transport vazirligi, Moliya vazirligi, “O‘zavtosanoat” AJ, manfaatdor vazirlik va idoralar

28.

Respublika bo‘yicha 50 ta yer usti tabiiy suv obyektlari (daryolar, kichik daryolar va tabiiy ko‘llar)ning sanitariya-muhofaza zonalari va sohil bo‘yi mintaqalarini belg�lash ishlarini bosqichma-bosqich yakuniga yetkazish.

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda:

suvni muhofaza qilish va sohil bo‘yi mintaqalarini belgilash bo‘yicha 2022-yilda 12 ta, 2023-yilda 10 ta, 2024-yilda 10 ta, 2025-yilda 10 ta, 2026-yilda 8 ta suv obyektlari uchun loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish;

suv havzalarining suvni muhofaza zonalari va sohil bo‘yi mintaqalarini belgilash bo‘yicha ishlab chiqilgan loyihalarni amalga oshirish.

Mahalliy budjet mablag‘lari

2022 — 2026-yillar

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Davlat ekologiya qo‘mitasi

VI. Ekologik fojialarni bartaraf etish bo‘yicha

29.

Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi tabiiy ko‘llar barqaror ushlab turilishini ta’minlash.

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda, Mo‘ynoq, Qo‘ng‘irot va Taxtako‘pir tumanlaridagi ko‘llar tizimini qo‘shimcha suv bilan ta’minlash choralarini ko‘rish.

Mahalliy budjet mablag‘lari

2022-2023-yillar

Suv xo‘jaligi vazirligi, Davlat ekologiya qo‘mitasi, manfaatdor vazirlik va idoralar

30.

Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi suv hajminingkamayishi kuzatilayotganligini inobatga olib, suv sathining 245 m ko‘rsatkich nuqtasida barqaror ushlab turilishini ta’minlash.

Vazirlar Mahkamasi farmoyishi loyihasi.

Loyihada:

Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimiga qo‘shimcha suv oqimi bilan ta’minlash masalasini ko‘rib chiqish bo‘yicha Idoralararo Hukumat ishchi komissiyasini tuzish;

Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi bilan bog‘liq holatni joyiga chiqqan holda o‘rganib, oqibatlarini tahlil qilish va ularni oldini olish bo‘yicha taklif kiritish nazarda tutiladi.

Mablag‘ talab etilmaydi

2022-yil aprel

Suv xo‘jaligi vazirligi, Davlat ekologiya qo‘mitasi, manfaatdor vazirlik va idoralar

31.

Hududlarning o‘ziga xos jihatlarini hisobga olgan holda, to‘planib kelayotgan ekologik muammolarni tahlil qilish, kelgusida barqaror ekologik vaziyatni saqlash va ekologik fojialarning oldini olish bo‘yicha dasturlarni ishlab chiqish.

Amaliy chora-tadbirlar dasturi.

Bunda:

manfaatdor tashkilotlar va jamoatchilik vakillaridan iborat ishchi guruhlar tuzish;

hududdagi to‘planib kelayotgan ekologik muammolarni tahlil qilish;

kelgusida barqaror ekologik vaziyatni saqlash va ekologik fojialarni oldini olish bo‘yicha dastur loyihasini shakllantirish;

hududlarning dastur loyihalarini umumlashtirilgan holda respublika bo‘yicha umumiy dastur loyihasini shakllantirish va tasdiqlash.

Mablag‘ talab etilm�ydi

2022-yil iyun

Davlat ekologiya qo‘mitasi, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi, Suv xo‘jaligi vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar


Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi