Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

×
 ×
Yo‘l harakati qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida

1-ILOVA
Yo‘l harakati qoidalari

1-bob. Umumiy qoidalar

2-bob. Haydovchilarning umumiy vazifalari

3-bob. Yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lganda haydovchining majburiyatlari

4-bob. Piyodalarning majburiyatlari

5-bob. Yo‘lovchilarning majburiyatlari

6-bob. Maxsus transport vositalarining imtiyozlari

7-bob. Svetofor va tartibga soluvchining ishoralari

8-bob. Ogohlantiruvchi va avariya (xavf-xatar) ishoralari

9-bob. Harakatlanishni boshlash, manyovr qilish

10-bob. Yo‘lning qatnov qismida transport vositalarining joylashuvi

11-bob. Harakatlanish tezligi

12-bob. Quvib o‘tish

13-bob. To‘xtash va to‘xtab turish

14-bob. Chorrahalarda harakatlanish

15-bob. Tartibga solingan chorrahalar

16-bob. Tartibga solinmagan chorrahalar

17-bob. Piyodalarning o‘tish joylari va yo‘nalishli transport vositalarining bekatlari

18-bob. Temir yo‘l kesishmalari orqali harakatlanish

19-bob. Avtomagistrallarda harakatlanish

20-bob. Turar joy dahalarida harakatlanish

21-bob. Tik balandlik va nishabliklarda harakatlanish

22-bob. Yo‘nalishli transport vositalarining imtiyozlari

23-bob. Tashqi yoritish asboblaridan foydalanish

24-bob. Mexanik transport vositalarini shatakka olish

25-bob. Transport vositalarini boshqarishni o‘rgatish

26-bob. Odam tashish

27-bob. Yuk tashish

28-bob. Velosiped, moped va aravalar harakatlanishiga, shuningdek, hayvonlarni haydab o‘tishga doir qo‘shimcha talablar

29-bob. Mansabdor shaxslarning va fuqarolarning yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash, transport vositalarini yo‘lga chiqarish, raqam va taniqli belgilarini o‘rnatish bo‘yicha majburiyatlari

1-ILOVA
Yo‘l belgilari

1. Ogohlantiruvchi belgilar

2. Imtiyoz belgilari

3. Taqiqlovchi belgilar

4. Buyuruvchi belgilar

5. Axborot-ko‘rsatgich belgilari

6. Servis belgilari

7. Qo‘shimcha axborot belgilari

2-ILOVA
1. Yotiq chiziqlar

2. Tik chiziqlar

3-ILOVA
Transport vositalaridan foydalanishni taqiqlovchi shartlar

4-ILOVA
Xavflilik belgilari

2-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblanayotgan ayrim qarorlari RO‘YXATI

“Yo‘l harakati xavfsizligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining ijrosini ta’minlash, shuningdek, 1968-yildagi Yo‘l harakati to‘g‘risidagi Vena Konvensiyasi talablari hamda ilg‘or xorijiy tajribaga muvofiq Yo‘l harakati qoidalarini yanada takomillashtirish, yo‘l-transport hodisalarining oldini olish, yo‘l harakati xavfsizligini nazorat qilish va samaradorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Bunda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Avtomobil yo‘llarida inson xavfsizligini ishonchli ta’minlash va o‘lim holatlarini keskin kamaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022-yil 4-apreldagi PQ-190-son qarori bilan tashkil etilgan Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash sohasidagi respublika komissiyasining qarori asosida Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyatlar markazlaridagi yo‘l harakati qatnovi yuqori bo‘lgan va aholi gavjum hududlarda transport vositalari harakatlanishining yuqori tezligi soatiga 60 kilometr etib belgilanishi mumkin;
2. Yangi tahrirdagi Yo‘l harakati qoidalari 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin va 2022-yil 1-maydan boshlab amalga kiritilsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari 2022-yil 1-maydan boshlab o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
3. Yo‘l harakati qatnashchilari “Yo‘l harakati xavfsizligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini, ushbu Qoidalarni va unda keltirilgan svetofor ishoralari, yo‘l belgilari (ushbu qoidalarga 1-ilova), yo‘l chiziqlarining (ushbu qoidalarga 2-ilova) talablarini bilishlari, ularga amal qilishlari, shuningdek, ularga berilgan vakolat doirasida yo‘llarda harakatni tartibga soluvchilarning ko‘rsatmalarini so‘zsiz bajarishlari shart.
piyodalarning tashkiliy jamlanmasi — Qoidalarning 16-bandi talablariga muvofiq yo‘lda bir yo‘nalishda birgalikda harakatlanayotgan odamlar guruhi;
transport vositasi harakatlanishni boshlashidan oldin xavfsizlik kamarlarini taqishlari (ushbu Qoidalarning 9-bandiga muvofiq), mototsikl, moped va skuterda harakatlanayotganda esa motoshlem kiyishlari va uni qadab olishlari zarurligi;
Harakatlanish vaqtida ushbu Qoidalarga 3-ilovada ko‘rsatilgan transport vositalaridan foydalanishni taqiqlovchi shartlar yuzaga kelganda, haydovchi ularni bartaraf etishi, agar buning iloji bo‘lmasa, zarur bo‘lgan ehtiyot choralarini ko‘rgan holda ta’mirlash yoki to‘xtab turish joyiga evakuator yoki shatakka olish orqali transport vositasini olib borish choralarini ko‘rishi mumkin.
transport vositasini darhol to‘xtatishi, avariya ishoralarini yoqishi va avariya sababli to‘xtash belgisini Qoidalarning 51-bandi talablariga muvofiq o‘rnatishi, transport vositasini va hodisaga daxldor buyumlarni joyidan qo‘zg‘atmasligi;
Mazkur Qoidalarning 9-bandiga muvofiq xavfsizlik kamarlari bilan jihozlangan transport vositalarida harakatlanishdan oldin ularni taqib olish, mototsikl yoki mopedlarda harakatlanishidan oldin esa motoshlemni qadab olishi shart.
yo‘l harakatida qatnashayotgan, gabarit o‘lchamlari ushbu Qoidalarning 164-bandida belgilangandan ortiq bo‘lgan, shuningdek, og‘ir vazn va katta hajmli hamda xavfli yuklarni tashiyotgan transport vositalarini kuzatib borishda;
Yo‘l harakatida qatnashayotgan, gabarit o‘lchamlari ushbu Qoidalarning 164-bandida belgilangandan ortiq bo‘lgan, og‘ir vazn va katta hajmli yuk tashiyotgan transport vositalarining hamda ularni kuzatib kelayotgan zarg‘aldoq yoki sariq rangli yalt-yalt etuvchi mayoqchalari yoqilgan transport vositalarining haydovchilari harakat xavfsizligini ta’minlash sharti bilan yo‘l chiziqlari talablaridan chetga chiqishlari mumkin.
sariq ishora harakatlanishni taqiqlaydi (Qoidalarning 42-bandida ko‘zda tutilgan holatlardan tashqari) va ishoralar almashuvi haqida ogohlantiradi;
ushbu Qoidalarning 42-bandida ko‘rsatilganidan boshqa hollarda transport vositalari va piyodalarning barcha yo‘nalishlarda harakatlanishi taqiqlanadi;
42. Svetoforning yashil ishorasidan keyin sariq ishora yonganda yoki tartibga soluvchining qo‘li yuqoriga ko‘tarilganda, Qoidalarning 41-bandida nazarda tutilgan joylarda keskin tormoz bermasdan to‘xtashga ulgura olmaydigan haydovchilarga harakatlanishni davom ettirishga ruxsat etiladi.
58. Agar transport vositasi o‘zining gabaritlari (eng katta tashqi o‘lchamlari) yoki boshqa sabablarga ko‘ra (eng chekka tasmalardagi tirbandliklar bundan mustasno) Qoidalarning 56-bandi talablariga muvofiq burilishni bajara olmasa, harakat xavfsizligini ta’minlagan holda, boshqa transport vositalariga xalaqit bermasdan, talablardan chetga chiqishiga yo‘l qo‘yiladi.
Orqaga harakatlanish chorrahalarda va ushbu Qoidalarning 62-bandiga muvofiq qayrilib olish mumkin bo‘lmagan joylarda taqiqlanadi.
Aholi punktlarida ushbu bandning birinchi xatboshi va ushbu Qoidalarning 69, 123 va 161-bandlaridagi talablarni hisobga olgan holda, haydovchilar o‘zlariga qulay bo‘lgan harakatlanish bo‘lagidan foydalanishlari mumkin. Harakatlanish serqatnovligi sababli boshqa tasmalar band bo‘lganda harakatlanish qatorini faqat o‘ngga yoki chapga burilish, qayrilib olish, to‘xtash yoki to‘siqni aylanib o‘tish uchun o‘zgartirishga ruxsat etiladi.
72. Qoidalarning 88, 166-bandlarida ko‘zda tutilganlardan boshqa hollarda transport vositalarining ajratuvchi mintaqalar, yo‘l yoqalari, trotuarlar, piyodalar yo‘lkalarida, velosiped yo‘lkalari, velosipedchilar uchun tasmalar, piyodalar va velosipedchilarning birga va alohida harakatlanadigan yo‘laklarda mexanik transport vositalarining harakatlanishi taqiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
(78-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 3-apreldagi 140-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2023-y., 09/23/140/0191-son)
122. Haydovchi qatnov qismida majburiy to‘xtaganda, transport vositasini ushbu Qoidalarning 8-bobi talablariga muvofiq belgilashi va bunday holatlar uchun mo‘ljallangan tasmaga (qatnov qismining chetini bildiruvchi chiziqdan o‘ngroqda) olib chiqishning barcha choralarini ko‘rishi kerak.
ushbu Qoidalarning 138-bandida ko‘zda tutilgan holatlarda yaqinni yorituvchi fara chiroqlari o‘rniga.
Aholi punktlarida esa bunday fara chiroqlaridan foydalanishga faqat ushbu Qoidalarning 25 va 28-bandlarida ko‘zda tutilgan transport vositalari haydovchilariga ruxsat etiladi.
Egiluvchan ulagich ushbu Qoidalarning 177-bandi talablariga muvofiq belgilanishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
(150-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-iyuldagi 393-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.07.2022-y., 09/22/393/0654-son)
151. Boshqarishni o‘rgatish yo‘nalishlari ushbu Qoidalarning 183-bandiga muvofiq DYHXX bilan kelishilishi shart. Boshqa yo‘llarda boshqarishni o‘rgatish taqiqlanadi.
155. Shaharlararo, sayyohlik, ekskursiya yoki tog‘li yo‘nalishlarda va bolalar guruhini tashkiliy ravishda tashish Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 22-maydagi 424-son qarori hamda 2003-yil 4-noyabrdagi 482-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasida avtobuslarda yo‘lovchilar tashish xavfsizligini ta’minlashga doir talablarga muvofiq amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(162-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-avgustdagi 406-sonli qaroriga asosan beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.08.2023-y., 09/23/406/0625-son)
“Tezlik cheklangan” — bolalar guruhini tashkiliy tashishni amalga oshirayotgan, og‘ir vaznli, xavfli va katta o‘lchamli yuklarni tashiyotgan, shuningdek, transport vositasining texnik tavsifnomasida ko‘rsatilgan eng yuqori tezligi Qoidalarning 78, 79 va 80-bandlarida belgilangan tezlikdan kam bo‘lgan hollarda, mexanik transport vositalari kuzovi orqa devorining chap tomoniga 3.24 — “Yuqori tezlik cheklangan” yo‘l belgisining kichraytirilgan, rangli tasviri tushirilgan ko‘rinishidagi belgi. Belgining diametri 160 millimetrdan kam bo‘lmasligi, hoshiyasining kengligi belgi diametrining 1/10 qismiga teng bo‘lishi kerak;
ushbu Qoidalarning 164-bandida keltirilgan transport vositalarining harakatlanishi;
Ushbu Qoidalarning 176-bandiga binoan “Nogiron” tanish belgisi bilan belgilangan avtomobillar va kajavali mototsikllarni boshqarayotgan nogiron haydovchilar 3.2, 3.3 va 3.28 belgilari talablaridan chetga chiqishlari mumkin. 7.18 belgi bo‘lganda 3.27 belgisining ta’sir doirasida to‘xtashga ruxsat etiladi.
7.17. “Nogironlar”. 5.15 belgisi bilan qo‘llaniladi. To‘xtab turish joyi (yoki uning bir qismi) ushbu Qoidalarning 176-bandiga muvofiq “Nogiron” taniqlik belgisi o‘rnatilgan transport vositalari uchun ajratilganligini ko‘rsatadi.
7.18. “Nogironlar mustasno”. Belgilarning ta’siri ushbu Qoidalarning 175-bandiga muvofiq “Nogiron” taniqlik belgisi o‘rnatilgan transport vositalariga joriy etilmaydi.
1.2. Ishchi tormoz tizimining samaradorligi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 4-iyuldagi 191-son qarori bilan tasdiqlangan Avtotransport vositalari konstruksiyasining foydalanish shartlari bo‘yicha xavfsizligi to‘g‘risidagi umumiy texnik reglamentda belgilangan talablarga mos kelmasa.
Ushbu ilovada Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 4-iyuldagi 191-son qarori bilan tasdiqlangan Avtotransport vositalari konstruksiyasining foydalanish shartlari bo‘yicha xavfsizligi to‘g‘risidagi umumiy texnik reglamentda belgilangan avtotransport vositalarini tasnifi (klassifikatsiyasi) keltirilgan:

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi